Научная статья на тему 'YАNGI ОʻZBЕKISTОN SHАRОITIDА YОSH АVLОD TАRBIYАSINING STRАTЕGIK YОʻNАLISHLАRI'

YАNGI ОʻZBЕKISTОN SHАRОITIDА YОSH АVLОD TАRBIYАSINING STRАTЕGIK YОʻNАLISHLАRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yаngilаnаyоtgаn Оʻzbеkistоn / Оʻzbеkistоnning tаrаqqiyоt Strаtеgiyаsi / glоbаlizаtsiyа / milliy оʻzikni аnglаsh / qоnun ustuvоrligi / yоshlаr tаfаkkuri / siyоsiy fаоllik / jаmоаt tаshkilоtlаri / milliy qаdriyаtlаr / milliy оʻzlikni аnglаsh. / Rеnеwing Uzbеkistаn / Dеvеlорmеnt Strаtеgy оf Uzbеkistаn / glоbаlizаtiоn / undеrstаnding оf nаtiоnаl idеntity / rulе оf lаw / yоuth thinking / роliticаl аctivity / рublic оrgаnizаtiоns / nаtiоnаl vаluеs / nаtiоnаl idеntity undеrstаnding.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Lutfillоyеvа, Muаttаr Umidillо Qizi, Yusubоv, Jаlоliddin Kаdаmоvich

Mustаqillikning uchinchi оʻn yilligi Оʻzbеkistоnni tubdаn оʻzgаrtirib, jаmiyаtimizni mоdеrnizаtsiyа qilish, dеmоkrаtiyаlаshtirish vа huquqiy dаvlаt qurish yоʻlidа ulkаn yutuqlаrgа еrishishgа imkоn bеrdi. Рrеzidеnt Shаvkаt Mirziyоyеvning tаshаbbuslаri bilаn аmаlgа оshirilаyоtgаn islоhоtlаrning mаrkаzidа insоn vа uning fаrоvоnligi, xususаn, yоsh аvlоdning kеlаjаgi turаdi. Yаngi Оʻzbеkistоnning tаrаqqiyоti еsа, birinchi nаvbаtdа, bilimli, vаtаngа sаdоqаtli, ijоdiy vа tаnqidiy fikrlаy оlаdigаn yоsh аvlоdni tаrbiyаlаshgа bоgʻliqdir. Ushbu mаqоlаdа yоsh аvlоd tаrbiyаsining strаtеgik yоʻnаlishlаri, zаmоnаviy tаlаblаrgа mоs rаvishdа ulаrning shаxsiy rivоjlаnishi vа jаmiyаtgа intеgrаtsiyаsi muаmmоlаri kоʻrib chiqilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по философии, этике, религиоведению , автор научной работы — Lutfillоyеvа, Muаttаr Umidillо Qizi, Yusubоv, Jаlоliddin Kаdаmоvich

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRАTЕGIC DIRЕCTIОNS ОF ЕDUCАTIОN ОF THЕ YОUNG GЕNЕRАTIОN IN THЕ CОNDITIОNS ОF NЕW UZBЕKISTАN

Thе third dеcаdе оf indереndеncе hаs fundаmеntаlly chаngеd Uzbеkistаn аnd mаdе it роssiblе tо аchiеvе grеаt рrоgrеss in thе dirеctiоn оf mоdеrnizаtiоn, dеmоcrаtizаtiоn аnd thе еstаblishmеnt оf а lеgаl stаtе. Аt thе cеntеr оf thе rеfоrms imрlеmеntеd by thе initiаtivе оf Рrеsidеnt Shаvkаt Mirziyоyеv is thе humаn bеing аnd his wеll-bеing, еsреciаlly thе futurе оf thе yоung gеnеrаtiоn. Thе dеvеlорmеnt оf thе nеw Uzbеkistаn dереnds, first оf аll, оn еducаting thе yоung gеnеrаtiоn whо is еducаtеd, lоyаl tо thе mоthеrlаnd, crеаtivе аnd аblе tо think criticаlly. This аrticlе еxаminеs thе strаtеgic dirеctiоns оf thе еducаtiоn оf thе yоung gеnеrаtiоn, thе рrоblеms оf thеir реrsоnаl dеvеlорmеnt аnd intеgrаtiоn intо sоciеty in аccоrdаncе with mоdеrn rеquirеmеnts.

Текст научной работы на тему «YАNGI ОʻZBЕKISTОN SHАRОITIDА YОSH АVLОD TАRBIYАSINING STRАTЕGIK YОʻNАLISHLАRI»

Research BIB / Index Copernicus

YANGI O'ZBEKISTON SHÄROITIDÄ YOSH AVLOD TARBIYASINING STRATEGIK YO'NALISHLARI

Lutfilloyeva Muattar Umidillo qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi

"Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (ma'naviyat asoslari)" mutaxasisligi 1-kurs magistranti Telefon raqam: +998 91 586 18 78 muattarlutfilloyeva@gmail .com

Ilmiy rahbar: f.f.d. (DSc), dotsent Yusubov Jaloliddin Kadamovich

Mustaqillikning uchinchi o'n yilligi O'zbekistonni tubdan o'zgartirib, jamiyatimizni modernizatsiya qilish, demokratiyalashtirish va huquqiy davlat qurish yo 'lida ulkan yutuqlarga erishishga imkon berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson va uning farovonligi, xususan, yosh avlodning kelajagi turadi. Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti esa, birinchi navbatda, bilimli, vatanga sadoqatli, ijodiy va tanqidiy fikrlay oladigan yosh avlodni tarbiyalashga bog'liqdir. Ushbu maqolada yosh avlod tarbiyasining strategik yo 'nalishlari, zamonaviy talablarga mos ravishda ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga integratsiyasi muammolari ko 'rib chiqiladi.

Kalit soizlor: Yangilanayotgan O'zbekiston, O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi, globalizatsiya, milliy o'zikni anglash, qonun ustuvorligi, yoshlar tafakkuri, siyosiy faollik, jamoat tashkilotlari, milliy qadriyatlar, milliy o'zlikni anglash.

STRATEGIC DIRECTIONS OF EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION IN THE CONDITIONS OF NEW UZBEKISTAN

ABSTRACT

The third decade of independence has fundamentally changed Uzbekistan and made it possible to achieve great progress in the direction of modernization, democratization and the establishment of a legal state. At the center of the reforms implemented by the initiative of President Shavkat Mirziyoyev is the human being and his well-being, especially the future of the young generation. The development of the new Uzbekistan depends, first of all, on educating the young generation who is educated, loyal to the motherland, creative and able to think critically. This article examines the strategic directions of the education of the young generation, the

ANNOTATSIYA

Research BIB / Index Copernicus

рrоblеms оf hir реrsоnаl dеvеlорmеnt аnd intеgrаtiоn intо sоciеty in аccоrdаncе with mоdеrn rеquirеmеnts.

Key words: Rеnеwing Uzbеkistаn, Dеvеlорmеnt Strаtеgy оf Uzbеkistаn, glоbаlizаtiоn, undеrstаnding оf nаtiоnаl idеntity, rub оf iqw, yоuth thinking, роliticаl аctivity, рublic оrgаnizаtiоns, nаtiоnаl vаluеs, nаtiоnаl idеntity undеrstаnding.

СТРАТЕГИЧЕСКИЕ НАПРАВЛЕНИЯ ВОСПИТАНИЯ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ В УСЛОВИЯХ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

АННОТАЦИЯ

Третье десятилетие независимости коренным образом изменило Узбекистан и позволило добиться большого прогресса в направлении модернизации, демократизации и становления правового государства. В центре реформ, реализуемых по инициативе Президента Шавката Мирзиёева, находится человек и его благополучие, особенно будущее молодого поколения. Развитие нового Узбекистана зависит, прежде всего, от воспитания молодого поколения, образованного, преданного Родине, творческого и способного критически мыслить. В данной статье рассматриваются стратегические направления воспитания молодого поколения, проблемы его личностного развития и интеграции в общество в соответствии с современными требованиями.

Ключевые слова: Обновляющийся Узбекистан, Стратегия развития Узбекистана, глобализация, понимание национальной идентичности, верховенство закона, молодежное мышление, политическая деятельность, общественные организации, национальные ценности, национальная идентичность. Понимание.

Yangilanayotgan O'zbekistonda jamiyat va xalq hayotining barcha sohalari qatori, yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi o'rni va ahamiyati bilan bog'liq jabhalarida tub burilishlar yasadi. Ushbu jarayonning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'lgan qonun ustuvorligiga asoslangan huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining mustahkamlanishi tufayli davlatning yoshlarga oid siyosati to'g'risidagi qarashlar va bunda ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi natijasida yosh avlod qiyofasidagi o'zgarishlar hamda bu o'zgarishlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri muammolarini o'rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, davlatning yoshlarga oid siyosatida bozor munosabatlari mustahkamlanib borayotgan hozirgi sharoitida jamiyat ijtimoiy

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

negizida yuz berayotgan o'zgarishlar, yoshlar ijtimoiy qatlamlari orasidagi tabaqalashuv jarayonlari natijasida vujudga kelayotgan yangi guruhlar, shuningdek, ularning rang-barangligini ta'minlovchi tamoyillarni hisobga olishga to'g'ri kelmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikri yoshlarga oid davlat siyosatining bugungi kundagi eng asosiy maqsad-muddaolari va ustivor yo'nalishlarini aniqlash va anglashda nihoyatda muhim nazariy dasturulamal bo'lib hisoblanadi: "Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu borada yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib, hayotdan munosib o'rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz" [2].

Yangi O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi milliy g'oya va mafkuraviy mustaqillikni mustahkamlashga asoslangan. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, o' z ona yurtining tarixi va madaniyatiga chuqur bilimli qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun tarixni chuqur o'rganish, milliy adabiyot va san'at asarlarini ommalashtirish, Vatan himoyasi g'oyasini targ'ib qilish zarur. Shu bilan birga, milliy o'zlikni anglashni shakllantirishda tolerantlik, bag'rikenglik va boshqa millat vakillariga hurmat ruhini singdirish muhimdir.

Globalizatsiya jarayonlarida bilim va ko'nikmalarni doimiy ravishda yangilab turish zarur. Yosh avlodni raqobatbardosh qilish uchun ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo'nalishlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari va raqamli savodxonlikni oshirish lozim. Ta'limning interaktiv uslublarini joriy etish, mustaqil fikrlash va muammo hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish kerak. Ta'lim jarayonida amaliyotga yo'naltirilgan yondashuvni qo'llash, o'quvchilarning kasb-hunarga yo'nalishini ta'minlash muhimdir.

Yangi O'zbekiston innovatsion rivojlanishga intiladi. Shuning uchun yosh avlodda ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklarni yaratish va qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Buning uchun o'quv jarayonida ijodiy loyihalar, tadqiqot ishlari, intellektual musobaqalar va boshqa innovatsion usullardan

Research BIB / Index Copernicus

foydalanish muhimdir. Shu bilan birga, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va mustaqil xulosalar chiqarish ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor berish kerak.

Huquqiy davlatda yosh avlodning huquqiy madaniyati yuqori bo'lishi kerak. Ularni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat qilishga, o'z huquq va majburiyatlarini bilishga, qonun oldida tenglik va adolat tamoyillariga ishonishga o'rgatish muhimdir. Fuqarolik mas'uliyatini oshirish uchun yosh avlodni ijtimoiy faollikka jalb qilish, ularning jamoat ishlariga qatnashishini rag'batlantirish kerak.

Globalizatsiya davrida xalqaro hamkorlik va global muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlar muhimdir. Yosh avlodni boshqa madaniyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini bilishga, global muammolarni (iqlim o'zgarishi, ekologik muammolar, terrorizm) tushunishga o'rgatish zarur.

Adabiyotlar tahlili

Masalani keng tahlil qilish, ayniqsa Sharq qomusiy olimlarining merosini chuqur o'rganish, bu qarashlarning bir tomonlama xususiyatga ega ekanligi, ularda ko'proq yevropamarkazchilik tendensiyalari ustivorligini yaqqol ko'rsatadi. Shu bilan birga, tahlil Sharq xalqlariga xos yoshlar tarbiyasi tamoyillari va bu sohada uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida shakllangan ma'naviy omillar va urf-odat hamda milliy an'analar Yangi O'zbekistonda yoshlarga doir davlat siyosatini tashkil qilish va amalga oshirishning muhim asoslaridan biri bo'layotganidan dalolat beradi. Ayni shu ma'noda, "...Sharq ...ni teran o'rganish, shu asosda ulug' madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o'tmishimizdan qolgan mafkuradan xalos bo'lish, o'zimizning asrlar sinovidan o'tgan, ulug' ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzarb vazifamizdir" [5, 276 b].

"Hujjatul Islom" Imom Abu Homid al-G'azzoliy "Kimyoi saodat" asarida ta'kidlaganidek: "Inson farishta va hayvon orasidagi mahluqdir. Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati yo'q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o'zi pok ilohiy nurdan iborat, Chunki insonlardagina rivojlanish, ruhiy kamolot hislati mavjud" [5, 277 b]. Ma'naviy tarbiya - taraqqiyot taqozosi, jamiyat rivojining o'ziga xos omili ekani shubhasiz. Ammo ayni vaqtda u yoshlarning axloqiy qiyofasi, qalbi va ongini egallayotgan tamoyillar mazmun-mohiyatini belgilaydigan, ya'ni, shakllanib kelayotgan avlodning ma'naviyatiga katta ta'sir qiladigan, bu sohadagi ma'naviy mezonlarni shakllantiradigan va mustahkamlaydigan eng muhim omillardan biridir.

Research BIB / Index Copernicus

2700 yil oldin yashagan qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy o'z imperatoriga shunday "maslahat" bergan ekan: "Hoqonim, agar biror mamlakatni zabt etib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo'lsangiz, dastavval o'sha erda yashayotgan xalqni o'z tarixi madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o'raladi, sizga qarshilik ko'rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish oson kechadi" [5, 277 b], - deya ta'kidlab o'tgani e'tiborga molikdir. Binobarin, madaniyat va ma'naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlarni taraqqiy etishiga izn bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo'llaridan biri ekanligini istilochi ya'ni bosqinchilar doimo juda yaxshi anglagan.

Tаdqiqоt mеtоdоlоgiyаsi

O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Globallashuv yanada chuqurlashib borayotgan davrda fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bugungi yoshlardagi mustaqil fikr, tezkor qarorlar qabul qilishi, innovatsion tafakkur, valelogik ong, intellektual salohiyatga kundalik hayot ehtiyoji sifatida qaralmoqda.

Keyingi paytlarda nafaqat ta'lim sohasi, balki tarbiya sohasida ham innovatsiyalardan foydalanishni mukammal yo'lga qo'yish borasida pedagog olimlarimiz ilmiytavsiyalar berib kelmoqdalar. Pedagog olimlar V.Ishmuhammedov va M.Yuldashevlarning ta'kidlashicha: "...O'quvchilarni tarbiyaviy jarayonga jalb etish masalalariga bag'ishlangan kerakli uslubiy tavsiyalar va maslahatlarni pedagogik kadrlarga yetkazish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir" [6, 92,93-b]. Haqiqatda ham "Tarbiya" fani o'qituvchisi milliy urf-odat va marosimlar haqidagi masalalarini tushuntirganda "Kichik guruhlarda ishlash" interfaol metodidan foydalansa yaxshi samara beradi. Bunda sinf to'rtta guruhga bo'linib, har bir guruhga urf-odat va marosimlarning qaysidir turini topish va uning ahamiyatini izohlash topshiriladi.

Bunda birinchi guruhga yoshlarni Vatanga, o'z xalqiga muhabbat ruhida tarbiyalashni shakllantirishga qaratilgan urf-odat va marosimlar tizimini aniqlash topshiriladi;

Ikkinchi guruhga- yoshlarda fuqarolik burchi, tanlagan kasbiga mas'uliyat hissini shakllantiruvchi urf-odat va marosimlar;

Uchinchi guruhga- yoshlarning axloqiy fazilatlarini takomillashtirishga qaratilgan urf-odat va marosimlar;

Research BIB / Index Copernicus

To'rtinchi guruhga- kelgusida urf-odat va marosimga aylanishi mumkin bo'lgan tarbiyaviy tadbirlar tizimini bayon qilishini topshirish mumkin.

Barcha guruhlar o'z taqdimotlarini qilib bo'lgandan so'ng, o'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtiradi va to'ldiradi. O'quvchilarga taqdimot davrida o'zlariga berilgan topshiriqlarga boshqa guruh a'zolarining munosabat bildirishi, hayotiy misollar keltirishiga, tanqidiy tahlilga ruxsat beriladi. Guruhlarda o'zaro kelishmovchilik kelib chiqmasligi uchun o'qituvchi jarayonni o'ta sergaklik bilan boshqarib boradi, guruhlarning javoblari rag'batlantirib turiladi.

Ushbu innovatsion ta'lim texnologiyasini qo'llash jarayonida o'quvchilarni hayotda mavjud urf-odat va marosimlar, ularning barkamol inson tarbiyasidagi ahamiyati bilan birgalikda to'rtinchi guruhning javoblari ham qiziqtiradi. Tajribamiz shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar kelgusida urfodat va marosimga aylanishi mumkin bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritadilar: "Yosh kitobxonlar konferensiyalari", "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovlari, "Tarixiy joylarga ekskursiya", "Men sevgan kasb" festevallarini o'tkazishni taklif etadilar. Tanlangan innovatsion ta'lim metodining afzalligi shundaki, butun dars davomida o'quvchilar izlanadilar, mustaqil fikrlaydilar va har bir masalaga o'z nuqtai nazarlarini bayon qiladilar. Dars oxirida o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi. "Tarbiya" fanini o'qitishda ana shunday innovatsion ta'lim texnologiyalarida foydalanib dars o'tish ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Tahlil va natijalar

Yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to'g'ri baho bera olmaslik, ijtimoiy muammolarni hal etishda to'g'ri qaror qabul qila bilmaslik, hayotda o'z o'rnini topish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlarni shakllantira olmaslik hollari uchrab turibdi. Bular o'z navbatida oila va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi, loqaydlik, huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat" ning turli ko'rinishlari osonlikcha qabul qilinishi kabi illatlarning tarqalishiga zamin yaratmoqda. Natijada, yoshlar tarbiyasida prinsipial, yangicha yondashuvlar va innovatsiyalarni takomillashtirish, strategik maqsad hamda vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish ehtiyoji kun tartibiga qo'yildi. Shu ehtiyoj asosida tarbiya fani konsepsiyasi, davlatta'lim standarti, dasturlar ishlandi, zamonaviy darslik yozishga kirishildi.

"Tarbiya" fani konsepsiyasini yaritish jarayonida Buyuk Britanya, Yaponiya, Singapur, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklarining ushbu sohaga oid ilg'or tajribalari tahliliy o'rganildi. Endilikda milliy qadryatlarimizga asoslangan tarbiya metodlari "Tarbiya" fani konsepsiyasiga asos qilib olindi. Chunki Sharq tarbiyasining durdonalari: millatimizdagi andisha, hamjihatlik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik,

Research BIB / Index Copernicus

mehmondo'stlik, xushmuomalalik, kattaga hurmat, kichkinaga izzat fazilatlarini kamdan-kam xalqlar tarbiyasida uchratish mumkinligini xorijiy tajribani o'rganish jarayonida esdan chiqarilmadi. Taniqli pedagog olimlarimiz ta'kidlagandek, "Zero, sog'lom demokratik jamiyatni yaratishning muhim shartlaridan biri, avvalo, har jihatdan sog'lom, ma'naviyati yuksak, mustaqil fikrlovchi yangi avlodni tarbiyalashdan iboratdir"[7, 9-b]

O'quvchi yoshlarda yuqorida qayd etilgan xislatlar mentalitetimizga xos etnopisixologiya, urf-odat, turmush tarzi, odob-axloq, qadryatlar va ta'limtarbiya mazmuni ta'sirida shakllanadi. Shuningdek, bu xususiyatlar ularning hayotini, undagi jarayonlar va munosabatlarni o'zlari kuzatishi, idrok qilishi va anglab yetishiga imkon yaratadi. Shu bois ijtimoiy munosabatlarning globallashuvi va jadallashuvi kuchayib borayotgan bugungi kunda ma'naviy tarbiya jarayonlarini takomillashtirish,umumiy o'rta ta'lim maktablari dasturiga kiritilgan "Tarbiya" fanining o'qitilishiga zamonaviy yondashuv yoshlarni ongi va qalbini yovuz va g'arazli maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilayotgan kuchlar va tahdidlardan himoya qilishga ham xizmat qiladi. Shuning uchun ham umumiy o'rta ta'lim maktablari dasturiga "Tarbiya" fanining kiritilishi juda dolzarb va o'z vaqtida qilingan qaror bo'ldi. "Tarbiya" fanidan dars berayotgan o'qituvchi zamonaviy dars mashg'ulotlarini tashkil etish uchun ta'lim innovatsiyalaridan unumli foydalanishi talab etiladi.

Yangi O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi milliy g'oya va mafkuraviy mustaqillikni mustahkamlash, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallash, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, huquqiy madaniyat va fuqarolik mas'uliyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlik va global fuqarolarni tarbiyalashga qaratilgan strategik yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ta'lim tizimining islohoti, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, ijtimoiy sheriklik va ommaviy axborot vositalarining roli beqiyosdir. Faqatgina bu yo'nalishlarda izchil va samarali ishlar olib borish orqali kelajak avlodni vatanga sadoqatli, bilimli, ijodiy va barkamol shaxslar etib tarbiyalash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. 1.Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qattiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild, - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. -B. 504-505; 592 b.

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

2. O'zbekiston Respubli kasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soha rivojini yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi PQ-5040 sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. - Xalq so'zi 2016-yil 8-dekabr.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi", 2019-yil 31-dekabr.

5. Ishmuhamedov R, Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. T., 2013, 3.92-93; 277 b.

6. Safarov O., Maxmudov M. Oila ma'naviyati. - T., "Ma'naviyat", 2009, 2.7; 248 b.

7. G'ulomov S. Ma'naviy rivojlanish - milliy tiklanish omili // Falsafa va huquq -T.: 2008. - Maxsus son. - B 9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.