INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.Z. Xolmo'minov1H_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada jamiyatimizda madaniyat va san'atga qaratilyotgan e'tibor, madaniyatning xalqimizining rivojlanish darajasidagi o'rni, madaniyat va san'atning taraqqiy etishiga qaratilgan qonun hujjatlar va shuningdek mamlakatning jahon hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishidagi ahamiyati haqida so'z boradi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2022 - 2024-yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MAQSAD: madaniyat va san'atga bo'lgan e'tiborni davlat siyosati darajasidagi muhim chora-tadbirlar qatoriga qo'yish, uning rvojlanishi uchun barcha imkoniyatlardan eng ustuvor darajada foydalanish, aholining ayniqsa, yoshlarning madaniy saviyasi va salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Bugungi kunda madaniyat va san'at orqali yoshlarimizning ruhiyati, ma'naviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan biri bo'lib xizmat qilmoqda. Hozirda yurtimizda har bir soha qatorida madaniyat va san'at sohasiga ham katta e'tibor berilmoqda. Va aynan, Prizidentimiz Sh.Mirziyoyev bejiz "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir", - deb ta'kidlamagan. Bu borada qabul qilinayotgan har bir hujjat, norma, qonun va qonunosti hujjatlar jamiyatda madaniyat va san'atning rivojlanishini ta'minlashga qaratilmoqda.
XULOSA: Yurtimizda madaniyat va san'at ravnaqi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aks etgan ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarga nihoyatda hamohangdir. Mazkur islohotlar ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasining hayotiy ro'yobiga, "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirishga hissa qo'shadi deb ayta olamiz. Har bir millat o'z madaniyat va san'atining qudrati bilan jahon tamaddunidan mustahkam joy egallaydi. Aynan mazkur soha taraqqiyoti mamlakatning
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kuch va salohiyatini, xalqning qadr qimmati, dunyodagi obro' -e'tibori hamda maqomini namoyon etuvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Kalit so'zlar: Taraqqiyot strategiyasi, ma'rifatli jamiyat, madaniyat, san'at, Kreativ iqtisodiyot, qonun, madaniy muhit.
Iqtibos uchun: Xolmo'minov M.Z. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar. // Inter education & global study. 2024. №9. B.344-355.
МЕРЫ ПО КУЛЬТУРЕ И ИСКУССТВУ В НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ
УЗБЕКИСТАНА_
© M.З.Холмуминов 1И
1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о значении культуры и искусства в нашем обществе, роли культуры в уровне развития нашего народа, законах, направленных на развитие культуры и искусства, а также о значении страны в завоевании своего места. в мировом сообществе идет.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: для анализа того, насколько студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и трудностей в освоении этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей. Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период с 2022 по 2024 год. Данные статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ЦЕЛЬ: отвести внимание культуре и искусству в число важных мер на уровне государственной политики, использовать все возможности для ее развития на самом приоритетном уровне, реализовать реформы, направленные на повышение культурного уровня и потенциала населения, особенно.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: сегодня формирование психики и духовного мира нашей молодежи через культуру и искусство является одной из важных задач. В настоящее время в нашей стране, наряду с каждой сферой, большое внимание уделяется сфере культуры и искусства. И недаром наш Президент Ш.Мирзиёев подчеркнул, что «Развитие литературы, искусства и культуры является прочной основой для поднятия духовного мира нашего народа». В связи с этим каждый документ, норма, закон и подзаконные акты направлены на обеспечение развития культуры и искусства в обществе.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: работа, проводимая в направлении развития культуры и искусства в нашей стране, в высшей степени соответствует приоритетным мерам, направленным на обеспечение духовного развития и вывод отрасли на новый уровень, отраженных в стратегии развития Нового Узбекистана. Можно сказать, что
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
данные реформы будут способствовать практической реализации идеи «От стратегии действий к стратегии развития», основанной на принципе добра и гуманности, и реализации концепции «Новый Узбекистан - просвещенное общество». Каждая нация занимает прочное место в мировой цивилизации силой своей культуры и искусства. Развитие этой отрасли является одним из важных факторов, показывающих силу и потенциал страны, ценность народа, его репутацию и статус в мире.
Ключевые слова: стратегия развития, просвещенное общество, культура, искусство, креативная экономика, право, культурная среда.
Для цитирования: Холмуминов M.3. Меры по культуре и искусству в новой стратегии развития Узбекистана. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 344-355.
MEASURES FOCUSING ON CULTURE AND ART IN THE NEW UZBEKISTAN DEVELOPMENT STRATEGY_
© Kholmuminov Z. Muminmirzo1®
_J_State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article talks about the importance of culture and art in our society, the role of culture in the level of development of our people, laws aimed at the development of culture and art, as well as the importance of the country in winning its place in the world community.
MATERIALS AND METHODS: to analyze the extent to which students can master the studied science and technology, as well as the impact of ease and difficulty in mastering this science after training, a corpus of 5 scientific articles was created. Collections of articles were published in international and national academic journals between 2022 and 2024. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
AIM: to make culture and art one of the important measures at the level of state policy, to use all opportunities for its development at the highest priority level, to implement reforms aimed at raising the cultural level and potential of the population, especially.
DISCUSSION AND RESULTS: today, the formation of the psyche and spiritual world of our youth through culture and art is one of the important tasks. At present, in our country, along with every sphere, much attention is paid to the sphere of culture and art. And it is not without reason that our President Sh. Mirziyoyev emphasized that "The development of literature, art and culture is a solid foundation for raising the spiritual world of our people." In this regard, each document, norm, law and by-laws are aimed at ensuring the development of culture and art in society.
CONCLUSION: the work carried out in the direction of developing culture and art in our country is highly consistent with the priority measures aimed at ensuring spiritual development and bringing the industry to a new level, reflected in the development strategy
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
of the New Uzbekistan. It can be said that these reforms will contribute to the practical implementation of the idea of "From the strategy of actions to the strategy of development", based on the principle of goodness and humanity, and the implementation o f the concept of "New Uzbekistan - an enlightened society". Each nation occupies a strong place in world civilization by the power of its culture and art. The development of this industry is one of the important factors showing the strength and potential of the country, the value of the people, their reputation and status in the world.
Key words: development strategy, enlightened society, culture, art, creative economy, law, cultural environment.
Bugun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar, oldimizda turgan siyosiy tadbirlar, mamlakatimiz, xalqimiz va millatimizning kelgusida asrlar davomida rivojlanishiga mustahkam asos bo'lishi, shubhasiz. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, Yangi O'zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamiz bo'lishi shart".[1]
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmonining 76-maqsadida Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo'yicha quyidagicha vazifalar keltirilgan : madaniyat va san'at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchi va xodimlarni moddiy qo'llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash; teatr san'atini rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash; hududlarda yangi madaniyat obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat olib borishini ta'minlash; o'zbek sirk san'atini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; milliy madaniyatni xalqaro darajada ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni hududlarda o'tkazishni joriy etish; o'zbek xalqi madaniyati va san'atini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan atoqli ijodkor ziyolilar yubileylarini munosib nishonlash, hayoti va faoliyatini keng targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish; respublika hududida joylashgan madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish bilan bog'liq kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining ikkinchi ilovasida: 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 76-maqsadi: Madaniyat va san'at sohalarini
For citation: Kholmuminov Z. Muminmirzo. (2024) 'Measures focusing on culture and art in the new uzbekistan development strategy', Inter education & global study, (9), pp. 344-355. (In Uzbek).
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yаnаdа г^апйпБЬ, mаdаniyаt muаssаsаlаri vа obyektlаrining moddiy-texnikа bаzаsini yаxshilаsh bo'yichа гфММдап ishlаr quyidаgichа:
Ustuvor yo'nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli
Mаdаniyаt уа sаn'аt sohаsi vаkillаri, ijodkorlаr, shuningdek, ushbu sohаdа fаoliyаt olib borаyotgаn professor-o'qituvchi уа xodimlаrni moddiy qo'llаb-quvvаtlаsh уа ulаrning yаshаsh shаroitlаrini yаxshilаsh. Mаdаniyаt уа sаn'аt sohаsidаgi m^muriy-boshqаruv, ^iy-bosh^n^, professor-o'qituvchilаr, ijodiy, mutаxаssis, texnik уа xizmаt ko'rsаtuvchi hаmdа bosh^ xodimlаrining, mehnаt hаqi miqdorlаrini oshirish. O'zbekiston Respublikаsi Prezidenti qаrori loyihаsi
Teаtr sаn'аtini rivojlаntirish уа uning moddiy-texnikа bаzаsini mustаhkаmlаsh. 1. Mаmlаkаtimizdа teаtr sаn'аti sohаsining fаol ijodkorlаrini qo'ltab-quvvаtlаsh. 2. ^а^ sаn'аti milliy mukofoti"ni tа'sis etish. Normаtiv-huquqiy hujjаtlаr loyihаlаri
Milliy mаdаniyаtni xаlqаro dаrаjаdа ommаlаshtirishgа qаrаtilgаn tаdbirlаrni hududlаrdа o'tkаzishni joriy etish. 1. Guliston shаhridа III xаlqаro "Bаxshichilik sаn'аti festivаli"ni tаshkil etish у а o'tkаzish. 2. Buxoro shаhridа II xаlqаro mаqom sаn'аt аnjumаnini o'tkаzish. 3. Nаmаngаndа bir bir mаrtа аn'аnаviy tаrzdа xаlqаro "Gultar bаyrаmi festivаli"ni tаshkil etish уа o'tkаzish. Normаtiv-huquqiy hujjаtlаr loyihаlаri
O'zbek xаlqi mаdаniyаti уа sаn'аtini rivojlаntirishgа munosib qo'shgаn аtoqli ijodkor ziyolilаr yub^y^n^ munosib nishonlаsh, hаyoti уа fаoliyаtini keng tаrg'ib qilish, xotirаsini аbаdiylаshtirish. 1. Jizzаx shаhridа Orifxon Hotаmov nomidаgi mаqom sаn'аti уа mumtoz qo'shiqchilik respublikа tаnlovini o'tkаzish. 2. Qаrshi shаhridа Qodir bаxshi Rаhimov tаvаlludining 85 yilligini munosib nisl'ion^sl! 3. Sаmаrqаnd shаhridа O'zbekiston xаlq shoiri уа bаxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li tаvаlludining 150 yilligini munosib ^shon^. Normаtiv-huquqiy hujjаt by^s^]
O'zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2023-yil 28-fevrаldаgi PF-27-son Fаrmonining ilovаsidа: 2022 - 2026-yillаrgа mo'ljаllаngаn Yаngi O'zbekistonning tаrаqqiyot strаtegiyаsini "Insongа e'tibor vа sifаtli 1а'Ит уШ'^ ата1да oshirishgа oid Dаvlаt dаsturining 76-mаqsаdi: Mаdаniyаt vа sаn'аt sohаlаrini yаnаdа rivojlаntirish, mаdаniyаt muаssаsаlаri vа оЬуе^апптд moddiy-texnikа bаzаsini yаxshilаsh bo'yichа гф^Мдап ishlаr quyidаgichа:
Ustuvor yo'nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli
Qorаqаlpoq milliy folklor sаn'аtini dаvlаt tomonidаn qo'llаb-quvvаtlаsh orqаli yаnаdа rivojlаntirish уа uni Qorаqаlpoq milliy folklor sаn'аtini dаvlаt tomonidаn qo'llаb-quvvаtlаsh: Vаzirlаr Mаhkаmаsi qаrori loyihаsi
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mod
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
respublika va jahon miqyosida ommalashtirish. ^H^^^^^H^^H "Ayqulash" qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli faoliyatini rivojlantirish maqsadida uning ijodiy an'analarini saqlab qolish va rivojlan-tirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish; Qoraqalpoq milliy raqs san'atining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari "oltin fondi"ni yaratish; ansamblning respublikamiz va xorijiy mamlakatlarga gastrol safarlarini tashkil etish.
Milliy madaniyatimiz va san'atimizni keng targ'ib qilishga qaratilgan xalqaro madaniy tadbirlarni o'tkazish 1. Guliston shahrida III xalqaro Baxshichilik san'ati festivalini tashkil etish va o'tkazish. 2. "Sharq taronalari" XIII xalqaro musiqa festivalini tashkil etish va o'tkazish. 3. Buxoro shahrida II xalqaro maqom san'ati anjumanini tashkil etish va o'tkazish. 4. Toshkent viloyatida "Bahor nafasi" xalqaro festivalini tashkil etish va o'tkazish. 5. Andijon viloyatida "Dunyo sadolari" xalqaro festivalini tashkil etish va o'tkazish. 6. Toshkent shahrida Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalini tashkil etish va o'tkazish. Chora-tadbirlar dasturi
Respublikaning barcha hududlarida, ayniqsa, chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiladigan aholiga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish. 2023-yilda respublika miqyosida o'tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasini tasdiqlash, bunda: Hududlarda "Madaniyat karvoni", "Madaniyat kunlari", "Milliy kino kunlari", "Kitob aksiyasi" tadbirlari; Badiiy va sirk jamoalari, davlat teatrlarining hududlarga gastrol safarlari, konsert va maydon tomoshalari, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish va o'tkazishni nazarda tutish. Chora-tadbirlar dasturi
Yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, havaskor iste'dodli yoshlarni izlab topish, ularni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish 1. Havaskor ijodkor yoshlar teatr-studiyalari ko'rik-festivalini tashkil etish va o'tkazish; 2. "Yangi O'zbekistonning yangi iste'dodlari" qo'shiqlar teletanlovini o'tkazish; 3. Baxshichilik san'ati yo'nalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika ko'rik-tanlovini o'tkazish. Amaliy chora-tadbirlar
Ijodiy iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ijodiy O'zbekistonda ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda 2024-yilda ijodiy Amaliy chora-tadbirlar[3]
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
iqtisodiyot tаrmoqlаrigа e'tiborni kuchаytirish.
iqtisodiyot Ы^Ыпа IV Butunjаhon аnjumаnini o'tkаzishgа tаyyorgаrlik ko'rish, bundа:
ijodiy iqtisodiyot bo'yichа xorijiy ilg'or t^r^^mi o'rgаnish;
2023 - 2026^Уа^а O'zbekistondа ijodiy iqtisodiyotni r^^^insl dаsturini qаbul qilish;
ijodiy iqtisodiyot b^'yicl^ IV Butunjаhon аnjumаnini o^zis!^ tаyyorgаrlik ko'rish уа o'tkаzish yuzаsidаn аmаliy chorа-tаdbirlаrni belgilаsh._
O'zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2024-yil 21-fevrаldаgi PF-37-son Fаrmonining ilovаsidа: "O'zbekiston — 2030" strаtegiyаsining Наг bir insongа o'z Ба^^а^т ro'yobgа chiqаrish uchun munosib sl^oi^r yаrаtish yo'nаlishi bo'yichа 2024-yi^ mo'ljаllаngаn Аmаliy tаdbirlаr rejаsining 40,41 -mаqsаdlаridа mаdаniyаt vа sаn'аt sohаsini yаnаdа rivojlаntirish, mаdаniyаt muаssаsаlаri vа obyektlаrining moddiy-texnikа bаzаsini yаxshilаsh bo'yichа rejаlаshtirilgаn ishtar quyidаgichа.
Vazifalar Amaliy chora-tadbirlar
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san'atini har tomonlama rivojlanti rish, yuksak badiiy-g'oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish
Zаmonаviy teаtr уа sirk sаn'аti yo'nаlishidа xаlqаro hаmkorlikni rivojlаntirish уа yuksаk bаdiiy-g'oyаviy sаviyаgа egа sаhnа аsаrlаrini yаrаtish. 1. Dаvlаt teаtrlаri уа sirk jаmoаlаrini xаlqаro festivаl уа gаstrollаrgа yuborilishini tаshkil etish; 2. Dаvlаt teаtrlаridа уа sirkdа fаoliyаt yuritаyotgаn ijodiy уа yordаmchi xodimlаrning xorijiy dаvlаtlаrning nufuzli teаtr уа sirklаridа mаhorаtini oshirish; 3. Dаvlаt buyurtmаsi аsosidа dаvlаt teаtrlаridа yаngi spektаkllаrni sаhnаlаshtirish; 4. Dаvlаt teаtrlаri tomonidаn nаmoyish etilаdigаn spektаkllаrgа 3 6 mln nаfаr tomoshаbinni jаlb qilish. 5. Joylаrdа o'tkаzilаdigаn sirk ^[тк^а^п sonini 550 tаgа oshirish.
41-maqsad: O'zbek milliy san'atini jahon sahnalarida keng targ'ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish
O'zbek milliy sаn'аtini jаhon sаhnаlаridа keng tаrg'ib qilish orq^i mаmlаkаtimizning turistik sаlohiyаtini oshirish. 1. Respublikаdа xаlqаro festivаllаr, аnjumаnlаr, forum^r уа boshqа tаdbirlаrni yuqori sаviyаdа o'tkаzish. 2. Dаvlаt konsert-tomoshа muаssаsаlаri tomonidаn nаmoyish etilаdigаn mаdаniy tаdbirlаr уа festivаllаrgа 10 mln nаfаr tomoshаbinlаrni jаlb etish chorаlаrini ko'rish; 3. Mаdаniyаt уа sаn'аt tizimidаgi oliy tа'lim muаssаsаlаrining ilmiy sаlohiyаtini oshirish, xususаn ilmiy dаrаjаli уа unvonli kаdrlаr sonini 10 nаfаrgа ko'pаytirish chorаlаrini ko'rish; 4. Mаdаniyаt уа sаn'аt sohаsidа iste'dodli уа yuqori mаlаkаli ijodkorlаrning mаhorаt mаktаblаrini tаshkil etish.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Hay4HO-reopeTM4ecK^ и методический журнaл ОПО/1 Mod
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Madaniyat va san'at sohasida 1. Hududlarda ijodkor yoshlar uchun madaniyat va san'at faoliyat yuritayotgan lijodkor yoshlarni yo'nalishida "Yangi O'zbekiston iste'dodlari" tanlovining Nizomini saralash, ular uchun ijodiy maydon ishlab chiqish■
yanrïsh hamda yangi iste'dodlarni kashf ^aangi o'zbekiston iste'dodlari" tanlovini o'tkazish;
. 3. Tanlov orqali saralab olingan ijodkor yoshlarni davlat
tadbirlariga jalb qilish hamda ularning ijodini ommaviy axborot _vositalari orqali keng targ'ib qilish.[4]_
"Xalqimizning rivojlanish darajasi, avvalo, milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma'noda, madaniyat bu - xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O'zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni, avvalo, milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim" - degan edi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev.
Har bir millatning o'tmishi, buguni va kelajagidan so'zlovchi vosita bu - milliy madaniyatidir. Xalqimiz o'zining boy madaniyati va san'ati bilan bugungi kunda dunyo hamjamiyatida o'ziga xos o'rin egallab kelmoqda. Ayniqsa, mana shu olti yil ichida e'tiborga molik ko'plab ishlar amalga oshirildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 2017-yil 7-fevralda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan "Harakatlar strategiyasi" yurt ravnaqida o'ziga xos dasturuamal bo'lib xizmat qildi va keng qamrovli ishlarni amalga oshirilishida muhim omil bo'ldi. Chunonchi, strategiyaning 4-ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" borasida joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta'minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta'lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo'l -transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bog'liq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston" tushunchasi ham xalqimiz tilida o'ziga xos tarzda yangradi va yangicha dunyoqarash, fikrlash sari qadam tashlashga undamoqda. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, "Bugugi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas".
Yangi O'zbekiston - demokratiya inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, o bod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.
Qaysi davlatda xalqning farovonligi, huquq va erkinligi munosib tarzda qadrlansa, xalqning roziligiga erishilsa u davlatning ertasi buyuk hamda e'tiborda bo'ladi. Xalq roziligiga erishish, yurt farovonligini ta'minlash, dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallash maqsadida bugungi kunda yurtimizda keng ko'lamli qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ko'plab sohalarga e'tibor qaratilmoqda.
Inson tirik ekan kuy, qo'shiqqa, ko'ngilga kayfiyat baxsh etuvchi san'at durdonalariga ehtiyoj sezadi. Madaniyat va san'at - jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining bemisil kashfiyotidir. Yangilanayotgan O'zbekistonda e'tibor qaratilayotgan muhim
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
sohalardan biri ham aynan madaniyat va san'at sohasidir. Madaniyat va san'at mamlakatning, millatning yuzi, ko'rki hisoblanadi. Har bir xalq o'z milliy madaniyati, urf-odati o'z shakl shamoiliga egaligi bilan alohida ajralib turadi. O'zbek xalqining faqat o'zigagina xos boy madaniy merosi borki, u o'z jozibasi bilan kurrai zamin ahlini o'ziga rom etib kelmoqda. Bu jahoniy e'tirof davlatimiz rahbari tomonidan soha taraqqiyotiga qaratilayotgan katta e'tibor, g'amxo'rlikning mevasi desak yanglishmagan bo'lamiz.
Jumladan, sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-mayda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3022-sonli qarori, 2017-yil 14-avgustda "Madaniyat va san'at tashkilotlari, ijodiy uyishmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi pQ-3201-sonli qarori, 2018-yil 14-mayda "Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag'batlantirishni kuchaytirish to'g'risida"gi PQ-3727-sonli qarori, 2018-yil 1-avgustda "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3892-sonli qarori, 2018-yil 26-avgustda "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish to'g'risida"gi PQ-3920-sonli qarori, 2018-yil 28-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ -4038-sonli qarori, 2020-yil 26-mayda "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmoni [5] qabul qilindi. Shu bilan birgalikda 2021-yil 9-dekabrda "Madaniyat va san'atni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-36-sonli hamda 2022-yil 2-fevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorlari hamda 2023-yil 27-iyulda "Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-114-sonli Farmonida[6] ham sohaga oid dolzarb masalalar belgilangan bo'lib, ularni amalga oshirishda soha mutasaddilariga juda katta vazifalar yuklatilgan. Madaniyat va san'at sohasida juda ko'p yillar davomida mehnat qilgan fidoyi insonlardan biri bo'lgan ustozim siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov "Har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam"ligini alohida ta'kidlagan.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2021 -yil 6-yanvarda Senat tomonidan ma'qullangan "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni madaniy faoliyatni, madaniyat tashkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ijodkorni, ijodiy jamoani, ijodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash borasida ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Sohaga hamda soha vakillariga qaratilayotgan yuksak e'tibor namunasi sifatida 15 -aprel sanasini aynan "Madaniyat xodimlari kuni" etib belgilanishida ham ko'rishimiz mumkin. Avval hech kuzatilmagan bu voqelik soha xodimlarini benihoya mamnun etdi. Ushbu tarixiy voqelik, soha xodimlari tomonidan mamnuniyat bilan qarshilandi hamda
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
quvontirdi. O'z vazifalarini yanada sidqidildan ado etishlarida turtki bo'ldi desak, yanglishmaymiz.
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan, "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Qarori yoshlarni madaniyat markazlariga jalb etish, tanlovlar, festivallar o'tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yilishi, o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar tashkil etilishi kabi bir qator vazifalar maqsad qilingan.
Yurtimizda madaniyat va san'at ravnaqi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aks etgan ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarga nihoyatda hamohangdir. Mazkur islohotlar ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasining hayotiy ro'yobiga, "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirishga hissa qo'shadi deb ayta olamiz. Har bir millat o'z madaniyat va san'atining qudrati bilan jahon tamaddunidan mustahkam joy egallaydi.
Hozirda yangi ishlab chiqilgan "Taraqqiyot strategiyasi"da ham ma'naviy-ma'rifiy sohaga alohida bo'lim ajratilishi va uning ichiga 2022 - 2026-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshiriladigan ishlar rejasini kiritilishi bu ham sohaga qaratilgan yuksak e'tibor namunasidir. Biz uchun ma'naviyat - insonlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, hurmat va e'tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, ma'naviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining Prezidentimiz raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilishi ma'naviy hayotimizda yangi islohotlar davrini boshlab berdi. Ushbu tarixiy uchrashuvda ma'naviyat, ma'rifat, madaniyat, san'at, adabiyot va ijod sohalaridagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. [7] Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish, jamiyat tarqqiyotidagi o'rnini oshirish, xalqaro hamjamiyatda O'zbekiston imidjini madaniyat va san'at sohasi orqali mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Hukumat qarorlar loyihalari tayyorlanib, bugungi kunda birma-bir imzolanmoqda. Uchrashuvda belgilab berilgan vazifalardan biri, 2024-yilning 2-
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
4-oktabr kunlari Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo'yicha IV butunjahon konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada 80 dan ortiq davlatdan 2000 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, san'at, madaniyat, arxitektura, moda va boshqa ijodiy soha vakillari qatnashishdi. Anjumanda kreativ iqtisodiyot kelajagi, yangi texnologiyalar, xususan, sun 'iy intellektning mazkur sohaga ta'siri muhokama qilinadi.
Ma'lumot uchun, dunyoda madaniy va ijodiy sanoat yiliga 2,3 trillion dollar daromad keltiradi. Bu global yalpi ichki mahsulotning qariyb 3,1 foiziga teng. 2030-yilga borib ushbu ko'rsatkich 10 foizga o'sishi kutilmoqda. 2024-yil 3-oktabrda "Kreativ iqtisodiyot to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 0'RQ-970-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunga ko'ra, Kreativ industriya sohalaridagi faoliyat yo'nalishlari quyidagilar etib belgilandi, jumladan: adabiy ijodni; amaliy san'at va hunarmandchilikni; arxitektura, loyihalashtirish va urbanistikani; audiovizual san'atni; ijrochilik san'atini; konsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishni; raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyatni. [8]
Bugungi kunda sohaga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik namunasini yuqorida bir qator misollar bilan keltirib o'tdik. Bu kabi sohani rivojlantirishga doir chora -tadbirlar hamda yuksak e'tibor va imzolangan farmon, qarorlarning ijrosini ta'minlash doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan g'amxo'rlik va imkoniyatlar yaqin kelajakda tub o'zgarishlarga olib keladi va o'z samarasini ko'rsatadi desak, xato bo'lmaydi. Bunday yuksak e'tibor hamda ishonchni his qilgan holda biz kabi yosh yetishib chiqadigan mutaxassislar hamda soha xodimlari ham yanada shijoat bilan ishlashi, madaniyat va san'at sohasi ravnaqiga bor kuch va salohiyatini safarbar etishi lozimdir. Shunday ekan, Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli, salohiyatli, munosib obro' -e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi".
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. M.Xolmo'minov. Milliy madaniyat - renessans poydevori [Matn]: monografiya. -Toshkent: «Donishmand ziyosi», 2024. - 160 bet.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni. 2022-yil 28-yanvar, PF-60-son
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" Farmoni. 2023-yil 28-fevral, PF-27-son
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni. 2024-yil 21-fevral, PF-37-son
5. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. Uslubiy qo'llanma - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. M.Xolmo'minov. Madaniyat va san'at muassasalari xodimlarining malakasini oshirish dasturi /Uslubiy qo'llanma/ -Toshkent: "IJOD-PRINT", 2023.-85 b.
7. O.Nazarbekov. Yangi kuch, yangi harakatga aylanayotgan ma'naviyat. "Yangi O'zbekiston" gazetasi. 2023-yil 28-dekabr, 270-son.6
8. "Kreativ iqtisodiyot to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 3-oktabrdagi 0'RQ-970-sonli Qonuni.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Xolmo'minov Mo'minmirzo Zokir o'g'li, "Madaniyat va san'at menejmenti" kafedrasi dotsenti v.b., [Холмуминов Муминмирзо Зокирович, и.о. доцент кaфедpы «^brypa и apт-менеджмент»], [Kholmuminov Z. Muminmirzo, Associate Professor of the Department of Culture and Art Management], manzil: O'zbekiston, Toshkent viloyati Qibary tumani Bobur mahallasi, Universitet ko'chasi, 8-uy, 10-xonadon; [aдpес: Узбеки^^ Тaшкентскaя облaсть, Кибapинский paйон, микpоpaйон Бaбypa, yлицa Унивеpситет, дом 8, дом 10]; [address: Uzbekistan, 8th house, 10th house, Universitet street, Babur neighborhood, Kybary district, Tashkent region].