fr
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state transport university
2022
Tashkent state transport university
YER RESURSLARI, QISHLOQ VA SUV XO'JALIGIDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR
Mirzayev Abdulla Qurbonovich, Abdurashidov Bobur Abdurashid o'g'li, Nuraliyev Orifjon To'raxonovich
Termiz davlat universiteti (Jizzax, O'zbekiston)
Annotatsiya: Ushbu maqolada yer resurlaridan unumli foydalanish, qishloq xo'jaligida yangi
innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Kalit so'zlar: yer resurslari, suv tarmoqlari, raqamli texnologiya, agroturizm, texnika-texnologiya.
DIGITAL TECHNOLOGIES IN LAND RESOURCES, AGRICULTURE
AND WATER RESOURCES
Mirzayev Abdulla Qurbonovich, Abdurashidov Bobur Abdurashid ogli, Nuraliyev Orifjon Toraxonovich
Termiz state university (Jizzakh, Uzbekistan)
Abstract: This article provides for the efficient use of land resources, the use of new innovative
techniques and technologies in agriculture. Keywords: land resources, water networks, digital technology, agritourism, technology.
Mamlakat yoshlar qo'lida shu asosda ularga to'g'ri ko'nikma bergan xolda rivojlangan mamlakatlar tajribasini, ularning bilim salohiyatini o'rganib, yangi g'oyalar ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish zamonaviy dunyoda birlamchi masalalardan biri hisoblanadi.
Rivojlanayotgan sohalardan biri bu yer resurslari, qishloq va suv xo'jaligida raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi. Bu soha bo'yicha juda ham ko'plab qaror va loyihalar ko'rib chiqilmoqda.
Prezidentimizning «Raqamli O'zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan agrosanoatni rivojlantirishga qaratilgan bir necha o'nlab loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu asosda raqamlashtirish bo'yicha qo'yilgan vazifa va topshiriqlarni jadal suratlarda olib borishda yetakchi xorijiy tajribani o'rganish, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Jahon Bankining maslahat va moliyaviy qo'llab-quvvatlashidan, eng yaxshi texnik yechimlardan foydalanilmoqda. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida fermerlar va agronomlarga raqamli texnologiyalar yordamga kelmoqda. Katta ma'lumotlar va ularni tahlil qilish hosilni terib olish uchun qulay vaqtni belgilash, o'g'itlash sxemasini hisoblab chiqish, monitoring qilish, hosilni prognozlashtirishga yordam bermoqda.
Raqamli texnologiyalar o'simlikshunoslikning to'liq siklini boshqarishga imkon yaratadi. Aqlli qurilmalar tuproq, o'simliklar parametrlari, mikroiqlimni o'lchaydi va ma'lumotlarni uzatadi. Datchiklar, koinotdan olingan suratlar, dronlar, meteorologik stansiyalar va boshqa uskunalardan olingan ma'lumotlar Big datani shakllantiradi, maxsus ilovalar bilan tahlil qilinadi va geoportalga joylashtiriladi. So'nggi 15 yil ichida O'zbekiston aholisi 27 milliondan 35 millionga yetdi, har bir kishi uchun ajratilgan yer maydoni esa 23 sotixdan 16 sotixga kamaydi. Shu
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi
T
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state
Tashkent state transport university
sababli yerlarning meleriotiv holatini yaxshilash ularga ishlov berish asosiy masala bo'lib qolmoqda.
Butun dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2020-yil dekabrda «Aqlli qishloq xo'jaligi» texnologiyasini rivojlantirish strategiyasi» hamda «Aqlli qishloq xo'jaligi» texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha 2021-2023-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar» tasdiqlangan bo'lib, bunda to'rtta asosiy yo'nalishlar nazarda tutilgan: qishloq xo'jaligini raqamlashtirish; boshqaruv jarayonlari, monitoringni avtomatlashtirish; agrar sohada biznes-startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash; suv resurslarini hisobga olish.
Shu bilan birga Qishloq xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tarkibida Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va «Agrosanoat majmuini raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi tashkil etilgan bo'lib, ular sohada raqamlashtirishni rivojlantirish bo'yicha jadal dastur, qishloq xo'jaligi sohasida oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash, suvni boshqarish, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va subsidiyalar taqdim etish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni imtiyozli moliyalashtirishga yordam beradigan raqamli yechimlarni joriy etish uchun mas'uldir.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi oldida agrosanoat majmuida texnologik rivojlanishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, suv resurslarini samarali boshqarish va qishloq xo'jaligi korxonalarida unumdorlik o'sishiga ko'maklashish orqali mamlakat qishloq xo'jaligi sohasini keng miqyosda raqamli transformatsiya qilish masalasi turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Maxmudova, A. (2018). O'zbekiston misolida ekoturizmga ilmiy yondashuvlarning raqobatbardoshligini ta'minlash. Janubiy Osiyo marketing va menejment tadqiqotlari jurnali, 8(11), 33-41.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.10.2019 yildagi PF-5853-son. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida.
3. Maxmudova, A. (2020). O'zbekistonda ekologik turizm rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sabablar. Dinamik va boshqaruv tizimlarida ilg'or tadqiqotlar jurnali, 12 (6), 1217-1220.
2022
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi