Научная статья на тему 'Y.E.BERTELS VA MATNSHUNOSLIKNING AYRIM MUAMMOLARI'

Y.E.BERTELS VA MATNSHUNOSLIKNING AYRIM MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1063
193
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nusxa / matnshunoslik / tadqiqot / tagxat / nashr / копия / текстология / исследование / сноска / издание

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Аbdurasul Eshonboboev

Taniqli sharqshunos, XX asrning fors-tojik adabiyoti tarixi boʼyicha yirik mutaxassisi Y.E.Bertelьs yangi davr Sharq matnshunoslik ilmining rivojiga, uning nazariy asoslarinini shakllanishiga ulkan hissa qoʼshgan olimlardan biridir. Аynan shu sababli allomaning ilmiy merosiga teran nazar tashlash, u amalga oshirgan ishlarga qayta-qayta murojaat etish, matnshunoslik oldida turgan dolzarb muammolar yechimida har tarafdan yordam beradi, deb hisoblaymiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Е.Э.Бертельс, известный востоковед, крупный специалист по истории персидско-таджикской литературы XX века, принадлежит к числу ученых, внесших большой вклад в развитие новой эпохи восточной текстологии и формирование его теоретических основ. Именно поэтому мы считаем, что глубокое ознакомление с научным наследием ученого, неоднократное обращение к проделанной им работе поможет в решении актуальных проблем, стоящих перед текстологией со всех сторон

Текст научной работы на тему «Y.E.BERTELS VA MATNSHUNOSLIKNING AYRIM MUAMMOLARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Y.E.BERTELS VA MATNSHUNOSLIKNING AYRIM MUAMMOLARI

Abdurasul Eshonboboev

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining ilmiy xodimi

ANNOTATSIYA

Taniqli sharqshunos, XX asming fors-tojik adabiyoti tarixi bo'yicha yirik mutaxassisi Y.E.Bertelbs yangi davr Sharq matnshunoslik ilmining rivojiga, uning nazariy asoslarinini shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan olimlardan biridir. Aynan shu sababli allomaning ilmiy merosiga teran nazar tashlash, u amalga oshirgan ishlarga qayta-qayta murojaat etish, matnshunoslik oldida turgan dolzarb muammolar yechimida har tarafdan yordam beradi, deb hisoblaymiz.

Kalit so'zlar: nusxa, matnshunoslik, tadqiqot, tagxat, nashr

АННОТАЦИЯ

Е.Э.Бертельс, известный востоковед, крупный специалист по истории персидско-таджикской литературы XX века, принадлежит к числу ученых, внесших большой вклад в развитие новой эпохи восточной текстологии и формирование его теоретических основ. Именно поэтому мы считаем, что глубокое ознакомление с научным наследием ученого, неоднократное обращение к проделанной им работе поможет в решении актуальных проблем, стоящих перед текстологией со всех сторон.

Ключевые слова: копия, текстология, исследование, сноска, издание.

ABSTRACT

Y.E.Bertels, a well-known orientalist, a great specialist in the history of Persian-Tajik literature of the 20th century, is one of the scientists who made a great contribution to the development of the new era of Oriental textual science and the formation of its theoretical foundations. It is for this reason that we believe that taking a deep look at the scholar's scientific heritage, repeatedly referring to the work he has done, will help in solving the current problems facing textual studies from all sides.

Keywords: copy, textology, research, footnote, publication

Olimning ilmiy faoliyati Rossiya Osiyo muzeyi qo'lyozmalar fondida Sharq qo'lyozma manbalarini ilmiy tavsif

8-fevral

353

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361 o'rganish masalalari

etishdan boshlangan va butun umri yozma yodgorliklar orasida kechdi. U faoliyatini boshlagan kezlari Sharq adabiyoti namunalarining birontasining ham ilmiy-tanqidiy matni mavjud emas, tadqiqotchilar esa bevosita birlamchi manbalar bilan ish ko'rishga majbur edilar. Bir necha g'arb hamda sharq tillarini (qadimgi fors tili, arab, turkiy tillar) yaxshi bilishi, qadim Sharq tarixi, madaniyati, falsafasidan puxta xabardorligi birlamchi manbalar ustida tadqiqot olib borish jarayonida qo'l keladi. Masalan, u asosiy ixtisosligi bo'yicha fors adabiyoti mutaxassisi bo'lishiga qaramay bugungi kunda ham o'z ahamiyatini zarracha bo'lsa-da yo'qotmagan "Navoiy va Attor" maqolasida (1928) ikki tilda yozilgan asarni chog'ishtirib Alisher Navoiyning jahon adabiyoti tarixida kam uchraydigan original shoir ekanligini rad etib bo'lmas dalillar bilan isbotlab ko'rsatdi. Bundan tashqari, maqolada buyuk shoirning adabiy an'anaga hamda tasavvufga munosabati aniq belgilangan. Yana bir muhim tomoni, olim "Lison ut-tayr"ning tanqidiy matni yo'qligi sababli nisbatan ishonchli uch nusxasi bilan ish ko'rgan va doston matnda uchraydigan ayrim farqli o'rinlarni esa tagxatda (snoskada) qayd etib borgan.

Sharqshunos sobiq ittifoq davrida Sharq adabiyotining yirik vakillari Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy tavallud sanalarini keng ko'lamda nishonlash ishlarida faol ishtirok etdi, ko'plab maqolalari bilan matbuotda muntazam qatnashdi, monografiyalar chop ettirdi. Uning rahbarligi ostida "Shohnoma", Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining ilmiy-tanqidiy matnini tuzishga kirishildi hamda ayrim dostonlarning tanqidiy matni nashr ham etildi. U Sharq matnshunoslik ilmining yangi davrdagi ilmiy nazariyasiga asos soldi va uni amaliyotda qo'lladi ham. Ayni ishlar uchun olim o'z davrida davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.

Sharq adabiyoti namunalarini orasida muallif nusxasi (avtograf) deyarli mavjud emas. Aksariyat asarlar kotiblar tomonidan ko'chirilgan nusxalar orqali yetib kelgan. Asarni ko'chirgan kotibning savodxonlik madaniyati, matnni tushunishi, biror-bir ijtimoiy guruhga mansubligi, ko'chirilayotgan asar bilan oraliqdagi masofa - bular barchasi qo'lyozma matnida muayyan darajada aks etadi. Bundan tashqari, o'tmishda bugungi kunga nisbatan muallif (avtor) xuquqi tushunchasining tamoman o'zgacha idrok etilganligi matnga nisbatan "erkin" yondashuvga sabab bo'lgan. Bu esa o'z navbatida matnni deformatsiyaga ( turli xil o'zgarishlarga) uchrashiga ta'sir o'tkazgan va bugun uni muntazam ko'chirilish jarayonida sodir bo'lgan xatolardan (keng ma'noda) xoli qilish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn esa nisbatan sahih, muallif matniga imkon qadar yaqin hamda barcha yo'nalishdagi tadqiqotlar uchun mustahkam poydevor sanaladi.

8-fevral

354

Sharqshunos qo'lyozma manbani qay tarzda nashr etish yuzasidan nimalarga diqqatni qaratish xususida yozadi: " Avvalo nashr etishga mo'ljallangan asarni qadimiy nusxasini qidirib topish kerak. Keyingi davrlarda ko'chirilgan nusxalar kotiblar tomonidan kiritilgan son-sanoqsiz interpolyatsiya (muallif matniga tashqaridan kiritilgan kiritmalar) va o'zgarishlar bilan to'la, matnshunoslik ishiga umuman yaroqsizdir.

. . . Ishonchli, sahih matnni tuzish uchun, birinchi galda, yodgorlikni imkon qadar ko'proq qadimiy nusxalarini bir yerga to'plash lozim.

. . . Biroq mumtoz asarni nashr qilish uchun uning qadimiy nusxalarini yig'ib, ularni o'zaro chog'ishtirib farqli o'rinlarni belgilash kifoya qilmaydi. Yodgorlikning nashri - bu mexanik yoxud shunchaki texnik ish emas. Bu ilmiy tadqiqotning bir qadar murakkab turidir. Buni amalga oshirishdan avval asari nashr qilinayotgan muallif ijodini o'rganish, uning adabiyot tarixidagi maqomini aniqlash hamda nashrga tayyorlangan asarni muallif adabiy merosida tutgan o'rnini belgilash, bundan tashqari, muallifning lug'at boyligi xususida tasavvurga ega bo'lish va eng muhimi ijodkor uslubi haqida tushuncha hosil qilish lozim bo'ladi. Matnshunos filolog bir vaqtning o 'zida ham tarixchi, ham adabiyotshunos va albatta, tilshunos bo 'lishi shart. Bularsiz uning ishi avvaldan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi" . [1.10]

Demak, tanqidiy matn tuzish mexanik yoxud texnik ish bo'lmay, balki ilmiy tadqiqotning o'ta murakkab yo'nalishi va u matnshunosdan bir qator zaruriy bilimlar zahirasini talab qiladi. Olim Sharq adabiyoti namunalarining dunyo bo'ylab tuzilgan tanqidiy matnlarini diqqat bilan kuzatar, ularni ilmiy tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarini ko'rsatib, o'z mulohalarini vazminlik bilan bildirar edi. Masalan, 1935 yili Eronda fors adabiyoti tarixining bilimdoni, taniqli nizomiyshunos Vohid Dastgirdi tomonidan tuzilgan Nizomiy Ganjaviy "Xamsa" sining tanqidiy nashri yuzasidan aytgan quyidagi mulohazalari bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan : " Dastgirdi katta ishni amalga oshirgan. U tomonidan nashr etilgan matn, shubhasiz, Nizomiy ijodini kelgusida o'rganishda ulkan yordam beradi. Biroq, afsuski, bu nashrni tanqidiy matn deb qabul qilish mumkin emas.

Nashrni tayyorlashda Eron kutubxonalarida saqlanayotgan XIV-XVII asrlarda ko'chirilgan o'ttiz qo'lyozmadan foydalanilgan. Qo'lyozmalarning ilmiy tavsifini noshir keltirmagan va shu sabab ishda foydalanilgan u yoxud bu manbaning qaysi davrga oidligini aniqlash mushkul. Boz ustiga, matnda farqli o'rinlar (qo'lyozmalarni o'zaro chog'ishtirganda aniqlangan-A.E.) keltirilmaydi faqat ayrim o'rinlarda (qavs ichida) beriladi. Lekin kitobxon manbaning

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

qaysi davrga taalluqli ekanligini bilmaganligi bois uning aynan

8-fevral

qaysi qo'lyozmadan olinganligi mavhum hamda matnni son-sanoqsiz ko'chirilishlar asnosida o'zgarishlarga uchrashi tadqiqotchi nazaridan chetda qolgan". [2.19] Ko'rinib turibdiki, o'z davrida Nizomiy ijodini nuktadon tadqiqotchisi bo'lmish V.Dastgirdi ( 1882-1942 ) tanqidiy matnni tuzishda asos bo'lgan manbalar ( e'tibor bering o'ttizdan ortiq-A.E.) ilmiy tavsifini bermagan, qo'lyozmalararo farqli o'rinlar hujjatlashtirilmagan va shu sababli Ye.Bertelts ushbu nashrni ilmiy tadqiqotlar uchun yaroqsiz hisoblaydi. Shu bilan birga, olim noshir tomonidan Nizomiy dostonlari matnidagi murakkab baytlarga berilgan izoh, sharhlarni qadrlaydi va bular asarni tushunishida nihoyat darajada muhim o'rin tutishini alohida e'tirof etadi.

Odatda, ko'p o'qilgan, doimiy ravishda adabiy jarayondan mustahkam o'rin olgan, badiiy ehtiyojni muntazam qondirgan asarlar eng ko'p ko'chirilgan asarlardir. Ayni ko'chirilish jarayonida bu asarlar matni ko'plab o'zgarishlar, qo'shimchalar, to'ldirishlar bilan "boyib" boravergan. Bu kabi asarlar qatoriga Firdavsiy "Shohnoma"si ham kiradi. Bugungi kunda dastlabki xomcho'tlarga ko'ra jahondagi Sharq qo'lyozmalari hazinasida "Shohnoma"ning 600 dan ortiq nusxalari mavjud.[3.178] Agar biz dunyo fondlarida saqlanayotgan manbalarning hammasi ham ilmiy tavsif etilib, katalog sifatida chop qilinmaganligini nazarda tutsak yuqoridagi miqdor yanada ortishi mumkin.

Mutassil ko'chirish jarayonida matn sathida doimiy ravishda ro'y bergan turli xil o'zgarishlar, qo'shimchalar haddan ziyod ko'payib temuriylar davriga kelib "Shohnoma" ni o'zgarishlardan xoli redaktsiyasini yaratish ( matnni tozalashni) kun tartibiga dolzarb vazifa qilib qo'yildi. Bu ishni temuriyzoda Mirzo Boysunqur (13971433) boshchiligidagi bir guruh adabiyot ixlosmandlari 1425 yili amalga oshirdilar. Ayni tuzilgan matn fanda "Boysunqur redaktsiya" si nomi bilan shuhrat qozondi hamda XX asrning ikkinchi yarmiga qadar "Shohnoma"ning deyarli barcha nashrlariga asos bo'lib xizmat qildi. [4. 5] Biroq Eron Islom respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi Firdavsiy instituti ilmiy xodimlarining tadqiqotlariga ko'ra "Boysunqur redaktsiya" siga 8000 bayt interpolyatsiya (tashqaridan kiritilgan) qilingan, ya'ni muallif matniga qo'shimcha sifatida kiritilgan. [4.6] Eslatib o'tamiz, Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonining hajmi 7000 baytdan bir oz ko'proq. Demak, katta bir doston hajmidagi matn "Shohnoma" tarkibidan "joy olgan". Biz buning sabablari xususida to'xtalmaymiz, chunki bevosita mavzu doirasidan bir oz chetga chiqishga to'g'ri keladi. Muhimi, Ye.E.Berteltsning "Shohnoma" tanqidiy matnini tuzishda yondashuv uslubini kuzatishdir.

Olim ishga "Boysunqur redaktsiya"sigacha (1425 yil)

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

ko'chirilgan qadimiy qo'lyozmalarni jalb qildi hamda asos nusxa

8-fevral

sifatida nisbatan avval ko'chirilgan manbani olib "Shohnoma" ning XIII asr boshiga oid redaktsiyasini yaratishni asosiy maqsad qilib qo'ydi. Chunki asarning qadimiy, muallif yashagan davrga yaqin nusxasi saqlanmagan bo'lib, (o'sha paytdagi ma'lumot asosida) ishga jalb qilingan eng qadimiy qo'zlyozma esa shoir vafotidan salkam 250 yil o'tib ko'chirilgandir. Bunday vaziyatda to'g'ridan - to'g'ri tanqidiy matn tuzishga kirishish mantiqqa zid edi. Aynan shu sababli Ye.Bertelts asarning XIII asrga oid redaktsiyasini tiklashni maqbul ko'rdi.

Olimning matnshunoslikka doir nazariy qarashlari yangi davr o'zbek matnshunoslik ilmi uchun nazariy asos bo'ldi. Bu haqda taniqli navoiyshunos, matnshunos Porso Shamsiev shunday yozadi:" Alisher Navoiy "Xamsa"sining ilmiy-tanqidiy matniga asos bo'lgan qo'lyozmalar tavsifiga o'tishdan avval, shuni alohida qayd etish lozimki, bizga ozarbayjon olimlari kollektivining Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si ustida olib borgan ish (Eslatib o'tamiz, Nizomiy "Xamsa"sining tanqidiy matni Ye.E.Bertelts rahbarligi ostida tuzilgan-A.E.) tajribasiga, shuningdek, Moskva sharqshunoslari tomonidan Firdavsiy "Shohnoma"sining ilmiy-tanqidiy tekstini yaratishdagi boy tajribasi katta yordam berdi. ... Prof. Ye.E..Bertelbsning "Shohnoma" matni uchun qo'lyozma tanlashdagi printsiplarini to'la holda Navoiy "Xamsa"siga ham qo 'llash mumkin bo 'ladi". [5.27]

O'tgan XX asrda o'zbek matnshunoslik ilmi katta yutuqlarni qo'lga kiritdi, birinchi galda, Alisher Navoiy asarlarining tanqidiy matnlari tuzildi, shu bilan birga boshqa mumtoz adabiyotimiz vakillarining adabiy merosi xalqimizga imkon qadar to'la taqdim qilindi.Tuzilgan matnlar yuzasidan matbuotda tahliliy xarakterdagi maqolalar muntazam ravishda nashr qilib borildi. Ayrim noyob manbalarning faksimel nashri chop qilindi hamda bu borada muayyan tajriba to'plandi. To'plangan tajriba esa kelgusidagi ishlar uchun mustahkam ilmiy poydevordir. Shu bilan birga, taraqqiyot davom etar ekan vaqt o'tib avval bajarilgan ishlarga tanqidiy qaragan, yutuq va kamchiliklarini ro'y-rost ko'rsatgan hamda yangi bilimlar majmuiga tayangan holda yanada olg'a ilgarilashni zamon taqozo etmoqda.

Ma'lumki, matnshunosligimizda asosiy urg'u tanqidiy matn tuzish va uni imkon qadar tezroq chop qilishga qaratilgan edi. Buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, muallif nusxasi bizgacha yetib kelmagan adabiy yodgorlikni adabiyotshunoslik yoxud tilshunoslik aspektida tadqiq etishdan avval uning tanqidiy matniga ega bo'lish shart. Ikkinchidan, o'tgan yuz yillikda o'zbek alifbosining surunkali o'zgarishi (1921, 1929, 1940 yillar), imlo qoidalarining muntazam ravishda isloh qilinishi mumtoz adabiyot namunalarini,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

jumladan, shoir asarlarini har gal yangi alifboda nashr etishni kun

8-fevral

tartibiga dolzarb masala sifatida qo'ydi. Qo'shimcha tarzda shuni aytish joizki, buyuk shoir ijodiy merosi va umuman mumtoz asarlar bilan birinchi navbatda o'sib-unib kelayotgan yosh avlodni — o'quvchilar va talabalarni, keyin esa keng kitobxonlar ommasini imkon qadar tezroq tanishtirish birinchi o'ringa chiqdi. Aynan shu sababli mumtoz merosni har gal yangi joriy alifboda tezroq taqdim qilishga urg'u qaratildi. Biz bugun bunday yondashuvni o'z davri uchun zaruriy va har bir fan rivojida sodir bo'ladigan tabiiy bosqich deb bilamiz. Ayni paytda matnshunosligimiz faqat tanqidiy matn tuzish bilan cheklanib, tadqiqotning bir qadar murakkab bu turi shunchaki texnik yoxud mexanik ishga aylanib qolganini aytamiz. Odatda, mantshunos besh-olti nisbatan qadimiy, ishonchli qo'lyozmalarni ishga jalb qiladi, ular orasidan bir nusxani tayanch--asos sifatida olib qo'lyozmalararo farqli o'rinlarni aniqlab, ularni ilmiy apparatda (tagxatda) ko'rsatadi va shu bilan matn tuzuvchini ishi "tamom" bo'ladi. Holbuki, ish jarayonida aniqlangan farqli o'rinlar, xatolar, o'zgarishlar tushuntirilishi, ilmiy izohlanishi shart.

Shu o'rinda, taniqli navoiyshunos—matnshunos Porsoxon Shamsievning (1897-1973) quyidagi so'zlari e'tiborga molik: "Mana shu ko'chirishlarda ba'zan ko'chiruvchilarning beparvoligi yoki chalasavodligi natijasida tekstda xilma-xil nuqsonlar yuz berib kelgan bo'lsa, ko'pincha bila turib, atayin kiritilgan o'zgarishlarga ham duch kelamiz. Bu hodisalar ilmga hech qanday aloqasi bo'lmagan va Navoiy merosini qo'pol buzishdan boshqa narsa emas" [6.7] Albatta, kotib ikki-uch asr muqaddam yozilgan asarni qayta ko'chirar ekan, tabiiyki, ayrim imloviy xatolarga yo'l qo'yadi, o'zi uchun tushunarsiz so'zlarni (arxaik) ba'zan o'zgartirishi ham mumkin. Biroq muallif asariga "atayin kiritilgan o'zgarishlar" ( matnshunoslikda interpolyatsiya deyiladi) nima uchun sodir bo'ldi hamda ularning asliyat bilan munosabati qanday degan savollar kun tartibiga chiqishi lozim. Bu kiritmalarni "ilmga hech qanday aloqasi yo'q va Navoiy merosini qo'pol buzishdan boshqa narsa emas" deya baholash yetarli emas. Chunki ma'no-mazmun bilan aloqador "parcha" ortida ijodkor asariga munosabat, talqin yotadi. Ularni muayyan davr ( yodgorlik yozilgan yoxud ko'chirilgan) bilan bog'liq holda o'rganish esa badiiyat namunasiga bo'lgan munosabatni ob'ektiv baholash imkoniyatini beradi. Yaratilgan matn (ko'chirilgan) inson ongli faoliyatining mahsuli ekan unda yaratuvchi ijodkorning (keng ma'noda kotib, sahhof, muzahhib, musannif) savodxonlik madaniyati, asarni qanday tushunishi hamda tushuntirishi ma'lum darajada aks etadi. Matnshunos matn sathidagi ro'y bergan o'zgarishlarni shunchaki qayd etib borish yo'lidan emas, balki

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

ma'no-mazmun bilan aloqador, daxldor jihatlarni tushuntirib,

8-fevral

izohlash yo'lidan borishi shart. Qisqasi, matn tarixi muayyan davr bilan al oqador tarzda tadqiq etilishi lozim.

O'zbek matnshunosligi keyingi paytlarga kelib ham amaliy, ham nazariy jihatdan bir muncha sustlashdi va bu holatni bartaraf qilish xususida o'z davrida ( o'tgan asrning 80 yillari) "Sharq yulduzi" va "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi sahifalarida qator bahs-munozaralar bo'lib o'tdi. Bu chiqishlar orasida taniqli navoiyshunos A.Hayitmetovning "Matnshunoslik muammolari" nomli maqolasi alohida ajralib turadi. Muhtaram ustoz matnshunosligimiz tarixiga qisqacha to'xtalib, yutuq va kamchiliklarni vazmin tahlil etib qilinajak ishlar haqida qator nazariy xarakterdagi mulohazalar bilan o'rtoqlashgan. Uningcha, bizdagi matnshunoslikning asosiy yo'nalishi bir yozuvdan ikkinchi yozuvga o'tkazish -tabdil bo'lib qolgan: " Adabiy merosga bo'lgan qiziqish esa bizning mamlakatimizda tobora ortib bormoqda. Bu vaziyatda ilmiy-tanqidiy tekst tuzilishini zarur deb topgan asarning tekstlari bevosita biron qo'lyozma manbadan hozirgi zamon o'zbek alifbosiga ko'chiriladi. Buni transliteratsiya deyiladi. Biz ko'pchilik hollarda shunday tekstlarga egamiz. [7.169] Bunday tekstlar ilmiy mukammallikdan uzoq bo'lsa ham, ommaning birinchi ehtiyojini qondiradirish jihatidan kerak. Shu yo'sinda biz hozirgi kunda ko'p klassiklar va ularga zamondosh avtorlar asarlarining nashr etilgan nusxalariga egamiz" . Yuqorida qayd etilganidek mumtoz ijodkorlar asarlarini imkon qadar tezroq xalqimizga yetkazish asosiy tamoyilga aylangan. Qizig'i shundaki, mustaqillik yillari yagona mafkura bosimidan xalos bo'lib, milliy merosimizni emin-erkin tadqiq qilishga o'tganimizga qaramay yuqoridagi holat "izchil" davom etmoqda. Boz ustiga, sovet davrida bir necha bor chop etilgan va bugun yana qayta nashr bo'layotgan adabiy manbalar, xususan, Alisher Navoiy asarlarining joriy nashrlarida ko'plab matniy xatolar uchramoqda. [8.] Biz bunday holatni keyingi davrlarga kelib ilmiy-tanqidiy matnlarning umuman yo'qligi hamda malakali matnshunos kadrlarning ozligi, ularning malakasi, shuningdek, bu sohaga e'tiborning yetarli darajada emasligi bilan izohlaymiz.

O'z vaqtida ustoz navoiyshunos matnshunosligimizdagi bunday noxush vaziyatni amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tanqidiy xarakterdagi tahliliy maqolalarning nihoyatda ozligi, nazariy umumlashmalar chiqarilmasligi hamda metodologiyadagi zaiflik bilan bog'lagan edi va biz bunga to'la qo'shilamiz:" Tekstologiya sohasidagi bizning hozirgi katta kamchiligimiz klassiklarimiz asarlarining ilmiy-tanqidiy tekstlarini tuzish bo'yicha ishlarning susayib borayotgani bu ishlarga oid kadrlar nihoyatda oz

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

tayyorlanayotganidir. Bu esa o'zbek tekstologiya fanining nazariy

8-fevral

problemalarini o'rganishni, rus va boshqa qardosh respublikalarda bu borada yig'ilgan tajribalarni o'zbek tekstologiyasi rivojiga xizmat qildirishni kechiktirmoqda. Mashhur rus sovet tekstolog olimi D.S.Lixachyov 1962 yili o'zining "Tekstologiya" deb nomlangan monografiyasini e'lon qildi. Bu kitobda muallif o'zining X—XYII asrlar rus adabiyoti tesktlari ustidagi ishlarini chuqur ilmiy asoslarda yoritadi. Uning tajribalarining ko'p qismi o'zbek va boshqa xalqlar adabiy merosini o'rganishga ham bemalol tatbiq etsa bo'ladi". [7.169] Eslatib o'tamiz, Dmitriy Sergeevich Lixachyovning (1906-1999) yuqoridagi monografiyasi yarim asr mobaynida uch marta chop qilingan (to'ldirilgan va tuzatilgan shaklda) va bu unga bo'lgan ilmiy ehtiyojdan darak beradi. Taniqli olimning fikricha, matn tarixini tadqiq etish tekstologiyaning ustivor vazifasiga aylanishi lozim, ya'ni matn insonning ongli faoliyati mahsuli ekan uni muayyan davr bilan bog'liq holda o'rganishgina kutilgan natijani beradi. Bundan tashqari, matnni chop etish yuzasidan, ya'ni mutaxassislar uchun hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan nashrlar borasida qator nazariy mulohazalarni ilgari suradiki, ularni e'tibor olish adabiy merosimizni zamonaviy taqdimotida muhim ahamiyatga egadir. Garchi tadqiqot qadim rus adabiyoti tarixi materiallari asosida bo'lsa ham o'rta asrlar adabiyotiga xos qator tipologik mushtarak nuqtalar monografiyadan unumli foydalanish mumkinligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, tadqiqotdagi nazariy umumlashmalarni adabiy merosimizning spetsifik xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq qilish o'zini oqlaydi.

Bugun respublikamizda qo'lyozma yodgorliklarni o'rganishga davlat miqyosida e'tibor qaratilmoqda va bu madaniy merosimizni yanada chuqurroq tadqiq etishga hamda uning zamonaviy ahamiyatini ko'rsatib berishga har jihatdan ko'maklashadi. O'ylashimizcha, olimning mavzuga aloqador maqolalarini o'zbek tiliga tarjima etib, chop qilish bo'lg'usi matnshunos yoki manbashunoslar uchun o'ziga xos mahorat darslari vazifasini o'tashi mumkin. Yurtimizda ustoz sharqshunosning "Navoiy", "Jomiy" kitobi, "Navoiy va Attor" maqolasi, ayrim risolalari filologiya fanlari doktori, tilshunos Ibodulla Mirzaev tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan.

Demak, matnshunoslik bugun adabiyotshunoslikning yordamchi emas, balki yetakchi yo'nalishiga aylanishi lozim. Ushbu jarayonda Ye.E.Bertelts ilmiy merosining munosib o'rni bor. Unga murojaat etganda zamonaviy matnshunoslik ilmining yutuqlariga tayanish, avval bajarilgan ishlarga esa tanqidiy yondashish, yutuq hamda kamchiliklarini ro'y-rost

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-353-361

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ko'rsatish, istiqboldagi rejalarga samarali ta'sir qiladi, deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Бертельс Е.Э. Навои и Джами. М.,1965. 10с.

2. Бертельс Е.Э. Низами и Физули.М.,1962. 19с.

3. Бу хакда каранг: Акимушкин О.Ф. Средневековый Иран. Культура.История. Филология. Санкт Петербург. 2004. 178с.

4. Бу хакда каранг: Фирдоуси. Шах-наме.1 том. Научно-критический текст, разночтения, примечания и приложения М.Н.Османова.М.,1991.5с.

5. П.Шамсиев. Узбек матншунослигига оид тадкикотлар.Тошкент.1986. 27-бет.

6. Алишер Навоий. Сабъаи сайёр. Илмий-критик текст. Нашрга тайёрловчи П.Шамсиев.Тошкент.1956. 7-бет

7. Бу хакда каранг:Рахмон В. Мумтоз суз сехри.Т., 2015.

8. Хдйитметов А. Матншунослик муааммолари. Шарк юлдузи. 1982.№3 169 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.