Научная статья на тему 'XORAZM MILLIY TAOMLARINING GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI'

XORAZM MILLIY TAOMLARINING GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy taomlar / gastronomik turizm / pazandachilik an’analari / gastronomik sayyoh. / national cuisine / gastronomic tourism / culinary traditions / gastronomic tourist.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matchanova A. E., Shomurodov M.J.

Ushbu maqolada Xorazm viloyati O’zbekistondagi sayyohlik markazlari orasida o’zining qadimgi tarixi va madaniyati, o’ziga xos pazandaligi bilan ajralib turishi to’g’risida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, viloyat milliy taomlarining hududiy tarqalish xususiyatlari o’rganilab gastroturizmni rivojlanishidagi ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF KHWAREZMIAN NATIONAL CUISINE IN THE DEVELOPMENT OF GASTRONOMIC TOURISM

This article reflects on the fact that the Khorezm region is distinguished among tourist centers in Uzbekistan by its ancient history and culture, its unique culinary value. In addition, the features of the territorial distribution of regional national dishes are studied and revealed their importance in the development of gastroturism.

Текст научной работы на тему «XORAZM MILLIY TAOMLARINING GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI»

Matchanova A. E.

Urganch davlat universiteti "Geografiya" kafedrasi dotsenti Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Shomurodov M.J.

Urganch davlat universiteti "Geografiya"yo'nalishi 2-bosqich talabasi

XORAZM MILLIY TAOMLARINING GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati O 'zbekistondagi sayyohlik markazlari orasida o 'zining qadimgi tarixi va madaniyati, o 'ziga xos pazandaligi bilan ajralib turishi to 'g 'risida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, viloyat milliy taomlarining hududiy tarqalish xususiyatlari o 'rganilab gastroturizmni rivojlanishidagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: milliy taomlar, gastronomik turizm, pazandachilik an 'analari, gastronomik sayyoh.

Matchanova Aybibi Erkinovna, Urgench state university, Associate Professor of the "Geography" Department,

Doctor of philosophy in geography Shomurodov Mansurbek Jonibek o'g'li, Urgench state university, student of the 2nd stage of the "Geography" course

THE IMPORTANCE OF KHWAREZMIAN NATIONAL CUISINE IN THE DEVELOPMENT OF GASTRONOMIC TOURISM

Abstract. This article reflects on the fact that the Khorezm region is distinguished among tourist centers in Uzbekistan by its ancient history and culture, its unique culinary value. In addition, the features of the territorial distribution of regional national dishes are studied and revealed their importance in the development of gastroturism.

Key words: national cuisine, gastronomic tourism, culinary traditions, gastronomic tourist.

Turizm - insonlarning doimiy hayot tashvishlaridan biroz chetlashish, yoki o'zlari qiziqqan joylarni o'z ko'zlari bilan ko'rish, dam olish uchun boshqa mamlakatlarga, tabiatning ajoyib go'shalariga amalga oshiradigan sayohatidir. Turistlar biror joyga tashrif buyurar ekan albatta o'sha joyning taomlarini tanavvul qilishadi. Ko'pchilik hollarda turizm salmog'iga turistlarga yaratilgan sharoitlar, xizmatlar va albatta taomlar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda tobora

rivojlanayotgan va katta biznesga aylanayotgan gastranomik turizm ko'pchilikni qiziqtirishi tayin.

Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi, turizmning asosiy turlaridan biri bo'lib, asosiy maqsadi, sayyohlarning ma'lum bir mamlakatga dam olish, sayohat qilish, madaniy hordiq chiqarish yoki o'zlarining qiziqishlari maqsadi da borgan joylaridagi davlat hududlarning milliy taomlari bilan tanishib chiqishi sababli vujudga kelgan [3].

Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va an'anaviy taomlarni, ularning tayyorlash jarayonlarini, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini ko'rish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining e'tiqodlarini o'rganadi [3].

Gastronomik turizm, odatda ikki turga bo'linadi:

- Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza mahsulotlari (meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig'ish yoki qadoqlashni o'z ko'zi bilan ko'rish va mahsulotlarni ta'tib ko'rish tushiniladi.

- Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do'konlariga va boshqa ob'yektlarga, tashrif buyurib, ularni o'rganish va ta'tib ko'rishni o'z ichiga oladi [4].

O'zbekistonda ham qator mehmonxonalarda, restoranlarda jahon talablariga javob beradigan dunyo taomlari va o'z milliy taomlarimiz tayyorlanmoqda. Bugungi kunda turizmni rivojlantirishga qaratilgan va uni jadal yuksaltirishga butun jahon miqyosida juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar bilan bir qatorda turizm sohasiga qaratilayotgan e'tibor ham quvonarli albatta. Respublikamizda turizm va uning tarmoqlarida xizmat turlarini shakllantirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ko'p tarmoqli tur firmalar sonini ko'paytirish va ularning ixtisoslashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [5].

O'zbekiston jannatmakon o'lka. Uning har bir hududi hushmanzara tabiati bilan kishiga o'zgacha shukuh baxsh etadi. Mamlakatimizning turli xududlarida ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan maxsus reseptlar asosida tayyorlanadigan tansiq milliy taomlar ham mavjud. Jumladan, xalq marosimlarida tayyorlanadigan mahsulotlar, qatlama, halim, sumalak, qorma, to'y oshi, qaynatma, biqtirma, moshava, moxora kabi taomlarni tayyorlash uchun maxsus tayyorgarlik ko'riladi va reseptning miqdoriy o'lchamlariga qat'iy rioya qilinadi.

Xorazm viloyati O'zbekistondagi sayyohlik markazlari orasida o'zining qadimgi tarixi va madaniyati, o'ziga xos pazandaligi bilan ajralib turadi.

Ma'lumki, tabiatda mavjud o'simliklarning ko'pchilik turlari oziq-ovqat sifatida ishlatilashi mumkin. Xorazmliklar har bir o'tdan, suvdan, yerdan va qumdan, shuningdek quyosh nuri, qor va yomg'irdan donolik, maxfiy ma'no va shifobaxsh fazilatlar izlaydi. Hozir vohani, turizm sohalarinini, ayniqsa

gastronomik, ziyoratgoh, ekologik, agroturizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga va obod qilishga katta e'tiboг qaгatilmoqda.

Xivaga tashrif buyuradigan sayyohlar albatta Xorazmning milliy taomlaridan ta'tib ko'гadi. Milliy taom^ sayyohlami yana kelishi uchun turtki bo'ladi, chunki shu yerda tayyorlanadigan taomlar boshqa hududlarda tayyorlanmaydi. Milliy taom^ shu davlatning milliy qadriyatlarini aks ettiгadi. Xo^m viloyati o'ziga xos milliy taomlari bilan respublikamizda boshqa viloyatlardan farq qiladi. Quyida milliy taomlaming Xo^m xududlari bo'yicha ta^alishi keltiгilgan (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Xorazm hududlarida milliy taomlarning tarqalishi_

№ Taom nomi Tayyorlanish hududlari Izoh

1 PALOV Hamma hududlarda pishiriladi Palov -yurtimizdagi eng mashxu va ma'lum bo'lgan taom hisoblanib, uning tayyorianish usullari juda xilma hildir (suzma, palov, chalov turda pishiriladi)

2 JUGARI KURTUK Guгlan tumanida ko'p istemol qilinadi Jugari kurtik-Xorazmning faqat Gurlan tumanida iste'mol qilinib.tayyorlanishida xamimi jugaban sho'^a suvidan olib qilinadi.Parxez taom sifatida tavsiya etish mumkin

3 ATALA (blomiq) Xorazm viloyatining hamma tumanlarida pishiriladi Kech kuzda va qishda iste'mol qilinadi, juda to'yimli

4 QOQ O'RIKLI UN OSHI Xorazm viloyatida va barcha tumanlarida pishiriladi Taom oshqozon ichak ,jigarning surunklali xastaliklarida ko'proq naf keltiradi. Un oshi faqat Xorazm viloyatida pishiriladi

5 KO'K BARAK Xorazmning hamma tumanlarda pishiriladi Ko'k barak to'yimli ovqat hisoblanadi. Beda o'simligidan tayyorianadi

6 TUXUM BARAK Xorazmning eng ko'p pishiriladigan milliy taomi. Tuxum barak-tuxumdan tayyorianib, to'yimli ovqat hisoblanadi

7 KADI BARAK Xorazmning hamma tumanlarda pishiriladi Asosiy masallig'i kadi (qovoq) hisoblanadi , to'yimli shifobaxsh ovqat sanaladi.

8 IJJON Faqat Xivada tayyorlanadi Ijjon-mol go'shtidan tayyorianadi,mazali

9 SHIVIT OSHI Xorazmning hamma tuman va shaharlarida iste'mol qilinadi Shivit oshi - xushxo'T, yengil, mazali, tez hazm bo'lganligi uchun ko'pgina kasalliklaróa tavsiya qilinqdi.

Jadval muallif tomonidan tayyorlangan

Xorazm viloyatida gastronomik turizmni shakllanishida milliy taomlarning tuñarini tahlil qi^ ekanmiz , yuqoгida ko'гsatilgan taom^ faqat shu hududlarda nisbatan ko'p iste'mol qilinib kelinayotganligi va asta sekin boshqa hududlaráa ham ta^alayotganligini ko'гish mumkin. Ko'k baгak Xo^m viloyatidan boshqa hududlaгda tayyoгlanmaydi, un oshi, jugari kuгtik, bulomiq kabi^ Xo^mda ko'p iste'mol qilinib, milliy taomlaráan biгi hisoblanadi [1].

Xorazm viloyatida gastroturizm ham turizmning endi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Gastroturizmning ikki tarmoqqa bo'linishi Xorazm viloyatida ham o'z aksini topmoqda. Qishloqlarda gastroturizmning rivojlanishi qishloq aholisining o'zini-o'zi ish bilan band qilib iqtisodiyotni rivojlantirmoqda. Qishloq gastroturizmida qishloq joylariga borib shu yerning o'zida toza, sof havoda pishgan mahsulotlardan milliy taomlarning tayyorlanishi bu rivojlanishning dastlabki bosqichlaridan biridir. Sayyohlar uchun gastronomik dasturlar va marshrutlar ishlab chiqish eng dolzarb masalalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Mahmudov Karim. Узбек танси; таомлари. — Т, «Мехдат», 1989.—352 б.

2. Do'stjanov Baxtiyor. "Xorazm taomlari".-Toshkent,"O'zbekiston'', 1994.—88 b.

3. Komilova N.Kh., Matchanova A.E. Geographical characteristics of traditional food, hospitality, and cooking of the lower Amudarya economic geographical region // Москва, "Экономика и социум" №11(102) 2022.

4.https://ru.wikipedia.org/,https://uzbektourism.uz/,http://uza.uz/,http://www.sapor itours .com/gastronomic_travelling/,https: //kun.uz/,https: //uzbekistan.travel/uz/i/ga stronomik-turizm/ internet saytlari

5. Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. Abror Khaitbaev, Kuvondik Yarashev, Yunus Karimov, Maqsud Nazarov. E3S Web Conf. 497 02043 (2024). DOI: 10.1051/e3sconf/202449702043

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.