Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
ABU RAYXON BERUNIYNING ILM - FAN UMUMINSONIY TARAQQIYOTGA QUSHGAN HISSASI
Shaxnoza Saibovna Yunusova
TTA akademik litseyi Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri shaxnoza.saibovna70@gmail .com
ANNOTATSIYA
Maqolada VIII asrdan boshlab Markaziy Osiyo ilm-fan, madaniyat, buyuk kashfiyotlari bilan buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy jasorati dunyoda ulkan shuhrat kozongan Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berilgan.
Kalit so'zlar: Buyuk Ipak yuli, sivilizatsiya, madaniyat, kashfiyot, "Beruniy
asri".
O'zbekiston va o'zbek xalqi boy tarixga ega. Turon Turkiston va Movoronaxr nomlari bilan Buyuk Ipak yuli orqali Sharq va G'arbni bog'laydigan ko'prik vazifasini o'tagan. Turli sivilizatsiya va madaniyatlar uzaro tutashgan muhim chorahada joylashgan qadim diyorimiz shu asosda Markaziy Osiyo hududida asrlar davomida umuminsoniy taraqqiyotga xissa qushgan o'lka sifatida tanilgan. VIII asrdan boshlab Markaziy Osiyo ilm-fan, madaniyat, buyuk kashfiyotlari bilan buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy jasorati dunyoda ulkan shuhrat kozongan. Milliy tariximizning yana bir yorkin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berilar ekan, Amerikalik tarixchi Sarton XI asrni "Beruniy asri" deb tariflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy taffakur sohibi bulmish buyuk vatandoshimizning ilm- fan taraqqiyotiga qushgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyni Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrining tashqarisida tug'ilgan, shu sababli uni" Beruniy", ya'ni"tashkarilik" degan tahallus bilan atashgan. Beruniy mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Ibn Iroq 12 ta astronomiya, geometriya, matematikaga oid asarlarini Beruniyga bag'ishlagan. Beruniy uz ona tilidan tashqari, arab, sug'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o'rgandi. 990-yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Beruniyning "Osorul-boqiya anil-qurnul-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodigorliklar") asari unga katta shuhrat olib keldi. Bu asari uni hamma sohaga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi. Beruniy
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
95
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatadi. Beruniy shoh Ma'mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. G'aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Poytaxt saroyida 400dan ortik olim, shoir, san'atkorlar ijod qilgan. Beruniy G'aznada hayot kechirgan davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr buldi.
Uning muhim astronomik asari "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarni oxirgi chegaralarini aniklash", "Geodeziya", "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar", "Qonuni Ma'sudiy" asarlari G'aznada yozildi. Asarning forscha, arabcha nus'halari bizgacha yetib kelgan. "Hindiston" nomli shox asari G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baxolangan. Beruniy astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asari sulton Mas'udga bag'ishladi. Beruniy uz asarlarini ruyxatini tuzgandan so'ng, yana ikkita muhim kitob yozgan. Bulardan biri "Minerologiya"dir. Bu risola uz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham shuhrat qozondi. Beruniyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining rvojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
So'ngi asarlari arab va fors tillarda yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizuriy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida muhim ma'lumotlar keltirilgan. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey Beruniyga shunday baho beradi "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayxon Beruniy o'tmish ilmlarida shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutahassis bulib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir suz bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar ham-kasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan".
Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad Ibn Mansur Allomiy, Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob" ining qulyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydana"nomi bilan mashhur, unda Shark, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarni
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
96
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqivotidagi o'rni
'.qytyonda^
to'la tavsifini beradi. Beruniy o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalar, turli xajimdagi asarlari, yozishmalari qolgani ma'lum. Shu urinda ta'kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o'z zamondoshlariga baho berishda ham o'ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda kup aziyatlar chekkan, hatto umrining ohirida turmush qiyinchiliklariga duchor bulgan, ammo har qanday og'ir sharoitga qaramasdan, e'tiqodidan qaytmagani uni uz ma'naviy ideallariga sodik bulganidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo zaminida kamol topgan, turli fanlar rivojiga hissa qo'shgan allomalar merosini o'rganish umuminsoniy taraqqiyotga yetaklaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi. Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jaxon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini, buyuk allomalar qoldirgan merosini asrab - avaylash va targ'ib etishdagi sa'y-harakatlarimizni xalqaro mikyosda ham e'trof etilmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini, diyorimizda yashab o'tgan mutafakkirlarning hayot yuli, bebaho asarlari haqida ma'lumot berish, ilm-fan ravnaqiga qushgan hissalarini yoritish, ajdodlarimizning keng qomusiy bilim, g'oya va fikrlarini uzida mujassam etgan, bugungi kunda ham ilmiy va insoniy qadr-qimmatini yuqotmagan boy va bebaho merosini yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tug'ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent. 2016.
2. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo'mitasi Toshkent islom universiteti. "YANGI NASHR", 2011
3. Рыбаков Б.А. Культура народов Средней Азии//История СССР/ Гл. ред. Академик Б. Н. Пономарёв; Институт истории Академии наук СССР. —Наука, 1966.— С. 664.
4. Boilot, D.J., Al-Biruni (Beruni), Abu'l Rayhan Muhammad b. Ahmad New Ed., vol. 1, pp. 1236-1238, He was born of an Iranian family in 362/973 (according to al-Ghadanfar, on 3 Dhu'l-Hididja/ 4 September - see E. Sachau, Chronology), in the suburb (birun) of Kath, capital of Khwarizm.was one of the greatest scholars of mediaeval Islam, and certainly the most original and profound. He was equally well versed in the mathematical, astronomic, physical and natural sciences and also distinguished himself as a geographer and historian, chronologist and linguist and as an impartial observer of customs and creeds. He is known as al-Ustdadh, the Master. in Bearman et al. 2007
5. Berggren J.L., Jonathan Borwein, Peter Borwein. Pi: A Source Book. Springer (2014).
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16