Научная статья на тему 'YAPON MUSHMULASI (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL. NING TARQALISHI VA SISTEMATIK TAHLILI'

YAPON MUSHMULASI (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL. NING TARQALISHI VA SISTEMATIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yapon mushmulasi / morfologiya / shifobaxsh / kimyoviy / meva / barg / tibbiy. / Japanese loquat / morphology / therapeutic / chemical / fruit / leaf / medicinal.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Begmatov A.M.

Bu maqolada Yapon mushmulasining tarqalishi, morfologiyasi va kimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Ushbu o‘simlikning tibbiy va oziq-ovqat sanoati uchun foydaliligi, shuningdek, uning shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTION AND SYSTEMATIC ANALYSIS OF JAPANESE LOQUAT (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL.)

This article examines the distribution, morphology, and chemical properties of Japanese loquat. The study highlights its medicinal and nutritional benefits as well as its therapeutic characteristics.

Текст научной работы на тему «YAPON MUSHMULASI (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL. NING TARQALISHI VA SISTEMATIK TAHLILI»

Begmatov A.M.

Termiz davlat universiteti, dotsent Termiz, Uzbekistan

YAPON MUSHMULASI (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL.

NING TARQALISHI VA SISTEMATIK TAHLILI

Annotatsiya. Bu maqolada Yapon mushmulasining tarqalishi, morfologiyasi va kimyoviy xususiyatlari o 'rganilgan. Ushbu o 'simlikning tibbiy va oziq-ovqat sanoati uchun foydaliligi, shuningdek, uning shifobaxsh xususiyatlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Yapon mushmulasi, morfologiya, shifobaxsh, kimyoviy, meva, barg, tibbiy.

Begmatov A.M.

Termiz State University, dotsent Termiz, Uzbekistan

DISTRIBUTION AND SYSTEMATIC ANALYSIS OF JAPANESE LOQUAT (ERIOBOTRYA JAPONICA (THUNB.) LINDL.)

Abstract. This article examines the distribution, morphology, and chemical properties of Japanese loquat. The study highlights its medicinal and nutritional benefits as well as its therapeutic characteristics.

Keywords: Japanese loquat, morphology, therapeutic, chemical, fruit, leaf, medicinal.

Yapon mushmulasi (Eriobotryajaponica (Thunb.) Lindl.) Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Himolayda tarqalgan 30 ga yaqin doimiy yashil butalar va mayda daraxtlarni birlashtiradi. Eriobotrya japonica ning Vatani Xitoy va Yaponiyaning nam subtropiklari hisoblanib, asosan tog' yonbag'irlarida o'sadi. O'simlik vatanidan XIX asrda Yevropaga olib kelingan,keyinchalik janubiy Kavkazda va Qrimning janubiy qirg'oqlarida o'stirilgan. Hozirgi paytda Qora dengiz sohillarida - Kavkazning subtropik mintaqalarida, Ozarbayjonda, Qrimda, shuningdek, janubiy Amerika, AQSH, Italiya, Avstraliya va Isroilda yaxshi o'sib hosil bermoqda.

Rossiya hududida Sochinskaya, Xvamli, Karadagskaya, Goytkhskaya navlarini yetishtirish tavsiya etilgan [14].

Mushmula deb ataladigan ikki o'simlik turi muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular German va Yapon mushmulasi yoki loquat deb ataladi. German mushmulasi daraxt yoki buta o'simlik hisoblanadi. Germaniyaga Janubi-g'arbiy Osiyodan keltirilgan.

Mushmula eramizdan bir necha asr oldin Qrimda, Kavkazda, Yevropaning janubida Ozarbayjonda o'stirilgan. Qulay sharoitda Mushmula daraxtining

balandligi 8 metrgacha yetadi, shoxlari tikanli, barglari oval-cho'zinchoq, uzunligi 15 sm, kengligi 4 sm gacha, yozda barcha barglari yashil bo'ladi va kuzda qizil rangga aylanadi [27]. Nemis mushmulasi may oyining ikkinchi yarmida gullaydi. Gullari oq, besh tojibargli, gullar o'rnida diametri 1,5 dan 3 sm gacha bo'lgan dumaloq jigarrang mevalar hosil bo'ladi. Ba'zi musmula navlarida mevalarning diametri 5 sm gacha yetishi mumkin. Nemis mushmulasi juda yumshoq iqlimli bo'lgan hududlarda o'sadi.

Yapon mushmulasi - Rosaceae oilasiga mansub Eriobotria turkumiga mansub doimiy yashil o'simlik. Ushbu turga 30 ga yaqin o'simlik turlari kiradi. Birinchi marta o'simlikni Shved botanigi K. P. Turnberg tomonidan "Yaponiya florasi" (1784) kitobida batafsil tavsiflangan. Yapon mushmulasi juda katta barglarga ega. Odatda barglarning uzunligi 25 sm gacha va kengligi 8 sm gacha yetadi. Denov tumani sharoitida esa urug'dan unib chiqqan urug'ko'chatlarining morfologiyasi o'rganildi va asosiy novda, yon novda, epikotil, gipokotil shakllandi (1.1-rasm).

Mushmula bargning uzunligi 40 sm va eni 13 sm.ni tashkil etdi (1.2-rasm). Barg yuqoridan, barg yaproqlari yashil, qattiq, pastdan - bir oz jigarrang va tukli bo'lib ko'rinadi.

Yapon mushmulasi Xitoyda, Yaponiyada issiq iqlimda o'sadi. Oktabr oyida gullaydi. Gullari oq va kuchli yoqimli hidga ega (1.2-rasm). Mevalari may-iyun oylarida pishadi. Yevropa iqlimida mushmula bahorda gullaydi, mevalari esa oktabrgacha pishadi. Mevalari bir oz cho'zilgan bo'lib uzunligi 8 sm va diametri 4 sm gacha yetadi, rangi yorqin sariq yoki to'q sariq bo'ladi (1.3-rasm).

To'pgulda 10-12 donadan iborat gullari joylashadi. Har bir mevada 1 dan 5 donagacha urug'lari bo'ladi. Yapon mushmullasining maydalangan urug'laridan qahvaning ta'miga juda o'xshash bo'lgan ichimlikni tayyorlash mumkin. Mushmulla mevasini yig'ib olingandan iste'mol etish tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda mushmula nafaqat Osiyo mamlakatlarida balki janubiy Yevropada, Kavkazda ham yetishtiriladi, ayniqsa Isroilda "Shesek" nomi bilan mashhur bo'lib, Ispaniyada esa "Nispero" daraxti sifatida tanilgan. So'nggi paytlarda olimlar Yapon mushmulasi mevasining foydali va shifobaxsh xususiyatlariga katta e'tibor berilmoqda.

V

Asosiy ildiz

Yon ildizlar

_

1.1-rasm. Yapon mushmulasining morfologiyasi

Barg enining o'lchami

Barg uzunligining o'lchami 1.2-rasm. Yapon mushmullasi bargining ko'rinishi va o'lchami

Mushmula buyrak disfunksiyasi uchun ishlatiladi, yangi iste'mol qilinganda diuretik sifatida ta'sir etadi. U nafaqat ortiqcha suyuqlikni, balki toksinlarni ham olib tashlashga qodir, shu bilan birga foydali moddalar tarkibini to'ldiradi. Yapon mushmulasi mevasi tarkibidagi A vitamini va kaliy yurak hamda qon tomirlarining ishini barqarorlashtiradi.

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

110

Mushmulaning mevalaridan tashqari boshqa qismlari ham ishlatiladi. O'pka kasalliklari uchun gullarning qaynatmasidan foydalanish mumkin. Yallig'lanishga qarshi vosita va ekspektoran sifatida qo'llaniladi. Astma, turli yo'tal, surunkali bronxit uchun tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Amonturdiev Q, Xoliqov Q. Makkaisano (cassia)ni bioekologik xususiyatlari. Janubiy O'zbekiston xomashyobop o'simliklarini o'rganish. Termiz, 2003. 5-6 bet.

2. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №. 9.

- С. 25-28.

3. Ravshanova U. B. et al. Soya o'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning muhim manbai sifatida //Экономика и социум. - 2022. - №. 11-1 (102). - С. 81-84.

4. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Soya barglarida fotosintez va transpiratsiya jadalligining o 'ziga xos xususiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1.

- №. 4. - С. 268-272.

5. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Oqsil taqchilligini ta'minlashda soya o 'simligining o 'rni //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 254-258.

6. Musurmonovich F. S. Bug'doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 578-583.

7. Musurmonovich F. S. Dorivor mavrakning bioekologiyasining o'ziga xos xusussiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 571-577.

8. Тухтаев Б.Е. Интродукция лекарственных растений на засоленных землях Узбекистана: Автореф. дис. ... докт. биол. наук. -Ташкент, 2009. -38 с.

9. Филиппов Л. А. Рефрактометрический метод и принципы диагностирования сроков полива чайных растений // Водный режим и орошение плодовых и субтропических культур в горных условиях НИИ горного садоводства и цветоводства, 1975. - Вып. 21. - С. 102-121.

"Экономика и социум" №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

111

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.