Научная статья на тему 'YOSHLARNING OTA-ONALIK ROLIGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAYYORLIGI'

YOSHLARNING OTA-ONALIK ROLIGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAYYORLIGI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
31
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / yoshlar / psixologik tayyorgarlik / oilaviy munosabatlar / oilaviy qadriyatlar / oila mustahkamligi. / семья / молодежь / психологическая подготовка / семейные отношения / семейные ценности / сила семьи.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — M.I. Niyazmetova

Yoshlarni ota-onalikka ijtimoiy-psixologik tayyorlash kelajak avlodning sog‘lom kamolotini ta’minlashning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu tayyorgarlik yosh shaxslarni tarbiyalash mas'uliyatini samarali bajarish uchun zarur bilim, ko'nikma va munosabatlar bilan jihozlashni o'z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF YOUNG PEOPLE FOR THE ROLE OF PARENTS

социально-психологическая подготовка молодежи к родительству является важным аспектом обеспечения здорового развития следующего поколения. Эта подготовка включает в себя предоставление молодым людям необходимых знаний, навыков и отношений для эффективного выполнения своих обязанностей в качестве педагогов.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING OTA-ONALIK ROLIGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAYYORLIGI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.I. Niyazmetova1^_

1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Yoshlarni ota-onalikka ijtimoiy-psixologik tayyorlash kelajak avlodning sog'lom kamolotini ta'minlashning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu tayyorgarlik yosh shaxslarni tarbiyalash mas'uliyatini samarali bajarish uchun zarur bilim, ko'nikma va munosabatlar bilan jihozlashni o'z ichiga oladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi yoshlarni kelajakdagi ota-ona rollarini kutish uchun ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik dasturlarining joriy usullari va samaradorligini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli intervyularni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar yoshlarning ota-ona roliga tayyorgarligida sezilarli bo'shliqni ko'rsatadi. Ko'pgina respondentlar bolaning rivojlanishi va ota-onalarning samarali strategiyalari haqida cheklangan bilimga ega ekanligini ko'rsatdilar.

XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, bola tarbiyasiga samarali ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalar va hissiy qo'llab-quvvatlash bilan birlashtirgan ko'p qirrali yondashuvni talab qiladi.

Kalit so'zlar: oila, yoshlar, psixologik tayyorgarlik, oilaviy munosabatlar, oilaviy qadriyatlar, oila mustahkamligi.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА МОЛОДЕЖИ К РОЛЬ РОДИТЕЛЕЙ_

© M.И. Ниязметова 1Н

Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: социально-психологическая подготовка молодежи к родительству является важным аспектом обеспечения здорового развития следующего поколения. Эта подготовка включает в себя предоставление молодым

Iqtibos uchun: Niyazmetova M.I. Yoshlarning ota-onalik roliga ijtimoiy-psixologik tayyorligi // Inter education & global study. 2024. №6. B. 355-361.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

людям необходимых знаний, навыков и отношений для эффективного выполнения своих обязанностей в качестве педагогов.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение современных методов и эффективности программ социально-психологической подготовки молодежи к исполнению будущих родительских ролей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные интервью.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты указывают на значительный разрыв в готовности молодежи к родительству. Многие респонденты указали, что у них ограниченные знания о развитии детей и эффективных стратегиях воспитания.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследования показывают, что эффективная социально-психологическая подготовка к воспитанию детей требует многогранного подхода, сочетающего теоретические знания с практическими навыками и эмоциональной поддержкой.

Ключевые слова: семья, молодежь, психологическая подготовка, семейные отношения, семейные ценности, сила семьи.

Для цитирования: Ниязметова M^. Социально-психологическая подготовка молодежи к роль родителей. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 355361.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF YOUNG PEOPLE FOR THE ROLE OF PARENTS_

© Munira I. Niyazmetova1®

Tashkent state pedagogical university,Toshkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: social and psychological preparation of young people for parenthood is an important aspect of ensuring the healthy development of the next generation. This preparation includes equipping young people with the necessary knowledge, skills, and attitudes to effectively fulfill their responsibilities as educators.

AIM: the purpose of this study is to study the current methods and effectiveness of social-psychological preparation programs for youth in anticipation of future parental roles.

MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative interviews.

DISCUSSION AND RESULTS: findings indicate a significant gap in youth preparedness for parenthood. Many respondents indicated that they had limited knowledge about child development and effective parenting strategies.

CONCLUSION: research shows that effective socio-psychological preparation for child rearing requires a multifaceted approach that combines theoretical knowledge with practical skills and emotional support.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Key words: family, youth, psychological preparation, family relations, family values, family strength.

Mamlakatimizdagi har tomonlama modernizatsiya qilish jarayonlari fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo'lgan oilaning yaxlit tizimi, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, mafkuraviy asoslariga ham ta'sir qilishi tabiiydir. Ayni paytda O'zbekistonda 9 milliondan ziyod oila mavjud. Shu oilalardagi real jarayonlar, xususan, nikoh, ajrim, tug'ilish, o'lim, aholining reproduktiv ustanovkalari, ya'ni nechta farzand ko'rishga nisbatan intilishi, xohish-istaklari, real daromadlar, migratsiya holatlari kabilar mamlakatdagi demografik vaziyatni belgilovchi omillardir. Yoshlarni kelajakdagi oilaviy hayotga tayyorlash yosh avlodni tarbiyalashning umumiy tizimining ajralmas qismidir.

Hozirda mamlakatimizda yoshlarga, ularning ilm olish va kasb-hunar egasi bo'lishiga katta e'tibor berilmoqda. Har bir yigit-qizning ta'lim maskanlarida o'qib, biror mutaxassislikni egallashi ob'yektiv hodisa bo'lishi bilan birga, uning yosh jihatidan oila qurishi ham inkor etilmaydigan qadriyatdir. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik xususiyatlarini o'rganish va tadqiq etish juda muhimdir.

Respublikamizda oila va oilaviy munosabatlarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi «Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 820-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 sentyabrdagi 437-son qarori bilan «Ibratli oila» ko'krak nishonini berish, «Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi» konseptual g'oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish maqsadida 2022 yil 1 martdagi PF-81 son "Oila va xotin qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmonlari va me'yoriy xujjatlarni amalga oshirishda xizmat qiladigan tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy etishini taqoza etadi.

Yoshlarni oilaga psixologik tayyorlashda oila haqida chuqur bilimlarni va hayotiy tajribalarni o'rganib boruvchi oila institutlari, oila markazlari va mahalla qumitalari, ta'lim muassasalari ham o'z javobgarligini oshirib borishini talab qiladi. O'zbekistonda yiliga o'rtacha 250-300 ming yangi oila qurilib turibdi, ammo, shu bilan birga, har yili o'rtacha 45-49 ming ajralishlar ham kuzatilmoqda. Bularga proporsional ravishda negadir ajrimlar sonida ham keskin yuqorilash kuzatilgan. Statistika agentligi 2022 yilda O'zbekistonda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari haqida ma'lumotini taqdim qildi. Agentlik keltirayotgan raqamlar o'tgan yilgisi bilan taqqoslanganda 24 foizga oshgani ko'rinadi.

For citation: Munira I. Niyazmetova (2024), Social-psychological preparation of young people for the role of parents, // Inter education & global study, (6), pp. 355361. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ya'ni, 2022 yilda lO'zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021 yilda 39 227 tani tashkil qilgan. Respublikamizda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 12 ming 810 ta, o'tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 3 ming 151ta kam oilaviy ajralishlar ro'yxatga olingan. Ko'rsatib o'tilgan ajrimlarni turli tuman sabablari ham o'rganildi, aksar hollarda mutaxassislar tomonidan qishloq joylaridagi odamlarning yetarlicha ish bilan ta'minlanmagani, ta'minlansa-da, maoshlarning ozligi sabab, fuqarolarning migrant sifatida chetga yo'l olishi ham oilalarning parokandalikka yuz tutishiga sabab bo'lishi aytiladi. Ba'zi ko'rsatuv va bugungi raqamlardan ham qishloq joylardagi turmush tarzi nisbatan og'irligini anglash qiyin emas. Bu qiyinchiliklar o'z-o'zidan insonlarda qandaydir jizzakilik va jahl, munosabatlarda agressivlikni keltirib chiqarishi tabiiydir. Albatta, oiladagi ajrimlarning har xil sabablarini ko'ramiz.

Hozirgi kuzatishlar natijasiga qaraganda, ko'pchilik ota-onalar farzandlarini oilali qilish maqsadida mol-dunyo va sep yig'adilar, sovchilik, qudachilik bordi-keldilarini qiladilar va kattaroq to'y qilish bilan o'z burchlarini ado etgan bo'lib, erkin nafas oladilar. Ammo eng muhim masalalardan biri bo'lgan narsa - qizlarini kelinlikka, o'g'illarini kuyovlikka tayyorlash eslaridan chiqib qoladi. Ming afsuski, ko'pchilik yoshlar go'shangaga oila, er-xotinlik hayoti, ularning o'zaro munosabatlari, haq-huquqlari hamda burch va mas'uliyatlari haqidagi bilimlardan bexabar holda kiradilar. Hammamizga ma'lumki, yoshlar oila qurishning dastlabki kunlaridan kelin-kuyovning yaqinlari, kuyov jo'ralar, kelin yangalar ularga qanday qilib bo'lsa ham umr yo'ldoshini bo'ysindirishga qaratilgan bachkana odatlarni o'rgatib borishi ham achinarli holdir. Yoshlarni ota-onalik roliga oldindan tayyorgarlik ko'rishi haqida fikrlarni berishning o'zi bizni millatda uyat hisoblanadi-yu, lekin ayrim doiralarda kelinlik va kuyovlikka nomzodlar to'y kuni g'arbcha raqs tushishga bir necha oy davomida katta miqdorda mablag' to'plab, alohida dars olishi, mashq qilishlari, yoki sevgi tarixi lahzalarini fotosessiya qilishiga uyalmaymiz. Bu masalalarga alohida psixolog mutaxassislarni jalb qilib e'tibor qaratilishi lozimdir.

Oilaviy hayotga tayyorlashda dastlab yoshlarda oilaviy turmush to'g'risidagi tasavvurlarinin aniqlash va ularni to'g'ri shakllantirish ta'lim-tarbiyaning muhim tomoni bo'lib, yoshlarning ota-onalik roliga psixologik tayyorgarlik ko'rishni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo'lishga intilishi, psixologik holatlari, oilaviy munosabatlari, o'zga jinsga nisbatan moyillikning kuchaygan davri psixologiyasini chuqur anglab yetib, kelgusi hayotlarini poymol qilmasliklari uchun tarbiyaviy tomonlariga ham e'tibor qaratilishi lozim. Kelgusida oilaning mustahkam bo'lishida yoshlar oila qurishga intilishida dastlab o'zlarining sihat-salomatligiga qarashi, samimiy munosabatlarni shakllantirishi, sharm-hayosi, iffati, ldob-axloqi, mexnatsevarligi, jamoatchilik o'rtasida o'zini tuta bilishi hamda gigiyenik, jinsiy tarbiya masalalarini puxta egallab borishiga bog'liq.

Tadqiqotlarning umumiy maqsadi ham oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar hayotida duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarga oqilona yechim topishlarida yordam berish hisoblanadi. Nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatligi, farzand tarbiyasi, oiladagi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo'yicha tizimli o'quv kurslarni tashkil etishi masalalari kundalang bo'lib turibdi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-moddasiga ko'ra, oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Darhaqiqat, so'nggi paytlarda fanning turli sohalaridagi tadqiqotchilar oila muammolariga va uning umuman a'zolarining shaxsiyatiga, xususan, ularning individual xususiyatlariga ta'siriga tobora ko'proq ye'tibor qaratmoqdalar. Zamonaviy jamiyatda erkaklar va ayollarning funksional rol munosabatlari, ular o'rtasida oilaviy majburiyatlarni taqsimlash haqidagi g'oyalarida sezilarli darajada bo'shliqlar mavjud ekanligi psixolog mutaxassislarni tashvishlarga solib keladi. Shu sababli, ko'plab pedagogik-psixologik tadqiqotlarda yoshlarni oila qurishga tayyorlashda ijtimoiy, pedagogik, psixologik omillarni asosiy deb ko'rsatmoqda. Ilmiy tadqiqotlarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining turli jihatlariga bag'ishlangan zamonaviy yondashuvlar va yo'nalishlar shakllanmoqda.

Yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiypsixologik jihatdan tayyorlashning ustuvor yo'nalishlari xorij olimlaridan Ye.Aleshina, N.X.Safina, T.Yu.Sorokina, o'zbek psixolog olimlaridan M.G.Davletshin4, G'.B.Shoumarov, E.G'.G'oziyev, V.M.Karimova, N.A.Sog'inov, B.M.Umarov, N.X.Lutfullayeva, M.Umarova, F.Saifnazarova, M.X.Fayziyeva va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.

O'zbek oilalarida nikohning o'ziga xos talablari hamda ajralish va kelishmovchiliklarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini N.A.Sog'inov, o'zbek oilalarida er-xotin munosabatlarida nizolarning yuzaga kelish sabablarining ijtimoiy-psixologik, mintaqaviy va milliy xususiyatlarini X.K.Karimovlar o'rganishgan. V.M.Karimova esa o'zbek oilasi to'g'rsidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruh vakillarida namoyon bo'lishini empirik jihatdan o'ragnib kelgan. G'.B.Shoumarov oila munosabatlarida ota-ona va farzandlar o'rtasidagi bog'liqlik, o'zbek oilalarining o'ziga xos xususiyatlari, er-xotin o'rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari va uni hal qilish yo'llari, o'smir-yoshlarni oilaga tayyorlashning psixologik muhit, qaynona-kelin, qaynona-kuyov o'rtasidagi kelishmovchiliklar va ularning oldini olish kabi muhim muammolarni tadqiq etadi.

R.V.Ovcharovaning ilmiy fikrlarida ota-onalikni ijtimoiy-psixologik hodisa deb biladi. Ota-onalikga tayyorgarlik jarayonlarda shakllanib boradigan turli-tuman hayotiy bilimlar majmuasidir-degan fikrlarni ilgari surishgan.

Ye.P.Ilin, G.Navaytis, E.G.Eydemiller, V.Yustiskis kabi olimlar tomonidan ko'plab psixologik-pedagogik tadqiqotlarida nikoh motivlari batafsil tahlil qilingan. Ularning tadqiqotlarida talaba yigit va qizlarda turmush o'rtog' tanlashning asosiy sabablarini aniqlashga imkon beradi. Talaba yigitlarda bu motivlar jinsiy yaqinlik istagi, boshqa jinsga g'amxo'rlik ko'rsatish hoxishi bilan bog'liq. Talaba qizlar motivida boshqa jins vakilidan g'amxo'rlikni boshdan kechirish, sevgi tuyg'ularini ko'rsatish va uni o'zlariga nisbatan his qilish istagi bilan bog'liqligi aniqlangan. Umuman olganda, ikkala jinsda ham motivlar dyaarli bir xil va hissiy motivlar bilan bog'lanmoqda.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tadqiqotlar kuzatishlar natijasidan xulosa qilamizki, yoshlarni ota-onalik roliga psixologik tayyorgarlik ko'rish uchun faqat bir yoqlama yondashuvlar biz kutgan samaradorlikni oshirib beravermaydi. Yoshlar ota-ona roli, ota-onalik burchi, mas'uliyati hislarini his qila olishi uchun ularda ma'lum darajada amaliy tajribalar, ilmiy tushunchalar talab qilinmoqda. Uning uchun yoshlarda nikoh qurishga munosabati, nikohga tayyorgarligi va nikoh qurish motivlari, oila haqidagi tasavvurlari, qarashlarini to'g'ri shakllantirishga yordam ko'rsatish lozim. Bu o'z navbatida kelajakdagi oilaning psixologik savodxonligini oshirish maqsadida o'quv kurslarni kuchaytirish talab qiladi. yoshlarimiz "Men gender guruh vakilaman", "Men bulg'usi ota-onaman", "Sog'lom ota-ona - sog'lom farzand", "Oilada sog'lom muhit", "Oiladagi shaxslar" kabi har xil tizimli psixokorreksion dasturlar ishlab chiqilishi zarur.

Oilaga psixologik tayyorlash kurslarida yoshlar oiladagi ota-ona roliga hurmat iblan qarashi va er-xotin bir-birlarini yaxshi tushunishi, ishonchi oiladagi asosiy qadriyatlar ekanligini anglab boradi. Zamonaviy oilalar bunga intilishlari kerak mezoni ostida doim yangilangan, innovasion texnologiyalarga boyitilgan ko'rslar qiziqarli bo'lishi ham kerak. Chunki, bugungi yoshlarning fikrlashlari o'tkir, keng va kreativ shaklda rivojlanib bormoqda.

Xulosa o'rnida yoshlarimiz ota-onalik roliga psixologik tayyorgarligida oila to'g'risidagi barqaror tasavvurlarini va tushunchalarini boyitish, zarur bo'lgan psixologik bilimlar bilan kuchaytirishga qaratilgan oilaga tayyorlash o'quv markazlariga ehtiyoj mavjud. Bu tarzdagi o'quv markazlarda malakali psixologlar faoliyati va o'quv dasturlar, olib borilayotgan innovasion tadqiqotlarni joriy etish lozim. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ota-onalik rolini tushunishi, ota, onaning rolini bajarish qobiliyati va har bir ijtimoiy rolga uning ijrochisiga yuklangan mas'uliyatni his qilishi, er-xotin roliga psixologik tayyor bo'lishini ta'minlaydigan o'quv kurslar, o'quv mashg'ulotlariga zaruratini sezmoqdamiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Алешина Ю.Е. Индивидуальное и семейное психологическое консультирование. Изд. 2-е. - М.: Независимая фирма «Класс», 1999. -С. 208.

2. Сафина Н.Х. Особенности супружеских отношений на различных этапах становления молодой семьи: Дис. канд. психол. наук: 19.00.13, 19.00.05. -Казань: КазГУ, 2004. -С. 191.

3. Расулова З.А. Узбекларда оила-никох, анъаналарининг ижтимоий ва этник психологияси. -Т: Укитувчи,2018.-256 б

4. Шоумаров Fb., Шоумаров Ш.Б. Мух,аббат ва оила. - Т.: Ибн Сино», 1994. -120-б.

5. Со^нов Н.А. Узбек оилаларида ёшларни оилавий х,аётга тайёрлашнинг этнопсихологик хусусиятлари. // «Узбекистан мустакиллиги унинг фани ва

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

технологияларини ривожлантириш кафолати» II Республика илмий коллоквиуми материаллари. - Т., 1998. -98-101-б.

6. Ядгарова Г.Т. Нотулик оилаларнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари. Психол.фан.номзод...дисс: 19.00.05.-Т.2004-140 б.

7. Умарова М.М. Усмирларда оилавий кадриятлар туfрисидаги тасаввурлар шаклланишининг ижтимоийпсихологик шарт-шароитлари. Психол. фан. ном. дис. автореферати: 19.00.05. - Т.: УзМУ, 2004. -27-б

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Niyazmetova Munira Ibragimovnatadqiqotchi [Ниязметова Мунира Ибрагимовна, исследователь], [Munira I. Niyazmetova, researcher]; manzil: O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Tuman: Chilonzor, Bunyodkor ko'chasi 27 uy, [адрес: Узбекистан, Город: Ташкент, Район: Чиланзор, улица Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, City: Tashkent, District: Chilonzor, Bunyodkor, 27] E-mail.ru: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.