Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI'

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
854
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Tasavvuf / so‘fiy / tariqat / pir / murid / mutasavvif / Yassaviy.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Sevinch Isroyil Qizi Berdiyorova

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta’limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g‘oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI

Sevinch Isroyil qizi Berdiyorova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta'limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g'oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi,

Tayanch so'zlar: Tasavvuf, so'fiy, tariqat, pir, murid, mutasavvif, Yassaviy.

Ma'lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo'lsin, xoh yirik ta'limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo'lsin mohiyatan pedagogikaga uyg'un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g'oyalarni o'zida mujassamlashtirgan, Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo'shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir.

Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning 2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo'lgan. Yassaviy tug'ilgach, ko'p o'tmay onasi - Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg'ul bo'ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko'chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o'zlashtirgan. O'sha zamonlarda ilm-ma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo'lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig'ilishgan. Arslon bob ko'rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o'rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo'lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o'rin oladi.1

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta'limoti va nomdor so'fiy olimlar haqida qayd etar ekan, Yassaviy to'g'risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g'oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.

Nasafiy. "Xoja Axmad Yassaviy" - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993 y.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 816

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta'limoti diniy ta'limot bo'libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o'ziga xos ta'limiy va tarbiyaviy g'oyalarni jamlagan yo'nalish bo'lgan. Tasavvuf ta'limotida ustoz va shogirdlik an'analariga qat'iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga muhim e'tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.

Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g'oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo'lib, ular milliy pedagogikamizga qo'shilgan katta hissadir.2

Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g'oyalarini omma ko'ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo'li sodda xalq shoirlarimizning tutg'on yo'lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar».

Yuqorida ta'kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning "Hikmat" nomi bilan yuritilgan she'rlar to'plami zalvorli o'rin egallaydi. Mazkur she'rlar to'plami adabiy muhitda "Devoni hikmat"nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.

«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo'lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko'rsatgan «Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, o'z qo'l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo'lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.

Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan o'qib, anglashga harakat qilinsa, o'quvchi "Inson" degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, o'z-o'zini taftish etadi. Bu "kashfiyot" (o'z-o'zini anglash) o'quvchini asta-sekin o'tkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka undaydi. Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va xalqchilligiga borib tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib borish, she'rxonni ham ma'naviy ham badiiy tarbiyalashda ko'zga tashlanadi.

Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma'rifatga chorlash yetakchilik qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo'lishi bot-bot uqtiriladi:

Ey do 'stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,

Ul suhbatda ma 'rifat durlarini sochorlar.

2 A.Zunnunov "Pedagogika tarixi" - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2004

y.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur, Halol-harom farqin omi qoydin bilur?! Olimlardin omilar ko 'b foyda olur, Bu dunyoda yaxshi otin qo 'llar, do 'stlar.

Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya'ni ilmi g'aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ega. Ahmad Yassaviy aynan shu kashfiyotni qila olgan va bu yo'lda uchragan har qanday adolatsizlik, riyokorlikni keskin qoralagan. Xususan, uning "Rasoil" asarida quyidagi jumlalar uchraydi: shunday osiy va xofiy shayxlar chiqadurki, alar shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga (ipsiz) bog'lanurlar va alar firibgarlik ila muridlarni ovlayurlar. Ushal osiy shayxlar muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko'ngillari kufru zalolatdan qutulolmas. Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo'lurlar va sovg'a-salom bermaganlarni pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo'lmas.

Yuqoridagi fikrlar ,o'z davrining shayxlarigagina tegishli bo'libgina qolmay, har qanday davr pedagoglarini tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham taalluqlidir.

Yassaviy ayrim shayxlar kabi mol-dunyo to'plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag'alparvar va g'aribparvar bo'lib yashaganligini uning ba'zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo'ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi: Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o 'taro, Ishonmag'il molingga, bir kun qo 'ldan ketoro, To 'rt oyoqlik cho 'bin ot bir kun sango yetoro.

Yuqoridagi misralarga uyg'un ravishda shoir insondagi ruhiy boylikni muqaddas tutadi. Illatlar ichida eng xavflisi nafsdir, deydi: Nafsim meni yo 'ldan urib xor ayladi, Termultirib xaloyiqg 'a zor ayladi.

Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo'ladigan insondagi ruhiy-ma'naviy jihatlardan biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash, illat emas, fazilat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik vazifa sanaladi.

Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo'ladigan insondagi ruhiy-ma'naviy jihatlardan biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash, illat emas, fazilat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik vazifa sanaladi.

Shoir ma'rifatli insonlarni har satrida qadrlaydi, ularni ehtirom bilan tilga oladi: Haqiqatning daryosidin guhar olg'on, Haqiqatning daryosidin guhar olg'on.

3 Ahmad Yassaviy. "Hikmatlar"

Uzbekistan

- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993 y.

www.scientificprogress.uz Page 818

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Kuyub-pishib ich bag 'rim o'tqa solg'on, Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun.

Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko'zdan kechirar ekanmiz, ular asosida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, ma'rifatni targ'ib etish va ziyoli insonlarni ulug'lash, asosiysi, komil insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilganiga guvoh bo'lamiz. Komil inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining birlamchi maqsadi bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. Nasafiy. "Xoja Axmad Yassaviy" - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993 y.

2. A.Zunnunov "Pedagogika tarixi" - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2004 y.

3. Ahmad Yassaviy. "Hikmatlar" - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993 y.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.