Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA TARIXIY SHAXSLARNING O‘ZIGA XOS O‘RNI VA AHAMIYATI'

ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA TARIXIY SHAXSLARNING O‘ZIGA XOS O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

6061
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moziyg‗a / eng kirlik / boshig‗a / xayrliq / so‗l. / the past / the dirtiest / head / goodness / left.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulnoza Rayhonova

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rangbarangligi, xususan, uning romanlarida tarixiy shaxslarning o‗rni va ahamiyati haqida fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPECIFIC PLACE AND SIGNIFICANCE OF HISTORICAL PEOPLE IN THE NOVELS OF ABDULLAH KHADIRI

This article discusses the diversity and diversity of Abdullah Khadiri`s works, in particular, the role and importance of historical figures in his novels.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA TARIXIY SHAXSLARNING O‘ZIGA XOS O‘RNI VA AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA TARIXIY SHAXSLARNING O'ZIGA XOS O'RNI VA AHAMIYATI

Gulnoza Rayhonova

Jurnalistika fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili yo'nalishi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarining naqadar serqirra va rang-barangligi, xususan, uning romanlarida tarixiy shaxslarning o'rni va ahamiyati haqida fikrlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: Moziyg'a, eng kirlik, boshig'a, xayrliq, so'l.

THE SPECIFIC PLACE AND SIGNIFICANCE OF HISTORICAL PEOPLE IN THE NOVELS OF ABDULLAH KHADIRI

ABSTRACT

This article discusses the diversity and diversity of Abdullah Khadiri' s works, in particular, the role and importance of historical figures in his novels.

Keywords: the past, the dirtiest, head, goodness, left.

KIRISH

So'z insonning eng kuchli quroli.1 Insondagi hech bir narsa so'zchalik kuchli ta 'sir kuchiga ega emas. So'z bo'lganda ham har qanday so'z emas, balki badiiy, adabiy til me'yorlariga amal qilgan so'zdir. Uni mahorat bilan go'zal tarzda yetkazib beruvchi ijodkor esa u dunyodagi eng daxshatli texnik quroldan ham kattaroq kuchga ega bo'ladi. Mana shunday qudratli qurolni ishlata olgan buyuk ijodkor, yozuvchilardan biri Abdulla Qodiriydir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Buyuk va zabardast ijodkorimiz bo'lgan Abdulla Qodiriy XX asrning ko'zga ko'ringan, asarlari qalbimizdan joy olishga ulgurgan, fidoyi insondir. U butun umr halol, rostgo'y va haqiqatparvar inson bo'ldi, hattoki uning har bir asarining bosh qahramonlarini shunday bo'lishiga davat etgan. Misol uchun uning birgina suddagi nutqiga ahamiyat beradigan bo'lsak, unda shunday jumlalar bor: "Men to'g'rilik

1Yunon olimi Aristotel. Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

orqasida bosh ketsa "ih" deydigan yigit emasman... Ko'nglida shamsi g'uboroti, teskarichilik maqsadi bo'lmog'on sodda, go'l, vijdonlik yigitga bu qadar xo'rlikdan o'lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha manaviy o'lim bilan o'ldirildim. Endi, jismoniy o'lim menga qo'rqinch emasdir".

Hayot shunday tuzilgan, hayotning qonuni, mohiyati shundan iborat. Abdulla Qodiriyning bizga qoldirgan adabiy merosi esa juda ulkandir. Har bir asarida uning hayotiy haqiqatlari aks etadi. Shulardan eng mashhurlari esa uning romanlaridir.

Haqiqatdan, Abdulla Qodiriy nomi tilga olinganda bir entikib, hayratlar bilan romanlaridagi Otabek va Kumush, Anvar va Ranolar taqdirini esga olmaydigan inson topilmaydi. Adibning badiiy so'zida betakror joziba mujassam bo'lgani bois "O'tkan kunlar"ni yoki "Mehrobdan chayon"ni necha topqir o'qilsa ham, odam to'ymaydi, zerikmaydi; qayta o'qishga zarurat sezaveradi. Romanlar zavq-shavq bilan o'qiladi, qayta o'qishda asarlarning yangidan-yangi qirralari ochilib boradi. Bir o'qilganda e 'tiborsiz o'tilgan tasvir va epizodlar boshqa safar diqqatni tortadi. Shubhasiz, bu adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga, voqea-hodisalar bayonining usuliga tegishlidir. Zeroki, adabiyotdek so'z san atida badiiy til juda muhim sanaladi, so'z vositasida obrazlar, manzaralar, tuyg 'ular suvratlantiriladi. Shu jihatdan shuni anglaymizki, Abdulla Qodiriyning so'zga, badiiy tilga, o'zbek adabiy tiliga e'tibori juda kuchlidir. Uning so'zida insonni o'ziga bog'lab turadigan mustahkam ma naviy iplar, odamni o'ziga ohanrabodek tortib turgan kuch-quvvat bor. Uning romanlarida har bir qahramonning nutqini hissiyotsiz va tasirsiz o'qiy olmaymiz. Chunki har bir qahramonni tirik va voqealar rivojini chetdan turib emas, balki aynan uning ichida bo'lgandek his etilishi ham, ijodkorning buyuk so'z san atkori ekanligidan dalolat beradi.

Abdulla Qodiriy asarlarida nafaqat badiiy adabiyot, balki tarixiy shaxslar va tarixiy voqealarni, umimiy qilib aytganda, o'tmishimizdagi tarix haqida ham ancha to'liq malumotlarga ega bo'lamiz. Xususan, bir necha asrlar muqaddam bizning yurtimiz amirlik va xonliklarga bo'linib ketgan bir davr edi. Bular: Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari edi. Shu xonliklardan bir bu Qo'qon xonligi bo'lib, bu xonlik XVIII asrda asos solingan,unda ko'plab hukmdorlar birin-ketin yurtga humronlik qilishgan. Xonlarning so'nggi vakili esa bu Xudoyorxondir. Abdulla Qodiriy ikkala romanida ham Xudoyorxon obrazini kiritadi va "Tariximizning eng kirlik, qora kunlari"3 deb aynan shu davr yani Xudoyorxon davrini aytib o'tadi.

21926-yil iyundagi suddagi nutqidan.

3A.Qodiriy "O'tkan kunlar" romanidan. Google Scholar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

Tarixiy malumotlardan shuni bilamizki, XIX asrda Rossiya deyarli bizning yurtimizni o'z tassarufiga olishga ulgurgan bir payt edi. Shunday bo'lishiga qaramasdan o'z yurtiga, undagi aholi turmushiga bee'tibor bo'lgan Xudoyorxon shaxsiga qanday qarashimiz kerak.

Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" asarida zulm o'chog"i deb aynan saroyni shu nom bilan atagan. Shuncha imoratlar, masjidlar, bog'lar bo'lishiga qaramasdan, go'zaldan go'zal va bahaybat imoratlar, ariqlar qazilishi hammasi qora xalqning peshona terisidan bunyod bo'lgan edi, aynan ularning achchiq ko'z yoshlari ariqlarda suvlar bo'lib oqqan edi va bu mashaqqat va azoblar xalqni xonga nisbatan nafratining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan edi. Oddiy bir qora ish bilan shug'ullanayotagn ishchining uyida bir burda non bo'lmagan, ochlikdan qiynalayotgan paytda, xonning xonadonida o'g'li O'rmonbekning to'yi munosabati bilan har kuni sakkiz yuz qozonda oshlar pishishi, ikki yuz tandirda nonlar yopilishi, yuzdan ziyod chorva mollarning suyilishi4 insofdanmikan? Shunday xonni biz beklikka loyiq deb qaray olamizmikan?

Ahmad Zaki Validiy o'zining asarida shunday malumot keltiradi: "Xudoyorxon—ko'p badavlat bo'lib, xotinlarni ko'paytirishga hirs qo'ygan, kayf-u safoni, rohatni va tinchlikni yaxshi ko'rgan. Xalqning foydasiga ish yuritmagan. Mamlakatning turli tomonlarida bir nechta bog'larida gullar orasida kayf-u safo qilib yotgan, bedana, kaklik va xo'rozlarni urushtirish bilan shug'ullangan. Masxaraboz va hofizlar hamda manosiz o'yinlar bilan umrini o'tkazgan. Mol-u dunyoga haddan ziyoda hirs qo'ygan va o'zining xazinasini boyitish uchun ko'p soliqlar solgan". 5 Hayotning beshavqatligi, undagi zamon kamchiliklari, katta va boy insonlarning oddiy xalq ustidan beayov azoblashi, bu o'tmishimizning "eng qora va eng chirkin" kunlaridir. Shu o'rinda "Haram" ahli va "qirq qizlar" haqidagi boblariga ham to'xtalib o'tish o'rinlidir. Boisi, bu yer bir qaraganda jannatdek tuyulishi, ahli ayol-qizlarning shodligini ko'rish mumkin, ammo ularning qalbi dard, iztirobga limmo-limdir. Shu o'rinda Uvaysiyning "Anor" chistoni yodga keladi: Ul na gumbazdir, eshig-u tuynugidin yo'q nishon, Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdir, makon? Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag'ri qon!

4"Mehrobdan chayon" romanidan.

5 Ahmad Zaki Validiy "Xudoyorxonning so'nggi kunlari" asaridan

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Uvaysiz bu chistoni orqali saroydagi haramni shunday tasvirlaydiki, unga ortiqcha izohga hojat qolmaydi. "Mehrobdan chayon" asarida Xudoyorxonning haramida yuz ellikdan ziyod qiz-u juvonlar borligi aytib o'tiladi. Nahotki, ular hayotda bag'ri qon holatda yashashga majbur, nahotki ularni bir buyumchalik qadri bo'lmagan bo'lsa(chunki, bir davlat boshqa bir davlat tomonidan bosib olinga, mag'lub xonning harami to'liq holatda boshqa xonga o'tib ketgan)? Shu jarayonlardagi holatlarni o'qiganda, yuzda mahzunlik, ko'zda yosh va qalbda og'riq paydo bo'lishi tabiiy holatdir. Shu o'rinda Nazmi(haramdagi kanizaklardan birinining ismi)ning nazmidan keltirib o'tish o'rinlidir: Tirnamagil sen yaram, yig'latma ko'p, qil karam, Turgan o'rningdir haram, ya ni shohim bazmidir!

Jabru sitam bazmidur! Oy-u yillar yig'lagan, bag'rini har dam tig'lagan, Hasratidan yiqilgan, baxtsiz bir qiz Nazmidur!

Baxtsiz bir qiz Nazmidur!

Bundan tashqari, Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar" asarini ham shunday boshlagan:

"Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzuni moziyda, yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keying — xon zamonlar"dan belguladim" Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy shaxs-qahramon hayoti solnomasiga ko'p jihatdan muvofiq keladi. Ammo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Abdulla Qodiriy o'zining kamtarona ta'biri bilan "havas'lanib roman yozishga kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatidan cheksiz hamda mavhumdir. A.Qodiriy "moziy"ga aniqlik kiritaroq "yaqin o'tgan kunlar", "xon zamonlari" birikmalarini kiritib o'tadi. Bu o'ziga xos ahamiyatga ega jarayondir.

Abdulla Qodiriy romanlarida Musulmon va Abdurahmon oftobachi kabi tarixiy shaxslar ham uchraydi. Birinchi navbatda, Abdurahmon oftobachi haqida aytib o'tadigan bo'lsam, u asarda Musulmonqulning o'g'li, Xudoyxonning ishonchli amaldorlaridan biri ekanligi aytib o'tiladi. Tarixiy manbalarda, Xudoyorxon davrida Abdurahmon boshchiligida qo'zgo'lon bo'ladi, ammo bu Oftobachi Abdurahmon emas, butunlay boshqa shaxs, yani ikkalasini bitta odam deb hisoblasak, katta tarixiy

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Xudoyorxon, Abdurahmon qo'zg 'olonini bostirib uchun oftobachini yuborganida, Abdurahmon oftobachi xonga xiyonat qiladi va qo'zg'olonchilar tarafiga o'tib ketadi. Shuni eslatib o'tish joizki, "Mehrobdan chayon" asarida Abdurahmon oftobachi obrazi bir marotaba qo'llanilgan xolos. Keyingi tarixiy obrazlardan biri bu Musulmonquldir. U asarda shunday tariflanadi: "Xonning so'l tomonidag'i oltin hallik kursi kishidan bo'sh, o'ngdagi -ichki saroyga kiradirgan eshikcha yonidag'i kursi ustida O'ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog'lab, soddag'ina qilich taqing'an, boshig'a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg'an, o'rtacha soqol, qisiq ko'z, bug'doy rang, o'rta yoshliq bir qirg'iz—Musulmonqul o'lturar va hozirg'ina hudaychi tarafidan o'ziga topshirilg'an ariza va maktublardan ochib o'qur edi".6

Darhaqiqat, tarixiy malumotlarga ko'ra, Musulmonqul—Qo'qon xonligida qipchoqlar rahbari bo'lgan va bir qancha qo'zg'olonlarga boshchilik qilgan. Musulmonqul o'zining qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorxonga turmushga beradi va Qo'qonda muvaqqat hukmdorlikni qo'lga kiritadi. O'sha davrdan boshlab Qo'qonda faqat qipchoqlar to'dasining hukmronligi boshlanadi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda o'zi boshqaradi. "O'tkan kunlar" romanida ham bu eslatib o'tiladi: " Arkoni davlat yig'ilib, Xudoyor taxtiga mingan, Musulmonqul xon bo'lmasa ham xonlikdan-da yuqori bir kuchga molik bo'lg'an siyosat kursisiga o'ltirgan edi". Hayotda yomon inson yoki yaxshi inson bo'lmaydi, aksincha, yaxshi yoki yomon amal qilguvchi insonlar bo'ladi, shu xolos. Musulmonqul ham yomon amal qilguvchi, o'z manfaatlari ustun qo'yguvchi bir inson edi. Ammo, " Yomonning umri qisqa" — deb bejizga aytishmagan ajdodlarimiz. Yani Musulmonqulning ham hukmronlik davri uzoqqa bormaydi. 1852-yil farg'onalik mulkdorlar toshkentliklar yordamida qipchoqlar hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshlashadi va Farg'onaning sharqidagi Bilqillama hududidagi

n

jangda qipchoqlar yengiladi, Musulmonqul esa shu jangda o'ldirilgan. Bunga qo'shimcha tarzida shuni aytish mumkinki, asarda xudaychi, jallod, darvozabon,qo'shbegi,dasturxonchi, qo'rboshi kabi kasb egalarining ham nomlari keltirib o'tiladi, bularning barchasi qadimgi kasb nomlari, ammo ulardagi lavozim egalarining nomlari aniq tarixiy faktga ega emas.

6"O'tkan kunlar" romanidan.

7H.Bobobekov "Qo'qon tarixi" asaridan

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, asar romantik va tarixiy jarayonni o'zida birlashtirib juda go'zal badiiyatni yaratgan. Bir oilaning taqdiri orqali Abdulla Qodiriy butun bir jamiyatning ahvoli, vaziyati, o'sha davrdagi tuzumga bo'lgan munosabatini aks ettirgan. Bu asarni o'qigan har bir kitobxon o'ziga nafaqat estetik zavq, balki tariximiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va eng muhimi, o'tmishimizning eng qiyin damlarini o'zining qalbi ila his etadi. Abdulla Qodiriy romanlarining qiymati va qadri shundadir va ular bebaho va durdona asarlarimiz bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. B.Karimov "Jahon adabiyoti" jurnali. T. 2013.

2. H.Bobobekov "Qo'qon tarixi" T.1996.

3. Ahmad Zaki Validiy "Xudoyorxonning so'nggi kunlari".

4. I. J. Ibrat. "Farg'ona tarixi".

5. O'zME. 1-jild. T. 2000.

6. A. Qodiriy "Mehrobdan chayon". T. 1994.

7. A. Qodiriy "O'tkan kunlar" T. 2007.

8. www.ziyouz.com.

9. www.ziyonet.uz saytidan.

10. www.kh-davron.uz.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.