Научная статья на тему 'ZIYOVUDDIN VOHASI TARIXI'

ZIYOVUDDIN VOHASI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
40
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zarafshon vohasi / Ziyovuddin bekligi / Paxtachi tumani / G / V / Shaskiy / Dabusiya qal’asi / Muhammad G‘iyos / Qutayba ibn Muslim / G‘aznaviy / Amir Temur / Buxoro amirligi / podsho Rossiyasi.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Xurshid Sherali O‘g‘li O‘tanov, S. Erkinov

IX asrdan boshlab Turkiston hududida shakllangan davlatlar tasarrufiga kirgan Quyi Zarafshon vahosida joylashgan maskur hudud bo‘yicha bir qancha adabiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Keyingi davrlarda Buxoro xonligi va amirligi davridan boshlab beklik sifatida alohida o‘rganila boshlangan. Manbalarda Ziyovuddin bekligining joylashgan joyi, bu hududning siyosiy ahamiyatlilik jihatalari batafsil yoritilgan. Maskur maqolada nafaqat manbalar balki arxeologik qazishmalar natijasida o‘rta va quyi Zarafshon hududidan topilgan topilmalar izohi ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZIYOVUDDIN VOHASI TARIXI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

ZIYOVUDDIN VOHASI TARIXI

1Xurshid Sherali o'g'li O'tanov 2S. Erkinov

1Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o'qituvchisi 2Toshkent amaliy fanlar universiteti 2 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13303719 Annotatsiya: IX asrdan boshlab Turkiston hududida shakllangan davlatlar tasarrufiga kirgan Quyi Zarafshon vahosida joylashgan maskur hudud bo'yicha bir qancha adabiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Keyingi davrlarda Buxoro xonligi va amirligi davridan boshlab beklik sifatida alohida o'rganila boshlangan. Manbalarda Ziyovuddin bekligining joylashgan joyi, bu hududning siyosiy ahamiyatlilik jihatalari batafsil yoritilgan. Maskur maqolada nafaqat manbalar balki arxeologik qazishmalar natijasida o'rta va quyi Zarafshon hududidan topilgan topilmalar izohi ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: Zarafshon vohasi, Ziyovuddin bekligi, Paxtachi tumani, G,V,Shaskiy, Dabusiya qal'asi, Muhammad G'iyos, Qutayba ibn Muslim, G'aznaviy,Amir Temur, Buxoro amirligi, podsho Rossiyasi.

KIRISH

O'rta Osiyo jahon madaniyatining ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Bu hududdan Ismoil Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xo'ja Ahror Vali, Qosim Shayx kabi allomalar yetishib chiqqan.

Zarafshon vohasidagi Buxoro va Samarqand shaharlari olamga mashhur. Vohaning o'rta qismida -Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan, janubiy tomonidan Qarnab cho'li o'rab olgan Ziyovuddin vohasi uzoq tarixga ega. Hozirda bu geografik hudud Samarqand viloyati Paxtachi va Narpay tumanlariga to'g'ri keladi.

Ziyovuddin vohasi bag'rida o'rta poleolit davriga mansub Qo'tirbuloq, Zirabuloq yodgorliklari mavjud. Mazkur qadimiy yodgorliklardan topilgan tosh qurollar, hayvonlarning suyaklari Ziyovuddin vohasining 100 ming yoshdan oshganini isbotlaydi

[1.I.Sanayev.,2009:8]. Mustye davriga oid Qutirbuloq Makoni Samarqand shahridan 100 km janubiy-g'arbda, Ziyovuddindan 30 km narida Zirabuloq tog'larining shimoliy etagida Charxin qishlog'i yaqinida joylashgan. Dengiz sathidan 30 m balandlikda bo'lgan Qutirbuloq chashmasi bo'yidagi bu makon O'rta Osiyo hududidagi mustye davriga oid eng yirik, ochiq yo'sindagi yodgorliklardan biridir. Qo'tirbuloqdan 1 km narida mustye yodgorliklaridan Zirabuloq makoni joylashgan.

Biri-biriga yaqin masofada joylashgan Qo'tirbuloq va Zirabuloq makonlaridan katta miqdordagi tosh qurollari topilgan. Tig'i dag'al retushlangan plastinalar, keskichlar, o'tkir tig'li, tishli tomonlari qirrali nayzasimon qurollar, gardishsimon nuqlyuslar hamda chaqmoq toshlardan qilingan ko'plab qurollar mustye davriga oid bu makoning qadimiyligini tastiqlaydi. Tosh qurollaridan tashqari ot, fil, Buxoro kiyigi, tog' takasi suyaklari topilgan. Makondan topilgan topilmalar bundan 100 ming yil ilgari tosh asrida qadimgi ajdodlarimiz yashaganligidan guvohlik beradi[2.I. Sanayev., 1995:28]. Paxtachi tuman markazidan (Ziyovuddin sh.) 30 km janubdagi Qarnab (Qarnab ota) qishlog'ining shimoli-sharqiy yo'nalishida daradagi qoya toshda tog' takasining surati ishlangan. Uncha katta bo'lmagan tosh ustiga chopayotgan yovvoyi tog' echkisining tasviri aniq o'yib tushirilgan. Qoyatoshni

birinchilardan bo'lib o'rgangan olim G.V. Shaskiy quyidagi fikrlarni bildirgan: "Chuqur bo'rtirib, yuqori darajada tasvirlanish nuqtai-nazaridan hamda hayvonning jo'shqin holatda turishi, qoya toshdagi suratni inson hayotidagi ovchilik davriga nisbat berishga imkon beradi. Ehtimol, bu tosh asri asaridir" [3.I.Sanayev.,1995:34]. Qarnob qishlog'idan bronza tarkibida bo'ladigan qalay konlarining ko'plab topilishi yerda dastlabki metallurgiya o'choqlari bo'lganligidan dalolat beradi. Tarixchi olim Buryakovning takidlashicha Qarnabdagi qalay konlari bronza davriga oiddir[4.Yu.Buryakov.,2007:62]. Ziyovuddin vohasining yaqin atrofidagi yodgorliklar ayniqsa, so'nggi tosh davriga oid Uchtut ustaxonasi vohaning qadimiy makonlardan biri ekanligini tastiqlaydi. Uchtut neolit davri shaxtalari miloddan oldingi 5-3 ming yilliklarni qamrab oladi. Bu esa bundan 5-7 ming yili ilgari Zarafshon vodiysi hududida tog' sanoatiga asos solinganidan dalolat beradi. Zirabuloq makonlari esa Zarafshon vohasining qadimgi tosh asridagi madaniyat o'chog'i bo'lgan. Ziyovuddin vohasi yuz ming yoshdan oshgan mo'tabar ona yurt ekanligidan dalolat beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada yo'nalish kesimiga oid ilmiy tadqiqot usullari qo'llaniladi, shu jumladan tarixiylik, tizimlashtirish tamoyillari ham yondashilgan holda tadqiq qilindi. Muammoga sivilizatsiyaviy yondashuv asosiy prinsip yondashildi. Bundan tashqari maqolani tushunarli qilib yoritishda qiyosiy va xronologik tahlillardan foydalanilganligi mavzuni o'rganishni kuchaytirish.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Rus ham eski o'zbek tilidagi shu bilan birgalikda mavzu doirasidagi bir qancha ilmiy dissertatsiyalar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Shu jumladan Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Buryakovning bir qancha asarlari, Sanayev, Berdimurov kabi davr bo'yicha izlanish qilgan olimlarning ilmiy asarlarini tahlil qilindi.

NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi

O'lkamiz noyob obidalarga boy bo'lgan qadimiy maskanlardan hisoblanadi. Ajdodlarimiz tog'lardagi qoya hamda soy va dara toshlariga qattiq buyumlar bilan urib-cho'kichlab mashaqqatlar bilan kashf etgan suratlari turli davrlarga oid qadimiy yodgorliklardir. Ana

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

shundayi ko'hna obidalar Ziyovuddin vohasida ham mavjud. Iqtidorli olim G. V. Shaskiy vohamiz hududidagi qoya toshlarga solingan suratlarning bir necha turini aniqlagan.

Tog' qoyalaridagi toshlarga o'yib chizilgan suratlar tumanimizda qadim-qadimdan odamlar yashaganligini isbotlaydi. Suratlar turi davrlariga mansub bo'lib, har xil uslubda ishlangan, mazmuni esa rang-barangdir[5.I.Sanayev., 1995:31-35].

Qishloqning shimoliy-g'arbi qismidan 10 km uzoqlikda joylashgan Gunjak g'oridan mil.avv III-II va milodning dastlabki asrlariga taluqli xum, ko'za qoldiqlarining topilishi, g'orning chorvadorlar uchun maskan bo'lganligini anglatadi. Qishloq atrofidagi Olloyor Ota, Burisheq, Qirbuloq Ota, Ho'kizbaqirdi, Oqmozor Ota va Tolik kabi manzilgohlar ham chorvadorlarning tabarruk maskanlariga aylangan. Qarnab qishlog'i O'zbekistonning eng kichik qishloqlaridan biri sanalsada, bu zaminda qadimdan metallurgiya, chorvachilik, dehqonchilik, bog'dorchilik kulolchilik rivoj topgan.

Samarqand va Buxoro shaharlarini bog'lagan — "Shoh yo'li" markazida joylashgan Dabusiya qal'asi Ziyovuddin vohasining gultoji sanaladi. Zarafshon daryosining so'l qirg'oqida joylashgan ushbu qal'a Buxoro va Samarqand nomlari bilan doim tilga olingan [6.P.B.Lure.,2004:193]. Ikki yarim ming yil ilgari kashf etilgan savdo yo'li Samarqand va Buxoro orqali o'tgan. O'tgan asrlar tarixida Movarounnahr hududida "Xuroson yo'li"deb atalgan. Narshaxiyning "Buxoro tarixi"da esa "Shohrux"- podsho yo'li deb nomlangan. Buyuk Ipak yo'li Zarafshon vodiysining Ziyovuddin vohasidagi Dabusiy qalasi yonidan o'tgan. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarini forschadan ingliz tiliga tarjima qilgan Richard Fray o'sha kitobda Ziyovuddin vohasidagi va unga yaqin manzillar to'g'risida fikr yuritib, quyidagilarni qalamga olgan. Dabusiy ulkan mavze bo'lib, u bugungi Ziyovuddin vohasi yaqinidadir. Bundan tashqari, tarix fanlari doktori, professor Yu.F.Buryakov qal'a maydoni xarobalaridan topilgan so'nggi antik davrga oid sopol buyumlar tahliliga asoslanib, shaharning yoshi miloddan avvalgi III asrga to'g'ri keladi, degan fikrni bildirdi va katta hududni o'troq aholi egallagan. Buyuk arxeologning ilmiy xulosasiga tayanib shuni aytish mumkinki, bundan ikki ming uch yuz yil avval Dabus qal'asi aholi zich yashaydigan qadimiy manzilgoh hisoblangan. Ipak yo'lida joylashgan Dabus shahri qulay joy bo'lib xizmat qilgan va har tomonlama kuchli tayanch qal'a bo'lgan.

Qulay geografik hududda joylashgan Dabus qal'ani Dabus deb nomlanishida ham hikmat bor. Dabus fors-tojik tilida temir gurzi ma'nosini bildiradi. XVII asrda yashab o'tgan buyuk olim Muhammad G'iyosning ilmiy nuqtai nazaridan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, shahar temirdek mustahkam qurilgani uchun shunday nom olgan. «Farhangi zaboni tojiki» ("Tojik tili lug'ati")da dabus - (fors-tojik tilida arabcha so'z, gurz, amud) zo'r, bolg'a, ustun ma'nolarini ifodalab, qadimiy shaharning har tomonlama qurilganligini ko'rsatadi. Ya'ni qal'ani temirday «mustahkam qo'rg'on»

bo'lganligini nomidan anglash mumkin. Hozirga kunda Dabusiya o'rnida xarobalar, ko'plab qabrlar va yolg'iz yodgorlik — Imom Bahra ota maqbarasi (XVI asrda Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qurdirilgan) saqlanib qolgan.

Ulug' shahar (Dabus qal'a) tuproq ostida qolgan. Jahonga mashhur geografik, tarixchi olimlar Istahriy va Muqaddasiylarning yozishicha, X asrda Dabusiy qal'asida rabod qariyib 70 gektarni, Shahriston esa 22-23 gektarni tashkil etgan. 2007-yil O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari Yaponiyaning Kioto shahridagi Yapon madaniyatini o'rganish xalqaro ilmiy markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk marta Dabusiya yodgorligida qazish ishlarini olib bordilar. Arxeologik qazishmalar ham yodgorlik uch qismdan ya'ni ark, shahriston va rabotdan iborat ekanligini tasdiqladi. Ularning joylashuv o'rni o'ziga xos bo'lib, ark yodgorlikning shimoli-g'arbiy burchagida joylashgan. Shahriston qismi esa ark bilan rabod o'rtasida joylashgan, uning deyarli barcha qismi qadimgi va zamonaviy qabriston bilan qoplangan. Rabod uchta alohida tepalikda bo'lganligini arxeologlar taxmin qilishdi. Chunki bu tepaliklarni o'rganmay turib aniq fikr aytish mushkul [7. A.Berdimurodov.,2009:76]. Dabus shahri So'g'd viloyatidagi go'zal va ajoyib joy. Abdurrashid Bakuviy So'g'd mamlakatini quyidagicha ta'riílaydi; "Buxoro bilan Samarqand oralig'idagi Sug'd dunyo jannatlaridan biridir. U daraxtzorlar orasiga yoyilgan qishloqlardan iborat bo'lib, Alloh taoloning bu maskanlarining eng go'zallari qushlar birga sayr qiladigan daraxtlarga to'la. So'g'dning uzunligi besh kunlik yo'l bo'lib, maydoni 36x46 farsax(Sharqda, jumladan O'rta Osiyoda qadimdan ishlatilib kelgan masofa o'lchov birligi. Bir farsah 9-12 ming qadamga yoki 6-8 kilometrga teng bo'lgan.) bo'lib, uzluksiz oqib turgan soylar bilan o'ralgan dalalar, bog'lar va o'tloqlarning uzluksiz zanjirini ifodalaydi. Dabus qal'ani qadim shahar bo'lganligini Narshaxiy (899-959) o'z asarlarida qo'yidagi fikrlar bilan "Hali Buxoro shahri vujudga kelmagan, lekin qishloqlardan ba'zilari paydo bo'lgan edi. Nur, Xarqonud, Vardona, Tarovcha, Safina va Isvonalar o'sha qishloqlar jumlasidandir. Podshoh turadigan katta qishloq Baykand (Poykant) edi. Shahar Qal'ayi Dabusiy bo'lib, shahar deb shuni atar edilar" [Narshaxiy.,1979:10].

Yer yuzini ko'p qismini zabt etgan Makedoniyalik Aleksandr o'z yurishi davomida bir necha shaharlar qurganligi to'g'risida ma'lumotlar va rivoyatlar mavjud. Tarixiy manbalarda yozilishicha, shahar Makedoniyalik Aleksandr tomonidan qurilgan. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, Aleksandr davrida O'rta Osiyoda jami uch shahar Oks sohilida Iskandariya, Yaksartda Esxat Iskandariya va Marg'iyonada Iskandariya (u ilgari mavjud bo'lgan shaharcha o'rnida qurilgan) bunyod etilgan [9.Samarqand tarixi.m1971:69].

Milodiy V-VII asrlarda diyorimiz hududida 15 dan ortiq hokimliklar mavjud bo'lgan. Bu hokimliklar dastlab eftallarga, so'ngra Turk xoqonligiga bo'ysungan. Eftallar ham, Turk xoqonligi ham hokimliklarning ichki ishlariga aralashmagan. Ular boj to'lash evaziga ma'lum

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

ko'rinishda o'z mustaqilliklarini saqlab qolgan. Bu hokimliklarning nomlari turlicha bo'lgan. Xususan, Dabusiyada -dabusshohlar hukmronlik qilgan [10.R.Shamsiddinov.,2016:120 ].

Arablar Dabusiya shahrini Qutayba ibn Muslim boshchiligida 712-yil (hijriy 93-yil) zabt etadi. Va vohaga arablar o'z qo'shinlarini joylashtiradi. Arablar Dabusiya hokimligi atrofida 3 ta qal'a Qasri al-Baxiliya(Baxillik qal'asi), Qasri ar-Rix(Shamol qal'asi) va Kamarja qal'alarini bunyod etadilar. Katta yo'l bo'yida joylagan bu qal'alar orqali yo'l nazorat qilingan hamda bu qal'alar aloqa bekatlari bo'lib xizmat qilgan. Arab tarixchisi at-Tabariy ma'lumoti qaraganda, hijriy 104-yil (milodiy 723-yil) Xuroson noibi Said al-Xarashiy Amudaryodan kechib o'tib Qasri ar-Rixni qo'zg'olon ko'targan sug'diylarga qarshi kurashadigan ittifoqchi qo'shnilarning to'planadigan joyi etib belgilagan [At-Tabariy Muhammad.,1987:216-217].

IX-X asrlarda Movarounnahr xo'jalik jihatdan ancha yuksalgan. Diyorimizda to'qimachilik benihoya darajada taraqqiy etgan. Movarounnahrda har xil navli ajoyib nafis ip gazlamalar ishlab chiqarilgan. Ayniqsa mahalliy navlardan Vador matosi mashhur bo'lgan. Bu mato Samarqanddan 2 farsax narida joylashgan Vador qishlog'ida yaratilgan va o'sha qishloq nomi bilan atalgan. Sarg'ish tusli, benihoya chiroyli va yumshoq mato vador qadimiy Dabusiya hududiga to'g'ri keladi. Bundan ming yillar burun Ziyovuddin vohasi hududida — Dabusiya tuprog'ida ip gazlamadan to'qilgan vadoriy matosini ba'zan Xuroson parchasi deb ham atashgan. Movarounnahrda sanoat va savdoning yuksak darajada rivojlanganligini Maqsudiy keltirgan quyidagi ro'yxat isbot qiladi: "... Buxorodan yumshoq matolar, joynomoz gilamchalar, gilam, mis fonarlar, Karmanadan sochiqlar; Dabusiya va Vadordan yaxlit qilib to'qilgan vador matolari, men Bog'doddagi sultonlardan biri ularni Xuroson parchasi deb aytganini eshitganman"[Bartold., 1963:294].

XI asrning o'rtalariga kelib shahar yana ikki sulola o'rtasidagi nizolarga guvoh bo'ladi. Mahmud G'aznaviyning o'g'li Mas'ud Xorazm hukmdori Oltintoshga, qoraxoniylar qaramog'ida bo'lgan Buxoro va Samarqand ustiga yurish qilishni buyuradi. Qoraxoniylar lashkari Ali Tegin boshchiligida Oltintoshga qarshi chiqadi va bu jangda u mag'lub bo'lib Dobusiyaga chekinadi. Oltintosh Dobusiyani qamal qiladi, ammo shaharning mustahkam istehkomlari Xorazmliklarni shaharga kirishlariga imkon bermaydi. Uzoq muddatli qamaldan so'ng har ikki tomon o'zaro kelishadi. Shu tariqa Xorazm hukmdori Oltintosh Mas'ud G'aznaviyning buyrug'ini bajara olmaydi. Buning ustiga Oltintosh jang paytida qattiq yarador bo'ladi va buning oqibatida halok bo'ladi. Ammo vazirning ustamonligi tufayli Xorazmliklarsharmandali mag'lubiyatdan qutilib qoladilar. XIII asrning boshida yurtimizda yuz bergan mo'g'ullar bosqini Dobusiyaning taqdirida ham juda ayanchli bo'ldi. Mo'g'ullar bosqini vohani tannazulga uchratdi. Rashid-ad Dinning "Jome' at- tavorix" asarida keltirishicha Chingizxon Samarqandga yurishi vaqtida "butun yo'l bo'yi

bo'ysungan shaharlarga biror zahmat yetkazmay o'tdi, ammo Saripul va Dabusiya kabi qarshilik ko'rsatgan shaharni qamal qilish uchun qo'shin qoldirdi"[Rashididdin., 1952:207]. Mo'gullar Dabusiya qal'asini vayronga aylantirib, aholisini asirlikka olgan. Oradan ancha vaqt o'tib Dabusiya qayta tiklansada, ammo shahar maqomini yo'qatgan.

Amir Temur va Temuriylar sulolasidan so'ng Voha Shayboniylar(Buxoro xonligi) tassarufida bo'lgan. Buxoro amirligi Qo'shbegi idorasidagi ish yuritish tartibini o'rganish jarayonida aniqlandiki, 1818-yilda rasmiylashtirilgan vaqf hujjatida Dabusiy nomi qo'llanilgan. 1838-yilda Ziyovuddin viloyati Totkent qishlog'idagi Duoba degan joyda Qulmuhammad Eshmuhammad o'g'lining 24 tanob yerni Totkent masjidi hisobiga o'tkazish yuzasidan rasmiylashtirilgan, vaqf xujjatida esa vohamiz Ziyovuddin nomi bilan atalgan. Shundan keyin bu manzil goh Qal'ai Dabus, goh Qal'ai Ziyovuddin shakllarida qo'llanilgan, XIX asrning 30-yillari oxiridan rasmiy hujjatlarda voha Ziyovuddin nomi bilan yuritigan[I.Sanayev.,2009:8]. Tarixchi olim, "Ziyovuddin tarixi" kitobining muallifi Ismat Sanayev bilan suhbat o'yishtirganimda (2018-yil, yanvar), vohaga Ziyovuddin nomini shaxsan Amir Haydar tomonidan berilganligi to'g'risidagi yangilikni menga aytdilar.

Ziyovuddin arabcha so'z bo'lib, "ziyo ad-din" -"dinning nuri" demakdir. Buxoro amirligi ma'muriy jihatdan 27 ta beklikka bo'lingan. Ziyovuddin bekligi o'sha bekliklardan biri bo'lib, beklik bir necha amlokdorlikdan tashkil topgan. Bek tomonidan tayinlangan amlokdorlar belgilangan hududga rahbarlik qilishgan. Ziyovuddin bekligining bek qarorgohi deb yuritilgan Ziyovuddin qal'adan (Dabus qal'a xarobalari yaqinida) ham bir uyum tuproq qolgan. Hozirgi Paxtachi tumani ma'muriy markazi Ziyovuddin shahri shu nomdagi temir yo'l stantsiyasi atrofidagi turar joylar negizida paydo bo'lgan. Ziyovuddin bekligi Buxoro amirligining asosiy shaharlaridan biri bo'lib, shu nomdagi temiryo'l bekatidan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan. Mang'itlar davrida O'rta Osiyo temiryo'li yoqasidagi va amirlik chegara hududida joylashgan oxirgi shahardir. Ziyovuddin bekligi aholisi dehqonchilik bilan shug'ullangan. Hududdan Zarafshon daryosi oqib o'tganligi sababli paxta ko'p ekilgan. Beklik otlarga boy, shuning uchun amirlik artilleriyasining asosiy ta'minot ombori bo'lib xizmat qilib kelgan[I.I.Geyer.,1909:208].

Beklik hududida Dabusiya qo'rg'oni joylashgan. Dobusqal'ada amirlik katta qo'shin saqlagan. Bu qo'shin beklikni dushman hujumlaridan himoyalashi vazifasini bajargan. Dobusqal'a dushman hujumidan saqlanish uchun boshpana bo'lgan. Uzoq vaqt davom etgan urushlar Dobusqal'aning vayronaga aylanishiga sabab bo'lgan. Natijada xaroba qal'aning tuproq ostida qolib ketmasligi uchun uning yonida boshqa binolar qurilgan. XIX asrga kelib esa Dabusiya shahri o'rnida Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligi tashkil etiladi.

1886-yilning 18-22-aprelida podsho Rossiyasi temir yo'lni Samarqandga yetkazish maqsadida maxsus qaror qabul qiladi. Ziyovuddinda temiryo'l qurilish ishlariga Lepinskiy rahbarlik qilgan. 1887-yil 12-iyunda

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

temiryo'lning Samarqand qismini qurish yuzasidan alohida yo'riqnoma belgilanib tasdiqlangan. Buxoro temiryo'li Qiziltepa, Karmanadan Nahripay kanalining chap qirg'og'idagi qadimiy, manzur va mashhur Toshko'prik qishlog'i orqali o'tdi. Bu hududdagi temiryo'l bekati Ziyovuddin viloyatining markazidan uzoq edi. Bekat viloyat nomi bilan „Ziyovuddin" deb yuritildi.

Birinchi poyezd Ziyovuddinga 1888-yilning 1-aprelida, shu yilning 17-aprelida Kattaqo'rg'onga, 15-may kuni Samarqandga kelgan. 1888-yilda Turkiston general-gubernatori bilan Buxoro amirligi o'rtasida bitim tuzilgan. Bu hujjatga ko'ra, Buxoro amirligi hududida rus qishloqlarini tashkil etish belgilangan. 1888-yil 23-iyunda Chorjo'y va Yangi Buxoro yo'l bekatlari yaqinidagi qishloqlarni boshqarish, xo'jalik va obodonlashtirish qoidalari tasdiqlangan. Yangi Buxoroda shahar boshlig'i lavozimi joriy etilgan. Bu mansabdagi shaxs zimmasiga „Eski Buxoro", „Forob", „Kattaqo'rg'on" bekatlari o'rtalaridagi temiryo'l bo'yidagi qishloqlarda yashovchi rus fuqarolarini boshqarish vazifasi yuklangan[I.Sanayev.,2019:42].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida O'zbekiston hududi azaldan insoniyat tamaddunining beshiklaridan biri sanaladi. Xususan Zarafshon daryosi bo'yidagi Ziyoviddin vohasida insonlar bronza davridan yashab kelganligi, bu hudud madaniyatining nechog'lik ulug' ekanligini ko'rsatadi. Vohadagi manzilgohlar qadimgi sharq shaharsozligining bir namunasidir. Dobusiya tarixi Ziyovuddin bilan ham uzviy bog'liq. Ayrim tarixiy manbalarda, XIX asrlarda ham Dobusiya yodgorligi hududida Ziyovuddin begining qarorgohi, masjid va boshqa inshoatlar mavjud bo'lgan degan ma'lumotlar keltiriladi. Bundan 10 yillar ilgari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Ya. G'ulomov nomli arxeologik tadqiqotlar instituti bilan Yaponiyalik olimlar hamkorligida Dobusiya hududida qazishmalar o'tkazilgan. Yodgorlikda olib borilgan keng ko'lamli qazishmalar natijasida ushbu shaharchaga bundan 2600 yillar ilgari asos solinganligi isbotlandi. Ushbu isbot shaharni Zarafshon vohasida Samarqanddan keyingi ikkinchi qadimiy shahar ekanligini ko'rsatdi. Bugungi kunda tumanimizda joylashgan qadimiy Dobusiya yodgorligi yaxshi saqlanib kelinmoqda. Bu yerda yaqin atrofda yashovchi aholi yiliga kamida ikki marta, Qurbon va Ramazon hayitlarida bu yerga kelib, namoz o'qishib sayillar o'tkazishib, ziyorat qilishga odatlanganlar. Bu shaharning bag'rida xalqimizning qariyb uch ming yillik tarixi, madaniyati va ma'naviyati uxlab yotibdi. Agar arxeologik qazishmalar davom ettirilsa, bu yerlar bizga yana uzoq va qadimiy o'tmishimizning yangi sir-sinoatlaridan xabar beradi. Umuman olganda har bir joy o'z tarixiga ega. Ziyovuddin vohasi tarixi ham hali chuqur o'rganilmagan. O'zbekiston tarixida o'z o'rniga ega bo'lgan mazkur voha tarixi ham o'z yechimini kutayotgan masalalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Санаев И. XIX асрнинг иккинчи ярми ва ХХ асрнинг бошларида Зарафшон водийси адабий мухдти.- Т.: "Tafakkur" 2009. 8-бет

2. Санаев И. Зиёвуддин тарихи.-Т.: "Шарк" 1995. 28-бет.

3. Санаев И. Зиёвуддин тарихи.-Т.: Шарк 1995. 34-бет

4. Буряков Ю. Согд и чач. Взаимодействие и взаимовлияние двух культур древнего Узбекистана . Самарканд ша^рининг умумбашарий маданий тараккиёт тарихида тутган урни.-Т.: "Фан" 2007. 62-бет

5. Санаев И. Зиёвуддин тарихи.-Т.: "Шарк" 1995. 31-33-бетлар

6. Лурье .П.Б «Историка-лингвистическей анализ Согдийской топорими». — Санкт-Петербург, 2004. C. 193

7. Бердимуродов А.Э., Уно Такао, Рахимов К.А. Добусияда утказилган археологик

8. тадкикотлар ^акида // Узбекистонда археологик тадкикотлар туплами 6-сон. Тошкент. "Фан" 2009. 76-бет

9. Наршахи. Таърихи Бухоро. Душанбе.: "Дониш". 1979. 10-бет

10. Самарканд тарихи.-Т.: .: "Фан " 1971.Биринчи том 69-

бет

11. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi.-T.: 2016."Sharq" Birinchi kitob 120-bet

12. История ат-Табари.-Т.: "Фан "1987. С.216-217.

13. Бартольд. В.В Сочинения I. Москва 1963. С.294.

14. Рашид-ад-дин. Сборник летописей. М-Л.1952. С.207.

15. Санаев И. XIX асрнинг иккинчи ярми ва ХХ асрнинг бошларида Зарафшон водийси адабий мухдти-Т.: "Tafakkur" 2009. 8-бет.

16. Гейер, И.И. Туркестан. Ташкент, 1909 — 208 bet.

17. Sanayev, I „Dabusqal'a va Ziyovuddin viloyatimizdagi mo''tabar maskanlardan hisoblanadi" (2019-yil 10-yanvar).

18. Y. Yorozu, M. Hirano, K. Oka, and Y. Tagawa, "Electron spectroscopy studies on magneto-optical media and plastic substrate interface," IEEE Transl. J. Magn. Japan, vol. 2, pp. 740-741, August 1987 [Digests 9th Annual Conf. Magnetics Japan, p. 301, 1982].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.