Scientific Journal Impact Factor
ABU YUSUFNING "KITOB UL-XAROJ" ASARIDA DAVLATNING IQTISODIY HAYOTDAGI O'RNI HAQIDAGI FIKRLARINING
YORITILISHI
Raxmonov Abduqahhor Absattorvich TTA Termiz filiali, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri
rahmonov_a.a@mail.ru
Annotatsiya. Abu Yusufning "Kitob ul-xaroj" asarida islomdagi asosiy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar to'liq yoritilgan hamda mazkur shaxsning ijtimoiy-falsafiy qarashlari o'z aksini topgan. "Kitob ul-xaroj" asarida arab xalifaligidagi soliq tizimini qay tarzda tarkib topganligini aytib o'tish bilan bir qatorda juda qimmatli tarixiy ma'lumotlar keltiriladi. Chunki, asarning faqatgina qadimiy qo'lyozma ekanligi emas, balki u bizga aynan VIII-IX asrlarda xalifalikda va yurtimiz hayotida soliq tizimi qanday bo'lganligi va keyinchalik uni tarixiy evolyusiya natijasida qay tariqa o'zgarganligini kuzatish imkonini beradi.
Ushbu maqolada Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, ayniqsa u tomonidan ishlab chiqilgan soliq tizimi, davlatning aholi farovonligi yo'lidagi vazifalari va yerga bo'lgan munosabati "Kitob ul-xaroj " asari asosida tahlil etilgan.
Kalit so'zlar. Abu Yusuf, "Kitob ul-xaroj" asari, islom iqtisodi, islomiy soliqlar, "farovon jamiyat" tushunchasi, davlatning funksiyalari
Abstract: Abu Yusufs Kitab ul-Kharaj fully describes the main economic and social relations in Islam and reflects the socio-philosophical views of this person. Kitab ul-Kharaj provides valuable historical information as well as the structure of the tax system of the Arab Caliphate. Because not only is the work an ancient manuscript, but it allows us to observe exactly what the tax system was like in the VIII-IX centuries in the caliphate and in the life of our country, and how it later changed as a result of historical evolution.
In this article, Abu Yusufs socio-philosophical views, in particular the tax system developed by him, the role of the state in the welfare of the population and its attitude to land analyzed on the basis of the book "Kitab ul-Kharaj".
Keywords. Abu Yusuf, Kitab ul-Kharaj, Islamic economics, Islamic taxes, the concept of "prosperous society", the functions of the state
Аннотация: Китаб улъ-Харадж Абу Юсуфа полностью описывает основные экономические и социальные отношения в исламе и отражает социально-философские взгляды этого человека. Китаб улъ-Харадж
Scientific Journal Impact Factor
предоставляет ценную историческую информацию, а также структуру налоговой системы Арабского халифата. Потому что работа не только является древней рукописью, но и позволяет нам точно наблюдать, какой была налоговая система в УШ-1Х веках в халифате и в жизни нашей страны, и как она впоследствии изменилась в результате исторических событий. эволюция. В данной статье социально-философские взгляды Абу Юсуфа, в частности разработанная им налоговая система, роль государства в благосостоянии населения и его отношение к земле анализируются на основе книги «Китаб уль-Харадж».
Ключевые слова. Абу Юсуф, Китаб уль-Харадж, исламская экономика, исламские налоги, концепция «процветающего общества», функции государства.
Bugungi kunda islomiy moliyalashtirish mexanizmlari butun dunyoda rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Islomiy moliyaviy tizimni shariat tomonidan shakllantirilgan asosiy tamoyillarni buzmagan holda, iqtisodiy faoliyat yuritishga imkon beradigan moliyalashtirish mexanizmlari va usullari majmui sifatida tavsiflash mumkin. Islomiy iqtisodiy tafakkurning muhim xususiyati shundaki, iqtisodiy muammolarga tegishli bo'lgan aksariyat asarlar fiqhshunoslar, ulamolar va mutafakkirlar tomonidan yozilgan.
Islomiy iqtisodiy masalalar yoritilgan asarlari bilan nom qozongan atoqli fiqhshunos olim Abu Yusuf (731-798) o'zining "Kitob ul-xaroj" asarida islomiy iqtisodiy muammolar, soliq ma'murchiligi, davlatning aholi farovonligi yo'lidagi siyosati yoritib o'tilgan.
"Kitob ul-xaroj" asari xalifa Horun ar-Rashidning buyurtmasi bo'yicha Abu Yusuf tomonidan Bosh qozilik davrida yozilgan. Kitob xalifa tomonidan berilgan savollarga javoblar shaklida tuzilgan. Bu o'ziga xos uslubda, xalifa nomidan savollar muallifning o'zi tomonidan shakllantirilgan. "Kitob ul-xaroj"ning yozilishidan ko'zlangan asl maqsad amaliyotda davlat daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi maqbul mutanosiblikni topishdan iborat bo'lgan. Abu Yusuf o'z asarlarini hukmdorning fuqarolari oldidagi majburiyatlarini ko'rib chiqish talqinida yozgan.
Islom iqtisodi va soliq tizimiga bag'ishlangan asarlarni musulmon davlatida ko'plab topish mumkin. Islomning dastlabki davrlarida soliqqa tortish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq kitoblar ma'lum bo'lgan. Lekin bizning kunlargacha faqat uchtasi yetib keldi. Mana shu xildagi kitoblarning eng birinchisi ummaviylar xalifasi
KIRISH
MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR SHARHI
Maxdiyning vaziri Muoviya ibn Ubaydullox al-Ash'ariy qalamiga mansub bo'lgan.1
"Kitob ul-xaroj" asari 550 ga yaqin hadislarni o'z ichiga olgan. Lekin Abu Yusuf Qur'on va hadis qoidalarini oddiygina keltirib o'tmagan, u ulardan o'zining huquqiy xulosalarini tasdiqlovchi sifatida foydalangan. Shu bilan birga, masalan, mashhur roviy Yahyo ibn Odam (757-818)ning "Kitob ul-xaroj" asari hadislar, fiqhiy qo'llanma, hikmatli iboralardan kelib chiqib tuzilgan2. Muallif faqat ayrim hollardagina o'z fikrlarini bayon etgan. Yahyo ibn Odamning asarida soliqka oid masalalar: yerlarni soliqqa tortish masalasi, yerga bo'lgan egalik huquqini o'rnatish muammolari, yerdan foydalanishni tartibga solishda nomusulmonlarning mavqei va boshqalar ko'rib chiqilgan. Yaxyo ibn Odam tomonidan keltirilgan hadislarning faqat 40 tasigina olti obro'li hadis (sihohi sitta) roviylarining kitoblariga kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda bizning kunlarda ham ayrim musulmon mamlakatlarida amalda qo'llanilayotgan yerga egalik masalalariga oid muhim qoidalar bayon etilgan.
Islomiy soliqqa tortish bo'yicha bizning kunlarga qadar yetib kelgan yana bir asarning muallifi Qudoma ibn Ja'far (864-932) "Kitob ul-xaroj" asarini o'sha davrda (Abbosiylar xalifaligi boshlanishi) amalda bo'lgan soliq tizimining shariat talablariga butkul mos kelishini isbotlash maksadida yozgan edi. Lekin Qudomaning asari o'ziga xos mustaqil asar bo'lmay, Abu Yusuf va boshqa fiqhshunoslarning fikrlari hamda mulohazalaridan kelib chiqib tuzilgan edi. Shuning uchun tadqiqotchilar, avvalo, Abu Yusufning "Kitob ul-xaroj "iga qiziqish bildiradilar.
TAHLIL VA NATIJALAR Abu Yusuf ilk xalifalik davrida islomiy "hayot tarzi" ustuvor bo'lgan jamiyatda yashagan. Davlat faoliyati va fuqarolarning hayot tarzi, Qur'oni Karimda buyurilgan, Payg'ambar (s.a.v) tomonidan ishlab chiqilgan va xulofoi roshidin tomonidan amal qilingan shariat qoidalariga binoan boshqarilgan. Abu Yusuf aytadiki, din va Allohning kalomini ustunligini himoya qilish davlatning eng muhim vazifasidir. Shunga ko'ra, xukmdor mamlakatdagi iqtisodiy hayotga jiddiy e'tibor berishi, davlat xazinasini islomni rivojlantiradigan yoki islom dushmanlariga qarshi kurashda kuchaytiradigan narsalarga sarf etilishi kerak.3
Davlat aholi farovonligini ta'minlashda quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: Fuqarolik boshqaruvi funksiyasi. Davlat odamlarning yashash ehtiyojlarini qondirishi va ularning manfaatlarini himoya qilishi kerak. Abu Yusufning fikriga ko'ra, davlat barcha o'z fuqarolariga g'amxo'rlik qilish va ularni asosiy ehtiyojlar bilan ta'minlashga majburdir. "Kitob ul-xaroj" asarining kirish qismida xalifaga bu
1 Беккин Р.И. Исламская экономическая модель и современность. Москва, 2010. С. 76
2 Я^ё ибн Одамнинг "Китоб ал-харож" асари билан "Халифаликнинг тарихи буйича хрестоматия" китобида танишиш мумкин. Л.И.Нодирадзе таржима этган ва тузган. Москва, 1968.
3 Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al Marifah: 1979, pp. 119.
237
mavzuda zulmni oldini olish va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun daromad yig'ishda zaruriy harakatlarni qilishi uchun bu kitobni yozganini ta'kidlagan. Uning aytishicha, zakot solig'i "kambag'al va kam ta'minlanganlarni eng zarur narsalar bilan ta'minlashga sarflanishi kerak" Shuningdek, barcha insonlar, hattoki mahbuslar ham oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana bilan ta'minlanishi kerakligini ta'kidlaydi.4
Mudofaalash funksiyasi. Abu Yusuf davlatning suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolish uchun harbiy qudratni oshirish va uni qo'llab-quvvatlash uchun davlat yetarli iqtisodiy kuchga ega bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi. U turli manbalardan yig'ilgan soliqlarni qo'shinlarga ish haqi sifatida sarflash va shu bilan harbiy yurishlarni olib borish, xalifalik yerlarini dushmanlar tomonidan qaytarib olinishiga qarshi xavfsizlikni ta'minlash kerakligini ta'kidlaydi.5
Adolat va xavfsizlikni ta'minlash funksiyasi. Abu Yusuf ichki xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan shuni aytadiki, jamiyatning har bir a'zosini adolatsizlik va zulmdan himoya qilish, zamonaviy tilda aytganda qonun ustuvorligi va tartib o'rnatish davlatning asosiy funksiyalaridan biridir.6 U musulmon qonunchiligini qat'iyat bilan amalga oshirishga katta ahamiyat beradi. U insonlarni zulm va adolatsizlik qilmaslikdan ogohlantiradi. Shuningdek, u rahbarlarga nizoli vaziyatlarda qozi kabi adolatli bo'lishni maslahat berdi.
Ijtimoiy ta'minot funksiyasi. Abu Yusufga ko'ra ijtimoiy ta'minotda davlatning muhim vazifasi nafaqa va in'omlarni to'g'ri berishdir. Ushbu in'omlar "Islom uchun foydali ish qilgan, islomni dushmanlariga qarshi qudratini oshiradigan hamda hukmdor musulmonlar uchun foydali deb biladigan har qanday ish qilganlarga" beriladi.7 Beva ayollar va harbiylarning farzandlariga doimiy ravishda bunday in'omlar berib turilgan. Ayniqsa, xalifa Umarning bu boradagi ishlarini amaliyotda qo'llab-quvvatlasa bo'ladi.
Halol va samarali boshqaruvni ta'minlash funksiyasi. Abu Yusuf, samarali va halol boshqaruv tizimi bo'yicha juda ko'p qayg'uradi. Uning so'zlariga ko'ra, zulmsiz, ammo qat'iy va kuchli, biroq yumshoqlik bilan boshqariladigan samarali fuqarolik tizimi zarur. U "aholiga zulmsiz, adolatli va halol munosabatda bo'lish mamlakat taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi va bu soliqlardan tushadigan
4 Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001.
5 Musgrve, R.A., & Musgrave, P.B. Public Finance in Theory and Practice. Singapore: McGraw Hill, 1987, pp.3-6
6 Bastable, C.F., Public Finance. New York: Macmillan, 1903, p. 74.
7 Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf's contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995. p. 36.
daromadni ko'paytiradi, zulm va insofsizlik esa uni barbod qiladi", deydi.8 Soliq to'lovchilar manfaatlarini himoya qilish va davlat daromadlarini oshirish uchun avvalo, soliq to'lovchilarga ortiqcha zulm qilmasdan soliqlarni undirishni, shuningdek, soliq yig'uvchilar tomonidan soliq to'lovchilarga nisbatan qo'pol muomalasini qat'iyan qoralash va buni jinoiy harakat sifatida qabul qilish, turli vazifalarga halol va ishonchli rahbarlarni tayinlashni taklif qildi.
Ijtimoiy mahsulotlar bilan ta'minlash funksiyasi. Abu Yusufning ta'kidlashicha, davlat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va provardida davlat daromadini oshiradigan ijtimoiy mahsulotlar bilan ta'minlash uchun harakat qilishi kerak. U qishloq xo'jaligi sohasi bilan shug'ullanganligi sababli, u "erning hosildorligi va davlat daromadini oshirish uchun eski kanallarni tozalash, yangisini qazish va to'g'onlarni qurishni hukmdor zimmasiga yuklaydi. U Ijtimoiy mahsulotlarni ko'paytirishda kuzatiladigan turli toshqinlar va tabiat hodisalari zararini oldini olish uchun daryo bo'yida to'g'onlar va dambalar qurish kabi xarajatlarni davlat tomonidan amalga oshirish orqali ijtimoiy mahsulotlarni ta'minlash mumkinligini ta'kidlaydi. U har qanday nosozlik qishloq xo'jaligiga zarar yetkazishini va soliqlardan tushadigan daromadni kamayishiga olib kelishini ta'kidlaydi".9 Shunday qilib, u yerning hosildorligini oshirish va iqtisodiyotning o'sishi uchun davlat odamlarga infratuzilma inshootlarini taqdim etishi kerakligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, Abu Yusuf ko'priklar va ko'tarmalar qurish, kanallar qazish va boshqa davlat mablag'laridan foydalanib bajariladigan uzoq muddatli loyihalarni samarali amalga oshirish bo'yicha aniq amaliy takliflarni oldinga surgan.10
Daromadlarni taqsimlash funksiyasi. Abu Yusuf soliqlardan tushadigan daromadlarni adolatli taqsimlash hukmdorning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlaydi. Shu munosabat bilan u xalifa Umarning quyidagi so'zlarini aytadi:
"Soliqlar adolatli, qonuniy tarzda yig'ilgan taqdirdagina o'zini oqlaydi va ular adolatli, qonuniy ravishda sarflanadi. Xalifa Umarning bu borada sobitligini ta'kidlab aytadiki: "Men yig'ilgan soliqlarni qonuniy yo'l bilan sarflashim kerak, chunki men maoshlarni oshirishim va aholi punktlarini mustahkamlashim kerak.11 Qizig'i shundaki, Abu Yusufning bu boradagi qarashlari hozirgi zamon iqtisodchilarining
8 Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al Marifah: 1979, pp.131.
9 Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001.
10 Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf's contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995. p. 37.
11 Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al Marifah: 1979, pp.118-119.
Scientific Journal Impact Factor
fikriga o'xshashdir, ular daromadlarni adolatli va halol taqsimlashni davlatning asosiy vazifalaridan biri deb bilishadi.
Barqarorlashtirish funksiyasi. Abu Yusuf iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlariga erishish va sog'lom xazinani saqlashga katta ahamiyat berdi. Avval aytib o'tganimizdek, u qishloq xo'jaligi yerlari bilan juda ko'p shug'ullangan. Shu munosabat bilan u xalifaga "hech kimga tegishli bo'lmagan o'lik va ishlov berilmagan yerlarning barcha turlari ularga ishlov beradigan, ularga tegishli yer solig'ini to'laydigan odamlarga berilishini taklif qildi."12 Abu Yusuf kanallarni qazishni va eski kanallarni tozalashni taklif qildi, agarda bu ishlov berilmagan yerlarda sug'orish imkoniyati yaratilsa va ular dehqonlarga berilsa, mamlakatni rivojlanishiga va soliqlardan olinadigan daromadlarning oshishiga olib keladi.
Boshqa tomondan, aholiga adolatli va halol munosabat zulmni oldini olishga, davlatning taraqqiy etishiga ta'sir ko'rsatadi. Abu Yusuf iqtisodiyotni rivojlantirish uchun resurslarni va jamoat ishlarini to'liq bandligini ta'minlash davlatning muhim vazifasi deb bilgan.
Ijtimoiy farovonlik davlati. Abu Yusufning davlat haqidagi qarashlarini zamonaviy iqtisod nazariyasida "farovonlik davlati" tushunchasi bilan taqqoslasa bo'ladi.13 Bugungi kun olimlari "farovonlik davlati" konsepsiyasi zamonaviy siyosiy-iqtisodiy holatga tegishli deb hisoblashadi. Biroq, davlatning iqtisodiy hayotdagi roli haqidagi qarashlariga e'tibor qaratsak, davlat farovonligi uchun juda keng qamrovli konsepsiyani maqsad qilganini ko'rishimiz mumkin.
U davlat odamlarning iqtisodiy hayotida faol rol o'ynashi kerak hamda o'z xalqining farovonligi uchun mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy adolatni ta'minlashi majbur, deb hisoblagan.
Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy g'oyalari keyinchalik boshqa islomiy davlatlar boshqaruvi tizimida keng foydalanildi. Shuningdek, uning mulohazalari talaygina fiqhshunos olimlar tomonidan o'rganildi.
Olimning fikricha, davlat o'z fuqarolaridan soliq yig'ar ekan, ular xazinaga qancha to'lashlaridan qat'iy nazar, ijtimoiy himoya bilan ta'minlash majburiyatini olishi kerakligini ta'kidlagan.
12 Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf's contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995. p. 38.
13 "Фаровон давлат" концепцияси иккинчи жадон урушидан кейин кенг кулланила бошланди. Унга кура, жамият узининг дар бир аъзосининг кун кечириши учун зарур булган нарсаларнинг энг кам микдорини яратади, давлат сиссати иктисодий баркарорликни таъминлашга ва ижтимоий будронларнинг олдини олишга каратилмоги керак. Чунки давлат замонавий иктисодиёт шароитида уз фукаросининг камбагал булиб, ёрдамга мудтож булиб колишидан мутлако манфаатдор эмас. Х.Т.Одилкориев, Д.Х.Раззоков. Сиёсатшунослик. Дарслик.
XULOSA
Т.: 2008. 56 б.
Davlat moliyasining daromad vositalarini aniq belgilamasdan, u soliqlarning yig'ilishi va ularni xalq farovonligi uchun sarflanishi adolatli bo'lmasligi mumkinligini aytib o'tadi. U hukmdorga iqtisodiyotning samaradorligini oshiradigan va uning rivojlanishiga sabab bo'ladigan bunday siyosatni qo'llab-quvvatlashni taklif qildi. U xalifalikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va adolatni ta'minlashda davlatning rolini muhokama qilar ekan, u har doim islom shariatidan yo'l izlagan va jamiyatning islomiy xususiyatiga e'tibor qaratgan. Shunday qilib, u davlatni Qur'oni Karim va Payg'ambar (s.a.v.) sunnati va taqvodor xalifalarning amallari asosida o'z xalqining umumiy farovonligi uchun javobgar deb hisoblagan.
Nafsilambirini aytganda, Abu Yusufning "Kitob ul-xaroj" asari nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalariga ham murojaat etgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001.
2. Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al Marifah: 1979.
3. Sabahiddin Azmi. Abu Yusufs contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995.
4. Беккин Р.И. Исламская экономическая модель и современность. Москва, 2010.
5. Musgrve, R.A., & Musgrave, P.B. Public Finance in Theory and Practice. Singapore: McGraw Hill, 1987