Central Asian Journal of
Education and Innovation
ZAMONAVIY QUROLLI MOJAROLARDA QO'LLANILAYOTGAN QUROL ASLAHALAR VA ULARNING RIVOJLANISH YONALISHLARI
Umarov Maxmudjon Jakbarovich
podpolkovnik
Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti, Qurollanish va otish kafedrasi katta o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11124432
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-May 2024 yil Ma'qullandi: 04- May 2024 yil Nashr qilindi: 07- May 2024 yil
KEY WORDS
xizmat quroli, individual, to'pponcha, avtomat, pulemet, kollimator, talofat etkazish, zirxlangan, patron, kalibr.
Ushbu maqolada chet el armiyasi qurollanishida mavjud bo'lgan o'q otar qurollarning namunalari, tuzilish, imkoniyatlari va takti-texnik tavsifi haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Shuningdek o'q otar qurollarning sinflanishi to'rlari va mo'ljallanishi bo'yicha umumiy ma'lumotlar keltirilgan.
O'q-otar qurollarning sinflanishi
Qo'llanilishi bo'yicha o'q-otar qurollar 3 ta turga bo'linadi:
1. Jangovar qurollar - jangda dushmanning jonli kuchini va texnikasini yo'q qilish uchun mo'ljallangan.
2. Xizmat quroli - davlat idoralarida xizmat vazifasini bajarish uchun mo'ljalllangan.
3. Fuqarolar quroli - o'z-o'zini muhofaza qilish uchun va ov qurollari.
O'q- otar qurollar :
Shaxsiy - pistolet, revolverlar;
Individual -magazinli, o'zi o'qlanuvchi avtomat miltiqlar, karabinlar, pistolet-pulemyotlar, avtomatlar, merganlik miltiqlari;
Guruh qurollari-stanokli pulemyotlar, qo'l pulemyotlari, katta kalibrli pulemyotlar;
Maxsus qurollar - aviatsiya pulemyotlari, tank pulemyotlari, zenit pulemyot qurilmalari va boshqalar.
To'pponcha (pistolet) - chex tilidan olingan bo'lib "qamish surnay" manosini anglatadi. Dastlabki plitali to'pponchalar Evropa va Osiyoda XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan.
XIX asrning 50 yillariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli revolverlar qo'llana boshlangan.
Avtomat (yunoncha so'z bo'lib) o'zi harakatlanuvchi (kishining ishtirokisiz o'zi bajaradigan qurilma) degan ma'noni anglatadi.
Avtomat quroli o'q (snaryad) otilganda hosil bo'lgan porox gazining energiyasi bilan o'z - o'zidan o'qlanib otilgani uchun shunday aytiladi. Avtomat quroli XIX asrning 2 yarimida paydo bo'lgan.
Mergan miltig'i - mergannning o'q otish quroli degan ma'noni anglatadi. Dastlabki merganlik miltig'i XII asrlarda arablar tomonidan ishlab chiqarilgan. 1891 yil rus qurolsozi S.I.Mosin yaratgan miltiq namunasi birinchi jahon urushi va Rossiyada fuqarolar urushi
davrida keng qo'llanilgan.
Pulemet - rus tilidan olingan bo'lib "pulya - o'q", "metat-otish" degan ma'noni anglatadi. Birinchi pulemetni Amerika ixtirochisi X.S.Maksim tomonidan
1883 yilda ixtiro qilingan. Hozirda ko'p mamlakatlarning qo'shinlarida rus ixtirochilari V.A.Degtyarev va M.T.Kalashnikov pulemetlaridan foydalanilmoqda.
Xorijiy davlatlar armiyalarining o'q-otar qurol-aslahalarining rivojlanishi, rusumlar va imkoniyatlari
Zamonaviy jangda hozirgi zamon askari o'zining quroli bilan birga dushman tomonidan qo'llanilayotgan qurollarni ham bilishi, o'rganishi lozim.
MP-444 "Bagira" to'pponchasi Rossiyaning "IJMASH" mexanik zavodida 2009-yilda ishlab chiqarilgan.
Yangi yaratilgan MP-444 "Bagira" to'pponchasi hujum va mudofaa mobaynida dushmanning tirik kuchlarini qisqa masofalardan turib yo'q qilish uchun mo'ljallangan.
To'pponchadan 220metrga bo'lgan masofadan o't ochish samarali hisoblanadi. O'qning zarar etkazish kuchi 500m gacha saqlanib qoladi. To'pponchadan yakka tartibda o't ochiladi. To'pponchaning o'qsizlantirilgan holda og'irligi 0,76 kg, magazin sig'imi -16 dona o'q, stvol uzunligi -101 mm, umumiy uzunligi -186 mm.
Glosk-17 to'pponchasi 2006-yilda Avstriyada ishlab chiqarilgan.
Glosk-17 to'pponchasining 4 chi rusumi hujum va mudofaa mobaynida dushmanni qisqa masofalardan turib yo'q qilish uchun mo'ljallangan. To'pponchadan 250 metrgacha o't ochish
samarali hisoblanadi. O'qning zarar etkazish kuchi 450 metrgacha saqlanib qoladi. To'pponcha yakka va avtomatik tartibda o't ochadi. To'pponchaning o'qsizlantirilgan holda og'irligi 0,78 kg, magazin sig'imi 17 dona o'q, stvol uzunligi -170 mm.
FNP-45 to'pponchasi 2008-yilda Belgiyaning
«FN Hersta» kompaniyasida ishlab chiqarilgan.FNP-45
to'ppochasi Parijdagi «VIPARIS Nord Villepinte Parc» ko'rgazmasida yuqori o'ringa ega bo'lgan. FNP-45 to'pponchasi qisqa masofadan turib dushmanning tirik kuchiga talofat etkazish uchun mo'ljallangan. To'pponchadan 250 metrgacha o't ochish samarali hisoblanadi.
To'pponcha kalibri 11,43 mm, magazin sig'imi 16 donao'q, stvol uzunligi 150 mm, to'pponcha kirish qismida ovoz pasaytirish uchun moslama mavjud. To'pponchaning chap yuzasida kollimator mo'ljallagich moslamasi o'rnatish uchun burama mavjud. To'pponchaning o'qsizlantirilgan holda og'irligi 0,95 kg.
CZ-75 to'pponchasi 2007-yilda Fransiyada ishlab chiqarilgan.
Ushbu to'pponchaning yangi modeli polimer ramkali bo'lib, magazin
va zatvori bilan farqqiladi. To'pponcha 9x19 mm patronostida ishlab chiqarilgan. To'pponcha dushmanning jonli kuchini qisqa masofadan turib yo'q qilish uchun, hamda o'zini himoya qilish uchun mo'ljallangan. Kalibri 9 mm, magazinlar sig'imi
16 dona o'q, stvol uzunligi 95 mm, otish uzoqligi 75 metr, to'pponchaning o'qsizlantirilgan holda og'irligi 0,77 kg.
Robinson Armament XCR avtomati 2004-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan.
5,56 mmli Robinson Armament XCR avtomati guruh qurol-aslahalari tarkibiga kiradi va dushmanning tirik kuchini, hamda o't ochish vositalarini yakson qilish uchun mo'ljallangan. Avtomat AQSH maxsus bo'linmalari uchun ishlab chiqilgan. Kalibri 5,56 mm, qurolning umumiy uzunligi 959 mm, stvol uzunligi 406 mm, qurolning o'qsiz og'irligi 3400 gr, otish tezligi bir daqiqada 550-600 dona, otish uzoqligi 500 m, o'qning boshlang'ich tezligi 650 m/s, magazin sig'imi 30 dona.
SP-3 VIXR avtomati Rossiyada 2002-yilda ishlab chiqarilgan.
SP-3 VIXR avtomati dushmanning tirik kuchlariga, hamda engil zirxlangan texnikalariga talofat etkazish uchun mo'ljallangan. SP-3 VIXR avtomati Rossiya maxsus bo'linmalarida davlat xavfsizligini ta'minlash uchun ishlab chiqarilgan. Kalibri 9 mm, qurolning umumiy uzunligi 610mm, stvol uzunligi 156 mm, qurolning o'qsiz og'irligi 2000 gr, otish tezligi 1 daqiqada 840 dona, otish uzoqligi 500 m, o'qning boshlang'ich tezligi 270 m/s, magazin sig'imi 20 dona.
VSSK merganlar miltig'i
VSSK merganlar miltig'i 2003-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan. 12,7 mmli katta kalibrli maxsus merganlar miltig'i (VSSK) kuchli qurol hisoblanib, dushmanning engil zirxlangan nishonlariga va o't ochish vositalari bilan
kurashish uchun, hamda jonli kuchiga tovushsiz va olovsiz talofat etkazish uchun mo'ljallangan.
Kalibri 12,7 mm, qurolning umumiy uzunligi 795 mm, stvol uzunligi 310 mm, qurolning o'qsiz og'irligi 5 kg, otish tezligi 1 daqiqada 45-50 dona, otish uzoqligi 800 m, o'qning boshlang'ich tezligi 870 m/s, magazin sig'imi 5 dona.
7,62 mm Kalashnikov АK 203 avtomati
Mukammallikka cheklov yo'q, ayniqsa o'qotar qurollarni yaratish sohasida va aynan shu tamoyil AK 203 ni yaratish uchun asos bo'lgan. 200 avlod - ishonchlilik va samaradorligi bilan 2016-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan.
7,62 mm Kalashnikov AK 203 avtomati AK platformasining o'ta ishonchli texnik
echimlari asosida yaratilgan zamonaviy o'qotar qurolidir. AK 203 ning yuqori samaradorligi isbotlangan avtomatik gaz boshqaruviga, kuchli 7,62 mm kalibrga, zamonaviy ergonomikaga va yaxshilangan aniqlikka asoslangan.
Ko'p qirraliligi tufayli ushbu avtomat oddiy harbiy qismlarni ham, turli xil maxsus kuchlarni ham jihozlash uchun juda mos keladi. AK203 ning keng funksionalligi Picatinny relslari, tez ochiladigan tormoz kompensatori, boshqa tumshuq moslamalarini o'rnatish qobiliyati, 40 mm stvol ostidagi granatamyotidan otish moslamasi, pichoq nayzasi, shuningdek, yig'iluvchan/teleskopik qo'ndoq mavjudligi bilan ta'minlangan.
Ishlatilgan barcha materiallar va avtomatning metall qismlarini qayta ishlash uning ishonchliligi va har qanday iqlim sharoitida ishlas xususiyatlarning saqlanishini kafolatlaydi.
Asosiy xususiyatlari: Kalibri - 7,62 mm. Patron - 7,62x39 mm. Og'irligi (yuksiz) - 3,8 kg. Mo'ljalga olish uzoqligi - 800 m. O'qdonga patronlar sig'imi 30 patron.
7,62 mm Kalashnikov AK-15 avtomati
7,62 mm Kalashnikov AK-15 avtomati 5,45 mm AK-12 avtomati asosida 2016-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan va Rossiya Qurolli Kuchlari va Rossiya Federatsiyasi maxsus kuchlarining individual kichik qurolidir.
Asosiy xususiyatlari: Qo'lanadigan o'q dorilar - 7,62x39. Og'irligi (o'qdon bilan patronlarsiz) -3,75 kg. Umumiy uzunligi ochiq qo'ndoq bilan -880-940 mm. Uzunligi yopiq qo'ndoq bilan -690 mm. Mo'ljalga olish uzoqligi - 800 m. Stvol uzunligi - 415 mm. Stvol burtiklari (narezlar) soni - 4 ta. Tovush so'ndirgich 6CH61. Otish rejimlari Yagona/avtomatik., Otish tezligi, 700 djna o'q/min. Mexanik ko'rish moslamasining turi Yopiq/diopter. Mo'ljalga olish plankasini bo'linmalar soni 8 va P. O'qdonga patronlar sig'imi 30 patron.
DSR 50 katta kalibrli merganlar miltig'i
DSR 50 katta kalibrli merganlik miltig'i 2007-yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan. 12,7 mmli
katta kalibrli merganlik miltig'i (DSR 50) kuchli qurol hisoblanib, dushmanning zirxlanmagan texnikalariga va o'tochish vositalari bilan kurashish hamda jonli kuchiga tovushsiz va olovsiz talofat etkazish uchun mo'ljallangan.
Kalibri 12,7 mm, qurolning umumiy uzunligi 1350 mm, stvol uzunligi 800 mm, qurolning o'qsiz og'irligi 10,3 kg, otish tezligi 1 daqiqada 30-35 dona, otish uzoqligi 1400 m, o'qning boshlang'ich tezligi 730 m/s, magazin sig'imi 3 dona. "FN EVOLYS" uta engil pulemyoti (Belgiya)
Belgiyada jaxonda eng engil pulemyotlar oilasiga mansub bo'lgan yangi FN evolys markali pulemyoti taqdimoti o'tkazildi. Pulemyot ikki turdagi patronlar, ya'ni 5,56x45 mm i 7,62x51 mmli NATO patronlari asosida yaratilgan bo'lib, og'irligi 5,5 kg va 6.2 kg ni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun:
5,56 mm FN evolys markali pulemyoti 5,5 kg.
7,62 mm FN evolys markali pulemyoti 6,6 kg.
"Negev" markali - Isroil qo'l pulemyoti 7.4 kg.
"Pecheneg"markali Rossiya qo'l pulemyoti 11.5 kg..
MG3- 11,5markali Germaniya qo'l pulemyoti 8.2 kg.
M240 markali Amerika qo'l pulemyoti 12.3 kg.
FN Herstal ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bunday natijaga 3D-texnologiyasi va yangi polimer materialini qo'llash hisobiga erishdilar. Pulemyotning o'q-dorilar qutisi alyumin eritmasidan tayyorlangan.
FN evolys - pulemyoti avtomatik tarzda ishlashi zatvorni erkin qaytishi energiyasidan foydalanish tomoyiliga asoslangan bo'lib o'qdori ta'minoti lenta yordamida. "NATO" patronlari asosidagi FN evolys Pulemyotning TAKTIK-TEXNIK TAVSIFI
Pulemyotning uzunligi:
5,56 mm FN evolys markali pulemyoti 950/850 mm
7,62 mm FN evolys markali pulemyoti 1025/925 mm.
Patron lentalarining sig'imi
5,56 mm FN evolys markali pulemyoti 100 yoki 200 ta patron
7,62 mm FN evolys markali pulemyoti 50 ta patron
Otish tezligi (tempi) 750 patron/minut
Samarali shikastlash etkazish uzoqligi:
5.56x45 mm patron bilan 800 metr
7,62 x51mm patroni bilan 1000 metrgacha
Stvol uzunligi:
5,56 mm FN evolys markali pulemyoti 355 mm
7,62 mm FN evolys markali pulemyoti 406 mm
Pulemyot optik muljallash moslamasi va ovoz so'ndirish moslamasi bilan ta'minlangan Merganlik miltig'i SV-98
Yuqori aniqlikdagi erkin harakatlanuvchi zatvor merganlik miltiq. U yuqori ergonomik va turli ish sharoitlariga moslashuvchanligi bilan farq qiladi.
7,62 mm SV-98 snayper miltig'i 1998-2000 yillarda Rossiyada ishlab chiqarilgan va Rossiya Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus kuchlari bo'linmalari uchun 1000 metrgacha bo'lgan masofalarda dushman shaxsiy tarkibini yakson qilish uchun yuqori aniqlikdagi snayper quroli sifatida ishlab chiqilgan.
Miltiq 7N1 va 7N14 snayper patronlarini ishlatishda yuqori jangovar aniqligi bilan ajralib turadi, chunki past shovqinli va olovsiz otish moslamasini o'rnatish qobiliyatiga ega bo'lgan erkin osilgan stvol magistrali, shuningdek, 7,62x54R patronlarning butun diapazonidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Kalibr, 7,62 mm, qo'llaniladigan patron 7,62x54R, og'irligi (o'qdon bilan, patronlarsiz) 5,8 kg, past shovqinli va olovsiz otish moslamasi bilan 6,5 kg, umumiy uzunligi (ochiq qo'ndoq bilan) 1200 mm, past shovqinli va olovsiz otish moslamasi bilan 1375 mm, uzunligi (yopiq qo'ndoq bilan) 910 mm, past shovqinli va olovsiz otish moslamasi bilan 1085 mm, mo'ljalga olish uzoqligi 600/1000 m, stvol uzunligi 650 mm, o't otish rejimi yakka tartibda.
«Treking Poynt" merganlik miltig'i
Bu bugungi kungacha yaratilgan eng kuchli qurollar safidan o'rin egallaydi. Texnologik
jihatdan, ushbu qurol yangi avlod miltig'iga aylandi. Narxi 22 ming AQSH dollarigacha etadi.
Miltiqda lazer tipidagi ko'rish va elektron o'zi hisoblash moslamasi mavjud bo'lib, u nishonni mustaqil ravishda kuzatib boradi va avtomatik ravishda nishonga tegish uchun eng mos vaqtni tanlaydi. Elektron hisoblash moslamasi otish vaqtini, nishongacha bo'lgan masofani, ishlashni turli xil xususiyatlariga asoslanadi va shamolning kuchini hisobga oladi. Qurilma Wi-Fi asosida ishlaydi, ya'ni video tasvirga olib, barcha ma'lumotlarni tuzatadi. Bu qurol yordamida hatto telefon orqali qo'ng'iroq qilish ham
mumkin bo'ladi. Bunday qurol "yashirin otuvchilar" ning asosiy orzusidir, bu uning niqoblanishining soddaligi bilan izohlanadi. U imkon qadar aniq va kuchli o'q otadi.
KORD pulemeti
Katta kalibrli KORD pulemeti 2000-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan 12,7 mmli kata
kalibrli KORD pulemeti avtomatik qurol hisoblanib, dushmanning engil zirxlangan texnikalariga va o't ochish vositalari bilan kurashish, jonli kuchini va havodagi nishonlarga talofat etkazish uchun mo'ljallangan.
Kalibri 12,7, qurolning umumiy uzunligi 1980 mm, eni 450 mm, balandligi 500 mm, stvol uzunligi 820 mm, qurolning lentalarsiz og'irligi 25 kg 500 gr, otish tezligi bir daqiqada 600 dona, otish uzoqligi 2000 m, o'qning boshlang'ich tezligi 820-860 m/s, lentalarning o'q-dori sig'imi 50 dona.
GD LW50 MG katta kalibrli pulemeti 2011 yilda AQSHda ishlab chiqarilgan.
12,7 mmli GD LW50 MG kata kalibrli pulemeti avtomatik qurol hisoblanib, dushmanning engil zirxlangan texnikalariga va o't ochish vositalari bilan kurashish, jonli kuchiga talofat etkazish uchun mo'ljallangan.
Kalibri 12,7, qurolning umumiy uzunligi 1562 mm, stvoluzunligi 780 mm, qurolning lentalarsiz og'irligi 18000 gr, otish tezligi 1 daqiqada 260 dona, otish uzoqligi 2000 m, o'qning boshlang'ich tezligi 720-760 m/s, lentalarning o'q-dorisig'imi 30 dona.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maqolada o'q otar qurollar bo'yicha qisqacha umumiy ma'lumot va chet el armiyasi qurollanishida mavjud bo'lgan o'qotar qurollarning rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlar yoritib berilgan.
Qurolli Kuchlar safidagi har bir harbiy xizmatchi Xorijiy davlatlar amaliyoti bilan, jumladan ularning qurollari bilan yaqindan tanish bo'lishi yoki tasavvurga ega bo'lishi lozim. Jangovar vaziyatlarda uchraydigan har qanday qurol va ularning barcha elementlarini amalda qo'llay olishi, ularga xizmat ko'rsata olishi lozim. Buning uchun harbiy xizmatchi bu qurollarning texnik tavsiflari va ularning tuzilishi, ekspluatasiya qilish qoidalarini bilishi kerak bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Прибор для беззвучной стрелбы из 7,62 мм модернизированного автомата
Калашникова (АКМ).М.:Воениздат, 1961-75с.
2. Руководство по 5,45 мм автомата Калашникова.М.: Военное издателство, 1986-112с.
3. Техническое описание и инструксия по эксплуататсии 12,7мм НСВС. М.: Военное издателство, 1986-49с.
4. 12,7мм Снайперская винтовка ОСВ-96. Руководство по эксплуатации М.:«КБП»,1996-49с
5. 9мм Снайперская винтовка ВСК-94. Руководство по эксплуататсии М.:«КБП»,1994-74с
6. Хиггатоу Ya. X., Nazimov R. N.O'q-otar циго1-аз1аЬа1аг. Vintovkalar уа pulemetlar. O'quv qo'llanma. Samaгqand sh. SOHAQMBYU, 2014 у. - 109 Ь.
7. http://campus.chami1o.org//index.php
8. http://WWW.viru1ab.uz
9. http://WWW.vacademiya.com.
10. http://roe.ru/cata1og/sukhoputnye-vosyka/stre1kovoe-oruzhie/pu1emety/rpk-203.
11. http://roe.ru/press-centr/press-re1izi/v-indii-nacha1os-proizvodstvo-ak203.
12.http://roe.ru/cata1og/sukhoputnye-vosyka/stre1kovoe-oruzhie/avtomaty/ak203.