XORAZM MAQOMLARI HUSUSIDA (MAQOMI DUGOH MISOLIDA)
Mirodil Jo'rayevich Hakimov Andijon davlat universiteti
Annotatsya: Milliy musiqa san'atimiz bo'lmish maqomlarning asl negizi va tarixiy rivojlanish bosqichlari hususida gap borganda Xorazm maqomlarini tadqiq etish judayam o'rinlidir. Aytim va chertim yo'llarining shakllanish omillari sifatida Shashmaqom va Xorazm madaniy xayoti va unda yashab ijod etgan bir qator xonanda, sozanda, batakorlar xaqidagi ma'lumotlar maqolamizdan o'rin olgan.
Kalit so'zlar: Xorazm, chertim, aytim, mansur, manzum, maqomi rost, saraxbor, tasnif, tani maqom, peshrav, gardun, muhammas, saqil, xona, bozgo'y
REGARDING THE STATES OF KHORAZM (ON THE EHAMPLE OF THE
STATUS OF DUGOH)
Mirodil Jorayevich Hakimov Andijan State University
Abstract: It is very appropriate to study Khorezm maqams when it comes to the historical development stages of maqams, which is our national musical art. Our article contains information about the cultural life of Shashmaqom and Khorezm, as well as a number of singers, musicians, and poets who lived and worked there, as factors in the formation of Aytim and Chertim roads.
Keywords: Khorezm, chertim, aytim, mansur, manzum, maqam is rost, sarahbor, Tasnif, tani maqam, peshrav, gardun, muhammas, saqil, hona, bozgoy
O'zbek miliy musiqa san'atida maqomlarning o'rni beqiyosdir. Maqomlar nafaqat o'zbek musiqiy madaniy merosida balki butun sharq musiqiy madaniy merosi durdonasi sifatida keng jaxonga ma'lum san'at turidir. O'zbek maqomotida esa Shashmaqom, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari bilan bir qatorda Xorazm maqomlarining ham ahamiyati kattadir. Matyusuf Xarratovning aytishicha, Xorazm maqomlari Shashmaqomning xuddi o'zidir. XIX asr boshlarida xorazmlik sozanda va bastakor Niyozjon Xo'ja Buxoroga borib, Shashmaqomni o'rganib keladi va Xorazmga olib kelib tarqatadi. Binobarin, Xorazmda maqomlarning keng yoyilishi uchun qulay zamin mavjud edi. Bu o'lkada juda qadimiy musiqa an'analari va maqom ijrochiligida boy tajribaga ega bo'lgan ko'plab sozanda, xonanda va bastakorlar yashab ijod etib kelganlar. Al-Xorazmiy (X asr), Abul Vafoi Xorazmiy, Devonai Hisbiy (XV asr) kabi o'nlab olimlarning musiqa risolalarida maqomlar nazariy jihatdan asoslab
rfciTii^^Bl 42 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
berilgan edi. Umuman, Sharq maqomlarining tarixiy taraqqiyotiga xorazmlik musiqachilar salmoqli ulush qo'shganlar.
Shashmaqom Xorazm sharoitiga moslanib olindi va juda katta o'zgarishlarga uchradi. Xorazmlik mashhur bastakorlar Niyozjon Xo'ja, Feruz, Komil, Muhammadrasul Mirzo va boshqalar maqomlarga yangi cholg'u qismlar bastalab, maqomlarni shaklan va mazmunan boyitdilar. Tasnif qismlari o'rniga har bir maqom nomi bilan ataladigan cholg'u yo'llarini yaratdilar. Maqom yo'llarining kuy tuzilishida ham jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ular kengaytirilib yoki qisqartirilib, qayta ishlandi. Lekin, Shashmaqom ohanglari asosan saqlanib qoldi.
Xorazm maqomlarining cholg'u yo'llari keyingi yillarda juda kam ijro etilgan bo'lib, magnit yozuvlari ham sanoqli darajadadir ayni payitda muhtaram prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika maqom markazi tomonidan xar bir maqom yo'llarimiz namunalaridan maxsus ovoz yozish studyalarida yozib olinayapti. Xorazm maqomlari cholg'u qismlaridan umumiy tasavvur olish uchun Buxoro maqom cholg'u yo'llariga murojaat etish kifoya. Ular orasida ba'zi tafovutlar bor xolos. Masalan, cholg'u bo'limlarida Shashmaqomdagi tasniflar o'rniga maqomlar nomi bilan ataladigan va saraxborlarga ohangdosh sho'ba va ufarlar kiritilgan. Cholg'u qismlarining kuy tuzilishi esa asosan saqlanib qolgan va Xorazmcha uslubda ijro etiladi.
Xorazm maqomlari ashula bo'limi tarkibidagi sho'balar Shashmaqom yo'llarining ko'p jihatlarini asosan saqlab qolgan. Lekin, so'ngi yillarda Xorazm ashula ijrochiligidagi o'ziga xos xususiyatlarga bog'liq holda ba'zi ashula yo'llari tanib bo'lmaslik darajada o'zgarib ketgan. Xorazm maqom sho''balarining ba'zi qismlari bizgacha yetib kelmagan, ba'zi taronalar unutilib yuborilgan. Ko'p ashula yo'llari esa tarona nomi bilan emas, maxsus boshqa nomlar bilan ataladi. Masalan, tarona qismlari Rost maqomida Suvora, Naqsh, Faryod; Buzrukda esa Sayri Gulshan; Navoda Suvora, Faryod, Naqsh; Dugohda Suvora; Segohda Naqsh va Muqaddima deb nomlanadi. Bu narsa Xorazm maqomlari ashula yo'llarini Shashmaqom sho'balari bilan solishtirishda juda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Bundan tashqari ba'zi taronalarning o'rni o'zgartirilgan. Ko'pincha saraxbor taronalari nasr sho''balarida yoki aksincha foydalanilaveradi. Yana shunisi diqqatga sazovorki Iroq maqomida ashula bo'limi sho''balari umuman uchramaydi va allaqachon unutilib yuborilgan. Hatto Xorazm tanbur chizig'ida Matyusuf Xarratovning «Xorazm musiqiy tarixchasi» kitobida ham Iroqning ashula bo'lim sho'balari aks ettirilmagan. Maqomlar ashula bo'limlarining bosh sho'basi bo'lgan saraxborlar Xorazmda maqomlar nomi bilan - Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Dugoh, Maqomi Segoh kabi nomlanadi. Xuddi Shunday holni cholg'u bo'limlarida ham uchratamiz. Bunga sabab Xorazm maqomlarida cholg'u va ashula bo'limlari bosh qismlarining kuy tuzilishi va ohanglari bir xilligidir, ya'ni ular ma'lum musiqa asarining cholg'u va ashula shakllaridir.
PÍgcTÍÍ^^BI 43 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
Maqomlarning bosh mavzusi bo'lgan birinchi sho'balaridan umumiy taassurot olish uchun Maqomi Dugohni tahlil qilib chiqamiz:
Maqomi Dugohning, ya'ni Xorazmcha «Saraxbori Dugoh»ning kuy tuzilishi Shashmaqomdagi kabi ohanglardan iborat bo'lsa-da, biroz o'zgartirilib ijro etiladi. «O'zbek xalq musiqasi» turkumida bosilib chiqqan oltinchi jild bo'lmish «Xorazm maqomlari» kitobida Saraxbori Dugoh - Maqomi Dugoh nomi bilan atalib, ashula boshlanadigan asl tonika - birinchi oktavaning «re» pardasi o'rniga kichik oktavaning «lya» pardasi, ya'ni to'rt parda pastga tushirilgan. Uning birinchi xati ikki marta takrorlanadigan ashula jumlalaridan iborat. Har biri she'rning bitta bayti bilan o'qiladigan ikkita xati daromad tuzilmasi bo'lib, she'r matnisiz aytiladigan ohanglar bilan asl boshlang'ich pardaga tushiriladi. Uchinchi xat o'rta pardalarda ijro etiladigan miyonxat bo'lib, uning har bir ashula jumlasi she'r matnisiz aytiladigan ohanglar bilan ashula boshlangan pardaga qaytib tushadi. Ashulaning to'rtinchi xati asar boshlanish jumlalarining yuqori pardalaridagi takrori bo'lmish dunasr, beshinchi va oltinchi xatlari Muxayyari Chorgoh namudi, yettinchi xati tushirim qismlaridan iborat. Ularning hammasi she'r so'zlarisiz ijro etiladigan ohanglar bilan yakunlanadi.
Xorazm maqomlaridagi bosh ashula yo'llari taxminan XIX asrning oxirgi choragidan boshlab maqomlar nomi bilan atala boshladi. Xorazm maqomlari she'r matnlari to'plamlarida esa, ular «saraxbor» deb ko'rsatilgan. Saraxborlarning kuy-ohanglari, doyra usuli va ularga aytiladigan she'r o'lchovlari Buxoro va Xorazm ko'rinishlarida deyarli bir xil desa bo'ladi.
Saraxborlarning ba'zi taronalari Xorazmda terma qilinib ishlangan. Ularga avjlar kiritilib, yirik shakldagi ashula holiga keltirilgan. Saraxbori Rostda uchta tarona mavjud bo'lib, Tarona, Suvora va Naqsh deb nomlanadi. Uning taronasi Shashmaqomdagi Saraxbori Rost uchinchi taronasining ritmik variantidir. Suvora yo'li esa Shashamaqomdagi Rostning uchinchi, to'rtinchi taronalari asosida yaratilgan bo'lib, Xorazmda juda ham mashhur. Hozirda esa zamonaviy mavzudagi «O'zbekiston gullari» ashulasi shu Suvora asosida yaratilgan. Naqsh ashula yo'li Nasri Ushshoqning birinchi va ikkinchi taronasi bo'lib, uning ma'lum ko'rinishi Xorazmda «Hanuz» nomi bilan mashhurdir. Naqshi Rost Shashmaqomdagi shaklidan farq etadi. Unga xorazmlik bastakorlar Ushshoq va Uzzol namudlarini kiritganlar. Buzruk maqomining taronalari - Sayri Gulshan, ikkinchi va uchinchi taronalariga ham Uzzol va Muxayyari Chorgoh namudlari avjiga kiritilib, ashula yo'llari ancha kengaytirilgan. Navo maqomining birinchi taronasi Shashmaqomdagi kabi bo'lib, mahalliy ashula ijrochiligiga moslashtirilgan. Navo maqomining Suvorasi Saraxbori Navo ikkinchi taronasining ma'lum ko'rinishidir. Saraxbori Dugohning taronalari asosida Xorazmda ularning noyob namunasi yaratilgan. Saraxbori Segohning birinchi va ikkinchi taronalari xorazmcha misolida ancha yiriklashtirilgan. Saraxborlar hamma taronalarining takt
44
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
o'lchovi, doyra usuli, ular boshlanadigan pardalar o'zgacha tarzda olinganligi ulaming o'zgarib ketishiga olib keladi.
Saraxborlar taronalari bilan aytilgandan so'ng Xorazm maqomlarida ham talqin deyilgan sho''balarga o'tiladi. Tilga olingan «Xorazm musiqiy tarixchasi» risolasida yettita talqin keltirilgan bo'lib, Xorazm maqomlari nota to'plamida to'rttasigina beriladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Qolgan talqin yo'llari Xorazmda unutilib yuborilgan bo'lsa kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.
2. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов, & С.М.Бегматов (2022).
МАКОМЛАРДА УСУЛЛАР УРНИ ВА АДАМИЯТИ (ФАРЕОНА
ТОШКЕНТ МАКОМ ЙУЛЛАРИ УСУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.
3. Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz Shashmaqom. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.
4.https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=UZ7S h6oAAAAJ&citation_for_view=UZ7Sh6oAAAAJ:Y0pCki6q_DkC
5. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов (2023). ШАШМАКОМ УСУЛЛАРИ ДАКИДА. Oriental Art and Culture, 4 (2), 729-735.
6. Rasulov Marufjon Mamirjon Ogli (2023). WAYS OF MAQAM OF THE TECHNIQUE OF UFAR AND FORMS AND FEATURES IN THE COMPOSITION OF FOLK MUSIC. European Journal of Arts, (2), 20-29.
7. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов (2023). УЗБЕК МАКОМОТИ УСУЛЛАР ТИЗИМИ: МУАЙЯН УСУЛ ВА ТУРКУМИЙЛИК КЕСИМИДА (ФАРЕОНА ТОШКЕНТ МАКОМ ЙУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 4 (4), 212-231.
8. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов (2023). ФАРЕОНА-ТОШКЕНТ МАКОМ ЙУЛЛАРИ ДУСУСИДА. Oriental Art and Culture, 4 (3), 22-30.
9. https://ppublishing.org/media/uploads/journals/article/Arts-2_23_p20-29.pdf
10. Акбаров И. Мусикд лугати. Тшкент. 1997 й.
45
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)