Научная статья на тему 'YURIDIK FAN VA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI'

YURIDIK FAN VA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
483
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
konstitutsiya / qonun / huquqiy kadrlar / huquqiy normalar / yuridik fan / fuqaro / konsepsiya / huquqiy ijodkorlik / constitution / law / legal staff / legal norms / legal science / citizen / concept / legal creativity.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Toxtayev Sardor Sulton Ogli

Maqolada yuridik fan va huquqni qo‘llashning hozirgi kundagi holati va dolzarblik darajasi haqida ilmiy-huquqiy asosga ega ma`lumotlar keltirilgan bo‘lib, demokratik jamiyatning qurilishida huquqiy normalarning zarurati tahlil qilingan. Sohadagi amaliyotga tadbiq etish muammolarini yechish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning nazariy asoslari o‘rganib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT ISSUES OF LEGAL SCIENCE AND LAW ENFORCEMENT PRACTICE

The article provides a scientific basis for the current state and relevance of legal science and law enforcement, and analyzes the need for legal norms in building a democratic society. Theoretical foundations of the work to be done to solve the problems of implementation in the field were studied.

Текст научной работы на тему «YURIDIK FAN VA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI»

YURIDIK FAN VA HUQUQNI QO'LLASH AMALIYOTINING DOLZARB

MUAMMOLARI To'xtayev Sardor Sulton O'gli

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6678046

Annotatsiya. Maqolada yuridik fan va huquqni qo'llashning hozirgi kundagi holati va dolzarblik darajasi haqida ilmiy-huquqiy asosga ega ma lumotlar keltirilgan bo'lib, demokratik jamiyatning qurilishida huquqiy normalarning zarurati tahlil qilingan. Sohadagi amaliyotga tadbiq etish muammolariniyechish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarningnazariy asoslari o'rganib chiqildi.

Kalit so'zlar: konstitutsiya, qonun, huquqiy kadrlar, huquqiy normalar, yuridik fan, fuqaro, konsepsiya, huquqiy ijodkorlik.

АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ЮРИДИЧЕСКОЙ НАУКИ И ПРАВОПРИМЕНИТЕЛЬНОЙ ПРАКТИКИ

Аннотация. В статье дается научное обоснование современного состояния и актуальности юридической науки и правоприменения, анализируется необходимость правовых норм в построении демократического общества. Изучены теоретические основы работ, которые предстоит выполнить для решения задач внедрения в полевых условиях.

Ключевые слова: конституция, право, юридический состав, правовые нормы, юридическая наука, гражданин, понятие, юридическое творчество.

CURRENT ISSUES OF LEGAL SCIENCE AND LAW ENFORCEMENT

PRACTICE

Abstract. The article provides a scientific basis for the current state and relevance of legal science and law enforcement, and analyzes the need for legal norms in building a democratic society. Theoretical foundations of the work to be done to solve the problems of implementation in the field were studied.

Keywords: constitution, law, legal staff, legal norms, legal science, citizen, concept, legal creativity.

KIRISH

O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etishda bosh huquqiy omil hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va huquqiy fanlarning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini, ma'no-mazmuni hamda mohiyatini uzluksiz o'rganish huquqiy fanlarni o'qitish va ularni amaliyotga tatbiq etish zaruratini keltirib chiqaradi. 2018 yil 22 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida ham yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab qo'yilgan. Shuningdek Prezidentimizning 2017 yil 2 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»- gi PF-4947-son Farmoni e'lon qilindi. Unda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi aniq ko'rsatilgan.

2018 yil 13 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

to'g'risida"gi PQ-3666-son qarori asosida yuridik ta'lim olishda keng imkoniyatlar yaratilishi belgilangan edi. Ushbu Qarorni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 573-sonli qarori qabul qilinganligi va ushbu qaror asosida "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga bakalavriat bosqichiga qabul qilish to'g'risida"gi Nizom va har bir viloyatda yuridik kollejlar tashkil qilinganligi yuridik fanlarni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlarga misol sifatida keltirib o'tishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR SHARHI

Qonun va huquqiy normalarni amaliyotga tadbiq etish va fan sohasi sifatida joriy qilish masalalari qadim tarixga borib taqaladi. O'rta Osiyoda IX-XII asrlarni "Islom renessansi", ya'ni "Islom uyg'onish davri"deyilishi buning yorqin misolidir.

Ubaydulloh ibn Mas'ud Buxoriy bobomiz o'zining asarlarida "qonunlar nazariyasi"ga alohida e'tibor qaratadi. U kishi qonunlar yaratilishidan oldin uning nazariyasi o'rtaga tashlanishi, uzoq yillarga mo'ljallangani va mavjud huquqiy muammolarni yechimini manbalar orqali ko'rsatishi lozim, deb hisoblaydi.

Sharq olimlarining fiqh ilmiy merosidan izchil va unumli foydalanishgan. Masalan, Sh.L.Monteske (1689-1755 yy.) huquqiy tizimning mustahkamligi bevosita qonunlarning sifati, ta'sirchanligi va ijrosiga bog'liq, deb takidlagan. Uning qarashlariga ko'ra qonun uslubi sodda va aniq, dabdaba va jimjimadorlikdan xoli bo'lishi lozim. Qonundagi tushunchalar aniq bo'lishi, har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etishi kerak.

Shu bilan birga yuridik va umumiy huquqning tarkibi va bevosita obekti sifatida fuqarolik huquqlarini himoya qilish masalalari ham mavzuga aloqadorlikga egaligini etirof etish joiz. Ushbu masalalar bo'yicha soha olimlaridan A.P.Sergeev, V.G. Smirnov, Ye.A.Krashennikov, N.D.Egorov, O.S.Ioffe, V.P.Gribanov, V.G.Smirnov, M.Ya.Krillova, M.P.Ring, M.G.Rozenberg, O.A.Krasavchikov, Yu.K.Tolstoy, Yu.K.Lebedevalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Yuridik fan va huquq amaliyoti muammolarining tahlili borasida qator muammolarni metodik jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir:

> Hozirgi kunda yuridik fanlar bo'yicha chiqarilgan ilmiy monografiya, risolalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar sifati jiddiy nazorat qilinishi lozim. Chunki biz tayyorlayotgan yuridik kadrlarga ta'lim berishda ushbu darslik va o'quv qo'llanmalar foydalanish uchun sifatli va foydali bo'lishi lozim. Ba'zi bir olimlar tomonidan tadqiqot ishlariga loqayd munosabatda bo'lib, xorijiy davlatlarda chop etilgan ilmiy va o'quv adabiyotlarini tarjima qilib, o'z nomidan chop etish holati kuzatilmoqda. Ushbu mualliflar tartibga chaqirilishi, ularga tegishli ta'sir choralari ko'rilishi mamlakatimiz huquq fanining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin ushbu vaziyatda mualliflar ushbu xorijiy adabiyotlar va manbalarni o'rganib, tarjima qilib, qiyosiy tahlilni amalga oshirib tadqiqot amalga oshirsa, ushbu monografiya, risolalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar yetishib chiqayotgan yuridik kadrlar uchun juda foydali va kerakli manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.

> Malakali huquqiy soha kadrlarni amaliyot talabidan kelib chiqib tayyorlash masalasi bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda yuridik fanlar bilan amaliyot aloqasini mukammal yo'lga qo'yish asosiy vazifalarimizdan biri sifatida qaralmog'i

lozim. Chunki yuridik fanlarni o'qitish asosida nazariy qoidalarni amaliyotda takomillashtirish, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish, qonun ijodkorligida, ta'lim jarayonida keng foydalanishni yo'lga qo'yish yaxshi samara berishini alohida ta'kidlash o'rinlidir. Shuning uchun yuridik fanlarni rivojlantirish barobarida va amaliyotga tatbiq etish orqali yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashda yuksak marralarga erishishimiz mumkin.

> Yuridik fanlar saviyasini ko'tarish uchun bulardan tashqari xalqaro ilmiy aloqalarni yo'lga qo'yishimiz lozim. Bugungi kunda yuridik fanlarni o'qitish barobarida va yuridik kadrlar tayyorlash masalalarida huquqshunos olimlar xorijiy davlatlar tajribasi va nazariyasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilishi va izlanishlar olib borishi talab etiladi.

> Ilmiy tadqiqotchilar chet tilini bilishi, kompyuter texnologiyasidan mukammal xabardor bo'lishi hozirgi zamon yurisprudensiya sohasining rivojlanishi uchun yuksak ahamiyat kasb etadi.

> Iqtidorli talabalar bilan ishlashni yo'lga qo'yish, ularni ilmiy tadqiqotlarga muntazam ravishda jalb etib borish kerak. Shundagina, kelgusida ular orasidan doktorantura va professional yuridik sohalarga nomzodlarni tanlab olish imkoni vujudga kelgan bo'lar edi.

> Bundan tashqari yuridik fanning rivojlanishi huquqni qo'llash amaliyotiga ham bevosita bog'liq. Sudning qabul qilgan qarorlari, huquqni qo'llovchi va nazorat qiluvchi organlarning to'plangan tajribasini o'rganish, uni tahlil qilish va huquqni rivojlantirishga oid yangi qarashlarning shakllaniga olib keladi.

> Fan, texnologiya va amaliyot bog'lanishi lozim. Xususan, yuridik fanning istiqboli bir tomondan amaldagi islohotlarning huquqiy ta'minlash bilan bog'liq huquqiy qarashlarni ishlab chiqarish, nazariy asoslarni yaratish bo'lsa, ikkinchi tomondan innovatsion xo'jalik yuritish va iqtisodiyotga o'tishga bevosita bog'liq.

NATIJALAR

Ushbu masala yuzasidan qilingan tahlil va metodik tadqiqotlar natijasiga ko'ra yuridik ta'lim va fan mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, sud-huquq islohotlarini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yaratishda, mamlakatimizda qonunchilikni ta'minlashda, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda munosib hissa qo'shmoqda deb aytish mumkin.

Yuqoridagi malumotlarni quyidagi natijalar bilan qiyosiy tahlil natijasi sifatida aytish mumkin.

Birinchidan, mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash uchun avvalo, yuridik fan integratsiya qilinishi lozim. Ya'ni, ijtimoiy munosabatlar tizimlashtirilgani holda, bir-biriga yaqin va turdosh fanlar umumlashtirilishi kerak.

Ikkinchidan, amaldagi qonunchilik to'liq xatlovdan o'tkazilishi, birbirini takrorlaydigan normalar, qoidalar yoki prinsiplar aniqlanishi lozim. Shuningdek, amalda iste'molda ishlatilmaydigan so'zlar va tushunchalar chiqarilishi kerak.

Uchinchidan, to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan qonunlarni yaratish uchun bir sohani tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar bazasida yangi Kodekslar yaratilishi maqsadga muvofiq.

To'rtinchidan, huquqiy fanning istiqboli bevosita zamonaviy fikrlaydigan, mustaqil va tezkorlik bilan qarorlar qabul qila oladigan, yuridik hujjatlar loyihalarini yarata oladigan, o'z sohasining eksperti hisoblangan huquqshunos kadrlarga bog'liq. Bugungi yuridik ta'limni tubdan

o'zgartirishni davrning o'zi taqozo qilmoqda.

XULOSA VA MUHOKAMALAR

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning davlatchilik shakli va demokratik boshqaruvi nuqtai nazaridan yuridik fanlarning huquqiy jihatlari va ularning amaliyotda qo'llanilishi muammosi dolzarblik kasb etmoqda. Albatta ushbu muammoni hal qilishda fundamental tadqiqotlar va xalqaro tajribalarga tayangan holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki barcha huquqiy normalarning manbalari asosan xalqaro konvensiya va huquqiy meyorlarga mos bo'lishi va shular asosida qurilishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda malakali kadrlarni tayorlash tizimi umumiy va oliy talim pog'onalarida integratsion formatda ishlashi lozim.

Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-sonli.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi".

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 13-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3666-son qarori. 11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

7. Бобоев Ж.И. Право потребителей и их защита по законодательству Республики Узбекистан // Узбекистонда ижтимоий фанлар. 2003. -№3. - Б.20-29.

8. Ф.С.Иноятова. Процессуалные механизмы обеспечения законности и обоснованности решения третейского суда. Автореф.дисс.. .канд.юрид.наук. -Ташкент. 19-с

9. https://blogs.voanews.com/uzbek/talabalarshaharchasi/2011/08/07/ozbekistondayuridik-talim-muammolar-va-ularning-yechimi/

10. https://tsul.uz/uz/general-page/sovmestnie-obrazovatelynie-programmi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.