AHMAD A'ZAM QISSALARIDA OBRAZ TASVIRI
Laylo Hayitova
Mustaqil tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada yozuvchi Ahmad A'zam qissalaridagi obrazlar tizimi, ularga xos eng asosiy xususiyatlar, adibning obraz yaratish mahorati haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: obraz, detal, qissa, psixologiya, umumiylik, individuallik
IMAGE IN THE STORIES OF AHMAD AZAM
ABSTRACT
This article discusses the system of images in the stories of the writer Ahmad Azam, their main features, the writer's skill in creating images.
Keywords: image, detail, narrative, psychology, generality, individuality
Biror badiiy asar haqida gap ketganda kitobxon ko'z oldida, eng avvalo, undagi asosiy obrazlar gavdalanadi. O'quvchining asarni eslab qolishi bevosita shu asardagi obrazlarning qanchalik mahorat bilan tasvirlanganiga bog'liq. Ilmiy adabiyotlarda obrazga turlicha ta'riflar beriladi. Badiiy obraz adabiyot va san'atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. LugDaviy maDnosida har qanday aksni bildiruvchi DobrazD so'zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan terminologik ma'noda qo'llanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u badiiy obraz ma'nosida tushuniladi. Badiiy obraz deganda, borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h.z.)ning san'atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning ko'plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o'zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik badiiy borliqdir. Xuddi shu hol badiiy obrazni obyektiv va subyektiv ibtidolar birligiga aylantiradi. Ya'ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda mavjud bo'lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha, tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi.1 O'z asarlarida jonli, tirik timsollarni yaratgan, o'ziga xos obraz yaratish mahoratiga ega yozuvchilardan biri Ahmad A'zamdir. Adib o'z qissalarida bir-biriga o'xshamaydigan qator obrazlarni yaratgan. Ma'lumki, har qanday obraz umumlashtirishning, ayni paytda individuallashtirishning ham mahsuli. Chunki bir davr, bir muhit kishilari ko'plab umumiy jihatlarga ega bo'lishi bilan birga
1 Quronov D. Adabiyotshunoslik lugDati. 2010. 33-bet
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
Page 937
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
har binning inson sifatida o'zigagina xos bo'lgan qirralari ham mavjud. Ana shu umumiylik va individuallik o'rtasidagi chegarani to'g'ri belgilay olgan ijodkor chinakam mahoratli yozuvchiga aylanadi. Ahmad A'zam bu jihatdan e'tirof etishga munosib adib. Adib qissalaridagi asosiy qahramonlar qator umumiy jihatlari bilan birga o'zigagina xos bo'lgan ko'plab belgilarga ega bo'lgan obrazlardir. Xususan, A. A'zam qissalari bosh qahramonlarining hammasi ziyoli odamlar. Hali hayot bor, qissasi bosh qahramoni A'lam jurnalist, Asqartog' tomonlarda qissasi qahramoni Mahdi Ashrapov olim, DQuroqD qissasi bosh qahramoni ijodkor (muallifning o'zi), Bu kunning davomiD qissasidagi qahramon- psixolog. Bosh qahramonlarning hammasiga xos umumiy jihat ularning barchasi ziyoli, ijodkor insonlar ekanligidir. Qissalarni o 'qish jarayonida kitobxon muallif o'z tabiati, o'y-xayollarini asosan, bosh qahramonlarga koDchirganiga guvoh bo'ladi. Ahmad A'zam qahramonlar portretiga asar boshida alohida, batafsil to'xtalmaydi. O'quvchi asarni o'qish davomida qahramonlar qiyofasini ham yaqqolroq tasavvur qila boradi. Qahramonlar qiyofasini, asosan, ularning nutqi va xarakteri gavdalantiradi. Ahmad A'zam qissalari qahramonlari jonli, tirik inson obrazlari deb, bemalol aytish mumkin. Chunki yozuvchi birorta qahramonni yo butkul oppoq, yo qop-qora bo'yoqlarda tasvirlash yoDlidan bormaydi. Ularni barcha insonlarga xos fazilat va kamchiliklari bilan tabiiy koDrsatadi. Chunonchi, Bu kunning davomi qissasi bosh qahramoni xayolan o'zini Ustaga, Sobirvoyni qora ishchiga, Avvalboyni choy tashuvchiga qiyos qilib, zavqlanadi. Ammo shu zahotiyoq Sobir boshlagan Dg'iybatD ko'nglini gDashlaganini his qiladi: negadir odam huzur bilan g'iybat qilasan-u, keyin ko'nglingda juda noxush sezimlar uyg'onadi, o'zingdan-o'zing irgana boshlaysan.
Ahmad A'zam qissalaridagi asosiy obrazlarni shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Qissalarning nomi Inson obrazlari Jonivor obrazlari Detal-obrazlar
D Asqartog D tomonlarda D qissasi Ofiyat, Mahdi Ashrapov, Isrofil, Haqberdi, Tangir, Shodi aka Ayiq TogD
DBu kunning davomiD qissasi Psixolog,Sobir, Avvalboy, Akobirov, Zuhra, Sulton, Rasulov, Husainov Mushuk Telefon, tramvay
DHali hayot bor DD qissasi ADlam, Abduzafar, Xosiyat, Irina, Vazira, Dilorom, Saodat, Zumrad, Gulasal, Habiba, Turdiali, Sojida, Solihboyev Gulimoh,Gulandom, Eshak BoDyoq, hushtak
2 A. ADzam. Bu kunning davomi. www.ziyouz.com
□ Quroq qissasi Saidvali, Nosir, Ismoil, Ilon, ot, eshak, it, LugDat
Rashid, Vafoqul, Sulton, mushuk
GDaffor, Vosit, Sardor,
Fan, Flyura, Eshonxonov,
Ismat
Ahmad A'zam qissalaridagi obrazlar tizimida detallarning alohida o'rni bor. Masalan, Bu kunning davomiD qissasida yillar davomida axtargan qizini uchratgan va shu qizning qoDngDirogDini kutayotgan qahramon telefonga betoqat tikiladi: U, xuddi shu kulrang quti gapirib yuboradigandek, telefonga tikildi. Xona yorugDida xira tovlanayotgan telefonning sirtida o'sha qizning uni yo'qlamasligini bildiradigan nimadir bordek edi. Ko'rinadiki, bu kulrang quti shunchaki buyum emas, qahramon ruhiy holatini ochib berayotgan muhim detallardan biri. Buni qahramonning kvartira egasi haqidagi o'yidan ham bilish mumkin: Padarla natining uyida bir vaqtlar telefon ham bo'lgan, lekin pulni to'lamaganidan keyin uzib qo'yaverishgan, keyin o'zi qoDshnisiga pullab yuborgan. Telefondek ajoyib narsani qoDldan chiqazgan-a! Kvartira egasi -Vohid qahramonimiz uchun birdan bir umid manbaini, TELEFONni qo'ldan chiqazgan! Bu qahramonning fojiasi ham shundadir balki? Telefon Vohid qalbida so'nib borayotgan umid, hayotga muhabbatning ramzi. Qahramonimiz esa hozircha telefon Dini qo'ldan chiqazmagan. Vohid bilan uning o'rtasidagi asosiy tafovut, ichib kelib dardi hol qilish asnosida havaslanib gapirishining sababi ham shunda. Ko'rinadiki,detal-obrazlar qahramon tabiatini, ruhiyatini ochishda muhim ahamiyat kasb etyapti. Xulosa qilib aytganda, Ahmad A'zam obraz yaratishda o'ziga xos mahoratga ega adibdir.
REFERENCES
1. A. A'zam. Til nomusi.- Toshkent: Akademnashr,2013
2. A. A'zam. Hali hayot bor...- Toshkent:ODzbekiston, 2011
3. A. A'zam. Bu kunning davomi.www.ziyouz.com
4. Quronov D. Adabiyotshunoslik lugDati. T. 2010
5. O'zbek adabiy tanqidi. Toshkent: Turon-iqbol, 2011