1-SHOBA: QISHLOQXO'JALIGIDA INNOVATSIONRESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH, «AQLLI QISHLOQXOJALIGI» (SMART AGRICULTURE)NI FERMER XO JALIKLARI VA KLASTERLARDA JORIY
ETISH
YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Bahromjon Kenjaevich Boboev
FarDU dotsenti, qishloq xo'jalik fanlari nomzodi Zootexniya va agronomiya kafedrasi baxromj on.boboyev 1962@gmail.com
Shohruhbek Botirbek o'g'li O'ktamjonov Madina Dimurod qizi Mirzobiddinova
FarDU Zootexniya fakulteti Asalarichilik yo'nalishi talabalari
Ushbu maqolada Go'sht va sut aynan shu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy ulushini tashkil etadi. SHu tufayli ham bu tarmoqni yangi innovatsion texnologiyalar bilan va ilmiy asosda rivojlantirish, urchitilayotgan qoramol zotlarining, ayniqsa, keyingi yillarda chet el davlatlaridan olib kelinayotgan nasldor qoramollarning mahsuldorlik, nasl, pushtdorlik, texnologik xususiyatlarini takomillashtirish.
Kalit so'zlar: Aholi, ozuqabop ekinlarni, oziq-ovqat, sut va go'sht, intensiv, tritikale, suli, arpa, raps. gidroponika, jadal texnologiya, avtomatlashtirilgan uskuna.
In this article, meat and milk make up the bulk of the industry's products. In this regard, the development of this industry with new innovative technologies and on a scientific basis, increasing productivity, breeding, technological characteristics of the breed of cattle, especially breeding cattle, imported in recent years from foreign countries
Keywords: Population, food crops, food products, milk and meat, intensive, triticale, oats, barley, rapeseed.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent state Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Respublikamizda chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ilmiy-amaliy ishlarni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish, qishloq joylarining rivojlanishi hamda aholi farovonligini oshirishda, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq joylarda aholi bandligini ta'minlashda fermer va dehqon xo'jaliklarining o'rni muhim rol o'ynaydi.
Bu tadbirlar nafaqat aholi manfaatlarini oshiradi, balki, qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Agrar sohada eng katta muammo -fermerlarning qishloq xo'jaligi sohasida yetarli bilimga ega emasligidir. To'g'ri, ularda kuch-g'ayrat, tashabbus, yerga mehr bor, ko'pchiligining ko'zi yonib turibdi. Lekin, afsuski, birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka va pirovard natijaga erisha olmaymiz. Bizga qishloq xo'jaligi texnologiyalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab chiqarish va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan havodek zarur" deyilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 29 yanvart kungi PQ-4576-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Naslchilik xo'jaliklari maqomining berilishi tartibi to'g'risida"gi 2020 yil 19 fevralt 100-sonli qaroriga asosan naslchilik xo'jaliklari toifasidagi fermer xo'jaliklarida oliy ma'lumotli zootexnik mutaxassislarini ta'minlanishi ko'rsatib o'tilgan, shunga asosan, ayniqsa, qoramolchilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklarga zooinjeneriya mutaxassisi shart va zarur deb belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil iyun oyidagi Farg'ona viloyatiga tashriflarida Farg'ona davlat universitetida "Zootexniya" fakultetining ochilishi hamda "Asalarichilik" va "Anorchilik" yo'nalishlari bo'yicha oliy ma'lumotli bakalavriatlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda to'la ilmiy salohiyatga ega professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar.
Shuning uchun kelajakda ushbu sohani yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yanada oshirish va chorvachilik sohasini oliy ma'lumotli, yetuk zooinjeneriya mutaxassislari bilan ta'minlash maqsadida Farg'ona davlat universitetida "Xususiy zootexniya" chorvachilik tarmoqlari bo'yicha yo'nalishlar ochish va qo'shimcha kvotalar olish maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaymiz.
Bu esa chorvachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklarida oliy ma'lumotli zooinjeneriya mutaxassislarining vazifasi
October 5-6
12
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent state Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash, ularni to'la qiymatli oziqlantirish, asrash sharoitlarini yaxshilash, pushtdorlik xususiyatlaridan unumli foydalanish, yiliga har bir bosh sigirdan bir bosh buzoq olish, sun'iy urug'lantirish usulidan keng foydalanish, buzoqlarni maqsadga muvofiq o'stirishni tashkil etish va qoramol zotlarining mahsuldorlik salohiyatidan to'la foydalanishni taqozo etadi. Ohirgi yillarda Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi, chorvachilik fermer xo'jaliklariga katta e'tibor qaratilayotganligi, chorvachilikda ozuqa bazasini mustaxkamlashda sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanib, ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish hisobiga ozuqa ishlab chiqarishni ko'paytirish, hamda yangi innovatsion texnologiyalar asosida qo'shimcha jadal usulda gidroponik texnologiyasi asosida yashil ozuqasini yetishtirish masalalarini yechish chorvachiilik sohasi hodimlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Respublikada va Farg'ona viloyatida faoliyat ko'rsatgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaligiklarida yuqori mahsuldorlikka erishish ko'p jihatdan ozuqa zahirasining mustahkamligiga bog'liq, bunda kuz, qish va bahor mavsumlarida ekin maydonlarida yetarli ozuqabop ekinlar bo'lmagan davrda yangi innavatsion yuqori samarali jadal (intensiv)usulda avtomatlashtirilgan gidroponik texnologiyasi asosida yashil chorva ozuqasini yetishtirish va chorva hayvonlarini mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarini ko'paytirish hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Ushbu innovatsion texnologiya asosidagi uskunalar yil davomida chorva mollari uchun ozuqa yetishtirib berish xavfsizligini ta'minlaydi. Hamda ushbu mahsulot ishlab chiqarayotgan uskunalar yuqori, sifatli va uzoq yillar davomida ishlash qobilyatiga ega bo'lib, yil davomida chorva ozuqasini samarali-barqaror-ekologik toza ishonchli ekanligini ta'minlamoqda. Hozirgi kunda gidroponika usulida yetishtirilgan ko'k ozuqalar chorvachilik sohasining barcha tarmoqlarida chorva hayvonlarini oziqlantirishda ayniqsa qoramolchilik, qo'ychilik, parrandachilik, yilqichilik, quyonchilik va baliqchilik sohalarida keng qo'llanib kelinmoqda. Masalan: 1 kg saralangan arpa donini undirib gidroponik texnologiyasi asosida 6-7 kun ichida 5-7 kg gidroponik yashil ozuqa yetishtirish xisobiga 4-5 marta ozuqa birligi yuqori bo'lmoqda. Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidagi "Hojiqulova Muxabbatxon faxri" MCHJ ho'jaligida gidroponika usulida ko'k ozuqa yetishtirish yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu xo'jalik Fransiya davlatidan 2021 yil oktabr oyida sut va go'sht yo'nalishidagi Monbelyard zotli 62 bosh naslli qoramollar olib kelingan bo'lib, hozirgi kunda ushbu
October 5-6
13
qoramollar ozuqa ratsioniga xo'jalikda yetishtirilayotgan gidroponik usulida qo'shimcha ko'k ozuqa bilan oziqlantirish yo'lga qo'yilgan. Shunga asosan qoramollarning ishtahasi ochilib, mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori bo'lishiga erishilmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 29 yanvar kungi PQ-4576-sonli qarori.
2. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ Н.И Тешабоев, Б.К Бобоев - Science and innovation, 2022 г. 31-34 стр
3. Ю^ОРИ САМАРАЛИ ГИДРОПОНИК ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ЧОРВА ОЗУКДСИНИ ИШЛАБ ЧЩАРИШ УСКУНАЛАРИ ВА ОЗЩЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 2022 й Бобоев Б, Бахриддинов Ф, Б Уроков. 127-131 бет
4. ЧОРВАЧИЛИКНИ ЯНГИ ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 2022 й Бобоев Б, Бахриддинов Ф, Б Уроков. 132-136 бет
5. МУСТАХКАМ ОЗУ^А БАЗАСИНИ ЯРАТИШ - ЧОРВАЧИЛИК СОХДСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ГАРОВИДИР JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 2022 й Бобоев Б, Бахриддинов Ф, Б Уроков. 136140 бет
6. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Махкамова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.
7. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. - №. 1. - С. 10-
8. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.
9. Тургунов, А., Тешабоева, М., & Мамажонова, Н. (2014). ПОТРЕБНОСТЬ РАСТЕНИЙ В БИОПРОДУКТАХ. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 126128).
12.
October 5-6
10. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.
11. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
12. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1080-1082.
13. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., & Ашуров, Х. (2014). ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ ДВУХ УРОЖАЕВ С ОДНОГО ПОЛЯ ЗА ОДИН ГОД. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 70-42).
14. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
October 5-6