Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023
O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA "MA'NAVIYAT" UMUMIY MA'NOLI BIRLIKLARNING MAVZUVIY GURUHLARGA BO'LINISHI
Mamatkulova Nigora,
TerDU 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o Zbek xalq maqollarida ma 'naviyat mavzusi hamda uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Maqollarning ma'naviyat semasini aks ettirishiga ko'ra ma'lum guruhlarga ajratish ularning tadqiq etilishini osonlashtirish bilan birgalikda ulardagi mohiyatning yanada to'la-to'kis ochib berilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, ma'naviyat mavzusining mavzuviy guruhlarga ajratilishi leksik-semantik tadqiqiga yanada teranroq yondashishga xizmat qiladi.
Kalit soizlar: o'zbek xalq maqollari, tematik guruhlanish, ma'naviyat kategoriyasi, leksik-semantik tadqiq, yondashuv, lingvistik tadqiq.
DIVISION OF THE SUBJECT OF SPIRITUALITY INTO UZBEK PROVERBS INTO THEMATIC GROUPS
ABSTRACT
This article provides information on the topic of spirituality and its specific features in Uzbek folk proverbs. Dividing the proverbs into certain groups according to the way they reflect the theme of spirituality facilitates their research and helps to reveal their essence more fully. In addition, the division of the topic of spirituality into thematic groups serves a deeper approach to the lexical-semantic research.
Keywords: Uzbek folk proverbs, thematic grouping, category of spirituality, lexical-semantic research, approach, linguistic research.
РАЗДЕЛЕНИЕ ТЕМЫ ДУХОВНОСТИ В УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦАХ
НА ТЕМАТИЧЕСКИЕ ГРУППЫ
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена информация о теме духовности и ее специфических чертах в узбекских народных пословицах. Разделение пословиц на определенные группы по тому, как они отражают тему духовности, облегчает их исследование и помогает полнее раскрыть их сущность. Кроме того, разделение темы духовности на тематические группы служит более глубокому подходу к лексико-семантическому исследованию.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
Ключевые слова: узбекские народные пословицы, тематическая группировка, категория духовности, лексико-семантическое исследование, подход, лингвистическое исследование.
KIRISH
Hozirgi o'zbek tilida turli kategoriyalarni lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish tildagi leksik sath qatlamining yanada keng mohiyatan ochib berilishiga xizmat qiladi. Xususan, "hurmat" kategoriyasi, "halollik" kategoriyasi, "yaxshilik" kategoriyasi va hokazo. Biz tadqiq etmoqchi bo'lgan ushbu maqolada o'zbek xalq og'zaki ijodining go'zal namunalari hisoblanmish maqollarda "ma'naviyat" kategoriyasining ochib berilishi lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu mavzu xususida so'z yuritishdan oldin bu leksik ifodaning mazmun planiga diqqat qilish maqsadga muvofiq. Ma'naviyat leksemasiga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha ta'rif keltiriladi:
"Ma'naviyat - [a. - axloqiy holat; barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar] insoniyatning falsafiy , huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy va shu kabi tasavvurlari va tushunchalari majmui"[4]. Demak, ta'rifdan ko'rinib turibdiki, ma'naviyat ifodasi faqatgina odob-axloq yoki tarbiya bilan bog'liq kategoriya hisoblanib qolmasdan, balki u quyidagi jihatlarni ham o'zida birlashtiradi:
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qayd etib o'tish lozimki, "ma'naviyat" kategoriyasi o'zbek xalq maqoll arming asosini tashkil etadi, ularni tematik guruhlar asosida o'rganish masalaning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Shu nuqtayi nazardan ularni uch tematik guruhga ajratgan holda tadqiq etdik[3]:
a) Maqollarda aks etgan umuminsoniy ma 'naviyatga doir maqollar;
b) Milliy ma 'naviyatga doir maqollar tahlili;
c) Shaxs ma 'naviy sifatlariga oid maqollar va ularning o'ziga xos jihatlari.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4), April, 2023
Mazmunidan ko'rinib turganidek, maqollarda o'z ifodasini topgan umuminsoniy ma'naviyatga oid maqollar faqatgina individual shaxsga yoki alohida olingan kishilik jamiyatga emas, balki butun insoniyatga taalluqli ekanligi bilan ajralib turadi. Ya'ni unda ilgari surilgan mazmun barcha shaxs jamiyatlari uchun taalluqli hisoblanadi. Inson tamadduni shakllanib kelgan davrlardan buyon uning taraqqiyotida aks etgan barcha mavzular, ya'ni odob-axloq, tarbiya, diniy bilimlar, falsafiy ilmlar, ilmiy nazariyalar va shu kabilar ushbu mavzuning mohiyatini tashkil etadi. Umuminsoniyatga qaratilgan bu turdagi maqollar har bir xalq og'zaki ijodida mavjud, biroq shunday bo'lsa-da, undagi mazmun aynan har bir xalq uchun emas, balki butun insoniyat uchun ahamiyatlidir[5].
"Suv birlashsa - daryo bo'lar, El birlashsa - olamon[2]" maqoli ham umuminsoniy mazmun ilgari surilgan o'zbek xalq maqollaridan biri sanaladi. Ushbu maqol o'zbek xalq og'zaki ijodiga taalluqli bo'lsa-da, biroq undagi mazmun butun kishilik jamiyatiga aloqador hisoblanadi. Unda birlik g'oyasi ilgari surilgan bo'lib, uning lingvistik tadqiqiga yuzlanadigan bo'lsak, undagi suvning birlashishi daryo hosil bo'lishiga, el birlashsa olamon bo'lishiga mengzalmoqda. Lingvokulturologik jihatdan esa "daryo" leksemasi orqali "birlik" g'oyasi o'rtaga tashlanmoqda. Bu o'zbek xalqiga xos bo'lgan lingvokulturologik kategoriya hisoblanadi.
O'zbek xalq maqollaridagi ikkinchi tematik guruh bu milliy ma'naviyatga taalluqli bo'lgan maqollar hisoblanadi. Milliy ma'naviyat semasiga oid maqollar aynan bir millat, xalq madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari o'laroq aks ettiriluvchi maqollar hisoblanadi. Ushbu turdagi maqollarning umuminsoniyatga qarata aytilgan maqollardan farqi shundaki, bunday turdagi maqollar, odatda, mavzuviy ko'lami kichikroq, lingvokulturologik kod ham aynan milliy ma'naviyatga asoslangan g'oyalarni o'zida aks ettiradi. Bundan tashqari, ushbu toifa maqollar semantik jihatdan ham ma'lum guruhlardan tashkil topadi. Milliy ma'naviyat semasi aks etgan maqollarga quyidagi maqolni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Jumladan, "Gap bilan osh pishmas[2_]" maqolini tahlil namunasi sifatida olsak. Mazmunan kishini harakatchanlik g'oyalariga undovchi ushbu maqoldagi lingvokulturogik kod aynan "osh" leksemasi hisoblanadi. Ya'ni "osh" leksik ifodasi o'zbek xalqiga xos bo'lgan milliy taom sanalib, bu ifoda orqali ushbu maqolning o'zbek elatiga tegishli ekanligini anglashimiz mumkin.
"Gap desang, qop-qop. Ish desang, Samarqanddan top[2_]" - bu maqoldagi lingvokulturologik kod bu "Samarqand" toponimi sanaladi. Ushbu shaharning aynan O'zbekiston hududida joylashganligi uning o'zbek eliga taalluqli milliy ma'naviyat aks etgan maqol ekanligidan dalolat beradi. Ushbu maqolning g'oyasi bu mehnat qilish, mehnatga undash, ish qilishdan qochmaslik sanaladi. Yuqoridagi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4), April, 2023
maqollarimizdan ko'rinib turibdiki, maqollarning qaysi toifa guruhiga mansub ekanligi ularning lingvokulturologik kodiga ko'ra ham farq qilar ekan, ya'ni maqollardagi ayrim so'zlar ham ularning qaysi sinfga mansub ekanligini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi guruh maqollari bu shaxs ma'naviy sifatlariga oid maqollar hisoblanadi. Bu yuqorida qayd etilgan umuminsoniyatga qaratilgan maqollar hamda milliy ma'naviyatni aks ettiruvchi maqollardan ham kichikroq guruh hisoblanib, ushbu maqollarda ifoda markazi aynan birgina shaxs hisoblanadi. Yanada soddaroq tilda tushuntiradigan bo'lsak, umuminsoniyatga qaratilgan maqollar barcha jamiyat a'zolari, umummilliy ma'naviyat aks etuvchi maqollar ayrim tanlab olingan millat, elat, xalq vakillari hamda shaxs ma'naviyatini aks ettiruvchi maqollar, yakka kishining dunyoqarashini, milliy ma'naviyatini namoyon etuvchi maqollar guruhi hisoblanadi. "Baxilning bag'ri qattiq[2]' maqoli ham aynan ayrim olingan shaxslarga nisbatan qo'llanilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi barcha insonlar ham bu illatga ega bo'lmaydi, ya'ni ba'zi kishilardagina kuzatiladigan ushbu holat xalq maqollarida o'zining yorqin ifodasini topganligi bilan ahamiyatlidir.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'zbek xalq maqollarida ma'naviyat semasining aks ettirilishi hamda ularning ma'lum tematik guruh asosida shakllantirilishi ularning tadqiq obyekti vazifasini bajarishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, xalq maqollari, umuman olganda, ma'naviyat mavzusining qay darajada yoritib berishiga ko'ra guruhlanishi(umuminsoniy ma'naviyat semasiga ega maqollar, milliy ma'naviyat semasini aks ettiruvchi maqollar, shaxs ma'naviyatiga doir maqollar) ushbu toifa maqollarining yorqin namoyon bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Berdiyorov H, Rasulov R. O'zbek tilining paremiologik lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1984. - 98 b.
2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T., 2002. - 164 b.
3. Iskandarova Sh.M. O'zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o'rganish (shaxs mikromaydoni): DDA. - Toshkent, 1999. - 76 b.
4. Rahmatullaev Sh. Nutqimiz ko'rki. T, 1970. - 51 b.
5. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili - T, 2010. - 93 b.
6. Rustamov A. So'z xususida so'z - T, 1987. - 156 b.
XULOSA