YOSH FUTBOLCHILARNI TEXNIK TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Bekzod Ilhamovich Ataniyazov
Urganch davlat universiteti bekzod89@list.ru
ANNOTATSIYA
"Yosh futbolchilarni texnik tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati" mavzusi bo'yicha maqola innovatsion texnologiyalar asosida tayyorlangan. Mavzu yuzasidan keys, interfaol usullar, turli dars ishlanmalari, test hamda nazorat savollari ishlab chiqilgan. Ishida yosh futbolchilarning texnik harakatlarini zamonaviy texnik vositalar orqali takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Yosh futbolchi, tezkor-kuch, sifat, usuliyat, rivojlantirish, trenirovka, ta'sir vaqti, tezkorlik qobiliyati, yuklama, mashg'ulot.
TECHNICAL TRAINING OF INNOVATIVE YOUNG PLAYERS IN INCREASING THE IMPORTANCE OF TECHNOLOGY
Bekzod Ilhamovich Ataniyazov
Urgench State University bekzod89@list.ru
ABSTRACT
In this graduating work, there are given some methods of football game in terms of, game football game tactic, the use of tactics on magnetic boards, development of tactical systems and modern tactic systems. Besides that, electron module of subject is performed. In that module, the text of the report, pedagogical technologies used in football lessons, topic tests, control tasks, presentation slides, developing tasks of tactical training are illustrated. The conclusion is about the latter recommendation and practical advice.
Keywords: Young player, agility, quality, technique, development, training, exposure time, agility, loading, training.
KIRISH
Zamonaviylashuv har bir jabhada bo'lganidek zamonaviy futbolda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Futbolga berilayotgan e'tibor va yurtoboshimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan isloxatlar samarasi o'laroq jamoalarimizning natijalari ko'lami ortib bormoqda. Shu bilan bir qatorda kelajakda futbol egalari bo'lmish yosh futbolchilarni tayyorlashda bugungi kundagi musobaqalar taxlili muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning asosida jamoalarning xato va kamchilaklarini aniqlash va kelajak avlod vakillarida aynan ushbu xatolarni kamaytirish bugungi kun mutaxassisining asosiy vazifasidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yosh futbolchilarga beriladigan umumiy jismoniy tayyorgarliklari va texnik -taktik mashqlarning fiziologik qiymati e'tiborga olinmaydi. Zamonaviy futbolga xos modellar bilan ishlanmayapti va mo'ljal qilinmaydi. Hozirgi kunda bu ish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bitiruv loyiha ishining maqsadi: Futbol nazariyasi va uslubiyati fanida texnik harakatlarni o'rgatish nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan innovatsion texnologiyalarni shakllantirish asosida o'qitishni takomillashtirish bo'yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
"Futbol nazariyasi va uslubiyati" fani o'quv dasturida keltirilgan texnik harakatlarining mazmun mohiyatini ochib berish;
Mavzu yuzasidan innovatsion texnologiyalar ishlanmasini tayyorlash;
Texnik harakatlarni o'qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Yosh futbolchilarning texnik harakatlarga tavsif. Ko'plab olimlarning tadqiqot natijalariga qaraganda, o'quv mashg'ulotlarini rejalarini ishlab chiqish va texnik -taktik harakatlari samaradorligini oshirishda aniq yuklamalarni bilish, harakatlarni ko'rsatib berish va amalda ko'llash orqali tarbiyalash ahamiyatli hisoblanadi.
Hozirgi zamon futbolining rivojlanishida o'yin usullari takomillashib, futbolchilarning harakatlari mukammallashib bormoqda.
Jahon futbol mutahassislarining ta'kidlashicha, hozirgi zamon futbolining rivojlanishi o'z ichiga juda ko'p jixatlarni oladi. Bular:
1. Har bir futbolchi o'yinni oxirigacha olib borishi;
2. Futbolchilarning maydon bo'ylab, yuqori tezlikda to'p bilan va to'psiz harakatlanishlari;
3. Texnik - taktik harakatlarni tezkorlik bilan bajarishlari;
4. O'yin davomida to'pni jamoadoshiga aniqlik bilan oshirish, darvozaga zarbalarni to'g'ri yo'naltirishni va boshqa texnik usullarni behato bajarishlari kerak.
NATIJALAR
Hozirgi jahon futboli har bir futbolchidan to'p bilan to'g'ri muomilada bo'lishini, aniq va behato harakatlar bajarishini, hujumda ham ximoyada ham o'ynay bilishini taqazo etmoqda. CHunki noaniq bir harakat, jamoaning uyushtirgan xujumlarini tugallanmay, samarasiz yakun topishiga, yoki to'p o'tkazib yuborishiga sababchi bo'lishi mumkin. Ko'pincha murabbiylar futbol jamoasini mahoratiga va kuchiga qarab taktik tizimlarni qo'llaydi. Bu tizimlar ba'zida qo'l kelsa ba'zida esa pand berishi mumkin (13,29,32).
Bizning mamlakatimizda futbolga katta e'tibor qaratilishi futbolni rivojlanishi uchun, ko'p harakatlar amalga oshirilishini takazo etadi. Yosh futbolchilarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi etarli emasligi va kelajakda bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun esa hozirgi kundagi yosh futbolchilarni, ya'ni futbol klublarida mashg'ulotlarni kuchaytirishni talab qiladi.
Yuqorida qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma'lumotlar, tezlik-kuch sifatlari umuman, jismoniy tayyorgarlikni yuqori malakali sportchilar yetishtirishda muhim omillardan biri ekanligini isbotlaydi. Quyida inavatsiyalardan foydalanishda qo'llash mumkin bo'lgan diagramma va jadvalni ko'rishingiz mumkin.
_______ >
Futbolchilarning texnik tayyorgarligi bo'vicha VENN DIAGRAMMASI
> | T / o \ \ 7¡iL Yl ' i / 1.Darvozaga\ \ / zarba berish \ \ / harakatlari \ Texnik \ Texmk 2. To'pmoshirib harakatlarni naraKatlarm ^^ boshda bajarish yoqda bajarish 3 To'pm \ to'htatish / / texnikasi
Т-SXEMA "Texnik tayyorgarlik"
Afzalliklar Kamchiliklar
Texnik harakatlarni yuqori darajada egallash taktik harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishga yordam beradi. Texnik harakatlarni yuqori darajada egallamaslik xujumlarni yakunlashga to'sqinlik qiladi.
Texnik harakatlarni to'g'ri bajarish orqali jamoada to'pni o'zida saqlab turishiga yordam beradi. Taktik kombinatsiyalarni uyushtirishda ko'pgina qo'pol xatoliklar sodir etiladi.
Texnik harakatlarning yuqori darajada bo'lishi o'yinchiga maydonning turli zonalarida harakat qilishiga imkon yaratadi. Texnik harakatlarni mukammal egallamaslik sherigiga to'pni aniq etkazib berishdagi
kamchiliklar yuzaga keladi.
Texnik harakatlarning yuqori darajada bo'lishi o'yinchiga raqib bilan kurashishda o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori bo'ladi. Texnik harakatlarni yuqori darajada egallamaslik raqibdan to'pni olib qo'yishdagi holatlari
vujudga keltiradi.
MUHOKAMA
Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va murabbiylarga tavsiya etilgan futboldagi innovatsion texnologiyalar bo'yicha mashqlar o'yindan kelib chiqqan holda, o'yinda amalga oshiriladigan vaziyatlar asosida tanlab olindi. Bu tadqiqotlardan mutaxassislarga shu narsani tavsiya etamizki, ular tomonidan tanlangan mashqlar o'yinga xos bo'lishini, o'inchilarning texnik mahoratini oshirib taktik harakatlarni tanlashlarini tavsiya etamiz. Biz tomonimizdan tanlangan mashqlar ham biz joriy etgan futbolchilarda ijobiy ta'sir etishi mumkin. SHu sababdan, mana shu mashqlarni tavsiya etamiz. Bu mashqlar mashg'ulot jarayonlarini qiziqarli olib borishda yordam beradi.
Bundan tashqari biz tomonimizdan o'quv-mashg'ulot jarayonidagi asosiy qismida olib boriladigan mashqlardan tashqari, tayyorgarlik qismida olib boriladigan badanni qizdiruvchi mashqlarga ham e'tibor qaratish kerak deb o'ylaymiz. Bu mashqlar futbolchilarni ayniqsa, hujum harakatlariga ishtirok etuvchilarni harakatlarini o'zgartirishga yordam beradi. Xulosa qismida futbolchilarning texnik harakatlarni zamonaviy texnik vositalari orqali takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
XULOSA
Tez hujumni uyushtirishda talab qiluvchi texnik harakatlardagi asosiy talablar:
1. Raqib hujumchilari mudofaaga qaytib ulgurmasligi uchun ularni «kesib
qo'yish» maqsadida to'pni oldinga, albatta, tez uzatib yuborish. Albatta, bulaming har biri mudofaaga mumkin qadar tez qaytishga harakat qiladi, lekin hujumdagilarning vaqtdan yutganligi va ular bundan mohirlik bilan foydalanib, darvozani zabt etish uchun real imkoniyat hosil qilishlari mumkinligi aniq ko'rinib turibdi.
2. O'yinchilarning ikkinchi va uchinchi fazadagi harakatlarni bajarishda texnikni zamonaviy innovatsion texnalogiyalar asosida tobiga etkazgan holda yuksak tezlikda bajariladigan kombinatsiyalar asosida bo'lishi kerak.
3. Shug'ullanuvchilar tezlik bilan yorib o'tish manevri qanot bo'ylab, markazda va maydonning butun kengligi bo'ylab to'pni etkazib berish harakatlarini amalga oshirishi mumkin. Bundagi asosiy maqsad - zarba berish pozitsiyasiga chiqishning eng qisqa yo'lini topish. Hujumni rivojlantirishda sal bo'lsa ham sustkashlik qilish raqib tomonidan oldin «kesilib» qolgan o'yinchilarning mudofaaga qaytib olishiga imkon berishini, binobarin, hujumni qiyinlashtirib qo'yishini doim yodda tutish kerak.
4. Hujumning oldingi qator o'yinchilari yakkama-yakka kurash san'atini yaxshi egallagan bo'lishlari, ya'ni yakka holda raqibni engib chiqishni bilishlari kerak. Zarba berish pozitsiyasiga chiqish uchun qisqa yo'llardan foydalanib, dastlabki imkoniyat paydo bo'lgani zahoti darvozani mo'ljallab zarba berishi yoki darvozani zabt etish uchun sheriklarga sharoit yaratib berishi lozim.
5. Jamoada mudofaadan dastlabki uzoqqa uzatib berishni kutadigan ma'lum bir o'yinchi bo'lishi shart. Sheriklari eng kam vaqt ichida unga to'p etkazib berishlari uchun shu futbolchining yaxshi ko'rgan pozitsiyasini albatta bilishlari kerak. Jamoa harakatlarining kutilmagan bo'lib chiqishi to'pni hujumning oldingi qatoriga ana shunday maksimal tezlikda o'tkazib berilishiga bog'liq. Ko'pincha dastlabki uzoqqa uzatishda to'p jamoaning dispetcheriga yo'naltiriladi. U o'yindagi sharoitni boshqa sheriklariga qaraganda tez va aniqroq baholaydigan bo'lgani uchun, shiddatli hujumni hammadan ko'ra yaxshiroq davom ettira oladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining —Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidall gi Qonuni. Toshkent, 5 sentabr 2015 yil. 174 - son Xalq so'zi gazetasi.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidall gi qarori.Toshkent.16 mart 2018 yil.PQ-3610.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekistonda futbolni
rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidall gi farmoni.Toshkent. 4 dekabr 2019 yil. PF-5887-son.
4. Акрамов Р.А,Талибжанов А.И —Подготовка футболистов высокой квалификации. Учебное пособие. Ташкент, 1994. с-24.
5. Aliyev M.B., Usmonxo'jayev T.S., Sagdiyev H.H. Sport o'yinlari. Futbol. T.,Ilm Ziyo, 2007. 118 b.
6. Акрамов Р.А. Игровые и тренировочные нагрузки в футболе. Учебное пособие. Ташкент Изд-во.Абу-Али-Ибн-Сино. - 2000 г. - с. 135.
7. Нуримов Р.И. Технико-тактическая и физическая подготовка квалифицированных футболистов. Учебное пособие. Ташкент, 2001.- с - 48-96.
11. Nurimov R.I.Yosh futbolchilarni texnik va takt ik tayyorlash. O'quv qo'llanma.Toshkent, 2005. - 35-58 b.
12. R.I.Nurimov. —Futbol nazariyasi va uslubiyatil. Darslik. ITA-PRESS.Toshkent 2015 yil. 342 b.
12. R.I.Nurimov, Abidov Sh.U, Nurimov Z.R, S.R.Davletmuradov. —Sport va milliy o'yinlarl (Futbol).Darslik.ITA-PRESS. Toshkent. 2015 yil. 211-248 b.