Научная статья на тему 'YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlarni tarbiyalash / harbiy vatanparvarlik / ma'naviy-axloqiy rivojlanish / sport va jismoniy tarbiya / oila va jamiyatda tarbiya / milliy qadriyatlar / ta'lim va yoshlar / zamonaviy texnologiyalar / vatanparvarlik ruhida tarbiya. / youth education / military patriotism / spiritual and moral development / sports and physical education / upbringing in the family and society / national values / education and youth / modern technologies / upbringing in the spirit of patriotism.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Akbarov A.T.

Ushbu maqola yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Maqolada harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mohiyati, uning ta'lim, sport, oila va jamiyat bilan bog‘liq jihatlari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali yoshlarni tarbiyalashning samarali usullari tahlil etilgan. Maqola yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi va ularning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTINCTIVE FEATURES OF RAISING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF MILITARY PATRIOTISM

this article examines the peculiarities of educating young people in the spirit of military patriotism. The article analyzes the essence of military patriotic education, its aspects related to education, sports, family and society, effective methods of youth education through the use of modern technologies. The article includes factors that influence the upbringing of young people in the spirit of patriotism and their spiritual and moral development.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Akbarov A. T.

Farg^ona davlat universiteti harbiy talim fakulteti o^qituvchsi

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqadi. Maqolada harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mohiyati, uning ta'lim, sport, oila va jamiyat bilan bog'liq jihatlari, zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali yoshlarni tarbiyalashning samarali usullari tahlil etilgan. Maqola yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi va ularning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni o 'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: yoshlarni tarbiyalash, harbiy vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy rivojlanish, sport va jismoniy tarbiya, oila va jamiyatda tarbiya, milliy qadriyatlar, ta'lim vayoshlar, zamonaviy texnologiyalar, vatanparvarlik ruhida tarbiya.

Akbarov A. T.

Faculty of military education, Fergana State University candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor

DISTINCTIVE FEATURES OF RAISING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF MILITARY PATRIOTISM

Annotation: this article examines the peculiarities of educating young people in the spirit of military patriotism. The article analyzes the essence of military patriotic education, its aspects related to education, sports, family and society, effective methods of youth education through the use of modern technologies. The article includes factors that influence the upbringing of young people in the spirit of patriotism and their spiritual and moral development.

Keywords: youth education, military patriotism, spiritual and moral development, sports and physical education, upbringing in the family and society, national values, education and youth, modern technologies, upbringing in the spirit ofpatriotism.

Yoshlar - har qanday jamiyatning kelajagi, davlat va millatning istiqbolini belgilovchi asosiy kuchdir. Shu bois, ularning tarbiyasi, ilmiy va ma'naviy-axloqiy rivojlanishi davlat siyosatining eng dolzarb yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat yoshlarning mamlakatni sevish va unga fidoyi bo'lish tuyg'ularini rivojlantiradi, balki ularni milliy qadriyatlar, insonparvarlik va mamlakatni himoya qilishga tayyorlashga yo'naltiradi.

Yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash - inson butun hayoti davomida amalga oshiriladigan o'zoq jarayondir. Vatanparvarlik tarbiyasi oiladan boshlanadi va boshlang'ich sinflardan boshlab o'quv yurtida davom ettirilishi lozim.

Kichik yoshdagi I-IV sinf o'quvchilarida Vatan himoyasiga tayyorlikni shakllantirish jarayoni, ularda mavjud cheklangan hayot tajribasi, olingan bilimlar xususiyati va hajmi, ta'lim - tarbiyaning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda quriladi. Bu davrda uning samardorligi avvalam bor o'quv, umumta'lim vazifalarni bajarish bilan chambarchas bog'lik. Masalan, askarga bo'lgan hurmat va muhabbat bu yoshda armiya, askarlar jasorati, O'zekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqidagi bilimlar asosida shakllanadi.

Kichik yoshdagi o'quvchilar turli qo'shinlar, harbiy texnika, o'q otish qurolining turlariga qiziqadi. Bunda tarbiyachilar zamonaviy jangovar harakatlarda g'alabaga erishish uchun qo'shin turlari orasidagi bog'liklikni o'quvchilarga ko'rsatib berishi lozim. Bu ishni amalga oshirishda o'quvchilarning samolyot, vertolyot, kema va suv osti kemalari, askarlar, zambaraklar tasvirlangan rasmlari juda katta yordam beradi.

Kichik maktab yoshida vatanparvarlik xususiyatiga ega bo'lgan o'yinlar faoliyati katta ahamiyatga ega. Bola o'yin qoidalarini egallagan holda sardor, starshina, razvedkachi, aloqachi, signal beruvchilar rolini bajarishni yaxshi ko'radi. Bunday, tashkil qilingan va o'z-o'zidan yuzaga keladigan, o'yinlar katta ahamiyatga ega. O'qituvchi bunda nafaqat o'yindagi, balki bo'lajak jangchi majburiyatlarini bajarish uchun muhimligini ta'kidlagan holda kundalik hayotdagi intizom, tartib va tarbiya haqida ham qayg'urishi kerak.

O'smirlar V-VIII sinf o'quvchilarining psixologik rivojlanish xususiyatlari harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uchun yaxshi zamin yaratadi. Ularda dalil, hozirgi sharoit hodisalarini tahlil qilish va umumlashtirish, atrof-muhit, axloqiy talablar va baholanishga mustaqil qarashlarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga keladi.

O'smirlarning vatan himoyasiga tayyorligini shakllantirish bir qator ob'yektiv va subyektiv sabablarga bog'liq. Ob'yektiv shartlar ichida eng e'tiborga sazovor jarayon o'quvchilarning o'quv muassasa va undan tashqarida tashkil qilinadigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi faoliyatining har xil turlarida ishtiroki hisoblanadi.

Bo'lajak vatan himoyachisi shaxsini shakllantirish hozirgi ijtimoiy ahvol hodisalariga shaxsiy munosabatni ifodalashda, yangi tushunchalar bilan fiklash qobiliyatiga ega bo'lishga yordam beradigan turli fanlarning maqsad mohiyatini o'rganishni boshlaydilar.

Bu yosh uchun eng kerakli fanlar - gumanitar, tabiiy, matematika fanlari, jismoniy tarbiya. O'quvchilar bu davrda "harbiy" tushunchalar ma'nosini yanada chuqur anglab yetadi. "Vatan himoyasi", "Harbiy nizomlar" va boshqalar davlatimiz iqtisodiy qudrati va uning Qurolli Kuchlar qudrati tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati ekanligini tushuna boshlaydi.

Vatanparvarlik hissiyotlari o'smirlarda qahramonlikka intilish, jasorat ko'rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o'z o'rniga ega bo'lish, ular hurmatiga sazovar bo'lishi, o'ziga yuqori e'tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi yangi his - tuyg'ularni shakllanishiga ko'ra rivojlanadi.

Aynan shu yoshda maktab o'quvchilari ayniqsa botirlik, kuch, iroda, mardlik, do'stlikka va o'rtoqlarga sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas burch, ahamiyatga molik xususiyatini anglab yetishga imkon beradi.

Harbiy vatanparvarlik ongi nafaqat darslar yoki ijtimoiy topshiriqlarni bajarishda, balki real ijtimoiy ahvol ta'sirida ham shakllanadi.

Katta yoshdagi (X-XI sinf) o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, intellektual va jismoniy rivojlantirishi, uning kasb tanlashda o'z o'rnini topish jarayonlarining shakllanish davri. Bu yoshdagi o'quvchilarning fikrlashi yanada yetuklashadi, chuqur umumlashtirishlarga, tartib va qobiliyatga ega bo'ladi.

Vatan himoyasiga tayyorlash, shuningdek o'z-o'zini anglash, o'zini tarbiyalash ham sodir bo'ladi. Ular Vatan himoyachisi haqida to'la tasavvurga ega bo'ladilar. Bu nafaqat Ikkinchi Jahon urushi qahramoni yoki faxriysi, baynalminalchi, balki mustaqil O'zbekiston himoyachisining eng yaxshi hislatlari xos bo'lgan zamondoshlarimiz haqidagi qahramonliklar, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini ishonchli himoya qilish kabi tushunchalar chuqur tasavvurli iz qoldiradi. Biroq hisobga olish kerakki, bu yuksak namunalar faqat o'quvchilarning ishlari va harakatlarida o'rnini topsagina, e'tiborga sazovar bo'ladi. Shuning uchun o'quv-tarbiyaviy jarayonda o'quvchilarga nafaqat o'tgan urush voqealari, xalqning front va front ortidagi ommaviy mehnat jasorati haqida bilimlar berish, balki ularda Vatan himoyasiga tayyorlash ijtimoiy dunyoqarashlarni shakllantirish lozim.

O'quv muassasani tugatgach ko'pgina o'smir yigitlar harbiy kiyim kiyishini bila turib, bu davrda ularda jangchiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash, harbiy mehnatning asl chiroyini ochib berish muhim.

Vatanparvar yoshlarni vatan himoyasi asoslarini ta'minlaydigan bilimlar tizimi bilan qurollantirish zarur, chunki vatan himoyasining matonatli va jasur himoyachi sifatida shakllanishidagi ta'lim jarayoni muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. O'quvchilar nafaqat harbiy bilimlar, balki birinchi qaraganda armiya, harbiy qurilish, urush va tinchlik muammolariga bevosiga munosabatda bo'ladigan mezonlar bilan tanishadilar. Turli fanlar (tarix, adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, fizik-geografik va b.) yig'indisidan kelib chiqib, ular vatan himochisiga zaruriy bilim va ko'nikmalar haqidagi poydevoriy tushunchalar hosil qiladilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Nurmuhamedov, B. (2014). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta'limning roli. Tashkent: O'zbekiston ta'limi va madaniyati.

2. Ergashev, A. (2017). Vatanparvarlik va yoshlar tarbiyasi. Tashkent: Akademnashr.

3. Sayfiddinov, T. (2016). Harbiy xizmatga tayyorlash: tarbiya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya.

4. Mirzaev, M. (2015). Oila va jamiyatda yoshlarni tarbiyalash. Tashkent: O'zbekiston ijtimoiy fanlari.

5. Xudoyberganov, Sh. (2012). Sport va yoshlar tarbiyasida yangi yo'nalishlar. Tashkent: Yangi avlod.

6. Rizaev, F. (2018). Zamonaviy ta'lim texnologiyalarining yoshlar tarbiyasidagi o'rni. Tashkent: Iqtisodiyot va ta'lim.

7. Turaeva, N. (2019). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash: nazariya va amaliyot. Tashkent: O'zbekiston pedagogika va tarbiya instituti.

8. Shodmonov, S. (2020). Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yangi metodikalar. Tashkent: O'zbekiston yoshlar ittifoqi nashriyoti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.