Научная статья на тему 'YERLARDAN UNUMLI FOYDALANISHDA TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSHNING YANGI NAVLARINI YARATISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH'

YERLARDAN UNUMLI FOYDALANISHDA TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSHNING YANGI NAVLARINI YARATISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
76
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MOSH / OZIQ-OVQAT / TAKRORIY EKIN / SABZAVOT / YEM-XASHAK / KARTOSHKA / TUPROQ UNUMDORLIGI / GEKTAR / MAYDON

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Shodiyev Sh.B., Hamroyev G‘ F., Hikmatov R.R., Hamroyev I.F.

Bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta’minlash maqsadida, har yili boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan bir milliondan ortiq sug‘oriladigan maydonlardatakroriy ekin sifatida makkajo‘xori, mosh, soya, sholi, tariq, kunjut, yem-xashak ekinlari, kartoshka va turli xil sabzavotlar ekilib, yerdan yiliga ikki marta hosil olishga erishilyotganligini inobatga olib, dehqonlarimizga yordam berish va ularning mashaqqatli mehnatini yengillatish maqsadida, maqolada takroriy ekin sifatida moshning yangi navi, mosh yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF AGROTECHNOLOGIES FOR THE CREATION OF NEW VARIETIES OF MOSH AS A REPEATED CROP FOR EFFICIENT USE OF LAND

Today, in all countries of the world, the issue of providing the population with food products has become one of the priority tasks. In order to regularly provide the population with food products in our republic, corn, mung bean, soy, rice, millet, sesame, fodder crops are planted as repeated crops in more than one million irrigated fields that are freed from grain crops. taking into account the fact that potatoes and various vegetables were planted and the land was harvested twice a year, in order to help our farmers and ease their hard work, the article describes a new variety of mash as a repeated crop, modern agrotechnologies of mash cultivation.

Текст научной работы на тему «YERLARDAN UNUMLI FOYDALANISHDA TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSHNING YANGI NAVLARINI YARATISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH»

UDK: 635.665:631.445

Shodiyev Sh.B. direktor

Irrigatsiya va suv muammolari ITI Buxoro viloyati mintaqaviy markazi

Hamroyev G'.F. laboratoriya mudiri

Irrigatsiya va suv muammolari ITI Buxoro mintaqaviy markazi

Hikmatov R.R.

laboratoriya mudiri, Irrigatsiya va suv muammolari ITI Buxoro mintaqaviy

markazi Hamroyev I.F.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talaba

YERLARDAN UNUMLI FOYDALANISHDA TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSHNING YANGI NAVLARINI YARATISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISH

Annotatsiya: Bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta'minlash maqsadida, har yili boshoqli don ekinlaridan bo'shagan bir milliondan ortiq sug'oriladigan maydonlardatakroriy ekin sifatida makkajo'xori, mosh, soya, sholi, tariq, kunjut, yem-xashak ekinlari, kartoshka va turli xil sabzavotlar ekilib, yerdan yiliga ikki marta hosil olishga erishilyotganligini inobatga olib, dehqonlarimizga yordam berish va ularning mashaqqatli mehnatini yengillatish maqsadida, maqolada takroriy ekin sifatida moshning yangi navi, mosh yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: mosh, oziq-ovqat, takroriy ekin, sabzavot, yem-xashak, kartoshka, tuproq unumdorligi, gektar, maydon.

Shodiev Sh.B. director

Irrigation and Water Problems ITI Bukhara Region Regional Center

Khamroev G.F. head of the laboratory Irrigation and Water Problems ITI Bukhara Regional Center

Hikmatov R.R. head of the laboratory Irrigation and Water Problems ITI Bukhara Regional Center

Khamroev I.F. student

Institute of Natural Resources Management of MTU "TIQXMMI"

Bukhara

"MnpoBaH HayKa" №2(71) 2023 science-j.com

DEVELOPMENT OF AGROTECHNOLOGIES FOR THE CREATION OF NEW VARIETIES OF MOSH AS A REPEATED CROP FOR

EFFICIENT USE OF LAND

Abstract: Today, in all countries of the world, the issue of providing the population with food products has become one of the priority tasks. In order to regularly provide the population with food products in our republic, corn, mung bean, soy, rice, millet, sesame, fodder crops are planted as repeated crops in more than one million irrigated fields that are freed from grain crops. taking into account the fact that potatoes and various vegetables were planted and the land was harvested twice a year, in order to help our farmers and ease their hard work, the article describes a new variety of mash as a repeated crop, modern agrotechnologies of mash cultivation.

Key words: mush, food, repeated crop, vegetable, fodder, potato, soil fertility, hectare, area.

Respublikada sug'oriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv resurslarining o'rtacha 90-91 foizi qishloq xo'jaligida, 4,5 foizi, kommunal maishiy xo'jalik sohasida, 1,4 foizi sanoatda, 1,2 foizi baliqchilikda, 0,5 foizi issiqlik energetikasida, 1 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.

Respublika hududi o'ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo'lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar "birlamchi sho'rlangan". Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta'siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning "ikkilamchi sho'rlanishi" kuzatilib, 45,7foiz sug'oriladigan yer maydoni turli darajada sho'rlangan [1].

IQLIM Harorat 15-30 ° C Yomg'ir 50-75 sm Ekish harorati 25-35 ° C O'rim-yig'im harorati 18-25 ° C

Mosh - bir yillik o'tsimon o'simlik. Ildizlaridagi tuganak bakteriyalar orqali o'simlik o'zini azot bilan ta'minlaydi. Poyasi dumaloq ko'rinishda, qirrali. Bo'yi 30-130 sm gacha bo'lib, o'rtacha 50-60 sm, yaxshi shoxlanadi. Poyasi katta maydonni egallashi tufayli mexanizatsiya yordamida yig'ishtirish og'ir. Pishib yetilgan dukkaklari jigarrang, deyarli qora bo'ladi. O'simlik poyasidan osilib turadi, pishgandan keyin tez yig'ishtirilmasa chatnaydi. Urug'i mayda, sal cho'zinchoq;, hajmi 3-5 mm, rangi sarg'imtir, yashil, qora bo'ladi.

Mosh issiqqa talabchan o'simlik bo'lib, urug'lari 10-12°C da una boshlaydi. Moshning urug'lari 20-22°C da 4-5 kunda unib chiqadi. Bahorgi sovuqlarga chidamsiz. Yosh maysalari ham, katta voyaga etgan o'zsimliklari ham 1-2°C sovuqda halok bo'ladi.

Mosh yorug'likka talabchan o'simlik hisoblanadi. Qurg'oqchil sharoitda o'sa olmaydi. Mosh biologik xususiyatlariga ko'ra tuproqqa nisbatan talabchan

"MnpoBaH HayKa" №2(71) 2023 science-j.com

emas. Qora, bo'z, o'tloq bo'z, qumoq, soz, sal sho'rlangan tuproqlarda yaxshi o'sib rivojlanadi. O'tloq bo'z tuproqlar O'zbekistonda mosh uchun eng yaxshi tuproq hisoblanadi. Tuproq tarkibida oziq moddalar kam bo'lsa ham mosh ildizidagi tuganak bakteriyalar yordamida o'zini o'zi azot bilan ta'minlaydi[2,3].

Mosh o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik. O'sish davri 80-120 kun. Takroriy ekilgan paytida o'sish davri bahorgiga qaraganda 10-15 kunga qisqaradi.

RESPUBLIKAMIZDA MOSHNING EKISH UCHUN TAVSIYA

ETILGAN NAVLARI

NAVRO'Z " &

"QAHRABO, С tlAKUS 'Ä

•RADOST", чН/Вю

"DURDONA", ^rJ/rjVH|

"MARJON", fÄt #

'ZI LOLA". * "TURON" , f УЛЛ*!

NAVLARI --1«»

TOZALIGI 98,5%, ' UNUVCHANLIGi '

92% yuqori sinf'

URUG'LAR TANLANADI

v.,'" //Ti V. '#Л , iтг*,

".vi'

¡¡¡¡Ш!

"Charos" navi. 2020-yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Nav Buxoro viloyati "£Vro sinar " MCHJ moyli ekinlar ilmiy markazi tomonidan yaratilgan. Moshning "Charos" navi muallifi Sh.Shodiyev. Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli o'rta sho'rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos. Vegetatsiya davri o'rtacha 70 kun davomida tik o'suvchan bo'lib, bo'yi 65-72 sm poyasida 35 dan ortiq dukkaklar shakillanadi. Har bir dukkakda 10-12 don urug' mavjud. 1000 dona urug' vazni 71,6-76 g donning ko'rinishi zaytun rang tusda yaltiroq dukkaklar yer ustida 15-17 sm balandda joylashadi, hamda asosiy dukkaklar o'simlikning teppa qismida joylashuvi yig'im texnika yordamida amalga oshirilishiga erishiladi. O'simlikning dukkaklari to'liq pishib etilgandan so'ng dalada chatnab to'kilmaydi, bu o'z navbatida hosil nobut bo'lmasligini oldini oladi. Moshning yetilgan dukkaklari qoramtir qizg'ish rangda bo'ladi. Almashlab ekish tizimida mosh ekini o'tmishdosh ekin turi hisoblanadi. Mosh boshoqli don va sabzovot hamda qator ekinlardan keyin takroriy ekin sifatida ishlatilishi maqsadga muofiqdir.

Ekish chuqurligi Urug'larni 4-6 sm chuqurlikda ekish. Tog'li joylarda o'stiriladigan pyuresi yanada sifatli.

Foydali xususiyatlari. Mosh ekini tarkibida oqsil, vitaminlar bo'lishi, to'yimliligi, tez pisharligi bilan boshqa o'simliklardan - loviya, no'xat va ko'k no'xatdan ustun turadi. Mosh doni tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8%, arginin 7% va vitamin B1, PPlar ko'pdir. Mosh tarkibidagi oqsil, ayniqsa, yosh bolalar uchun foydali bo'lib, undagi triptofan organizmda oqsilni sintez qilishga yordam beradi va qonda gemoglabinning hosil bo'lishida qatnashadi. To'la yetilgan mosh urug'ida kalsiy, fosfor tuzlari go'sht, nondagiga qaraganda ikki barobar ko'p. Tibbiyot sohasida asabni tinchlantirish, ich ketishni to'xtatish, jigar va

'Мировая наука" №2(71) 2023

science-j.com

ф

buyrak faoliyatini yaxshilash, ko'z kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Mosh oqsilga boy, to'yimliligi tufayli javdar, bug'doy donlaridan 1,6-2,0 barobar, kartoshkadan 3,5 va karamdan 5 barobar yuqoridir. Mosh o'simligini ko'k poyasi ham, qurigan poyalari ham chorvachilikda yem-xashak hisobida ishlatiladi. Mosh soya singari ildizdagi tuganakchalar tufayli har gektaridan 3040 kg gacha sof azot to'playdi va tuproq unumdorligini oshiradi.

Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoiti qishloq xo'jaligi ekinlarini yil bo'yi ekib, bir yilda 2-3 marta hosil olish imkonini beradi. Shu bois sug'oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlari hosili yig'ishtirilib olinganidan so'ng ang'izda takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlaridan loviya va mosh yetishtirish samaralidir. Mosh ozuqalik qiymati bilan bug'doy, loviya, no'xat, ko'k no'xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to'yimliligi bo'yicha esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazmlanishi 86 foizga yetadi. Mosh tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8%, arginin 7% bo'ladi, B1 va PP vitaminlar ko'p bo'ladi.

Xulosa. Sinovdan o'tgan intensiv tipdagi "Charos" navi o'zining ser hosilligi, o'rtacha hosildorlik 27,0 - 31,0 s/ga 1000 dona don og'irligi 72,0 -75,0 g nav o'zining kasalliklarga chidamligi bilan ajralib turadi. Hosilni pishib yig'ish terib olgunga qadar chatnab to'kilib ketilishiga o'ta chidamlidir. Takroriy ekin sifatida ekilganda hosilni unib chiqib, to'liq pishgunga qadar o'rtacha 72 kunni tashkil qiladi. Navning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ekin bo'yining baland bo'lishi va asosiy tuganaklari yer ustidan 15-17 sm balandda joylashganligi, mosh dukkaklari to'liq pishib yetilganda barglari qurib qoladi, to'liq pishib yetilgan dukkaklari qoramtir -qizg'ish rangda bo'ladi va bu o'z navbatida kombaynlar yordamida yig'ishtirib olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Avliyoqulov A.E. -"Mamlakatimiz dehqonchilik tizimi istiqbollari". Monografiya. - "NISHON NOSHIR" nashriyoti., Toshkent-2015., 600 b.

2. F U Zhurayev, G' F.Khamroyev, I F.Khamroyev, Z. Khaydarova, I.Ibodov. The usage of a combined machine in the process of preparing the land for planting // Conmechydro - 2021. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering Scopus.

3. Muhamedov U.Tillaev R. O'zbekistonning turli tuproq-iqlim sharoitida takroriy ekinlarning samaradorligini oshirish yo'llari Paxta majmuidagi ziroatlar yetishtirish texnologiyasining ahvoli va rivojlantirish istiqbollari.- Toshkent 1996- B. 245-249.

"Мировая наука" №2(71) 2023

science-j.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.