Научная статья на тему 'ZAHARLI O’RGIMCHAKLARNING TABIATDA TARQALISHI'

ZAHARLI O’RGIMCHAKLARNING TABIATDA TARQALISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zaharli o’rgimchaklar / zahar turlar / Qoraqurt / Soxta qoraqutr / Bo’ri o’rgimchak / Metodlar / Venomous spiders / types of venom / black widow / false widow / wolf spider / methods.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eshnazarov K., Sadullayev T.

Ushbu mqolada zaharli o’rgimchalar, ularning tarqalishi ularning tabiyatdagi ahamiyati, o’rgimchaklar zaharining ta’sir etishi, va ularni o’rganish metodlari keltrilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPREAD OF VENOMOUS SPIDERS IN NATURE

This article presents poisonous spiders, their distribution, their importance in nature, the effect of spider venom, and methods of their study.

Текст научной работы на тему «ZAHARLI O’RGIMCHAKLARNING TABIATDA TARQALISHI»

Eshnazarov K.

Termiz davlat universiteti, dotsent Termiz, Uzbekistan Sadullayev T.

Termiz davlat universiteti, magistr Termiz, Uzbekistan

ZAHARLI O'RGIMCHAKLARNING TABIATDA TARQALISHI

Annotatsiya: Ushbu mqolada zaharli o'rgimchalar, ularning tarqalishi ularning tabiyatdagi ahamiyati, o 'rgimchaklar zaharining ta 'sir etishi, va ularni o 'rganish metodlari keltrilgan.

Kalit so'zlar: Zaharli o 'rgimchaklar, zahar turlar, Qoraqurt, Soxta qoraqutr, Bo 'ri o'rgimchak, Metodlar

Eshnazarov K.

Termez State University, dotsent Termez, Uzbekistan Saydullayev T.

Termez State University, Master Termez, Uzbekistan

THE SPREAD OF VENOMOUS SPIDERS IN NATURE

Abstract: This article presents poisonous spiders, their distribution, their importance in nature, the effect of spider venom, and methods of their study.

Key words: Venomous spiders, types of venom, black widow, false widow, wolf spider, methods.

Zaharli o'rgimchaklarni o'rganish ular ekotizimlarning muhim a'zolari sifatidagi rolini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini bilish mumkin. Hozirgacha bu organizmlarning tur tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, xulq-atvori, ko'pgina boshqa jarayonlari, biologik faoliyati to'g'risida toliq malumotlar yo'q. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoitlarining xilma-xilligi o'rgimchaklar, jumladan, zaharli o'rgimchaklarning boy faunasining mavjudligini belgilaydi. Hozirgi kunda tabiiy resurslarning jadal o'zlashtirilishi va texnikalarning taraqqiyoti davrida hayvonlarning ko'plab turlar soni keskin kamaymoqda, yaylovlar, cho'l va yarim cho'l yerlarining o'zlashtirilishi munosabati bilan zaharli o'rgimchaklarning ko'plab turlari ularning yashash joylari va yo'q bo'lib ketish xavfi ostida. Hozirgi vaqtda Xalqaro o'rgimchalar katalogining ma'lumotiga ko'ra ushbu turkumning 129 oila, 4234 urug'ga mansub 49791 turi mavjud. [5] Odam hayoti uchun xavfli bo'lgan o'rgimchak turlari dunyo bo'yicha 200 dan ortiq turi bor.

O'rgimchaklar zahri asosan o'lja tutish va himoyalanish vositasi hisoblanadi. O'rgimchaklarning zahar ta'siri ikki xil bo'ladi:

Birinchi ta'siri nekrozga uchratuvchi ta'sir. Bunday zaharga ega o'rgimchaklar chaqqanda zararlangan joydagi to'qima va hujayralarda shish, toshmalar toshishi va to'qimalarning nekrozga uchrash holati kuzatiladi.

Ikkinchi ta'sirda esa neyrotoksik ta'sirga ega. Bunday zaharga ega o'rgimchaklar chaqqanda asosan nerv sistemasiga ta'sir etadi. Ulardagi bog'lanish sinapslarni buzadi. Bunday zararlanishda nerv sistemasi bilan bog'liq muammolar kelib chiqadi, ba'zi o'rgimchaklarning zahri 2 xil ta'sirga ega bo'lishi ham mumkin.

O'rgimchakning o'lja tutishi 2 xil usulda amalga oshadi: ba'zi turlari to'r to'qish orqali oziq tutsalar, boshqalari o'ljani poylab yoki ta'qib qilib tutadilar. Tabiatda shunday turlar borki, ular boshqa o'rgimchaklar bilan oziqlanadi.Ular o'rgimchaklarni tutishda hiyla ishlatadilar .Ular o'rgimchak to'riga borib xuddi to'rga tushgan kichik hashoratdek to'rni oyoqlari bilan tepaga va pastga silkitadilar va o'zlarini o'ljadek ko'rsatadilar, shu tarzda ular boshqa o'rgimchaklarni ovlaydilar[4].

Material va metodikasi

O'rgimchaklardan namuna yig'ish jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi: Marshrut metodi: bunda material yig'ish uchun joylar belgilab olinib, materiallar yig'iladi. Material yig'ish jarayonida o'rgimchaklarni ushlashda albatta himoya qo'lqoplarini kiygan holda ishlash kerak. Agar o'rgimchakni qo'lda ushlash imkoni bo'lsa, uni qo'lqop yordamida ushlash mumkin. Tungi hayot tarzida yashaydigan o'rgimchaklarni yig'ishda Barbera tuzog'idan foydalaniladi. Bunda yerga chuqur plastik idish ko'mib qo'yiladi va uning ichiga o'rgimchaklarni jalb qilish uchun o'lja solinadi. Unga tushgan o'rgimchak chiqib keta olmaydi. Tuzoqqa tushgan o'rgimchakni ehtiyotkorlik bilan olish mumkin.

1-rasm. Barbera tuzog'i yordamida o'rgimchak tutish Matrab (sachok) bilan tutish metodi. Bunday usulda bir yarim metrlik tutqich yordamida yirik o'rgimchaklar ushlanadi.

O'rgimchaklarni farqlashda C.O.BbicogcKaa metodidan ham foydalaniladi [2]. Bu metod asosan o'rgimchaklarni aniqlashdagi taksonomik metodlardan hisoblanadi. Bu metod bilan o'rgimchaklarning morfologik belgilari yordamida tur aniqlanadi. Ularning ko'z soni va joylashuvi oyoqdagi tirnoqlar kabi belgilar bilan aniqlanadi.

O'rgimchaklarni yig'ishda uning yashash tarziga e'tibor berish kerak. Kunduzi hayot kechiradigan o'rgimchaklar asosan tuproq ustida yurishadi yoki o'zlari to'qigan to'r atrofída uchraydi. Tunda yashovchi o'rgimchaklar esa kunduzi toshlar yoki biror chuqurlarga kirib olishadi.

Bo'ri o'rgimchak L. praegrandis (CL Koch, 1836)

Zaharli o'rgimchaklarning yana bir turi - bu bo'ri o'rgimchak. U O'zbekistonda cho'l, dasht va tog' tizmalarida yashaydi, garchi uni shaharlarda, ayniqsa, o'simliklari ko'p bo'lgan bog'larda va yerlarda ham kuzatish mumkin. Ularni o'tloqzorlarda ham cho'llarda ham uchratish mumkin, ular to'r to'qishmaydi, shu sababli ochiq yerlarda ko'proq uchraydi .Ular tungi hayvon hisoblanib, asosan, tik inlarda kunduzi bekinib, kechalari ov qiladi. Tana tuzilishi ancha yirik o'rgimchak hisoblanib tez harakatlanadi. Shu sababli o'ljalarni ovlab tutadi.

Ko'zlari 8 ta, 2 jufti yirik, qolganlari mayda. Yirik ko'zlar tunda ov qilish jarayonida qo'l keladi. Ular yirik hasharotlar bilan oziqlanishadi Surxondaryo viloyatining ko'plab hududlarida uchraydi. Sherobod, Qiziriq Qumqo'rg'on, Boysun tumani hududlarida keng tarqalgan , naslga g'amxo'rlik kuchli rivojlangan [4].

O'zbekiston hududida zaharli o'rgimchaklarning 9 ta avlod va 6 ta oilaga mansub 18ta turi aniqlandi .[3] Ular ichida Latrodectus urug'i vakillari o'zining kuchli zahri va yashash tarzi bilan ajralib turadi. O'zbekistonda zahri kuchliligi jihatdan xavf soluvchi 3ta turi alohida o'rin tutadi. Bular Theridiidae oilasiga kiruvchi oq qoraqurt (L. pallidus Cambridge, 1872), Dal qoraqurti (L. dahli Levi, 1959) va qoraqurt (L. tredecimguttatus Rossi, 1790) turlaridir [1]. Bu turlar O'zbekistonning janubiy hududlarida keng tarqalgan bo'lib, asosan cho'l va adirlarda, tog' yonbag'irlarida ko'p uchraydi. Bu turlar orasidan eng keng tarqalgani L. tredecimguttatus hisoblanadi [3;].

Qoraqurt (L. Tredecimguttatus). Qoraqurtlarning urg'ochisining zahari erkaginikidan 160 barobar kuchli hisoblanadi. Bu inson hayoti uchun juda xavflidir. Odamlar ba'zan zaharli o'rgimchaklar bilan unga o'xshash ammo xavfsiz o'rgimchaklarni adashtrishadi. O'rgimchaklar orasida mimikriya hodisasi yaxshi shakllangan bo'lib, shulardan biri soxta qoraqurt nomi bilan ataluvchi Theridiidae oilasiga mansub Steatoda paykulliana turi . U qoraqurtga o'xshaydi lekin uning qorin qismi orqa tomonida qorqurtda uchramaydigan yorqin sariq dog'i bor. Uning zahri ancha kuchsiz bo'lib odamga ta'sir qilmaydi chaqqanda ari chaqqandek ta'sir qiladi.[1]

Xulosa. Bizning tadqiqot natijalarimizga ko'ra, Surxondaryo hududidagi zaharli o'rgimchaklar yetarli darajada o'rganilmaganligi va turlar soni aniqlanmaganligi ma'lum bo'ldi.

Ularning tabiatdagi o'rni va tibbiyotdagi ahamiyati juda muhim hisoblanib ularning zahridan tibbiyotda keng miqyosda foydalanish mumkin. Bizning taqdidotlarimizning asosiy vazifasi Surxondaryo faunasidagi o'rimchaksimonlarni to'liqroq o'rganishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Бахромова Б. Х. Фаргона водийси ургимчаклари (ARACHNIDA: ARANEAE) фаунаси ва экологияси. Афтореф.дисс. Б.ф.ф.д 30.06.2023. 1-44 б.

2. Высоцкая С.О. Методы сбора обитателей гнезд грызунов. - М.-Л.: Издательство Академии Наук СССР, 1953. - 48 c

3. Эргашев Н.Э. Ядовитые пауки (Aranei) Узбекистана (биология, экология, биомониторинг).: Автореф. дис. ... докт. биол. наук. - Ташкент, 1995. - 45 с.

4. Robert R. Jackson Eight-legged Tricksters: Spiders that specialize in catching other spiders Getaccess Bioscience, Volume 42, Issue 8, September 1992, Pages 590-598

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.