Научная статья на тему '“MUQADDIMAYI ZAFARNOMA” DA CHIG’ATOY ULUSI HUKMDORLARI'

“MUQADDIMAYI ZAFARNOMA” DA CHIG’ATOY ULUSI HUKMDORLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
36
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manbalar / Chig’atoy ulusi / Sharafiddin Ali Yazdiy / Zafarnomayi Muqaddima / Mirzo Ulug’bek / Jamol Qarshiy / Qozon Sulton.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sevinch Ulash Qizi Ulashova

XIII-XV asrlarda Chingizxon vauluslar tarixi aks etgan o’nlab asarlar yaratildi. Aynan mo’g’ullar davrida yaratilgan asarlar, jumladan, Juvayniy, Rashididdin, Jamol Qarshiy va boshqalarning asarlarida Chig’atoy ulusi tarixi to’la qamrab olinmagan. Buning asosiy sabablaridan biri mazkur tarixiy manbalarning ulus tashkil qilinganidan keyingi 50-60 yil oralig’ida yozib tamomlangani va ulus hududidan ancha uzoqda yaratilgani uchun ham tarixiy jarayonlar to’liq qamrab olinmagan. Chig’atoy ulusi salkam yuz ellik yillik tarixiy davrni o’z ichiga olib, mo’g’ullar davrida yaratilgan manbalarning hech biri ulus tarixini to’laligicha yoritmaydi. Temuriylar davriga kelib Amir Temur tarixi bilan birga Chingizxon va uluslar tarixini yoritishga ham keng e’tibor qaratildi. Natijada, Nizomiddin Shomiy asarida qisqacha, Mirzo Ulug’bek asarida mufassal bu davr tarixi aks etdi. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini Amir Temur tarixini batafsil yoritish uchun bevosita Temuriy hukmdorlardan topshiriq olgan holda boshlagan bo’lsa ham, asarning muqaddimasida Chingizxon va uluslar tarixini atroflicha yoritishga harakat qilgan. “Zafarnoma” muqaddimasi yoki “Muqaddimayi Zafarnoma” deb nomlangan asar Chig’atoy ulusi tarixi yoritilgan muhim tarixiy manbalardan hisoblanib, ulus tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MUQADDIMAYI ZAFARNOMA” DA CHIG’ATOY ULUSI HUKMDORLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

"MUQADDIMAYI ZAFARNOMA"DA CHIG'ATOY ULUSI

HUKMDORLARI

Sevinch Ulash qizi Ulashova

Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti, PhD [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13309079 Annotatsiya: XIII-XV asrlarda Chingizxon va uluslar tarixi aks etgan o'nlab asarlar yaratildi. Aynan mo'g'ullar davrida yaratilgan asarlar, jumladan, Juvayniy, Rashididdin, Jamol Qarshiy va boshqalarning asarlarida Chig'atoy ulusi tarixi to'la qamrab olinmagan. Buning asosiy sabablaridan biri mazkur tarixiy manbalarning ulus tashkil qilinganidan keyingi 50-60 yil oralig'ida yozib tamomlangani va ulus hududidan ancha uzoqda yaratilgani uchun ham tarixiy jarayonlar to'liq qamrab olinmagan. Chig'atoy ulusi salkam yuz ellik yillik tarixiy davrni o'z ichiga olib, mo'g'ullar davrida yaratilgan manbalarning hech biri ulus tarixini to'laligicha yoritmaydi. Temuriylar davriga kelib Amir Temur tarixi bilan birga Chingizxon va uluslar tarixini yoritishga ham keng e'tibor qaratildi. Natijada, Nizomiddin Shomiy asarida qisqacha, Mirzo Ulug'bek asarida mufassal bu davr tarixi aks etdi. Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarini Amir Temur tarixini batafsil yoritish uchun bevosita Temuriy hukmdorlardan topshiriq olgan holda boshlagan bo'lsa ham, asarning muqaddimasida Chingizxon va uluslar tarixini atroflicha yoritishga harakat qilgan. "Zafarnoma" muqaddimasi yoki "Muqaddimayi Zafarnoma" deb nomlangan asar Chig'atoy ulusi tarixi yoritilgan muhim tarixiy manbalardan hisoblanib, ulus tarixini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: manbalar, Chig'atoy ulusi, Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnomayi Muqaddima, Mirzo Ulug'bek, Jamol Qarshiy, Qozon Sulton.

KIRISH

O'rta asrlarda ko'plab "Zafarnoma" nomli tarixiy asarlar yaratilgan. Hukmdorlar saroy tarixchilari yoki atoqli muarrixlarga shon-shavkati tarixidan hikoya qiluvchi tarixiy asarlar yaratishini buyurganlar. Natijada, buyuk hukmdorlar faoliyati xususida ma'lumot beruvchi asarlar yozilgan. Biz tadqiq qilayotgan "Zafarnoma" ham aslida shunga yaqin holatda yaratilgan tarixiy manbadir.

Asar muallidfi haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, SharafiddinAli Yazdiy Eronning Yazd shahri yaqinidagi Taftda tug'ilib o'sgan. Zamondoshlari uning yirik olim sifatida mashxur ekanini ko'p bor ta'kidlashgan. Tarixchi bir muddat Hirotda ham yashagan. Temuriylar davri renesansida alohida o'ringa ega Abdurahmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Alisher Navoiy kabi zamonasining ilg'orlari Sharafiddin Ali Yazdiyning suhbatidan bahramand bo'lganlarini o'z asarlarida eslab o'tganlar. Shuningdek, Bobur Mirzoning ona tomonidan bobosi mo'g'ul xoni Yunusxon uzoq yillar Sharafiddi Ali Yazdiy tarbiyasiga topshirilgani ham, tarixchining Temuriylar davridagi nafaqat madaniy hayotda, balki ijtimoiy-siyosiy hayotda ham muhim o'rin tutgan shaxs bo'lganini isbotlaydi.

Aslida, Amir Temur tarixi aks etgan dastlabki "Zafarnoma" shaxsan Amir Temurning topshirig'i bilan Nizomiddin Shomiy tomonidan yozilgan edi. Muarrix Amir Temurga manbani topshirgandan keyin asarga sohibqiron tomonidan "Zafarnoma" nomi berilgani keyingi davr manbalarida ta'kidlanadi. Ammo, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si Amir Temur tarixini to'la qamrab olmagan edi. Shuning uchun, Shohruh hukmronligi davrida Fors o'lkasi hokimi Ibrohim Sulton bobosi Amir Temurning mukammal tarixini yaratish maqsadida mashxur olim Sharafiddin

Ali Yazdiy saroyga chaqirtiradi. Sherozda Ibrohim Sulton saroyiga turkiy va forsiy til bilimdonlaridan iborat tahrir hay'ati tuzilib, Amir Temur tarixiga doir barcha ma'lumotlar - saroy kotiblarining qaydlari, shu davrga qadar yozilgan turkiy va forsiy qissalar Sharafiddin Ali Yazdiyga topshiriladi. Muarrix 14191425 yillar davomida asarni yozib tamomlaydi. Asar ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda "Chingizxon va uluslar tarixi", ikkinchi qismda "Amir Temur tarixi" aks etgan.

"Zafarnoma"ning birinchi qismi Muqaddima nomi bilan yuritilib, unda Chingizxon va vorislari tarixi bilan birga Amir Temur ajdodlari tarixi xususida ham qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Biz mazkur maqolada "Zafarnoma" muqaddimasida keltirilgan Chig'atoy ulusi tarixiga doir ma'lumotlarni tahlil qilmoqchimiz.

Manbaning muqaddima qismi 2020 yilda ilk bor to'liq holda sharqshunos olim Omonullo Bo'riyev tomonidan o'zbek tiliga o'girilib, tarjima qilindi. Qo'lyozmasi 83 varaqdan (166 sahifadan) iborat manbaning 74-83-varaqlari Chig'atoy ulusi hukmdorlari tarixiga bag'ishlangan.

Sharafiddin Ali Yazdiy sulola vakillari tarixi haqida so'z boshlaganda ulusda Chingizxon avlodlaridan bo'lmish podshohlar o'ttiz ikkita bo'lganini yozadi va barcha xonlarning nomi bilan shajarasi, hukmronlik yillaridagi asosiy tarixiy voqealar keltiriladi. Quyida Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari muqaddimasidagi Chig'atoy xonlarining nomini boshqa tarixiy asarlar bilan qiyosiy taqqoslaymiz. Bunda mo'g'ullar davrida yaratilgan asosiy forsiy, arabiy tarixiy manbalar bilan Temuriylar davrida yaratilgan forsiy manbalardagi Chig'atoy ulusi hukmdorlari tarixiga bag'ishlangan ma'lumotlardan foydalaniladi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada Sharafiddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma" asarida Chig'atoy ulusi hukmdorlari tarixi to'g'risidagi ma'lumotlar xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolada forsiy va arabiy tillarda yozilgan o'nga yaqin manbalarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Jumladan, Atomalik Juvayniyning "Tarixi jahonkushoy", Rashididdinning "Jome' at-tavorix", Jamol Qarshiyning "Mulhaqot as-suroh", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma" kabi tarixiy asarlar shular jumlasidandir

NATIJALAR VA ULARNING TAHLÍLÍ

Yuqorida keltirilganidek, manbalarda Chig'atoy ulusi hukmdorlarining ketma-ketligi va shajarasi to'g'risidagi ma'lumotlarda tafovutlar kuzatiladi. Mo'g'ullar davrida yaratilgan Juvayniy, Rashididdin, Jamol Qarshiy kabi mualliflarning asarlarida Chig'atoy ulusi hukmdorlari ismi, shajarasi to'li qamrab olinmagan. Bunga muarrixlar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarning Chig'atoy ulusining dastlabki yillarida yozib tamomlangani asosiy sabab hisoblanadi. Shuningdek, mo'g'ullar davri manbalarining aksariyati Chig'atoy ulusidan uzoqda, qo'shni uluslarda yaratilgan va shu sababdan manbalarda ulus hududi bilan bog'liq ma'lumotlar juda kam va uzuq-yuluq.

Temuriylar davri manbalarida Chig'atoy ulusi hukmdorlari nomlari, shajarasi, hukmronlik yillari va faoliyati tarixiga doir qaydlar mavjud bo'lsa ham, ulardagi tafovutlar tarixiy jarayonni to'liq tiklash imkonini bermaydi. Quyida ayrim ziddiyatli jihatlarni tahlil qilamiz. Masalan, "Zafarnoma"da keltirilgan Chig'atoydan keyingi ulus hukmdori Qora Xulagu ibn Mutugen Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" asarida Qora Halokuxon ibn Boyqon shaklida yozilgan [Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020: 291; Mirzo Ulug'bek., 1994: 304.]. "Zafarnoma"dagi mazkur ma'lumot mo'g'ullar davri manbalarida ham shu shaklda aks etgan.

"Zafarnoma"da Chig'atoy ulusining to'rtinchi hukmdori Arg'ana xotunning shajarasi "Ariq-Buqa ibn To'lixonning qizi Arg'ana xotun" sifatida yozilgan [Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020: 292.]. Ammo, bu xato ma'lumot bo'lib, mo'g'ullar davri manbalarida Organa, Ergana, Arg'ana, O'rkina kabi nomlar bilan tilga olingan hukmdor ayol Chingizxonning qizi Chechak Xotun va oyrat qabilasi yetakchilaridan Turalchi ko'ragonning qizi ekani aytiladi [Alaaddin Ata Melik Cüvaini., 1988: 284; Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах., 2006: 47, 51-52.]. Temuriylar davi manbalarida, jumladan, Nizomiddin Shomiy asarida Arg'ina, Mirzo Ulug'bek asarida Arg'una xotun binti Turelchi ko'ragon shaklida keltirilgan [Nizomiddin Shomiy, 1996: 26.]. "Zafarnoma"da qayd etilgan Ariq-Buqa ibn To'lixon Organa xotun bilan zamondosh

mo'g'ul hukmdorlaridan biri edi. Shuningdek, Ariq-Buqa bilan Organa xotun aka-singillarning farzandlari bo'lib, Chingizxonning nabiralari hisoblanadi. Olg'uxon Chig'atoy ulusi hukmronligiga ko'tarilgach, Organa xotun Munkaxon vafotidan keyin Qoraqurumda o'zini ulug' qoon deb e'lon qilgan Ariq-Buqaxondan panoh so'rab, uning huzuriga boradi. Shuningdek, Ariq-Buqaxon Organa xotunning singlisiga uylangan edi.

"Zafarnoma"da keltirilgan yettinchi Chig'atoy hukmdori Baroqxonning shajarasi "Baroqxon ibn Yisun-Qora ibn Komkor ibn Chig'atoy" shaklida keltiriladi. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"sida Baroqxonning shajarasi yoritilmagan. Mirzo Ulug'bek Baroqxonning shajarasini "Baroqxon ibn Suqaro ibn Komkor ibn Chig'atoyxon" deb yozadi. Jamol Qarshiyning asarida esa bu shajara "Baroq ibn Yisu-Buka ibn Mitukan ibn Chig'atoy", deb yozadi [Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах., 2005:125.]. Ammo, aksariyat tadqiqotlarda Baroqxonning nasabi "Baroq ibn Yisu-Tuva [Duva] ibn Mitukan ibn Chag'atoy" sifatida tavsiflanadi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari muqaddimasida Chig'atoy ulusining sakkizinchi hukmdori Bekshixon ibn Shiromun sifatida keltiriladi. Baroqxondan keyingi hukmdor Mirzo Ulug'bek asarida "Bekxon ibn Huvlo Sheromun", Nizomiddin Shomiyda Shiromon o'g'li Nekipay, Jamol Qarshiy esa Nikbay ibn Sarban ibn Chig'atoy shaklida ta'kidlanadi [Nizomiddin Shomiy, 1996: 26.; Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020:298; Mirzo Ulug'bek., 1994:312.]. Bu o'rinda Jamol Qarshiyning "Mulhaqot us-suroh" asarida keltirilgan shajara aksariyat tadqiqotlarga tortib kelinmoqda [Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах., 2005:125.]. Bu muallifning tarixiy jarayon yuz bergan davrga yaqin yillarda yashab o'tgani va aynan Chig'atoy ulusi hududida yashagani bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Chig'atoy ulusining keyingi hukmdorni Sharafiddin Ali Yazdiy To'qa-Temurxon ibn Qudomiy, Nizomiddin Shomiy Tag'ay Temurxon, Mirzo Ulug'bek To'qtemurxon ibn Qudag'ay, Jamol Qarshiy Buka Temur ibn Qadag'ay, Rashididdin Buka Temurxon ibn Kadaki shaklida keltiriladi. Yuqorida ko'rinib turganidek, ismlardagi tafovut deyarli yuq. Shunday bo'lganda ham, tadqiqotlarda asosan Rashididdin asaridagi nasabga ko'proq ishora iqtibos qilinadi [Рашид ад-Дин Фазлаллах. Джами ат-таварих T. I. 1968: 548.].

"Zafarnoma" muqaddimasida keyingi hukmdor Duva-Chechanxon ibn Baroqxon bo'lgani yoziladi va bu ma'lumot XIII-XV asrlardagi forsiy manbalarda ham xuddi shu shaklda keltiriladi. Faqatgina ayrim manbalarda hukmdorning nomi Duva, boshqalarida esa Duva Chechan sifatida aks etgan. Duvaxondan keyingi hukmdor ham bu davr forsiy manbalarining barchasida bir xil - Ko'njakxon ibn Duvaxon sifatida aks etgan. Undan keyingi hukmdor "Zafanoma"da Taliyqo'xon (Taliqixon) ibn Bo'ri deb ko'rsatiladi. Bu hukmdor Mirzo Ulug'bek asarida "Toliquxon ibn Qudag'ayxon", Nizomiddin Shomiy asarida Toliqu (Noliqu) ibn shaklida bayon qilingan.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari muqaddimasida Chig'atoy ulusining o'n uchinchi xoni sifatida qayd etilgan hukmdor "Eson Buqo ibn Duvaxon" Temuriylar davri boshqa manbalarida ham shu shaklda keltirilgan. Mo'g'ullar davri tarixiy asarlarida, jumladan, Jamol Qarshiyning "Mulhaqot us-suroh"da Duvaxondan keyingi hukmdorlar tilga olinmagan. Buni mo'g'ullar davrida yaratilgan so'nggi manbalar XIV asr boshlarida yozib tamomlangani bilan izohlash mumkin. Shuning uchun ham, Chig'atoy ulusining keyingi 50-60 yillik tarixini Amir Temur va Temuriylar davri manbalari asosida ochiqlash mumkin.

Temuriylar davri forsiy manbalari qatorida Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining muqaddimasida ham ulusning o'n to'rtinchi va o'n beshinchi xonlari Kebekxon ibn Duvaxon va Elchigday ibn Duvaxon ekani tasdiqlangan. Ammo, keyingi hukmdorning ismi manbalarda turlicha tavsiflanadi. Jumladan, Sharafiddin Ali Yazdiyda "O'qroxon ibn Duva Temurxon", Mirzo Ulug'bekda "Durar Temurxon ibn Duvo Chechan", Nizomiddin Shomiyda "Dura Temurxon ibn Davo" shakllarida keltirilgan [Nizomiddin Shomiy, 1996: 26.; Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020:302; Mirzo Ulug'bek., 1994:316.]. Bu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, tadqiqotlarda Tarmashirinxondan avval nomi qayd etilgan Chig'atoy xoni Duva Temurxon yoki Durar Temurxon bo'lgani ta'kidlanadi.

Manbalarning barchasida keyingi hukmdor Tarmashirinxon ibn Duvaxon ekani aytib o'tilgan. Biroq, Tarmashirinxondan keyingi hukmdor manbalarda turlicha tavsiflanadi. Xususan, Sharafiddin Ali Yazdiyning asarida Bo'ron ibn Uljoytu Sulton Muhammad Xudobanda, Mirzo Ulug'bekning asarida Turonxon ibn Duvo Temurxon, Nizomiddin Shomiyning asarida Jingshi ibn Ebukin ekani yoziladi [Nizomiddin Shomiy, 1996: 26.; Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020:304; Mirzo Ulug'bek., 1994:318]. "Zafarnoma" muqaddimasini taijima qilgan sharqshunos olim O. Boriyev manbaning bu qismida xatolik ketganini aytib, aslida hokimiyatga kelgan xon Bo'zanxon bo'lganini yozadi. U Duva Temurxonning o'g'li bo'lib, 1334-1336 yillarda xonlik qilgan, deydi [Sharafiddin Ali Yazdiy., 2020:304.]. Ammo, Tarmashirin hokimiyatining 1235-yilga qadar davom etgani to'g'risidagi yozma va numizmatik manbalar [Марков А.К., 1892:558.] tahlilini inobatga oladigan bo'lsak, asosan Bo'ronxon yoki Bo'zanxon nomlari bilan eslatilgan keyingi hukmdor 1235-1236-yillarda hukmronlik qilganiga shubha qolmaydi.

"Zafarnoma" asarining muqaddimasida keltirilgan keyingi hukmdor nomi Jingsho'xon ibn Abukan-O'g'ul bo'lib, Mirzo Ulug'bek asarida Jangituxon ibn Iyumkan, Nizomiddin Shomiy asarida esa Jingshi ibn Ebukin sifatida keltiriladi. A.K. Markov tomonidan o'rganilgan numizmatik ma'lumotlar orasida Tarmashirinxon vafotidan keyin zarb qilingan dastlabki tangalarda keyingi Chig'atoy xoni Chenkshixon (Jenkshixon) nomi qayd etilgan bo'lib, davriy jigatdan 1236-1237-yillarga tegishli. Hozirgacha Tarmashirinxondan keyin ma'lum

muddat hokimiyatni idora qilgan xon Bo'ronxon (Bo'zonxon, Puronxon yoki Turonxon) nomi yozilgan tangalar topilmagan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Bo'ronxon yoki boshqa nomlar bilan tilga olingan hukmdor hokimiyati davrida tanga-pul zarb qildirmagan. Bunga Tarmashirinxon vafotidan keyin ulusda avj olib ketgan toju taxt kurashlari halaqit qilgan bo'lishi ham mumkin.

Manbalarda Tarmashirinxondan keyin hokimiyatga kelgan xonlar jumladan, Bo'zanxon va Chenkshixon nafaqat o'troq shaharlar aholisi bilan yaqinlashishi, turkiylashish, o'troq hududlardan turib mamlakatni idora qilishga qarshi bo'lganlar, shuningdek, Chingiziylarning islom dinini qabul qilishiga ham qarshi edilar. Jumladan, Muiniddin Natanziyning "Muntaxab ut-tavorixi Muiniy" asarida Chenkshixonning musulmonlarga bo'lgan keskin munosabati haqida so'z yuritiladi. U ikki yilga yaqin hukmronligi yillarida musulmon bo'lgan Chig'atoylar va zodagonlarni eski diniy e'tiqodlariga qaytarish uchun qattiq harakat qiladi. Ammo, uning hokimiyati ham uzoqqa bormay, qatl etiladi.

Mirzo Ulug'bek asarida yozilishicha, Chenkshixon o'z ukasi Yesun (Yesu) Temurxon bilan o'zaro toju taxt kurashlar natijasida qatl etilgan [Mirzo Ulug'bek., 1994:318].

"Zafarnoma" muqaddimasida keltirilgan keyingi Chig'atoy xonlar - Yisun Temurxon ibn Abukan-O'g'il, undan keyin Muhammad ibn Po'lod-O'g'il bo'lib, Mirzo Ulug'bek bu ikki xon hukmronligi oralig'ida O'qtoy naslidan Ali Sulton hukmronlik qilgani haqida yozadi. Buni Nizomiddin Shomiy asaridan ham ko'rish mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiy asarida Ali Sulton amaldagi xonni yengib, ulusni talon-taroj qilganini yozsa ham, uni Chig'atoy ulusinin alohida hukmdorlari qatorida tilga olmaydi. Shuningdek, Temuriylar davri manbalarida Chingizxon va Amir Temur ajdodlari Qobul va Qochuli ahdnomasi Ali Sultonning xon xazinasini talon-taroj qilgan vaqtda yo'q qilib yuborilgani ta'kidlanadi.

Sharafiddin Ali Yazdiy keyingi hukmdor Qozon Temur ibn Yisun Temurxon bo'lganini yozadi. Ammo, bu davr manbalarida xonning shajarasi turlicha keltirilganini ko'rish mumkin. Jumladan, Mirzo Ulug'bek Qazon Sulton ibn Yasavul, Nizomiddin Shomiy Qazon sulton ibn Yasavur shaklida keltiradi. Temuriylar davri aksariyat manbalarida ham uning Yasavur O'g'longa taqaluvchi shajarasi keltiriladi. Chig'atoy ulusining Qozon Sultondan keyingi xonlarining aksariyati "qo'g'rchoq xonlar" maqomida bo'lib, qisqa davrda yirik amirlar tomonidan o'nga yaqin xonlar almashtirildi. "Qo'g'irchoq xonlar" ham Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari muqaddimasida nomma-nom sanab o'tilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qiladigan bo'lsak, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari muqaddimasi Chingizxon va uluslar tarixini o'rganishda muhim asarlardan biri hisoblansa ham, asarda Chig'atoy hukmdorlari, ularning shajaraviy mansubiyati, ketma-

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz

ketligi kabi masalalarda XIII-XV asrlar forsiy manbalari bilan qiyoslanganda bahsli jihatlar ham mavjud. Bu bahsli holatlarni yuqorida tahlil qilgan bo'lsak ham, yana bir jihat borki, bu xonlarning hukmronlik yillari bilan bog'liq. Chig'atoy ulusi tarixi yoritilgan aksariyat Temuriylar davri manbalari qatorida "Zafarnoma"

muqaddimasida ham xronoligik chalkashliklar kuzatiladi. Bu chalkashliklarni numizmatik ma'lumotlar asosida tahlil qilish lozim. Bu esa yana aynan shu mavzuda yirik tadqiqotlar qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

№ Sharafiddin Ali Yazdiy asarida Nizomiddin Shomiy asarida Mirzo Ulug'bek asarida Jamol Qarshiy asarida Juvayniy va Rashididdin asarlarida

1 Chig'atoy ibn Chingizxon Chig'atoyxon ibn Chingizxon Chig'atoyxon ibn Chingizxon Chig'atoy ibn Chingizxon Chig'atoy ibn Chingizxon

2 Qora Xulaguxon ibn Mutugen Yisun Munka ibn Chig'atoy Qora Halokuxon ibn Boyqon Qora Xulagu ibn Mitukan Kara ibn Mutugan

3 Yasun Munka ibn Chig'atoyxon Qora Huloku Yesu Munko ibn Chig'atoyxon Yesu-Munka ibn Chig'atoy Yasu ibn Chig'atoy

4 Arg'ana xotun ibn Ariq-Buqa ibn To'lixon Arg'ina Qora Halokuxon ibn Boyqon Urkina Xotun Kara ibn Mutugan

5 Olg'u ibn Poydor Aliqu ibn Boydor Arg'una xotun binti Turelchi ko'ragon Olg'uy ibn Baydar Erkina

6 Muborakshoh ibn Qora-Hulagu Muborakshoh ibn Qora Huloku Olku ibn Poydor Muborakshoh ibn Qora Xulagu -

7 Baroqxon ibn Yisun-Qora Baroq Muborakshoh ibn Qora Halokuxon Baroq ibn Yesu Buka -

8 Bekshixon ibn Shiromun Nekipay ibn Shiromon Baroqxon ibn Suqaro Nikbay ibn Sarban -

9 To'qa-Temurxon ibn Mutugen Tag'ay Temurxon Bekxon ibn Huvlo Sheromun Buka Temur ibn Qadag'ay -

10 Duva-Chechanxon ibn Baroqxon Davo Chechan To'qtemurxon ibn Qudag'ay Duva ibn Baroq -

11 Ko'njakxon ibn Duvaxon Kunchakxon ibn Davo Duva Chechan ibn Baroqxon - -

12 Taliyqo'xon ibn Bo'ri Toliqu o'g'li Bo'ri Kunjak ibn Duva Chechanxon - -

13 Eson Buqo ibn Duvaxon Esan Bug'o ibn Davo Toliquxon ibn Qudag'ayxon - -

14 Kebekxon ibn Duvaxon Kepakxon ibn Davo Esonbuqoxon ibn Duva Chechan - -

15 Elchigday ibn Duvaxon Elchigidayxon ibn Davo Kebekxon ibn Duvo Chechanxon - -

16 O'qroxon ibn Duva Temurxon Dura Temurxon ibn Davo Elchigidayxon ibn Duvo chechan - -

17 Tarmashirinxon ibn Duvaxon Tarmashirinxon ibn Davo Durar Temurxon ibn Duvo Chechan - -

18 Bo'ron ibn Uljoytu Sulton Muhammad Xudobanda Jingshi ibn Ebukin Tarmashirinxon ibn Duvo Chechanxon - -

19 Jingsho'xon ibn Abukan-O'g'il Yisun Temurxon ibn Ebukan Turonxon ibn Duvo Temurxon - -

20 Yisun Temurxon ibn Abukan-O'g'il Ali sulton (O'qtoy naslidan) Jangituxon ibn Iyumkan - -

21 Muhammad ibn Po'lod O'g'il Muhammad ibn Po'lod Yesu Temurxon ibn Iyumkan - -

22 Qozon Sulton ibn Yisun Temurxon Qazon ibn Yasavur Ali Sulton (O'qtoy naslidan) - -

23 Donishmandchaxo n (O'qtoy naslidan) Donishmandchaxon (O'qtoy naslidan) Muhammad ibn Po'lod O'g'il - -

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

www.in-academy.uz

24 Bayonqulixon ibn So'g'do-O'g'lon Bayonquli ibn Surg'atu Qazon Sulton ibn Yasavul - -

25 Temurshoh ibn Yisun-Temurxon Temurshoh ibn Yisun Temurxon Donishmandchaxon (O'qtoy naslidan) - -

26 Tug'luq Temurxon ibn Emilxoja Tug'luq Temur ibn Emilxoja Bayonqulixon ibn Sarhad o'g'ul - -

27 Ilyosxoja ibn Tug'luq Temurxon Ilyosxoja ibn Tug'luq Temur Temurshoh ibn Yesu Temurxon - -

28 Kobulshoh ibn Ruji Kobul Sulton ibn Durchi Tug'luq Temurxon ibn Elxoja - -

29 Odil Sulton ibn Muhammadxon Odil Sulton ibn Muhammad Ilyosxoja ibn Tug'luq Temurxon - -

30 Suyurg'atmishxon Suyurg'atmishxon Odil Sulton ibn Muhammadxon - -

31 Sulton Mahmud ibn Suyurg'atmishxon Mahmudxon ibn Suyurg'atmishxon Komilshoh ibn Dovurchi - -

32 - - Suyurg'atmishxon ibn Donishmandxon - -

33 - - Sulton Mahmud ibn Suyurg'atmishxon - -

TASHAKKUR

Ushbu maqola O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institute Qo'lyozmalar foni kutubxonasidan, shuningdek, "Tarix - Muarrix kutubxonasi", "Markaziy Osiyo" elektron kutubxonalarining XIII-XV asrlar forsiy va arabiy manbalarining turli tillarga o'girilib, amalga oshirilgan nashlaridan foydalangan holda yaratildi.

Maqolani yozishda maslahatlari bilan yordam bergan ustozim, akademik Dilorom Yusupovaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

ADABIYOTLAR:

[1] Alaaddin Ata Melik Cüvaini. Tarih-i Cihangûça / Çev. M.Ozturk. - Ankara, 1988. - 303 s.

[2] Kadi Ahmad Gaffâr-i Qazvînî. Târîh-i Cahân-ârâ. /M.Minovi nashri. - Tehron, 1343. - P. 201.

[3] Mu'in-al-din Natanzî. Muntakhab-al-Tavârikh-i Mu'inî. /Publies par Jean Aubin. - Teheran, 1957. - P. 112.

[4] Muniddin Natanziy. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy. / Fors tilidan G'. Karomov tarj. - Toshkent, 2011. - B. 44.

[5] Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Muqaddima. (keyingi o'rinlarda "Muqaddimayi Zafarnoma" shaklida qo'lladik.) 1-kitob. // Fors tilidan O. Bo'riyev tarjimasi. - Toshkent, 2020. - B. 305.

[6] Абу-л-Фадл ибн Мухаммад Джамол ад-дин Карши. Мулхакат ас-Сурах (извлечение) / Пер. с перс. Р.Ш.Шарафутдиновой // МИСЦА. X-XIX вв. -Т., 1988. - С. 100-127.

[7] Амир Темур аждодлари (Шарафиддин Али Яздийнинг "Зафарнома" асаридан терма таржималар) / Форс тилидан терма таржима, кириш

суз ва изохлар муаллифи О. Буриев. - Т., 1992. - 31 б.

[8] Джамал ал-Карши. Мулхакат ас-Сурах / Перевод с арабского и примечания А. Саидов. -Душанбе: Ирфон, 2006. - 268 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[9] Джамал-ал-Карши. Ал-Мулхакат-би-с-сурах // История Казахстана в персидских источниках. Т. 1. Отв. ред. А.К. Муминов. Введение, перевод с арабско-персидского, комментарии, текст, факсимиле Ш.Х. Вохидова, В.В. Аминова. -Алматы: Дайк-Пресс, 2005. - 416 с.

[10] Жувайний Алоуддин Атомалик. Тарихи Жахонгушо (Жахон фотихи тарихи). / Турк тилидан Назарбек Рахим таржимаси. - Тошкент: Мумтоз суз, 2015. - 504 б.

[11] Марков А.К. Инвентарный каталог Мусульманских монет Эрмитажа. - Ст-Петербург. -1892. - Р. 559-560.

[12] Му'изз ал-ансаб (прославляющее генеалогии) // История Казахстана в персидских источниках. Т. III. Отв. ред. А.К. Муминов. Введение, перевод с персидского языка, примечания, подготовка факсимиле к изданию Ш.Х. Вохидова. Сост. указ. У.А. Утепбергановой. - Алматы: Дайк-Пресс, 2006. - 672 с.

[13] Муиниддин Натанзий. Мунтахаб ут-таворихи Муиний /Форс тилидан таржима, суз боши ва изохлар муаллифи: F. Каримий. - Т.: Узбекистан, 2011. - 264 б.

[14] Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан угирувчи Ю. Дакимжонов. Таржимани кайта ишлаб нашрга тайёрловчи ва масъул мухаррир А. Уринбоев. Изохлар ва лугатлар тузувчи Д. Караматов. Географик номлар изохи О. Буриевники. Дофизи Абрунинг "Зафарнома"га ёзган "Зайл"и -("Илова")ни форсийдан угирувчи ва изохлар тузувчи О. Буриев. - Т., 1996. - 527 б.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

[15] Рашид ад-Дин Фазлаллах. Джами ат-таварих T. I. Ч. 1. / Критический текст А.А. Ромаскевича, А.А. Хетагурова, А.А. Али-Заде. - М.: Наука, 1968. - 588 арабский текст; T. III. / Сост. научно-критич. текста на перс. языке А.А. Али-Заде, Пер. с перс. А.К. Арендса. - Баку, 1957. - 361+727 арабский текст.

[16] Рашид ад-Дин Фазлаллах. Огуз-наме / Пер. с перс. Р. Шукюровой. - Баку: Элм, 1987. - 127 с.

[17] Рашид ад-дин. Сборник летописей. Т. I. кн. 1 / Пер. с перс. Л.А. Хетагурова. - М.-Л., 1952. - 222 с.; Т. I. кн. 2 / Пер. с перс. О.И. Смирновой. - М.-Л., 1952. - 316 с.; Т. II / Пер. с перс. Ю.П. Верховского. - М.-Л., 1960. - 248 с.; Т. III / Пер. с перс. А.К. Арендса. - М.-Л., 1946. - 340 с.

[18] Тизенгаузен В.Г. Сборник материалов, относящихся к истории Золотой Орды. Т. I. Извл. из сочинений арабских. - СПб., 1884. - 563 c.; Т. II. Извл. из сочинений персидских. - М.-Л.: Наука, 1941. - 308 с.

[19] Улугбек Мирзо. Турт улус тарихи / Форс тилидан Б. Ахмедов, Н. Норкулов ва М. Дасанийлар тарж. - Т.: Чулпон, 1994. - 352 б.

[20] Хондамир, Fиёсиддин ибн Хумомиддин. Х,абиб ус-сийар фи ахбори башар (Башар ахли сийратидан хабар берувчи дуст) / Масъул мухаррир А. Ахмедов; Форс тилидан таржима, мукаддима муаллифлари: И. Бекжонов, Ж. Х,азраткулов. - Тошкент: Узбекистан, 2013. - 1272 б.

[21] Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома / Суз боши, изох ва курсаткичлар муаллифлари: Ашраф Ахмад, Д. Бобобеков. - Т.: Шарк, 1997. - 382 б.

[22] Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома / Нашрга тайёрлаш, сузбоши, изох ва курсаткичлар А. Уринбоевники. - Т.: Фан, 1972. - 1240 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.