ZARAFSHON VODIYSI TUPROQLARI GUMUS SIFAT TARKIBIGA
TURLI OMILLARNING TA'SIRI
O. N. Tashkenbayev
SamDU, dotsent
M. T. Kubayeva
SamDU, tayanch doktorant
G.N.Abdiyeva I. Sh. Najimova
SamDU, magistrantlar
ANNOTASIYA
Zarafshon vodiysi bo'z tuproqlar mintaqasi va cho'l zonasi tuproqlarining gumus holati va oziqa rejimining antropogen omillar ta'sirida, ya'ni, sug'orish va ekinlarni yetishtirishda agrotexnologiyaning ayrim usullari ta'sirida o'zgarishini o'rganish natijalari taqdim etilgan. Dengiz sathidan har xil balandliklarda, turli o'simlik assotsiatsiyalari va har xil ekinlarini etishtirilganda tuproqlarning agrokimyoviy xususiyatlarini, gumusning guruhiy va fraksiyaviy tarkibini o'zgarish jarayonlarini o'rganish maqsadida dala marshruti, statsionar dala tajribalari va laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tuproqlarning unumdorligini oshirish va mineral o'g'itlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlari: bo'z tuproqlar mintaqasi, cho'l zonasi, sug'orish davri, gumus miqdori, gumusning guruhiy va fraksiyaviy tarkibi, tuproqning oziqa moddalarining tarkibi va miqdori, etishtiriladigan ekinlar, mineral o'g'itlar, o'g'it samaradorligi.
ABSTRACT
The results of studies of changes in the humus state and nutritional regime of soils in the serozem belt and the desert zone of the Zarafshan Valley under the influence of anthropogenic factors, such as irrigation and individual agricultural techniques in cultivating agricultural crops, are presented. The relationship between groups and fractions of humus along the soil profile and the correlation with soil nutrients are studied in detail. The
October 5-6
669
recommendations are given for increasing the productivity of soils and the effectiveness of using mineral fertilizers.
Keywords: Gray earth belt, desert zone, irrigation age, humus content, group and fractional composition of humus, content of soil nutrients, cultivated crop, mineral fertilizers, fertilizer efficiency.
Kirish. Tuproq unumdorligi ko'p jihatdan gumus miqdori, zahirasi hamda gumus sifatiga bogliq bo'ladi. Gumusning sifati uning guruhiy va fraksion tarkibi bilan belgilanadi. Gumusning guruhiy tarkibi gumin va fulvokislotalar bilan birga guminlardan tashkil topgan bo'lib, uning sifati gumin kislotalari miqdori va gumin kislotalari bilan fulvokislotalar nisbatiga qarab aniqlanadi. Zaravshon vodiysida voha va cho'l tuproqlari bo'lib, ular avtomorf va gidromorf tuproqlarga ajraladi. Ularning tuproq va gumus hosil bo'lish tabiiy sharoitlari hamda ularga antropogen omillar ta'sir kuchi turlicha bo'lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Bunday sharoitda gumusning guruhiy va fraksion tarkibini shakllanishi ham turlicha boradi. Ush bu masalalarni o'rganish uchun Samarqand davlat universiteti Agrokimyo va o'simliklarni himoya qilish kafedrasi olimlari tomonidan ekspeditsion tadqiqotlar va turli tuproq tip hamda tipchalarida maxsus dala tajribalari olib borildi. Gumus Tyurin uslubida, unung fraksion tarkibi Ponamoryoba va Plotnikova uslubida aniqlandi.
Tadqiqot natijalari. Zarafshon vodiysi tuproqlari gumusining guruhiy va fraksion tarkibi ko'p jihatdan tabiiy va antropogen omillarga bog'liq bo'ladi. Tog' mintaqasi va gidromorf tuproq hosil bo'lish sharoitida gumus to'planishi va gumusning sifati nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi (1-jadval).
Zarafshon vodiysining tog' mintaqasida iqlim o'ziga xos bo'lib, vodiyning boshqa joylariga nisbatan harorat past va yog'ingarchilik yuqori bo'ladi. Bu holat tuproq gumusining guruhiy va fraksion tarkibiga ijobiy ta'sir qiladi. Xuddi shunga o'xshash holat gidromorf tuproqlarda kuzatildi.
Gidromorf tuproqlar ichida eng ko'p tarqalgani o'tloq tuproqlar bo'lib, ular tarkibida gumus miqdori nisbatan yuqori va fraksion tarkibida nisbatan kalsiy bilan bog'langan fraksiyalar ulushi yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi.
Gumin va fulvokislotalar nisbatida gumin kislotalar ulushi ustunligi kuzatiladi. Utloq tuproqlar gumus holati ularning madaniylashganlik darajasiga ham bog'liq bo'ladi. Gumus miqdori va sifati qadimdan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarda yuqoriligi qayd etildi. Yangitdan o'zlashtirilgan va yangidan sug'oriladigan o'tloq tuproqlarda gumusning sifati
October 5-6
670
G 00 G K> (Jj * 22-K Samarqand viloyati (bo "z tuproqlar mintaqasi) Kuzatuv maydon raqami
Tipik bo'z tuproq Tuproq tip va tipehasi
engil qumloq o'rta qumloq engil qumoq o'rta qumoq Mexanik tarkibi
Kuzgi bug'doy G'o'za Ekin tun
tjj .00 Ol 1° '*© K> CTN tjj 1° Vo Hosildorlik s/ga
K> (Jj V K> CTN V Ul .00 O'g'itlar hisobiga olingan qo'sliimcha hosil, s/ga
o 00 © 00 CN © CTN © 00 Gumus miqdori, % da
o © VO © © VO Gumusning Cgk:Cfk nisbati
U1 K> CTN Ul © k> U1 Ol VO 2 O'simliklarning og'itlardan oziq elementlarninig o'zlashtirish koeffisiyenti, % da
VO K> K> '*© CTN (Ji 00 to o
CN (Jj VO CN .00 Ol CTN * to o
er
©
VI
a
©
•<5
»
o^
IX
5'
s
E
t
s
s
er«
o
er«
*
ff
t
a
ss
s
o
» N
VI £
ff —
«r B
s n
s
t
s
s
er«
©^
IX
er
ff
er
TT
©
n
3
IX
n
S
ofS*
»
N
ss
»t
»
—
Ct o»
" er
©
s
•<5 ©
H as
c
T3 "t o
er« er« c
S c
<*!
I. 3
~ ¿5
a
©
•<5
■s. «1* CT Ö" Ä
H o
n TT
» "t
s er«
£2
<
О H И!
О » s .О % В К1 а? »
Д Ä 1
SP 3. »
п а
сг сл S
О rt-- » J
65 Й- ч >ч » 3
=' > 1 s-
S а
Q. »
S
С
S
n
«>
b
л •s л
if
3
л s
s
л
». ri ft
О
s- a
л ft.
íu 5
>Q У
Л Ui
Ifl
Cd
> с
s
— ^ S5 a ^ »
— ' л
05 g
Л ri
s
il
a" = a 2
ë
g s-
a л к>
3-U og'ir qumloq Beda 142,0 87,0 1,46 1,1 - 19,8 79,2
3-U engil qumoq Olma 132,0 101,0 1,31 0,8 23,4 23,1 50,5
41-K O'tloq bo'z tuproq o'rta qumoq G'o'za 33,7 20,2 0,83 0,7 43,0 18,7 78,5
16-K O'tloq tuproq o'rta qumloq G'o'za 35,8 21,5 1,05 0,7 44,7 18,8 79,7
8-K o'rta qumoq Kuzgi bug'doy 44,6 28,4 1,26 0,9 45,1 23,1 78,3
3-K engil qumoq Olma 105,0 77,0 1,14 0,8 20,8 18,0 47,7
3-N Och tusli bo'z tuproq engil qumoq Beda 125,0 74,0 0,77 0,6 - 19,5 60,1
17-N engil qumoq Olma 76,0 51,0 0,98 0,7 15,0 14,0 34,2
B u x o r o v i l o y a t i (cho'l zonasi tuproqlarida)
231-G Yangit dan sug'oril adigan o'tloq tuproq og'ir qumloq G'o'za 22,0 9,9 0,86 0,4 26,4 12,7 53,5
367-G engil qumloq Kuzgi bug'doy 22,8 8,6 0,76 0,6 17,9 8,7 27,5
333-G engil qumloq Beda 106,0 56,0 0,79 0,8 - 17,2 58,5
131-V Eskitda n sug'oril adigan o'tloq tuproq engil qumoq G'o'za 28,5 15,4 1,21 0,5 33,1 18,0 73,4
109-V og'ir qumloq Kuzgi bug'doy 32,5 17,1 0,95 0,6 27,4 14,6 51,5
27-V engil qumoq Beda 118,0 63,0 1,18 1,0 - 18,2 64,3
200-V O'tloq-voha tuproq engil qumoq G'o'za 30,8 17,1 1,35 0,8 35,1 18,7 76,0
315-G engil qumoq Kuzgi bug'doy 36,5 20,6 1,23 0,8 32,2 17,1 60,2
119-V engil qumoq Beda 136,0 77,0 1,11 0,9 - 25,0 74,3
Zarafshon vodiysi cho'l zonasining tuproqlari sur tusli qo'ng'ir, cho'lli qum, taqirsimon va taqir kabi tuproqlari gumus sifati va miqdori past bo'lib ular bu borada meliorativ tadbirlarga muhtoj hisoblanadi.
Shunday qilib, Zarafshon vodiysi tuproqlari gumus guruhiy va fraksion tarkibi turlicha bo'lib, ularning shakllanishiga bir qancha tabiiy va antropogen omillar ta'sir qiladi.
Uzoq muddatli muttasil paxta va bug'doy yetishtirish va bir yerdan ikki marta hosil olish gumus zahirasini, Cgk:Cfk nisbati, fulvokislotalar miqdori oshirishi hisobiga sezilarli darajada
October 5-6
672
kamayadi. Bundan tashqari, gumusning gidrolizlanmaydigan qoldig'ining ulushi sezilarli darajada oshadi. Uzoq muddatli sug'orish, ayniqsa gumus gorizonti qalin bo'lmagan tuproqlarda, gumusning gidrolizlanmaydigan qoldiq ulushining oshishi hisobiga, sifat tarkibining o'zgarishiga olib keladi.
Gumus muvozanatini saqlash va gumun va fulvo kislotalar fraktsiyalari nisbatining ijobiy tomonga yaxshilanishi faqat beda va ko'p yillik o'simliklarning etishtirishda kuzatiladi.
Mineral o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti va ekinlar hosildorligi tuproqning genetik xususiyatlariga, gumus miqdori va tuproqning mexanik tarkibiga bog'liq bo'ladi. Tipik bo'z tuproqlarda g'o'za yetishtirishda azotli o'g'itlardan foydalanish koeffisiyenti o'rta qumoq tuproqda 35,9%, o'tloq-bo'z tuproqda 43%, o'tloq tuproqda 44,7%, ya'ni gumus miqdori ortishi bilan o'simliklarning azotli o'g'itdan foydalanish koeffisiyenti oshadi.
Azotli o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti fosforli o'g'itlarga nisbatan ko'p, ammo kaliyli o'g'itlardan kamroq bo'ladi. Shu bilan birga bo'z tuproqlar mintaqasining o'tloq tuproqlarida gumus miqdori ortishi bilan fosforli o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti, tipik bo'z tuproqlarga qaraganda yuqori. Sug'orish va tuproqlardan foydalanish davri oshgani sayin o'simliklar tomonidan o'g'itlardan fosforni o'zlashtirilishi ortadi. Yangi sug'oriladigan o'tloq tuproqda fosforni o'g'itlardan o'zlashtirish koeffitsienti eng past - 12,7%, o'tloq-voha tuproqlarida esa eng yuqori - 18,7%.
Xuddi shunday qonuniyat bo'z tuproqlar mintaqasida kaliyli o'g'itlarda ham kuzatiladi, g'o'zaning kaliyli o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti: tipik bo'z tuproqda 68,5-76,4%, o'tloqi-bo'z tuproqda 78,5%, o'tloq tuproqda 79,7% bo'ldi. Cho'l zonasi sharoitida bu koeffitsientlar birmuncha past bo'lgan: yangitdan sug'oriladigan o'tloq tuproqda - 53,5%, eskitdan sug'oriladigan tuproqda - 73,4%, o'tloq-voha tuprog'ida - 76,0%, ya'ni sug'orish davrinind o'sishi bilan, g'o'zaning kaliyli o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti oshadi, ya'ni chirindi miqdori kamayishi bilan kaliyli o'g'itlardan foydalanish koeffisiyenti kamayadi.
Tuproqlar gidromorflik belgilarining kuchayishi bilan azot miqdori ortib boradi, shuning uchun tuproqlarning genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda azotli o'g'itlar me'yolarini tabaqalashtirish zarurligini ko'rsatadi. Gidromorf tuproqlarda azotli o'g'itlar me'yorlarining ekinlar hosildorligi bilan korrelyatsiya koeffitsienti asosida olingan 0,8 tuzatish koeffitsientini qo'llash orqali tavsiya etilgan azotli o'g'it me'yorlarini kamaytirish
maqsadga muvofiqdir. Paxta hosildorligi bilan mineral
October 5-6
o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashda o'g'itlar samaradorligi va tuproq genezisi o'rtasida katta bog'liqlik aniqlandi.
Azotli o'g'itlarning samaradorlik ko'rsatkichlari kaliy va fosforga qaraganda hosil bilan korrelyatsiya bog'liqligi kamroq. Tuproq gidromorfligining kuchayishi bilan o'g'itlarning azotdan foydalanish koeffisiyenti hamda tuproq tarkibidagi azot miqdori ortadi. Shu sababli ekinlarning hosilga zarar yetkazmasdan azotli o'g'itlar me'yorlarini kamaytirish imkoniyati tug'iladi.
Sug'orish davri oshgani sayin azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlardan foydalanish samaradorligi g'o'za hosildorligi bilan bir xil bog'liq bo'ladi.
Qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi ko'p omillarga bog'liq. Misol uchun, o'rta qumoq mexanik tarkibli va gumus miqdori 0,84% bo'lgan tipik bo'z tuproqda paxta hosildorligi gektariga 32,2 sentnerni, bu tipdagi mexanik tarkibi engilroq tuproqda, gumus miqdori kamroq bo'lgan (0,64%) va paxta hosildorligi 26,5 q/ga tashkil etgan. O'tloqi-bo'z, ayniqsa, o'tloqi tuproqlarda g'o'za hosildorligi tipik bo'z tuproqlaga nisbatan yuqori bo'ldi - mos ravishda 33,7 va 35,8 s/ga.
Cho'l zonasi sharoitida paxta xomashyosining hosildorligi bo'z tuproqlar mintaqasiga qaraganda past edi.
Yangi sug'oriladigan o'tloq yerlarda gektariga 22,0 sentner, eskitdan sug'oriladigan yerlarda 28,5 sentner, o'tloq-voha tuprog'ida 30,8 sentnerdan hosil olingan, ya'ni tuproq madaniylashganligi o'sishi bilan paxta hosili ortib, bug'doyning hosildorligi ham xuddi shunday o'zgardi.
Samarqand viloyatida beda pichanining hosildorligi tipik bo'z tuproqda yuqori bo'lgan. Buxoro viloyati sharoitida beda hosili kam bo'lsa-da, sug'orish davri va madaniylashganlik darajasi ko'paygan sari pichan hosili oshib boradi.
Olma daraxtlarining hosildorligi tipik bo'z tuproqda yuqori, o'tloq va och tusli bo'z tuproqda kamroq.
Demak, mineral o'g'itlarning samaradorligi, o'simliklarning oziq moddalarini o'zlashtirilishi, mineral o'g'itlardan foydalanish koeffitsienti va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi tuproqning turi, genezisi, iqlim sharoiti va tuproqdagi gumus miqdoriga bog'liq.
Gumin kislotalarning sifat tarkibi tipik bo'z tuproqda va ma'lum darajada o'tloqi-bo'z tuproqda eng yaxshi edi. Eskitdan sug'oriladigan tuproqlarda gumin va fulvo kislotalar fraktsiyalarning miqdori yangitdan sug'oriladigan tuproqlarga qaraganda yuqori bo'ladi, bu uzoq muddatli
sug'orishda gumin va fulvo kislotalarning hosil bo'lish
October 5-6
jarayonlarining yaxshilanganligini ko'rsatadi. Yengil mexanik tarkibga o'tish bilan gumus tarkibi va fraksiya nisbati keskin yomonlashadi.
Eskitdan va qadimdan sug'oriladigan tuproqlarda uzoq muddatli sug'orish va qishloq xo'jaligida foydalanish jarayonida organik moddalar nafaqat yuqori qatlamlarda, balki butun tuproq profilida to'plangan. Gumus tarkibining ko'payishi bilan birga, sug'orish muddati ortishi bilan uning sifati ham yaxshilanadi. Gumin va fulvo kislotalarning barcha fraktsiyalarining ulushi ortishi hisobiga gumus tarkibidagi gidrolizlanmaydigan qoldiq ulushi kamayadi.
Cho'l zonasi tuproqlarida qishloq xo'jaligida foydalanish, xususan, sug'orish ta'sirida sodir bo'ladigan o'zgarishlarning kontrasti bo'z tuproqlar mintaqasiga qaraganda yuqori, ya'ni Zarafshon vodiysining g'arbidan boshlab sharqgacha sug'orishning tuproq unumdorligiga ijobiy ta'siri ko'proq namoyon bo'ladi.
Xulosa. Zarafshon vodiysi tuproqlaridan uzoq muddatli sug'orish va qishloq xo'jaligida foydalanish nafaqat organik moddalarning to'planishi, balki tuproqning unumdorligi va qo'llaniladigan o'g'itlar samaradorligining oshishi bilan ham ko'zatiladi. Bu, ayniqsa, cho'l zonasi tuproqlarida yaqqol namoyon bo'ladi.
REFERENCES
1. Xoshimov F.X., Ortiqov T.K., Tashkenbayev. Zarafshon vodiysi tuproqlari gumusning guruhiy va fraksion tarkibi va uning turli xil omillar ta'sirida o'zgarishi. Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar. II-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tuplami, Samarqand, 16-17 oktabr, 2020 yil, 88-90 b.
2. F.Kh Khashimov, O.N Tashkenbaev, M.T.Kubayeva, G.M Abdyeva. Influence of anthropogenic impact on the group composition of humus in irrigated soils of the zarafshan valley. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE), Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 3 No. 5, May 2022 ISSN: 2660-5643.
3. F.Khashimov, O.Tashkenbayev, M.Khayitiv. The interdependens of the humus state and the productivity of individual crop on irrigated soils. Conference Proceedings: Global food forum, 2021, ISBN 978-9916-9745-2-0, 31-39 p.
October 5-6