Научная статья на тему 'YUQORI KUCHLANISHLI TARMOQLARDA FERROREZONANS JARAYONINING OLDINI OLISHDA INSON OMILI'

YUQORI KUCHLANISHLI TARMOQLARDA FERROREZONANS JARAYONINING OLDINI OLISHDA INSON OMILI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
593
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ferrorezonans / rezonans / transformator / kondensator / resistor / inductor / reaktiv quvvat / sig`im / kuchlanish / subgarmonika / magnit zanjir / generator / ferroresonance / resonance / transformer / capacitor / resistor / inductor / reactive power / capacitance / voltage / subharmonics / magnetic circuit / generator

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Abdullo Xamidullo Ogli Mamatazimov, Sitora Sahibovna Samatova

Ushbu maqola elektr tarmoqlarida uchraydigan ferrorezonans jarayoni, uning zararli oqibatlari, kelib chiqish sabablari va bundagi inson omilining o`rni haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMAN FACTOR IN PREVENTING FERRORESONANCE PROCESS IN HIGH VOLTAGE NETWORKS

This article is about the process of ferroresonance in power grids, it`s harmful effects, causes and the role of the human factor.

Текст научной работы на тему «YUQORI KUCHLANISHLI TARMOQLARDA FERROREZONANS JARAYONINING OLDINI OLISHDA INSON OMILI»

YUQORIKUCHLANISHLI TARMOQLARDA FERROREZONANS JARAYONINING OLDINI OLISHDA INSON OMILI

Abdullo Xamidullo o'g'li Mamatazimov Sitora Sahibovna Samatova

Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola elektr tarmoqlarida uchraydigan ferrorezonans jarayoni, uning zararli oqibatlari, kelib chiqish sabablari va bundagi inson omilining o'rni haqida.

Kalit so'zlar: Ferrorezonans, rezonans, transformator, kondensator, resistor, inductor, reaktiv quvvat, sig'im, kuchlanish, subgarmonika, magnit zanjir, generator

HUMAN FACTOR IN PREVENTING FERRORESONANCE PROCESS IN

HIGH VOLTAGE NETWORKS

Abdullo Khamidullo ugli Mamatazimov Sitora Sahibovna Samatova

Masters of Navoi State Mining Institute

ABSTRACT

This article is about the process of ferroresonance in power grids, it's harmful effects, causes and the role of the human factor.

Keywords: ferroresonance, resonance, transformer, capacitor, resistor, inductor, reactive power, capacitance, voltage, subharmonics, magnetic circuit, generator

KIRISH

Ferrorezonans bu elektr zanjirlarida paydo boTishi mumkin bo'lgan chiziqli bo'lmagan rezonans. 1907 yilda fransuz muhandisi Jozef Bethenot "Transformatorlarda rezonans to'g'risida" (Sur le Transformateur? Résonance) maqolasini nashr etdi, u yerda birinchi marta ferrorezonans hodisasiga e'tibor qaratdi. To'g'ridan-to'g'ri "ferrorezonans" atamasi, 13 yildan so'ng, fransuz muhandisi va elektrotexnika o'qituvchisi Pol Bushhero tomonidan 1920 yilda "Ferrorezonansning ikkita rejimining mavjudligi" (Oxistence de Deux Régimes en Ferrorésonance) nomli maqolasida kiritilgan. Bushero ferrorezonans hodisasini tahlil qilib, kondensator, rezistor va chiziqli bo'lmagan induktordan iborat zanjirda ikkita barqaror rezonans chastotalar mavjudligini ko'rsatdi. Bu haqida to'liqroq tushuncha berish uchun avvalo rezonans haqida gapirib o'tsak.Rezonans hodisasiga ikki xil tarif berish mumkin.C va L elementlarga ega bo'lgan passiv ikki qutblikning kirish qismida kuchlansh fazasi v u va tok fazasi ^ j mos yani teng boTadi yani v u -^ i=<p=0 bo'lsa,rezonans hodisasi mavjud boladi.Bunda mavjud ikki qutblik

tashqaridan reaktiv quvvat olmaydi ya'ni ^=0.Bunday rezonans energetik yoki faza rezonansi deyiladi.Rezonansning bunday tarifi elektrotexnikada keng qo'llanadi. Ikkinchi tarif axborot texnologiyalari sohasida keng qo'llanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Unga ko'ra rezonans hodisasi C va L passiv elementrlari bo'lgan zanjirga tashqaridan berilayotgan kuchlanish yoki tokning burchak chastotasi ® zanjirning xususiy yoki rezonans chastotasi w0 ga teng bo'lganda kuzatiladi.Bunday rezonans radiotexnik yoki to'lqin rezonansi deyiladi.Ushbu ikki xil tariflanayotgan hodisa aslida yagona fizik jarayondir yani v u - ^ j =^=0 bo'lganda ®=w0 kuzatiladi. Ferrorezonansning asosiy xususiyati shundaki, uning turli xil tartiblari bir xil sxemada turli xil buzilishlarga javoban paydo bo'lishi mumkin. Induktivlikning notekisligining sababi magnit maydonga chiziqli bo'lmagan reaksiyaga kirishadigan induktiv element magnit zanjirining materialidir. Magnit o'zak odatda ferromagnit materiallardan tayyorlanadi va unda magnit maydoni hosil bo'ladi va undagi induktivlik ferrorezoansga sabab bo'lishi mumkin.

MUHOKAMA

Ferrorezonansning turlari haqida gapiradigan bo'lsak uning quyidagi turlari bor.

1. Kuchlanish ferrorezonansi:Sig'im va induktivlik ketma ket ulangan zanjirlarda paydo bo'ladi.

2. Tok ferrorezonansi:Sig'im va induktivlik parallel ulangan zanjirlarda yuzaga keladi.

3. Murakkab ulanish sxemalari bo'lgan tarmoqlardagi ferrorezonans uni kuchlanish ferrorezonansi ham tok ferrorezonansi ham deb atab bo'lmaydi chunki uning ulanish sxemasi aralash hisoblanadi.

NATIJA

Ferrorezonansning rejimlari:

Asosiy rejim:tok va kuchlanishning asosiy tizim davri

Subgarmonik rejim:o'tish davrida tok va kuchlanish

Shu kabi boshqa turlar va rejimlari bor. Ferroresonans elektr tarmog'ida uskunalarning jiddiy shikastlanishiga olib keladigan zararli hodisa sifatida paydo bo'lishi mumkin.

Elektr tizimlarida noaniq sabablarga ko'ra sodir bo'lgan avariyalarning katta qismi ferrorezonans bilan izohlanadi. U ulanishlar, uzilishlar, vaqtinchalik o'tishlar, chaqmoqning yuqori kuchlanishi natijasida, ya'ni tarmoqning ish rejimi o'zgarganda, baxtsiz hodisalar yoki tashqi ta'sir natijasida boshlanishi mumkin. Tarmoqning

ferrorezonans rejimida ishlashi uzoq vaqt davomida sezilmasdan qolishi mumkin Ferrorezonans ko'pincha haddan tashqari tok va haddan tashqari issiqlik tufayli elektromagnit kuchlanish transformatorlariga zarar yetkazadi. Kelib chiqish sabablari:

1. Tarmoqda ferrorezonansni hosil bo'lishi podstansiyaga o'rnatilgan kuchlanish transformatorlari kuchlanishiga bog'liq.Qanchalik yuqori bo'lsa shunchalik xavfli hisoblanadi.

2. Ferrorezonansning hosil bo'lishi ob-havoga ham bog'liq ya'ni havoni quruq yoki nam bo'lishi,yil faslllari,qor yoki yomg'ir va boshqa shu kabi muhitlarda yer va tok oqayotgan o'tkazgich orasidagi sig'im va o'tkazgichlar orasidagi sig'imning o'zgarib turishi ham bunga sabab bo'ladi.Bunga asosiy sabab havo namligining o'zgarishi hisobiga uning dielektriklik xususiyatining o'zgarishi.

3. Kuchlanish transformatorining magnitlanish xususiyati ham sabab bo'ladi.Tamirlangan transformator yangisiga qaraganda ko'proq rezonansga tushadi chunki ularning magnitlanish xususiyati tekisroq bo'ladi.

4. Kuchlanish transformatorining kam yuklama bilan ya'ni nominaldan past tok va kuchlanish bilan ishlashi.Kuchlanish transformatorining yuklamasi qancha baland bo'lsa uni ferrorezonansga tushish ehtimoli kam bo'ladi.

5. Transformator fazalarini qisqa va uzoq muddat ochiq qolishi.

6. Transformator fazalari sinxronlashmasdan ulash .

7. Tizimda yerga ulashish zaif bo'lsa.

8. Kuchlanish transformatorlarini hech qanday o'chirish choralarisiz ishlatish.

Boshqa shu kabi sabablar ferrorezonans yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin.

Magnit zanjir qisman og'ir plastinka konstruktsiyali po'latdan yasalganida yuqotishlarni kamaytirishga transformatorning konstruktsiyasini tanlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib ferrorezonansdan mutlaqo qochishning iloji yuq ,lekin ferrorezonans himoyalash yoki uning paydo bo'lishining oldini olish mumkin,bunda texnalogik sabalar, ob havo va yuqorida keltirib o'tilgan va boshqa shu kabi omillar ichida inson omilining ham o'rni bor.

XULOSA

Transformator fazalarining ochiq qolishi,kuchlanish transformatorlarini kam yuklama bilan ishlashi,yerga ulashning zaif bo'lishi, kuchlanish transformatorlarini hech qanday o'chirish choralarisiz ishlatish va to'liq sinxronlashmagan fazani tarmoqqa ulash bular barchasi inson omiliga bevosita bog'langan. Bu sabablarni bazilarini qurulma va mashinalar istemolini qayta hisoblash orqali va bazilarini esa avtomatik boshqaruv qurilmalarini qo'llash orqali bartaraf etish mumkin. Misol uchun generatorlarni elektr tarmog'iga avtomatik sinxronlab ulovchi qurulmalarni qo'llab tizimda sinxronlikni ta'minlashimiz mumkin.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ferrorezonans jarayoni

elektr tarmoqlarida ko'p uchramaydi lekin uning zararli oqibatlari energetika tizimi va uning ishlash ishonchliligiga sezilarli zarar yetkazadi. Uning oldini olish yoki undan himoya qilish uchun zamonaviy avtomaka va himoya texnologiyalari qo llashimiz mumkin.

REFERENCES

1. Alimxodjiyev.A,Abdullayev.B "Elektro texnikaning nazariy asoslari" Toshkent -2015

2. David.A.N "Examples of Ferroresonance in a High Voltage Power System"

3. V.Valverde,Mazon.AJ "Ferroresonance in Voltage Transformers: Analysis and Simulations"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.