Zamonaviy haykaltaroshlik yo'nalishlari
Ulugbek Shavkatovich Usmanov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy haykaltaroshlik yo'nalishlari, nafis haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, me'morlik san'ati bilan bog'liq bo'lgan monumental haykaltaroshlik, haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlari haqida to'liq fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: zamonaviy haykaltaroshlik, nafis haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, me'morlik san'ati
Modern sculpture directions
Ulugbek Shavkatovich Usmanov National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod
Abstract: In this article, the directions of modern sculpture, elegant sculpture, monumental sculpture, monumental sculpture related to architectural art, modern aspects of sculpture art in our country are fully discussed.
Keywords: modern sculpture, elegant sculpture, monumental sculpture, architectural art
Kirish
Haykaltaroshlik - tasviriy san'atning bir turi hisoblanib, lotincha «skulpo» so'zidan olingan bo'lib, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o'yish, tarashlash» yordamida ishlov berish ma'nosini anglatadi. Haykaltaroshlik ishlov berish usullari, shuningdek makonda ma'lum hajmga ega bo'lgan detallar, shakllar yordamida tasvirlanadi. Uning «nafis haykaltaroshlik» turi ham mavjud. Bu usul haykaltaroshlikda «maishiy plastika» deb ataladi.
Nafis haykaltaroshlik buyumlari o'zining nafisligi, kichik o'lchamdaligi bilan ajralib turadi. Uni qo'lga olib ko'rish mumkin. Nafis haykaltaroshlikda kishining diqqatini o'ziga tezda jalb etuvchi materiallardan: chinni, sopol, yog'och, metall va toshlarning qimmatbaho turlari, fil suyagi va shu kabilardan keng foydalaniladi. Haykaltaroshlikning maktab sharoitida keng tarqalgan turlaridan biri, loy yoki plastilin bilan ishlashdir.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1191
Darhaqiqat, haykaltaroshlikni o'rganishda qalamtasvir alohida ahamiyat kasb qiladi. San'at sirlarini o'rganishning keyingi bosqichi ham o'z samarasini bera boshladi. Albatta, ilm va san'atni o'rganish ustozlarning mehru mahoratlariga bog'liq. Haykaltaroshlikning 2 asosiy ko'rinishi - aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan ko'rishga mo'ljallangan bo'rtma tasvir relyef turiga farqlanadi. Relyef, o'z vaqtida, yuzaga nisbatan bir oz bo'rttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga qaraganda ancha bo'rttirib ishlanadigan gorelyefta bo'linadi, hamda nursoya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana o'yma ko'rinish mavjud.
Haykaltaroshlikda ijodkor nursoya o'yinidan qo'llash yordamida asarning ta'sir kuchini oshirishga erishadi. Bu ayniqsa monumental va bezak haykaltaroshlik asarlari uchun qo'l keladi, sababi maydon yoki xiyobonga o'rnatilgan haykalga ertalabki quyosh nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidan quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. Haykaltaroshlikda kishining tashqi ko'rinishi, sokin yoki harakatdagi holatini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi, asarda kechinmalar, hayajon, g'amginlik va boshqalar o'z ifodasini topadi.
Natijalar
Me'morlik san'ati bilan bog'liq bo'lgan monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular o'zida katta mazmunni ifodalaydi, shuningdek mustaqil ahamiyatga ega. Biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, me'moriy insho-otlar hamda tabiat bilan uyg'un bo'lishi kerak, bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh etadi.
Monumental haykaltaroshlikka mos bo'lgan xislatlardan biri qahramonlarni ko'tarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar ko'rsatilmasligi mumkin.
Bezak haykaltaroshlikka istirohat bog'lari, xiyobonlar, ko'cha va bog'lar, shuningdek, me'moriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panjara, badiiy darvozalar ham shu haykaltaroshlikning ko'rinishidir.
Muhokama
Dastgoh haykaltaroshlik asarlari byust, tors, haykal, haykalcha koloss, janrli haykal va boshqa ko'rinishda bo'ladi. Kichik shakllar haykaltaroshda o'z xarakteriga ko'ra amaliy bezak san'atiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qo'yiladigan sopol,
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1192
chinni va boshqa xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng ko'p tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash san'ati va gliptika ham shu turga xos.
Haykaltarosh mahorati, to'g'ri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning ta'sirli bo'lishida alohida o'rin tutadi. Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yog'och, metall, sement, gips kabi turli materiallar foydalaniladi. Haykaltaroshlikda tanlangan xom ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykallarni bo'yash hollari uchraydi.
Haykaltaroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar, qattiq moddalardan kesib yoki o'ymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yo'li bilan yaratiladi; suyuq holatdan qattiq holatga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan moddalardan qolip yordamida quyib ishlanadi; keramika haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl bo'yama naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi.
Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida o'quvchilar loy yoki plastilindan dumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho'zish, ortiqcha qismlarini maxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo'lib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin bo'laklariga ishlov berish yordamida amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri bo'lib, u o'quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o'yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim, shuningdek malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shakllaring oddiyligi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg'ulotlarida o'zbek xalq kulol ustalarining dekorativ haykallaridan keng foydalanish bolalarni ijodiy shakllanishiga yuqori ta'sir ko'rsatadi.
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, O'zbekiston o'zining qisqa vaqtidagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi yutuqlari bilan bir qatorda, mafkuraviy-ma'naviy, madaniy ishlarga e'tiborini kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o'z nufuzi va obro'sini yuqori ko'tarmoqda. O'zbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O'zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boymetov B. Haykaltaroshlik. O'quv qo'llanma. Toshkent, 2005.
2. Baymetov B.B. "Haykaltaroshlik va plastik anatomiya" o'quv qo'llanma. Toshkent, Iqtisod-moliya, 2007.
3. Mamurova D.I, Avliyakulova N.M, "Rangshnoslik kompozisiyasi va asoslari" O'quv qo'llanma. Bux, Durdona, 2021.
4. Baymetov B. Plastik anatomiya. Uslubiy qo'llanma. Toshkent, 2011.
www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1193 |
5. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -T., «Ilm-Ziyo», 2006.
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1194