Научная статья на тему '“YANGI YAQIN SHARQ”: KURDISTON OMILINING GEOSIYOSIY JIHATLARI'

“YANGI YAQIN SHARQ”: KURDISTON OMILINING GEOSIYOSIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1387
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurdlar / Kurdiston / “Katta Yaqin Sharq” / “Yangi Yaqin Sharq” / “Hech qachon kurashni to‘xtatma” (“Never Quit the Fight”) / “Qonli chegaralar: Yaqin Sharq qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim” (Blood Borders: How a better Middle East would look) / “Arab shia davlati” / “Ozod Kurdiston”. / Курды / Курдистан / “Большой Ближний Восток” / “Новый Ближний Восток” / “Никогда не бросай бой” / “Кровавые границы: как мог бы выглядеть лучший Ближний Восток” / “Арабское шиитское государство” / “Независимый Курдистан”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fotima Nazarova

Mazkur maqolada Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar, xalqaro aktorlarning mintaqada olib borayotgan siyosatini kuchaytirishga yordam beruvchi vositalarning yangilanib borayotgani, shuningdek, Kurdiston muammosining “Yangi Yaqin Sharq” geosiyosiy xaritasida aks etishi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НОВЫЙ БЛИЖНИЙ ВОСТОК: ГЕОПОЛИТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ КУРДСКОГО ФАКТОРА

В статье рассматриваются геополитические события на Ближнем Востоке, обновление инструментов усиления политики международных акторов в регионе, отражение Курдистанского вопроса на геополитической карте “Нового Ближнего Востока”.

Текст научной работы на тему «“YANGI YAQIN SHARQ”: KURDISTON OMILINING GEOSIYOSIY JIHATLARI»

Oriental Journal of History, Politics and Law

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

THE NEW MIDDLE EAST: GEOPOLITICAL ASPECTS OF THE KURDISTAN

FACTOR

Fotima Nazarova

Student

Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: Kurds, Kurdistan, "Greater Middle East", "New Middle East", "Never Quit the Fight", "Blood Borders: How a better Middle East would look", Arab Shia State, Free Kurdistan.

Received: 14.05.22 Accepted: 16.05.22 Published: 18.05.22

Abstract: The article discusses the geopolitical developments in the Middle East, the renewal of tools to strengthen the policies of international actors in the region, and the reflection of the Kurdistan issue on the "New Middle East" geopolitical map.

"YANGI YAQIN SHARQ": KURDISTON OMILINING GEOSIYOSIY JIHATLARI

Fotima Nazarova

Talaba

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: kurdlar, Kurdiston, "Katta Yaqin Sharq", "Yangi Yaqin Sharq", "Hech qachon kurashni to'xtatma" ("Never Quit the Fight"), "Qonli chegaralar: Yaqin Sharq qanday ko'rinishga ega bo'lishi lozim" (Blood Borders: How a better Middle East would look), "Arab shia davlati", "Ozod Kurdiston".

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan geosiyosiy o'zgarishlar, xalqaro aktorlarning mintaqada olib borayotgan siyosatini kuchaytirishga yordam beruvchi vositalarning yangilanib borayotgani, shuningdek, Kurdiston muammosining "Yangi Yaqin Sharq" geosiyosiy xaritasida aks etishi haqida so'z yuritiladi._

НОВЫЙ БЛИЖНИЙ ВОСТОК: ГЕОПОЛИТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ КУРДСКОГО

ФАКТОРА

Фотима Назарова

Студент

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Курды, Курдистан, Аннотация: В статье "Большой Ближний Восток", "Новый рассматриваются геополитические события Ближний Восток", "Никогда не бросай на Ближнем Востоке, обновление бой", "Кровавые границы: как мог бы инструментов усиления политики выглядеть лучший Ближний Восток", международных акторов в регионе, "Арабское шиитское государство", отражение Курдистанского вопроса на "Независимый Курдистан". геополитической карте "Нового Ближнего _Востока"._

KIRISH

Kurdlar Amerika istalgan vaqtda yondirishi mumkin bo'lgan gugurtdir.

Ronald Reygan

Jahon siyosatining eng muhim mintaqalaridan biri hisoblangan Yaqin Sharq mintaqasida zamonaviy geosiyosiy tendensiyalarning yangi ko'rinishlari vujudga kelmoqda. Ushbu tendensiyalarda yirik kuch markazlari tomonidan mintaqaga ta'sir ko'rsatishning noan'naviy vositalaridan foydalanishga jiddiy urinishlar kuzatilmoqda. Ayniqsa, mintaqadagi eng keskin va vaqti-vaqti kuchayib turuvchi muammo sifatida kurdlar muammosini keltirish mumkin. Kurdlar mintaqaning eng neftga boy hududlarini nazorat qilishga intilishi o'z-o'zidan mazkur muammoning tashqi kuchlar geosiyosiy maqsadlari vositasiga aylanishi ehtimolini yanada kuchaytiradi. Qo'shma Shtatlar tomonidan ishlab chiqilgan "Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasi nafaqat Yaqin Sharq geosiyosiy xaritasini tubdan o'zgarishiga olib keladi, balk i unda mustaqil Kurdiston davlati tashkil etilishiga ishora beriladi.

ASOSIY QISM

Xorijiy Sharq va G'arb tadqiqotchi olimlari hamda mutaxassislarining maqola mavzusi bo'yicha yozilgan adabiyotlarida muammoning u yoki bu jihatlarini ochib beriladi. Jumladan, zamonaviy kurdlar masalasi bo'yicha tadqiqot olib borgan mahalliy olim Farhod Karimovning "Yaqin Sharqda etnik kurdlar muammosi" monografiyasi alohida o'rin egallaydi. Unda etnik muammolar va ularning nazariy asoslari, Kurdlar muammosining Yaqin Sharq geosiyosiy jarayonlariga ta'siri va ushbu muammoni hal etish masalalari haqida atroflicha tadqiq etiladi. "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasi va mintaqaning geosiyosiy ahamiyatini o'rganishda Muhammadsidiqov, Manachinskiy, Sharipov va Dugin tadiqoqotlar yordam berdi. Shuningdek,

"Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasi va unda Kurdiston muammosi bilan bog'liq masalalarni tadqiq etishda Ralf Peters va Cengiz Gunesning ilmiy maqolalari alohida o'rin egallaydi.

Maqolada qiyosiy-siyosiy, content va event tahlil usullaridan foydalanildi.

Bugungi kunda zamonaviy jahon tartiboti yangi va noodatiy kuch vositalari bilan o'zgarib bormoqda. Xalqaro maydondagi katta kuchlar tomonidan mintaqalarga ta'sir o'tkazishning bir necha yangi vositalari o'ylab topilmoqda. Xususan, dunyoning eng qaynoq nuqtalaridan biri hisoblangan Yaqin Sharq mintaqasiga bo'lgan e'tibor yanada kuchayib bormoqda. Bu mintaqa o'zining geosiyosiy joylashuvi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu omil mintaqaga bo'lgan qiziqishning yanada ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Yaqin Sharq dunyo siyosiy xaritasida bir asrlik tarixga ega keskinlik o'choqlarining mavjudligi, diniy, milliy va madaniy rang-baranglikka boy bo'lgan mintaqa sifatida alohida o'rinni egallaydi. Mintaqa bo'lgan qiziqishning doimiy ortib borishi mintaqaning geografik chegaralari borasidagi qarashlarni ham o'zgartirib kelmoqda. Shu boisdan maqola mavzusining muhokamasi "Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasi geosiyosiy xaritasida Kurdiston muammosini ochib berishga qaratilgan. Muhokama asosida "Katta Yaqin Sharq", "Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyalari va unda mustaqil Kurdiston davlati tuzilishi bilan bog'liq istiqboldagi masalalar o'rtaga tashlanadi.

Yaqin Sharq jahon siyosatida bir qator omillarga ko'ra muhim o'rin tutadi: Birinchidan, Yaqin Sharq - Osiyo, Afrika va Yevropa kesishgan mintaqada joylashgan. Bundan tashqari, geosiyosiy ahamiyati jihatidan Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan birgalikda chegaradosh sifatida qaralib, AQSh dunyo gegemonlik strategiyasida juda muhim o'rin egallaydi. Ikkinchidan, Yaqin Sharq mintaqasi jahonning muhim transport koridori hisoblanadi. Mintaqa Osiyo, Afrika va Yevropani o'zaro bog'laydigan transport yo'laklari, neft va gaz yo'laklari qoq markazi hisoblanadi. Uchinchidan, Yaqin Sharq dunyo aholisining deyarli yarmi e'tiqod qiladigan uch eng yirik jahon dinlari: islom, yahudiy va xristian dinlarining kelib chiqish markazi hisoblanadi (Muhammadsidiqov, 2019, p.81-83).

"Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasi. AQShning Yaqin Sharqdagi geosiyosiy tasavvurlari davlat tashqi siyosiy yondashuvlarini va mintaqaga nisbatan milliy manfaatlarini asoslab berishga yordam beradi. Ushbu geosiyosiy qarashlar, ayniqsa Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin o'zgardi. Ko'p qutbli tuzilishga ega bo'lgan yangi dunyo tartiboti Yaqin Sharq mintaqasining shimoliy va sharqiy chegaralarini kengaytirdi. AQShning ushbu geosiyosiy manzarada tutgan o'rni, shuningdek, mintaqani va uning resurslarini nazorat qilish yo'lidagi sa'y-harakatlari uning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosati evolutsiyasini aniqlashga yordam beradi. Aynan XXI asrning boshida AQSh davlat boshqaruviga neokonservativ xarakterga ega bo'lgan respublikachilarning kelishi Yaqin Sharq mintaqasiga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirdi. Bu borada bir necha yangi g'oyalar ilgari surildi. Xususan, "Katta Yaqin Sharq" va "Yangi Yaqin Sharq" g'oyalari asosida

konsepsiyalar ishlab chiqildi. AQSh neokonservatorlari ta'sirida Yaqin Sharq mintaqasini keng ma'noda tushuntiruvchi neokonservativ qarashlar tizimi shakllana bordi va keng jamoatchilikka taqdim etildi. Mana shunday qarashlardan biri "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasi hisoblanadi. U 2003-yil 6-noyabrda ishlab chiqilgan bo'lib, o'sha paytdagi AQSh Prezidenti kichik J.Bush so'zlariga ko'ra, Amerika missiyasi konsepsiya orqali erkinlik va demokratiyani keng yoyishni targ'ib qilishdan iboratdir (Sharipov, 2013, p. 13-15.). "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasida geografik kenglikka quyidagi davlatlar kiritiladi: Shimoliy Afrika (Marokash, Jazoir, Tunis va Liviya), an'anaviy Yaqin, O'rta Sharq va Fors ko'rfazi (Misr, Isroil, Suriya, lord aniya, Livan, Yaman, Iroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Bahrayn, Ummon, Qatar) va shuningdek Eron, Afg'oniston va Pokiston kiradi. Bir qator amerikalik mutaxassislar hisoblashicha, Turkiya ham shu mintaqaga tegishli. Bundan tashqari, sobiq sovet respublikalaridan Kavkazorti va Markaziy Osiyoni ham ushbu hudud tarkibida aks ettirilgan (Manachinski, 2014, p.19-20).

Vashington qarashlariga ko'ra, "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasining asosiy xususiyati mintaqada u yoki bu darajada xalqaro terrorizm manbalari, ommaviy qirg'in qurollarining yoyilishi, siyosiy va iqtisodiy beqarorlik mavjud. Bir qator ekspertlar bu strategiyalarning asosiy maqsadi Isroil mavqeini mustahkamlash va mintaqada AQSh manfaatlarini qo'llab-quvvatlovchi tuzumlarni shakllantirishdan iborat, deb hisoblaydi. Jumladan, eronlik mutaxassislar fikricha, "Katta Yaqin Sharq" mintaqani AQShga qaram etish, "islom renessansi"ga yo'l qo'ymaslik, AQShga nomaqbul tuzumlarni ag'darish va islomiy davlatlarni to'liq qayta mafkuralashtirishdan iborat. Ularning fikricha, "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasini amalga oshirish doirasida AQShning vazifalari quyidagilar: Yaqin Sharqda Isroil rolining oshishi va manfaatlarini himoya qilish; neft zaxiralarida AQSh uchun imkoniyatlar yaratish; Eronga bosim o'tkazish; madaniy va mafkuraviy siyosat jabhasidagi vazifalar (Muhammadsidiqov, 2019, p.36).

Yaqin Sharq siyosatini qayta ko'rib chiqish vaqtida, ayniqsa amerikaliklarning "Katta Yaqin Sharq" ni yaratish to'g'risidagi loyihasi e'lon qilinganidan so'ng amerikaliklar kurd milliy davlatini yaratishda o'z yordamlarini taklif qilishni boshladi, shuningdek, Qo'shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi milliy davlatlar xaritasini qayta tuzishga va kurdlar davlatini yaratishga qaror qiladi. Kurd milliy davlatini yaratish tarafdorlari avtomatik ravishda AQShning ittifoqchilari yoki vositachilariga aylanishdi. Shu jihatdan, alohida urg'u berish lozimki, kurdlarga o'z davlatini yaratishga va'da bergan yagona davlat AQSh hisoblanadi.

Bugungi kunda kurdlar geosiyosiy o'yinlarda muhim rol o'ynamoqda va ularning ikkita geosiyosiy tanlovi bor:

1. Birinchisi - milliy davlat qurish. Buni faqat AQShning ko'magi bilan amalga oshirish mumkin, chunki bu jarayonda AQSh bira to'la kurdlar vositasida Eron, Turkiya, Iroq va Suriyaga bosim yoki ta'sir o'tkazishi, o'z navbatida Rossiyaning ushbu hududdagi faol ishtirokiga to'siq

bo'lish maqsadlarini ko'zlaydi. Qolaversa, mintaqada Isroil ham kurdlarning mustaqil davlat bo'lishidan manfaatdor. Bu ma'lum ma'noda Isroilning mintaqaviy raqobatchilari hisoblangan Turkiya va Eronni Yaqin Sharqdagi mavqeini jiddiy ravishda zaiflashtiradi.

2. Ikkinchi mumkin bo'lgan tanlov - bu kurdlarning o'ziga xosligini milliy davlat yaratmasdan, balki ma'lum bir avtonom huquqlarni talab qilish orqali rivojlantirish. Bu kurd aholisining aksariyat qismlariga mos keladi (Alexandr Dugin, 2016). Darhaqiqat, to'rt davlat hududida yashaydigan kurdlar mustaqil Kurdiston davlati tuzilishidan ko'proq ma'lum davlat hududida avtonom bo'lishga harakat qilishmoqda.

"Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasi. Ko'plab siyosatchilar muhokamasiga sabab bo'lgan yangi konsenpsiyalardan biri "Yangi Yaqin Sharq" (New Middle East) loyihasidir. Bu konsepsiya to'liq neokonservativ ruhda shakllantirilgan bo'lib, AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosiy strategiyasining muhim jihatlarini namoyon qiladi. "Yangi Yaqin Sharq" jumlasi ilk bor AQSh rasmiylari tomonidan 2006-yil iyunda tomonidan "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasiga o'rindosh sifatida Tel-Avivdagi chiqishida e'lon qilingan. Uning ahamiyatli jihatlaridan biri Boku-Tbilisi-Jayxun neft terminalining ishga tushishi bilan bir vaqtda e'tirof etilganidir. K.Raysning ma'lumot berishicha, "Yangi Yaqin Sharq" loyihasi Livandan boshlanadi.

"Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasi xaritasi

"Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasi xaritasi

Ekspertlar fikricha, bu chaqiriq AQSh-Buyuk Britaniya-Isroilning birgalikda ishlab chiqqan Yaqin Sharqdagi "yo'l xaritasi" hisoblanadi. Bu konsepsiya mintaqa bo'yicha urush o'choqlari va tartibsizlik vaziyatini kuchaytirib, "ijodiy xaos" kuchlarini barpo etishga qaratiladi. "Yangi Yaqin Sharq" vositasida AQSh, Buyuk Britaniya va Isroil o'zlarining geostrategik va boshqa manfaatlariga muvofiq Yaqin Sharq xaritasini qayta shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. "Yangi Yaqin Sharq" ning ishlab chiqilishi bilan uning xaritasi ham yuzaga keldi.

"Yangi Yaqin Sharq" geosiyosiy xaritasi amerikalik iste'fodagi polkovnik Ralf Peters tominidan ishlab chiqilgan. Xarita R.Petersning "Hech qachon kurashni to'xtatma" ("Never Quit the Fight") nomli kitobining bir muhim qismi hisoblanib, u 2006-yilning 10-iyulida ommaga taqdim etilgan edi. Bundan tashqari, bu xarita R.Peters tomonidan AQShning qurolli kuchlari jurnalida "Qonli chegaralar: Yaqin Sharq qanday ko'rinishga ega bo'lishi lozim" (Blood Borde rs: How a better Middle East would look) (Peters, 2006) sarlavhasi ostida ham bosib chiqarilgan.

Ralf Peters xaritasiga ko'ra, bugungi kundagi Yaqin Sharq mintaqasi chegaralari tarixiy, etnik, milliy jihatdan haqiqatga mos emas. Shuning uchun ham muammolar yechimi topilmayapti. Bu esa chegaralar o'zgarishini taqozo etadi. O'zgarishlar davlatlar o'rtasidagi keskin siyosatning yuzaga kelishi, davlatlardagi ichki va konfessiyalararo qarama-qarshiliklar oqibatidagi qurolli nizolar natijasida ro'y berishi mumkin. Ralf Peters va Bernard-Anri Levi qaydlariga ko'ra, "Yangi Yaqin Sharq" loyihasi Turkiya, Iroq, Eron va Suriyadagi bir qator hududlarni o'z ichiga olgan mustaqil "Kurdiston"ni yaratishni o'z ichiga oladi. Ushbu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 40 million kurdlarni yagona davlatga birlashtirish orqali Yaqin Sharqning istiqboldagi yangi geosiyosiy xaritasi vujudga keladi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, Yaqin Sharqda "Kurdiston xaritasi"ni ishlab chiqish har doim Yaqin Sharqda ta'sir o'tkazishga intilayotgan turli geosiyosiy qudrat egalarning qo'llarida bo'lib kelgan. Masalan, Vudro Vilson birinchi bo'lib Usmonli imperiyasi qulaganidan keyin mustaqil kurdlar davlatini yaratishni qo'llab-quvvatlagan. Iroqning Baas partiyasini ag'darish maqsadida AQSh 1970-yillarda yana kurd kuchlarini qo'llab-quvvatladi. 2003-yilda Saddam Husaynning ta'sirini cheklash maqsadida kurdlardan foydalanilgan. Eronliklar 70-yillarda ham kurdlardan Iroqqa qarshi foydalanishgan, so'nggi paytlarda esa suriyaliklar kurdlar masalasini Turkiyaga qarshi ishlatishga urinishmoqda. Arab davlatlarini zaiflashtirish uchun Isroil Kurdiston loyihasini qat'iy qo'llab-quvvatladi. Iroq, Eron, Suriya, Turkiya, shuningdek, Kavkazda yashovchi kurdlarning parchalanishi hozirgi paytda yagona kurdlar davlatini barpo etish iloji yo'qligining sabablaridan biridir (Cengiz Gunes, 2019, p.13.). Shunday bo'lsa-da, kurdlar orasida ayniqsa, Yevropaga immigratsiya qilgan kurdlar orasida mintaqadagi barcha kurdlarni birlashtiruvchi buyuk Kurdiston davlatini qurish g'oyasi mavjuddir. Ayniqsa, Suriyadagi oxirgi siyosiy beqarorlik jarayoni, Suriya kurdlarining kuchli harbiy-siyosiy pozitsiyaga ega bo'lib borayotganligi buyuk Kurdiston g'oyasini yanada kuchaytirib yubordi. Shu bois, mintaqada barqarorlik va xavfsizlik ko'p jihatdan kurdlarga ham bog'liq bo'lib bormoqda (Karimov, 2020, p.208)

Realpolitik yondashuv asosida tahlil etganda yagona Kurdistonni qurish mohiyatan utopik g'oya, chunki diniy, lingvistik va madaniy xilma-xillik an'anaviy milliy davlat barpo etishda katta to'siqlar bor va bu loyihaga Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlari tamomila qarshidir. Ushbu mamlakatlar uchun Mustaqil Kurdiston loyihasini amalga oshirish aslida hududiy yaxlitlikning tugashi va ularning suverenitetining tubdan zaiflashishi, hat to ularning to'liq qulashi demakdir.

Bir necha mutaxassislarning fikricha, kurdlar uchun mustaqil davlatni barpo etish utopik g'oya bo'lib tuyulsa-da, mojaroda betaraf bo'layotgan Rossiya kurdlar masalasini boshqa yo'llar bilan hal qilish va tartibga solishda ijobiy rol o'ynashi mumkin. Kurdlar bilan tarixiy munosabatlarga qaramay, Rossiya mavjud davlatlarning hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun kurash olib borishda kurd huquqlarining vositachisi va kafili sifatida harakat qilishi mumkin. Kreml rahbariyati kurdlarga madaniy birlashish, ularning o'ziga xosligini himoya qilish va rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etishda yordam berishi imkoniyatlari mavjud. Bu esa kurdlarga ular yashaydigan davlatlarning hududiy chegaralarini saqlab, ma'lum darajada muxtoriyat berishi mumkin. (The End of the Greater..., 2019)

XULOSA

"Katta Yaqin Sharq" va "Yangi Yaqin Sharq" kabi konsepsiyalar zamonaviy Yaqin Sharq muammolarini bartaraf etish g'oyalari ostida AQSh geosiyosiy manfaatlarini ta'minlash ifodasi hisoblanadi. Bunday g'oyalarning ilgari surilishi va zamonaviy geosiyosiy xaritalarning yaratilishi

go'yoki bugungi dunyo AQSh milliy manfaatlarini amalga oshirishga ko'maklashishi kerak, degan bir ma'noni anglatadi.

"Yangi Yaqin Sharq" xaritasi tahlili shuni ko'rsatadiki, yuzaga kelayotgan o'zgarishlar mintaqadagi siyosiy-harbiy holatni yanada murakkablashtirib yuboradi. Davlatlarning o'zaro hudud almashishlari yoki o'z hududlaridan ajralishi hal etib bo'lmaydigan majoraga sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu konsepsiyaning amaliy mazmuni Yaqin Sharq siyosiy xaritasini kuch bilan o'zgartirib tashlashga qaratilgani va Kurdiston davlatining tuzilishidan quyidagi geosiyosiy maqsadlar ko'zlanganini xulosa qilish mumkin:

- AQShning Yaqin Sharq geosiyosatiga ehtimoliy to'siq bo'ladigan mintaqaviy davlatlarning parchalanishiga erishish va shu orqali ularni zaiflashtirish;

- Konsepsiya orqali AQSh Yaqin Sharqda Kurdiston omilini o'z geosiyosiy maqsadlarining muhim vositasiga aylantirishni maqsad qilgani;

- Mintaqadagi diniy va etnik ixtiloflarga chek qo'yish bayrog'i ostida yangi paydo bo'lishi mumkin bo'lgan yangi va kuchsiz davlatlarning hokimiyatiga amerikaparast shaxslarni olib kelish;

- G'arb va Isroil ittifoqchiligi asosida Kurdiston neft ta'minotining barcha yo'laklarini o'z nazoratiga olish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Alexander Dugin (2016, October 31) Kurdistan and the Greater Middle East. Geoполитика.ru Retrieved from https://www.geopolitica.ru/en/article/kurdistan-and-greater-middle-east

2. Cengiz Gunes. (2019) The Kurds in a New Middle East The Changing Geopolitics of a Regional Confict. Palvrage Macmillan.

3. Karimov, F. (2020) Yaqin Sharqda etnik kurdlar muammosi. Toshkent: Lesson Press.

4. Muhammadsiddiqov, M. (2019) Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar. Toshkent: Qaqnus media.

5. Muhammadsidiqov, M. (2019) Xorijiy Sharq va G'arb mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Toshkent: Qaqnus media.

6. Ralf Peters. (2006, June 6) Blood borders How a better Middle East would look. Retrieved from http://armedforcesjournal.com/blood-borders

7. The End of the Greater Middle East Project: The Case of Kurdistan (2019, June 28) Retrieved from https://uwidata.com/5067-the-end-of-the-greater-middle-east-project-the-case-of-kurdistan

8. Маначинский, А. (2014) Ближний Восток: никогда не прекращающаяся война. Ретроспектива (1982-2006). Пушкино: Центр стратегической конъюнктуры.

9. Шарипов, У. (2013) Концепция «Большого Ближнего Востока» в действии. Москва: Институт востоковедения РАН.

10. Madaminova, D. I., & Fayzullaev, S. A. (2021). The important aspects of uzbekistan's initiatives in central Asia. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 324-328.

11. Sayfullaev, D. (2016). Parliamentary Diplomacy In Making Of Foreign Policy. The

Advance Science Journal of International Relations, 1(1), 52-54.

12. Madaminova, D. I. (2021). Uzbekistan as a leading initiator in central Asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1045-1049.

13. Sayfullaev, D. B. (2020). CONCEPTUAL BASIS OF THE MODERN WEST AND EAST

DIPLOMACY STUDY. Journal of Legal, Ethical and Regulatory Issues, 23(2), 1-10.

14. САЙФУЛЛАЕВ, Д. Б. (2017). ДИПЛОМАТИЧЕСКИЕ И ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ ИНДИИ И УЗБЕКИСТАНА В ИСТОРИЧЕСКОЙ ПЕРСПЕКТИВЕ. Восток. Афро-Азиатские общества: история и современность, (1), 142-148.

15. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and

Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.