Научная статья на тему 'YOSH VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI'

YOSH VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
341
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumiy jismoniy tayyorgarlik / maxsus jismoniy tayyorgarlik / texnik tayyorgarlik / taktik tayyorgarlik / integral (yaxlit o‘yin) / harakat sifatlari / morfo-kuch omili / tezkor-kuch chidamkorligi / sifat va miqdor parametrlari / dinamik tavsifi. / general physical training / special physical training / technical training / tactical training / integral (integral game) / movement qualities / morpho-strength factor / quick-strength endurance / qualitative and quantitative parameters / dynamic description.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xakimov, S., Muxtorov, A., Raxmonova, M.

Ushbu maqolada yosh voleybolda jismoniy tayyorgarlik va mashg‘ulot jarayonini o‘rgatishda asosiy xususiyati hujum va himoya harakatlari samaradorligini belgilaydigan harakatlarni yosh valeybolchilar tomonidan ijro etish imkoniyatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF IMPROVING THE PHYSICAL FITNESS OF YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS

In this article, the possibilities of performing actions by young volleyball players, which determine the effectiveness of offensive and defensive actions, are highlighted in the training process of physical training and training in young volleyball.

Текст научной работы на тему «YOSH VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

YOSH VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

S. Xakimov

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi A. Muxtorov, M. Raxmonova Farg'ona davlat universiteti magistrantlari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yosh voleybolda jismoniy tayyorgarlik va mashg'ulot jarayonini o 'rgatishda asosiy xususiyati hujum va himoya harakatlari samaradorligini belgilaydigan harakatlarni yosh valeybolchilar tomonidan ijro etish imkoniyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, integral (yaxlit o'yin), harakat sifatlari, morfo-kuch omili, tezkor-kuch chidamkorligi, sifat va miqdor parametrlari, dinamik tavsifi.

ABSTRACT

In this article, the possibilities of performing actions by young volleyball players, which determine the effectiveness of offensive and defensive actions, are highlighted in the training process ofphysical training and training in young volleyball.

Key words: general physical training, special physical training, technical training, tactical training, integral (integral game), movement qualities, morpho-strength factor, quick-strength endurance, qualitative and quantitative parameters, dynamic description.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda voleybol sport turi ayniqsa bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirishga ustvor yo'nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. "Yosh avlodni ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish va ruyobga chiqarish, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakillantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda". So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi, uning faol sa'yi-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy va professional sport davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalari qatoridan joy olgan masalalardan biridir. Yurtimizda voleybol sport turi ommalashgan sport turlaridan joy olgan bo'lsada ammo Xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimizni yuqori natijalarga erishish voleybol bo'yicha sportchilar tayyorlash tizimida yetarlicha xato va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

kamchiliklar borligini ko'rsatadi chunki yosh voleybolchilami tayyorgarlik jarayonlarida maxsus ish qobilyatini rivojlantirmas ekanmiz biz qo'yilgan maqsadga erisholmaymiz. Bu esa voleybol sport turida yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimidagi dolzarb muammolardan sanaladi.Voleybolda ham boshqa sport turlari kabi o'rgatishning asosiy vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. Shuning uchun ular ma'lum bir o'rgatish bosqichidagi qo'yilgan vazifalarni hal etishdagi o'rni bo'yicha turkumlanadi. Bunday turkumlanishga voleybolchi-larning musobaqa faoliyati asos qilib olingan. Shunga bog'liq holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi: asosiy yoki musobaqa va yordamchi yoki trenirovka.

Barcha mashqlar o'zining yo'nalishiga qarab trenirovkalarning tarkibiy qismiga kiritiladi. Bu tayyorgarliklar quyidagilardir: umumiy jismoniy; maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (yaxlit o'yin). Har bir tayyorgarlik turining o'ziga xos yetakchi vositalari mavjud bo'lib, ular yordamida maxsus vazifalar yechiladi. Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bo'lgan mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi mashqlar bilan yaqindan bog'langan bo'ladi. Masalan, shug'ullanuvchida tezkorlik-kuch sifati zarur darajada rivojlanmagan bo'lsa, u hujum zarbasi berish texnikasini bajara olmaydi. Bu holda tezkorlik-kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlarni berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki hujum zarbasini takrorlash hajmini oshirish bu holda samara bermaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Voleybol harakatlariga o'rgatishda vositalarning samarasi ko'p hollarda ularni qo'llash uslublariga bevosita bog'liq bo'ladi. Uslublar qo'yilgan vazifa, shug'ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq shart-sharoitlarga bog'liq holda tanlanadi va qo'llanadi.

Qo'yilgan vazifaga bog'liq ravishda aynan bir vositani turli uslublarda qo'llab, undan turlicha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, har bir tayyorgarlik turida vazifalar va turlarning ketma-ketligi ham ma'lum mantiqiy bog'liqlikka egadir.

Bir tayyorgarlik turidagi vazifalar sifat jihatidan o'zgarib, keyingi tayyorgarlik turiga zamin yaratadi. Masalan, tayyorgarlik mashqlari o'rganilayotgan texnik usulning umumiy tuzilishini ifoda etadi. Yaqinlash-tiruvchi mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlikdan texnik tayyorgarlikka o'tishda ko'prik vazifasini o'taydi. Ma'lum darajadagi murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik yakka tartibdagi taktik harakatlar o'rganiladi. Voleybolda o'rgatishning asosiy xususiyati -bu sport turining harakat malakalari va unga oid maxsus bilimlarni egallashga qaratilgandir. Voleybolda harakatlarga o'rgatish umumdidaktik tamoyillarga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

asoslanadi hamda harakat ko'nikma va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.

O'rgatish jarayonida qo'llaniladigan uslublarni har bir o'rgatish bosqichiga mos ravishda ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

0.8

■0.8

1 2 4 5 6 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19

3-4IIY 0. 0. 0. 0. 0. 0. -0 0. -0 0. -1 -0 -1 0. -1 0. 0. -0 0.

1-6-5 3TYK 0. -0 -0 -0 -0 -0 -1 0. -0 -0 0. 0 0 -0 0 -0 -0 -0 -0

TYK 6-3 0. 0 0. 0. -0 0. -0 0. -0 0. -0 0. -0 0. -0 0. 0. -0 0.

1-rasm. Yosh voleybolchilarda maxsus-texnik tayyorgarlik ko'rsatkichlari

orasidagi o'zaro bog'liqligi

Birinchi bosqich - o'rganilayotgan usul bilan tanishish. O'rgatishning bu bosqichida harakatni uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish ko'nikmasini tarkib toptirishdan iborat. Bu bosqichda shug'ullanuvchilar yangi o'rgatilayotgan harakat texnikasining negizini o'zlashtirib olishlari kerak. Bosqich davomida dinamik stereotipning asosi yaratiladi. Bu bosqichning o'ziga xos xususiyatlari: harakatlarning faza va vaqt jihatidan yetarli darajada aniq bo'lmasligi; mushak harakatlarining aniq emasligi; harakat sur'ati ritmining barqaror emasligi; keraksiz qo'shimcha harakatlarning mavjudligi; murakkab harakat fazalari o'rtasida yaqinlikning yo'qligidir.

Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib, o'rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar hal etiladi:

1) harakat to'g'risida tasavvur hosil qilish;

2) o'rganilayotgan yangi harakatni o'zlashtirish uchun uni ma'lum harakatlar bilan to'ldirish;

3) keraksiz harakatlarni, mushaklarning keraksiz darajada kuchlanishini yo'q qilish;

4) harakatni dastlabki holatda to'la bajarishga erishish.

Boshlang'ich o'rgatish bosqichida turli uslublardan foydalanish ham o'z xususiyatiga ega bo'ladi. Harakatlarga o'rgatishning boshlang'ich vaqti shu harakatlar bilan oldindan tanishib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ahamiyati va xususiyatini so'zlab berish, shuningdek, uni bevosita amalda bajarib ko'rsatish orqali erishiladi. So'zlab berilganda, o'rganuvchilar harakatlardan ko'zda tutilgan maqsadni, harakatlarning ahamiyatini tushunib olishlari kerak, suhbat ularning harakatlarni o'zlashtirishlari uchun zarur ko'mak bo'lishi, irodaviy kuch yaratishga yordam berishi zarur.

Namoyish ikki ko'rinishda amalga oshiriladi. Birinchidan, odatda, harakat asosiy variantda to'liq ko'rsatiladi. Harakatni aniq va chiroyli namoyish etilishiga e'tibor qaratish zarur. Ikkinchidan, harakat texnikasining asosi namoyish etiladi. Bu holda didaktik ifodali ko'rsatish usullaridan (harakatni sekinlashtirish, asosiy fazalarni ajratib ko'rsatish va hokazolardan) foydalaniladi.

Harakatni dastlabki o'rgatishda uning asosiy fazalari haqida tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xilma-xil usullar qo'llaniladi. Bunga obrazli tushuntirish, ta'sirli ko'rsatish, ko'rish oriyentirlari, ovoz signallari, harakatni sezishga asoslangan usullar, jumladan, predmet xarakteridagi topshiriqlar berish (nimanidir olish, cho'zilib nimagadir qo'l tekkizish, nimanidir ustidan oshirib tashlash va hokazo), o'rganuvchida harakatlarni to'g'ri bajarganda yuzaga kelishi lozim bo'lgan sezgilarni aytib berish kabilar kiradi. Shug'ullanuvchilar tomonidan harakatlar faqat to'g'ri bajarilgan holatlarni emas, balki xatolar bilan bajarilganini ham namoyish qilish maqsadga muvofiqdir. Bu shug'ullanuvchilarning xatolarni yaxshiroq va tezroq tushunib olishlariga yordam beradi. Tovush signallari asosiy kuch beriladigan paytni aytib berish, shuningdek, harakat aktining ritm va sur'atini belgilash uchun qo'llaniladi.

Murakkab tuzilishdagi mashqni, qoidaga ko'ra, qismlarga taqsimlab amaliy o'zlashtirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Harakatlarni qismlar bo'yicha o'rganishda nerv jarayonlari dinamikasi yengillashadi. O'rgatishni tashkil etishga bo'lgan muhim talablardan biri - nisbatan doimiy sharoit: harakatning asosiy variantini va o'rgatish sharoitini saqlashdir. O'rgatishning tizimliligi topshiriqning optimal miqdorda takrorlanishi va ular orasidagi oraliqning qanchalik kattaligini aniqlash zarurligi bilan tavsiflanadi. Shug'ullanuvchilar topshiriqni shunday oraliqlarda bir yo'la bir necha marta bajarish imkoniyatiga ega bo'lishi, bu oraliqlar o'rganuvchilarning trener ogohlantirishini yaxshi idrok etishiga, bajarilish sifatini bilishiga, navbatdagi vazifani va ijroni yaxshilash yo'lini tasavvur etishiga, shuningdek, buning uchun zarur bo'lgan kuchni tiklashga imkon berishi kerak. Bir mashg'ulot davomida yangi harakatlarni necha marotaba takrorlash kerakligini belgilab, yangi murakkab koordinasion vazifalarni bajarayotganda, nerv markazlari tez charchay boshlashini hisobga olish kerak. Charchoq yuzaga kelganda harakatlarni yaxshiroq, aniq takrorlashni talab qilish samarasiz va hatto zararlidir, chunki

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

harakatlarni, ilgari yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etmay, qat'iylik bilan takrorlash, aksincha, o'sha xatolarni mustahkamlashga olib keladi. Yangi harakatlarni bir mashg'ulotning o'zida uncha ko'p bo'lmagan miqdorda takrorlash yaxshi samara beradi. Mashg'ulotlar orasida uzoq tanaffus qilmaslik zarur.

Ikkinchi bosqich - bu mukammal o'rgatish bosqichi bo'lib, bu bosqichning oldida turgan maqsad ilgari hosil qilingan ko'nikmani aniq, butun qismlarigacha qayta ishlab chiqilgan malaka darajasiga yetkazishdan iborat. Dastlabki o'rgatish bosqichida harakat texnikasi asoslari o'rgatilgan bo'lsa, bu bosqichda harakatning detallari aniqlanadi. Mukammal o'rgatish bosqichi murakkab harakat akti alohida amallarining vaqt, fazo va kuch bilan bog'liq xususiyatlarini aniqlash bilan tavsiflanadi. O'rgatishning ikkinchi bosqichida quyidagi didaktik vazifalar hal etiladi:

a) o'rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;

b) o'rganilayotgan harakat texnikasining qismlarini bilib va aniqlab olishga erishish;

v) harakat amallarini to'laligicha aniq, erkin va bir-biridan uzmay bajarishga erishishdan iboratdir.

Bu bosqichda shug'ullanuvchilarga o'rganilayotgan mashqlarni qo'llash qonuniyatlari va shartlari haqida to'la bilim berish, texnika va natijalarni chuqur tahlil qilishni o'rgatish zarurdir.

Mukammal o'rganish bosqichida takrorlashlar soni bir seriyada ham, butun mashg'ulot davomida ham asta-sekin oshib boradi. Bu bosqichda mashg'ulotlar orasida oraliqlarga yo'l qo'yiladi, bu o'z navbatida o'quv jarayoniga yangi material kiritish imkoniyatini beradi.

Uchinchi bosqich - harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi bo'lib, uning vazifasi o'rgatilgan harakatni turli sharoitlarda qo'llash va uni qayta qura bilishni o'rgatishdan iborat.

O'rgatishning bu bosqichidagi xususiy vazifalar quyidagilardir:

a) harakat texnikasini mustahkamlash bilan birga uning qismlarini yana ham aniq bajarishga o'rgatish;

b) harakat texnikasini shug'ullanuvchining xususiyatiga qarab zarur darajada takomillashtirishga erishish;

v) o'zlashtirilgan harakatni har xil tashqi sharoitlarda va boshqa harakatlar bilan qo'shilgan holda maqsadga muvofiq ravishda qo'llashni ta'minlash;

g) harakatlarni maksimal darajadagi jismoniy kuch sarf etgan holda mukammal egallashni ta'minlashdan iboratdir.

O'rganilgan harakatlarni qo'llashda uni taktik tafakkur bilan tobora bog'lash muhimdir. Bu, o'z navbatida, taktik ko'nikma va malakalarni (kuchlarni maqsadga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

muvofiq taqsimlash, sheriklar bilan birgalikda harakat qilish va hokazo) hosil qilish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bu bosqichda ko'p miqdordagi ko'rgazmali vositalardan (maketlar, kinomateriallar, turli xil taktik vaziyatlarni aks ettiruvchi lavhalar, sxemalar) foydalanish tavsiya etiladi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda nostandart o'yin mashqlarini qo'llash tajribasini o'rganish natijalari shuni ko'rsatdiki, murabbiylarning aksariyat qismi yosh voleybolchilarni tayyorlashda harakatlio'yinlardan deyarli foydalanmas ekanlar.

Bu muddat davomida tajriba guruhida jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida qo'llanilgan harakatlio'yinlar qayd etilgan sifatlarni tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.

Sinab ko'rilgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatli o'yinlar an'anaviy standart mashqlardan ustun ekanligi, hamda harakatli o'yinlar o'zining emosional mohiyati tufayli mazkur sifatlarni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Узбекистан Республикаси Президенти Фармони. Жисмоний тарбия ва спортни янада такомиллаштириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари тугрисида Тошкент 2020 йил 24 январь.

2. Айрапетьянц Л.Р., Пулатов А.А. Волейбол назарияси ва услубияти. Дарслик. Тошкент-2012.-206с.

3. Волейболнинг расмий коидалари. Л.Р.Айрапетьянцнинг ум. тах. ост. Тошкент - 2002 й. -53 с.

4. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний кобилиятларини ривожлантириш. Т. УзДЖТИ наш. 2005й.

5. УЛАТОВ А.А., ИСРОИЛОВ Ш.Х. Волейбол назарияси ва услубияти.. Тошкент - 2007 й. -148 с.

6. Khakimov, S. T. (2022). INCREASE IN THE LEVEL OF PHYSICAL TEXT CHAMPIONSHIP, DIFFERENTIATED BY YOUNG VOLLEYBALLS ACCORDING TO THE SPECIALTY OF THE GAME. Academic research in educational sciences, 3(3), 549-556.

7. Khakimov, S. T. (2022). THE WAYS TO ENHANCE THE TRAINING PROCESS OF YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(2), 118-135.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

8. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12), 127.

9. Siddikov, B. S. (2020). The importance of sports and recreation activities for a harmoniously developed generation. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

10. Tulanboevich, K. S., & Nishanbaevich, M. O. (2021). Improving physical fitness and training process in young volleyball players. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 312-316.

11. Tulanboyevich, K. S. (2022). THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STRENGTH AND PHYSICAL QUALITY OF HIGH SCHOOL STUDENTS THROUGH GYMNASTIC TRAINING. Conferencea, 176-184.

12. Tulanboyevich, X. S., & Kamolaxon, U. (2022, October). GIMNASTIKA DARSIDA SNARYADLARDA BAJARILADIGAN MASHQLARNI O 'RGATISH USULLARI. In E Conference Zone (pp. 68-73).

13. Yuldashev, M. (2021). INNOVATIVE ASPECTS FOR HEALTHY LIFESTYLE FORMATION AND DEVELOPMENT OF SPORTS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 102-107.

14. Сиддиков, Б. (2014). УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНЫЕ КОМПЛЕКСЫ: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ. Актуальные проблемы современной науки, (5), 71-74.

15. Сиддиков, Б. С. (1994). Физическое воспитание школьников в условиях учебно-воспитательного комплекса (на материале сельских школ Узбекистана).

16. Сиддиков, Б. С. (2019). Физическое воспитание как фактор развития личности. International scientific review, (LXIV), 57-58.

17. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.

18. Хайдаралиев, Х. Х. (2022). РОЛЬ РИТМИЧЕСКОЙ ГИМНАСТИКИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРОЗОВАТЕЛЬНОМ УЧРЕЖДЕНИИ ДЛЯ ДОШКОЛЬНИКОВ. Academic research in educational sciences, 3(3), 591-599.

19. Хакимов, С. Т. (2021). Ёш волейболчилар жисмоний тайёгарлигини уйин ихтисослиги буйича такомиллаштириш. Ташкилий цумита, 234.

20. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5), 80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.