Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
ADABIYOTDA MOTIVNING O'RGANILISH TARIXI
Solijonov Yo'ldoshxo'ja
FarDU professori, filologiya fanlari doktori
Qo'chqarov O'tkir O'ktamjonovich
FarDU 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada motiv tushunchasining vujudga kelish tarixi, motivlar folklor haqiqati va folklor tilining ajralmasligini, ya 'ni mazmun va ifoda uyg'unligini o 'zida mujassam etishini, birgina motivning turli matnlarda, milliy va xalqaro matnlar doirasida qiyosan o'rganish talqini haqida batafsil ma 'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Motiv, folklor, motivning dixotomik nazariyasi, motifema-motiv-allomotiv munosabati, syujetlar sistemasi, ifodaviylik, uslub, ramziylik, shukronalik, sharqona qarash.
ABSTRACT
This article provides information on the history of the emergence of the concept of motive, the fact that motives are folklore and the inseparability of folklore language. It is explained in detail about the combination of content and expression, the interpretation of the same motif in different texts, within the framework of national and international texts.
Key words: Motif, folklore, dichotomous theory of motif, motif-motive-allomotive relationship, plot system, expressiveness, style, symbolism, gratitude, oriental view.
KIRISH
Motiv juda ko'p fanlar, jumladan, psixologiya, adabiyot, musiqa, tasviriy san'at, biologiya kabi sohalarning tadqiqot obyekti sifatida o'rganilgan. Mavjud lug'atlarda ushbu so'zning ma'nosi ko'p ma'noli atama ekanligi qayd etilib, lug'aviy ma'nosi esa fransuzcha - "kuy", "ohang"; lotincha (yoki yunoncha) - "harakatlanmoq" so'zlaridan kelib chiqib izohlanadi1. Quyida motiv genezisi va uning boshqa fanlar doirasida qanday ma'no kasb etishi xususida so'z yuritamiz.
"Genezis" so'zining umumiy ma'nosi - paydo bo'lish, kelib chiqish degan ma'nolarni anglatadi. Bu atama "tug'ilish" degan ma'noni anglatuvchi yunon tilidagi "genese"so'zidan kelib chiqadi va "kelib chiqishi" deb tarjima qilingan lotin tilidagi
1 O'zbek tilining izohli lug'ati// 5 jildlik. II jild. -T: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" DIN, 2006. 618-b. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi// Ko'p jildlik. VI jild. - T: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" DIN,2003.97-b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
so'zlashuvlarga asoslangan2. Endi "genezis" atamasi amalda biron bir faoliyat sohasida, falsafa, fan, san'atda qo'llaniladi. Motivning genezisi xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi (ertak, xalq dostonlari misolida yaqqol ko'rinadi)3. Har bir xalq ertaklari qator motivlar zanjiridan tuzilgan. Masalan, bog'da olmaning o'g'irlanishi, og'a-inilarning uni izlab safarga jo'nashi, qahramonnning akalari tomonidan ta'qib qilinishi, dushmanlik, devlar qo'lidagi bandilarni ozod qilish, ularni yer yuziga chiqarish, qalandarning farzandsiz ayolga olma berishi, olmani yeb ularning farzand ko'rishlari, otaning o'z o'g'liga ot taqdim etishi, ot uni istagan yeriga olib borishi, sehrli nay yigitning aytganlarini bajarishi, uzukning qahramon xohishlarini bajarishi va hokazo. Bular ertaklar syujetini yuzaga keltiruvchi xilma-xil motivlardir4.
"Motiv syujetni vujudga keltiradi, u syujetlar sistemasining elementidir, - deydi folklorshunos B.N.Putilov. Motiv sistemalar tarkibida ma'lum bir vazifani bajaradi, shu yerda u o'zining aniq o'rniga ega, shu yerda uning konkret mazmuni ochiladi "5.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Motiv folklor asarini (matn, syujet, boshqa har qanday yakunlangan haqiqat ) badiiy tashkil etishning asosiy kategoriyalari (toifalari)ga, shuningdek, kengroq ma'noda, umuman, madaniy hodisa sifatida folklorga tegishlidir. Folklor olami motivlar orqali ifoda etiladigan cheksiz, ( ammo oxir-oqibat , tizimlashtirish va hisobga olish uchun qulay bo'lgan) motivlar to'plamidan iborat. Motivlar folklor haqiqati va folklor tilining ajralmasligini , ya'ni mazmun va ifoda uyg'unligini o'zida mujassam etadi. Motivni folklor syujetining muhim elementi sifatida ajratib ko'rsatgan va motiv nazariyasining asoslarini yaratib bergan A.N.Vaselovskiy davridan buyon folklorshunoslik fani motiv bilan bog'liq ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirdi. Bu tadqiqotlarning barchasida motivning atama sifatida mazmun chegarasi va ta'rif doirasi (ayniqsa, fundamental va sof nazariy tadqiqotlarda) ziddiyatli bo'lib qolmoqda.
A.N.Vaselovskiy allaqachon motivni syujetni tashkil qiluvchi asosiy unsur sifatida tushungan (ota va o'g'il o'rtasidagi kurash bir qator epik syujetlarning asosiy motividir ) , so'ngra syujetga yoki uning muhim qismiga hayot beradigan obrazlarning bir turli (transformatsiyalar, qahramonliklar), nihoyat, sxema
2O'zbek tilining izohli lug'ati: 80 000 ortiq so'z va so'z birikmasi. // A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
3 Egamov X.Motiv va syujet "XX asr o'zbek folklorshunosligi" antalogiyasi/Tuzuvchilar: O.To'laboyev va boshq. -T. : "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2019. 290-b.
4 Egamov X.Motiv va syujet "XX asr o'zbek folklorshunosligi" antalogiyasi/Tuzuvchilar: O.To'laboyev va boshq. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2019. 363-b.
14 Путилов Б.Н. Мотив - сюжетни ташкил килувчи элемент сифатида/ Таржимадан.А.Абдужалилов// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2021. № 3 -Б 125
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ko'rinishidagi syujet elementi o'laroq matnda aniq vazifani amalga oshiruvchi unsur sifatida harakat qilishini ta'kidlagan6.
Adabiyotshunoslikda motiv termini turlicha ma'nolarda qo'llanadi. Jumladan, voqeaband asarlarda motiv syujet sxemasi (masalan, qahramon bandi etiladi, unga biron-bir qiz yordam beradi; o'gay ona va mushtipar soliha qiz; qahramon kimsasiz yetimlikdan yuksak martabaga yetadi; qahramon otasini tanimaydi, favqulodda vaziyatda unga duch keladi va h.) yoki biron-bir narsa (masalan, ko'zgu, tumor), holat (masalan, tush ko'rish, arvoh bilan suhbat, o'zini tanitmay yurish), obraz (dono vazir, vafodor do'st, raqib) qator ko'rinishlarda voqe bo'ladi hamda yozuvchining badiiy fantaziya imkoniyati va ijodiy niyatidan kelib chiqib turli variantlarda talqin etiladi. Masalan, "Alpomish"dagi Qorajon, "Farhod va Shirin" dagi Shopur, "O'tgan kunlar" dagi usta Olim - bari do'st motivining turli variantlari bo'lib, ular asar syujetidagi funksiyalarni , badiiy konsepsiyani ifodalashda tutgan o'rni jihatidan farqlanadi7 .
"Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati" da motivga shunday izoh berilgan: "... motiv termini xalq og'zaki ijodida, xususan, doston, ertak kabi katta epik janrlarni o'rganishda ishlatiladi. Masalan, qahramonning g'ayritabiiy tutilish motivi, personajning ovga yoki safarga chiqish motivi, uning qahramonlik uyqusiga ketish motivi va h.k" 8.
Syujetning eng sodda va tushunarli qismi bo'lgan motiv alohida tafsilotlarni tasvirlash uchun ishlatiladi9.
Motivga xos muhim jihatlardan biri muayyan turg'unlikka egalikdir.Ya'ni motivlar yarim tayyor holda olinadi: mavjud motivlar aynan emas, o'zak saqlanib qolingani holda yozuvchining badiiy fantaziya imkoniyati va ijodiy niyatidan kelib chiqib turli variantlarda talqin etiladi10.
Akademik A.N.Vaselovskiy fikriga ko'ra, syujet motivlar majmuasidan iborat, muayyan motiv bir necha xil syujet tarkibida qatnasha oladi11. Olimning ushbu nazariy fikrlari epik matnning tekshirish ishlarida o'z tasdig'ini topdi va ko'plab dunyo olimlari tomonidan atamaning mazmun-mohiyati yanada rivojlantirilib, takomillashtirildi12.
6 Путилов Б.Н. Мотив - сюжетни ташкил килувчи элемент сифатида/ Таржимадан.А.Абдужалилов// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2021. № 3 - Б 127
7 Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати . - Tошкент: Akademnashr, 2013.181-b.
8 Xotamov N. , Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati. -T. : O'qituvchi,
9 Orujova N. The superiority of travel motif in Azerbaijani epic folklore// International Academy Journal Web of Scholar2 (44), February 2020.pp 26-29
10 Egamov X. Motiv va syujet "XX asr o'zbek folklorshunosligi" antalogiyasi/Tuzuvchilar: O.To'laboyev va boshq. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2019. 361-b.
11 Bace^OBCKHH A. H. HcropuHecKaa поэтнка. - .H . 1989 , 301 c.
12 ®pengeH6epr O. M. Поэтнкa cro^eTa h ®aHpa. - M., na6npnHT, 1997. 448 c.
1983. 191-b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
I.V. Silantyev o'zining bir qator tadqiqotlarida13 o'zigacha bo'lgan motivga doir qarashlarni qiyosan o'rganib, yaqin tushuncha ifodalovchi mulohazalarni umumiy guruhga birlashtirdi:
1. Semantik konsepsiya vakillari uchun motiv - semantik butunlikka ega bo'lgan yaxlit tasvirni ifodalovchi birlik ( A.N. Vaselovskiy, A.L.Bem, O.M.Freydenberg, V.Kayzer va boshqalar).
2. Morfologik konsepsiya tarafdorlari motivni syujetning elementar mantiqiy birligi sifatida o'rganadilar (V. Y. Propp, B.I.Yarho va boshqalar).
3. Tematik konsepsiyasi vakillari uchun motiv ajralmas mikrotemani ifodalaydi (B.V. Tomshevskiy. V.B. Shklovskiy, A.P. Skaftimov, E.R. Kurtius , S.Tompson va boshqalar).
4. Motivning dixotomik nazariyasini ilgari suruvchilar uchun motiv dualistik xarakterga ega (A.Dandes, B.N.Putilov, Y.V.Shatin, K.Jolkovskiy, N.D.Tamarchenko).
Silantyev ushbu g'oya, dastlab, amerikalik olim A.Dandes tomonidan ilgari surilgani, bunda motifema-motiv-allomotiv munosabati tilshunoslikdagi emik birliklar nazariyasidan oziqlanib (ya'ni fonema, allofon kabi), keyinchalik bu adabiyotshunoslikda ham rivojlantirilganligini ta'kidlaydi.
Hozirgi vaqtda olimlarning bitta asar doirasida, ma'lum bir muallif yoki adabiy yo'nalish misolida individual motivlarni tahlil qilishga bag'ishlangan juda ko'p sonli asarlar mavjud. Ularning har birida, avvalo, o'rganilayotgan motivning folklordagi ildiziga e'tibor qaratiladi, epik matndagi motivning badiiy asarga transformatsiyasi tahlilga tortiladi. Bundan tashqari, birgina motivning turli matnlarda, milliy va xalqaro matnlar doirasida qiyosan o'rganish keyingi yillarda adabiyotshunoslik sohasida qilingan ishlar orasida yetakchi o'rin tutmoqda.
A.Dandesning g'oyalari L.Parpulova tomonidan ishlab chiqilgan, ammo farqi shundaki, L.Parpulova uchun "emik" va "axloqiy" yondashuvlar bir xil ahamiyatga ega. Dandesdan keyin u "motifema" va "allomotiv" atamalari uchun tarkibiy ma'nolarni qoldiradi va "axloqiy" yondashuvda quyidagi bosqichlarni taklif qiladi:
1) motiv mavzusi (motifemaga mos keladi);
2) motivning o'zi;
3) motivning bir variant (allomotivga to'g'ri keladi, ya'ni berilgan matnda motivning aniq bir shaklda amalga oshirilishi);
4) epizod (tom ma'noda matnning haqiqiy parchasi)14.
13 Силантьев И.В. Теория мотива в отечественном литературоведении и фолклористике: очерк истиориографии. Научное издание. Новосибирск: Издателсьство ИДМИ, 1999. -10 4 с.
14Путилов Б.Н. Мотив - сюжетни ташкил килувчи элемент сифатида/ Таржимадан.А.Абдужалилов// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2021. № 3 -Б 125
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Rus olimi P.A.Grinzer motiv tushunchasini "matnning eng kichik, ammo ajralmas, semantik birligi " darajasiga tushiradi. " Va ma'lum bo'lishicha, asosiy motivlar soni juda oz... Qism ichidagi motivlar qismlarning o'zi kabi erkin ketma-ketlikda joylashgan, ammo ularning muqarrar (soni cheklanganligi sababli) takrorlanishi, shuningdek, ulardagi kombinatsiyalarning takrorlanishi hisoblanadi". A.N.Vaselovskiy esa motivni "eng oddiy rivoyat birligi" deb tushungan. U motivlarni. U motivlarni, masalan, "quyi mifologiya va ertaklarni buzib bo'lmaydigan elementlari " sifatida ko'rib chiqadi. Shuningdek, olim motivlarning o'ziga xos qiymatini, semantik mazmunini ta'kidlagan. Motivning buzilmasligi masalasida V.Y.Propp A.N.Veselovskiy bilan bahsga kirishadi. U motivning elementlarga ajralishini to'g'ri ta'kidlab, so'ngra "har bir elementlarning, so'ngra "har bir alohida "element" turlicha bo'lishi mumkin" , deb qayd qiladi. Bunday holatlarda personajlar va jihatlar o'rin almashishi mumnkin. "Shunday qilib, Vaselovskiydan farqli o'laroq, biz motivni yagona, buzilmas deb tushunishimiz kerak. So'nggi ajraladigan birlik mantiqiy va badiiy yaxlitlikni anglatmaydi.
Motivni subyekt harakat (holat) kombinatsiyasi sifatida qisqacha ifodalash mumkin. U nisbiy mustaqillikka ega, chunki u xususiy ma'nolarni o'z ichiga oladi va u turli xil syujetlar va hattoki turli janrlarda allomotivlar ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, motiv to'liq izolyatsiya (yakkalab qo'yish) qilinmaydi, u boshqa motivlarga semantik va konstruktiv jihatdan mos keladi. Bir qator holatlarda motivlar aslida bir butun bo'lib uyushgan guruhlarga aylanib, ularning ma'nolarini ochib berishga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, motiv poetikaning eng muhim muammolaridan biri sifatida XX asr boshidan beri ko'plab adabiyotshunoslarning ilmiy e'tiborini tortib keldi va ularning har birida epik syujetning eng kichik barqaror birligi sifatida tahlilga tortildi. Epik asarlardagi motivlarni aniqlash, har bir motivning boshqa motiv bilan bog'liq jihatlarini, ichki harakat va xususiyatlarini, badiiy-estetik vazifalarini tahlil etish adabiyotshunoslikdagi muhim vazifalardan biri qilib belgilandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Mirziyoyev Sh. 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Xalq so'zi, 2017 yil 23 dekabr. - №258 (6952)
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik nutqidan.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
3. Karimov I. A Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.:"Ma'naviyaf', 2008. 136-bet.
4. Томашевский Б.В.Теория литературы.Поэтика. - М.Аспект Пресс, 1996. - C 185.
5. Ulug'ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. - 308 b.
6. Султон И. Адабиётшунослик назарияси. -Т.: Укитувчи, 1984. - 272 б.
7. Умуров Адабиёт коидалари. - Т.: Укитувчи, 2002. - 208 б.
8. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - Т.: Navoiy universiteti, 2018. - 376-b.
9. Nazarov I.Iste'dod manzaralari// Isajon Sulton nasri badiiyati [Matn]: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar.Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. 3-b.
10. Normatov U.Yetuklik jozibasi// Isajon Sulton nasri badiiyati [Matn]: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar. - Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. 13-b.
11. Solijonov Y. Niyati qutlug' adib// Isajon Sulton nasri badiiyati [Matn]: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar.Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. 154 -b.
12. O'zbek tilining izohli lug'ati// 5 jildlik. II jild. -T: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" DIN, 2006.618-b. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi// Ko'p jildlik. VI jild. - T: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" DIN,2003.97-b.
13. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80 000 ortiq so'z va so'z birikmasi. // A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
14. Egamov X.Motiv va syujet "XX asr o'zbek folklorshunosligi" antalogiyasi/Tuzuvchilar: O.To'laboyev va boshq. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2019. 290-b.
15. Путилов Б.Н. Мотив - сюжетни ташкил килувчи элемент сифатида/ Таржимадан.А.Абдужалилов// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2021. № 3 -Б 125
16. Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати . -Tошкент: Akademnashr, 2013.180-b.
17. Jafarova D.N. Metodologiyaga oid terminlar lug'ati. - T. 2017. 15-b.
18. Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати . -^шкет1: Akademnashr, 2013.181-b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
19. Xotamov N. , Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarming ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati. -T. : O'qituvchi, 1983. 191-b.
20. Orujova N. The superiority of travel motif in Azerbaijani epic folklore// International Academy Journal Web of Scholar2 (44), February 2020.pp 26-29
21. Васеловский А. Н. Историческая поэтика. - Л . 1989 , 301 с.
22. Фрейденберг О. М. Поэтика сюжета и жанра. - М., Лабиринт, 1997. 448 с.
23. Силантъев И.В. Теория мотива в отечественном литературоведении и фолклористике: очерк истиориографии. Научное издание. Новосибирск: Издателсъство ИДМИ, 1999. -10 4 с.