Chorshanbaev U. Q.
Guliston davlat universiteti o 'qituvchisi,
Muratjonova L.
Mallaxanov J.
Guliston davlat universiteti talabalari
XO'JALIK YURUTUVCHI SUBEKTLARDA QO'SHILGAN QIYMAT
VA UNGA SOLINADIGAN SOLIQ
Annotatsiya: Mazkur maqolada qo'shilgan qiymat tushunchasi va unga solinadigan soliq (QQS) mohiyati, maqsadi va uni qo'llash tartibi haqida ma 'lumotlar beriladi. QQS ning soliq to 'lovchilari, hisob-kitob qilish qoidalari, va uning iqtisodga ta'siri hamda rivojlanayotgan mamlakatlardagi rolini ochib berish maqsad qilingan. Ushbu mavzu iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi mutaxassislar, tadbirkorlar va soliq siyosatchilari uchun muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: Qo'shilgan qiymat, QQS, soliq tizimi, iqtisodiy rivojlanish, soliq to 'lovchi, hisob-kitob, soliq siyosati, tadbirkorlar, soliq nazorati.
Chorshanbaev U. K.
Teacher
Gulistan State University Muratjonova L. Mallakhanov J.
Gulistan State University students
VALUE ADDED IN ECONOMIC ENTITIES AND THE TAX
IMPOSED ON IT
Abstract: This article provides information about the concept of added value and the essence, purpose and procedure of its application. It aims to reveal the taxpayers, calculation rules, and its impact on the economy and its role in developing countries. This topic is important for experts in the economic and financial spheres, entrepreneurs and tax politicians.
Key words: Value added, VAT, tax system, economic development, taxpayer, calculation, tax policy, entrepreneurs, tax control.
Kirish. Qo'shilgan qiymat solig'i birinchi bo'lib 1954 yilda Frantsiyada joriy qilingan. Hozirgi vaqtda ushbu soliq dunyoning ko'pgina mamlakatlarida asosiy soliqlardan biridir. O'zbekistonda ham ushbu soliqning ahamiyati katta: u davlat byudjetining tahminan uchdan bir qismidan ko'prog'ini tashkil etadi [1].
Nima uchun ushbu soliq "qo'shilgan qiymat solig'i" deb ataladi? Chunki u ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonida inson mehnati bilan qo'shilgan qiymatdan olinadi.
Tikuv korxonasida matoning qiymatiga korxona xodimlari mehnati (dizaynerlar, tikuvchilar, marketologlar, boshqaruv xodimlari va h.k.) natijasida yangi qiymat qo'shiladi va tikuv mahsulotlari hosil bo'ladi. U tikuv korxonsi tomonidan xom ashyo va material sifatida olingan mato, ip, tugmalar sotib olingan qiymatdan ancha qimmatroqqa sotiladi. Sotilgan mahsulot qiymati bilan mol yetkazib bervuchilardan sotib olingan xom ashyo va materiallar (ularni yaratishda korxona o'z hissasini qo'shmagan) qiymati orasidagi farq qo'shilgan qiymatdir.
Agar korxona hech narsa ishlab chiqarmasa, aytaylik, savdo bilan shug'ullansa,unda qo'shilgan qiymat yuzaga keladimi? Ha, yuzaga keladi, u tovarni ma'lum bir narxda masalan, xorijdan sotib olib, uni respublikaga olib keladi, bojxonadan o'tkazadi, o'zining savdo nuqtalariga tarqatib chiqadi va qimmatroq narxda sotadi. Ushbu farq (savdo ustamasi) savdo korxonasi tomonidan qo'shilgan qiymat bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, qo'shilgan qiymat - bu tovar qiymatning korxona tomonidan yaratilgan qismidir.Agar biz mamlakatdagi barcha tashkilot va korxonalar tomonidan yaratilgan qo'shimcha qiymatlarni yig'ib chiqsak, unda iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasini ko'rsatuvchi - yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko'rsatkichiga ega bo'lamiz.
f 1 Turli tovarlarning qiymatini ikkiga ajratish mumkin - mavjud qiymatga(boshqa tashkilotlardan sotib olib ishlatilgan xom ashyo, yoki sotib olingan tovar qiymati) va ishlab chiqarish va sotish jarayonida yangi qo 'shilgan qiymatga. ,
Xazinasi ko'proq qo'shilgan qiymat solig'i hisobiga to'ldiriladigan har qanday davlat ushbu qo'shilgan qiymatning yuqori bo'lishidan manfaatdordir. Tadbirkor dastlabki materialni olib, unga o'zining bilimini, malakasi va resurslarini qo'llagan holda o'ta sifatli, foydali va buning natijasida qimmat bo'lgan mahsulotni yaratishi davlatga ham jamiyatga ham foydalidir.
Qo'shilgan qiymat - bu bozor munosabatlari sub'ekti bo'lgan har bir korxona dastlabki tovar bilan ayrim amallarni bajarib, uni keyinchalik sotish maqsadida unga qo'shgan foydasidir. Bu konveyerga o'xshaydi. Dastlab xom ashyo va materiallarni ishlab chiqaruvchilar qo'shilgan qiymatni yaratadilar. Ular xom ashyo va materiallarni qayta ishlovchilarga sotadilar. Ishlab chiqaruvchilar biror-bir tovarni ishlab chiqib - ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi sub'ektlarga sotilar. Ulgurji savdogarlar chakana savdo bilan shug'ullanuvchilarga, ular esa iste'molchi bo'lgan siz va bizga sotadilar. Har bir tijorat tuzilmasi olgan mahsulotini xom ashyo sifatida qabul qilib, ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish, yoki savdo) jarayonida uning qiymatiga o'zining yangi qiyimatini qo'shadi.
Qo'shilgan qiymatni hisoblash usullari
Qo'shilgan qiymatni quyidagi tarzda hisoblab chiqarish mumkin.
Sotilgan tovarlar (ish, xizmatlar) qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan sotib olib, foydalanilgan xom-ashyo va materiallar qiymatini ayirish yo'li bilan. Quyidagi formulaga ega bo'lamiz:
Bu yerda:
- qo'shilgan qiymat;
C^ - sotilgan tovar(ish,xizmatlar)lar qiymati;
H^ - iste'mol qilingan moddiy resurslar va tashki ish (xizmat)lar qiymati.
Qo'shilgan qiymat solig'ining ta'rifi
Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) bu - tovar(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishning barcha bosqichlaridan olinadigan ko'p pog'onali bilvosita soliqdir.
Nima uchun u bilvosita? Chunki u bevosita soliqlar kabi korxona daromadidan to'lanmaydi.
QQS boshqa bilvosita soliqlar kabi tovar, ish va xizmatlar iste'molchilari tomonidan to'lanadi:
• sotuvchi realizatsiya qilishda tovar (ish, xizmat)larining narxini hujjatlarda (hisobvaraq-fakturada) alohida ko'rsatilgan soliq summasiga oshiradi;
• xaridor tovar (ish, xizmat)lar qiymatiga qo'shilgan soliqni to'laydi;
• sotuvchi QQSni hisoblaydi va xaridordan olingan mablag'lar hisobidan uni byudjetga o'tkazib beradi.
Quyida shartli misolni keltiramiz. Faraz qilamizki, korxona kiyim-kechak tikish bilan shug'ullanadi va u buning uchun mato sotib oladi.
Mol etkazib beruvchidan sotib olinayotgan matoning narxi 100 mln. So'mdeylik, lekin uni xaridor korxona 112 mln. so'mga sotib oladi, chunki u mato siymatiga 12% miqdorida QQS hisoblashga majbur (100 mln. x 12%).
Shunday qilib, xaridor korxona 100 mln. so'm mato qiymatini hamda 12 mln. so'm QQS to'laydi. Mol etkazib beruvchi xaridor korxonadan olgan pul mablag'ini quydagicha taqsimlaydi: 100 mln. so'mni o'ziga olib, 12 mln. so'mnidavlatga topshiradi. U aynan xaridordan olgan soliq summasini byudjetga o'tkazadi. Demak QQSni xaridor korxoha to'laydi. Bunday turdagi soliqlar bilvosita soliqlar deb ataladi.
Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo'llaymiz va soliq summasini olamiz. Uni quyidagi formula shaklida ifodalash mumkin:
QQS = QQ x St
Bu eráa:
QQS - qo'shilgan qiymat solig'I;
QQ - qo'shilgan qiymat;
St - soliq stavkasi.
Qo'shilgan qiymatni aniqlash usulidan foydalangan holda soliq hisoblashning quyidagi foгmulasini olamiz:
QQS = (SQ - IQ) x ST
Bu eráa:
QQS - qo'shilgan qiymat solig'I;
SQ - sotilgan tovar (ish, xizmat) кг qiymat;
IQ - iste'mol qilingan moddiy resu^s^ va tashqi ish (xizmat) кг qiymati;
St - soliq stavkasi.
Qavslami ochib quyidagi foimulani keltirib chiqaramiz:
QQS = SQ x St - IQ x St
Ayiriladigan "IQ x St» nima ma'noni anglatadi? Xaqiqatda bu xarido! tomonidan iste'mol qilingan moddiy resuMa^ ish va xizmatlami sotib olishda to'langan QQS summasidir Ya'ni bizning QQS hisoblash fomulamiz quyidagicha bo'ladi:
To'lanadigan QQS = SQ x St - QQS to'langan.
Bu eráa:
QQS to'lanadigan - byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'I;
SQ - sotilgan tova! (ish, xizmat) кг qiymat;
St - soliq stavkasi;
QQS to'langan - soliq to'lochi tomonidan iste'mol qilingan moddiy resuMa^ ish va xizmatlami sotib olishda to'langan QQS summasi.
O'zbekistonda aynan shu fo^ula o^ali QQS hisoblanadi. Шг Ыг korconada qo'shilgan qiymatning o'zini hisoblab chiqarishning zamrati yo'q. Sotish hajmi va iste'mol qilingan resure (ish, xizmat)laг bo'yicha to'langan QQSni bilishning o'zi yetañidir
Fikr-mulohazalar:
Xo'jalik yurutuvchi subyektlarning iqtisodiy samaradorligi:
Qo'shilgan qiymatga solinadigan soliq tizimi, iqtisodiyotning samaгali ishlashini ta'minlashda, xo'jalik subyektlariga iqtisodiy samaгadoгlikni oshiгishga undaydi. Chunki har biг bosqichda soliq to'lov^^ga qo'shilgan qiymatni qamrab olish o^ali ulaг гaqobatni kuchaytiгadi va m^lami optimallashtiгadi.
Davlat byudjetini tushadigan mablag' miqdorini oshirish:
QQS davlat budjetiga mablag' kiгitishning muhim manbai bo'lib, davlatning ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtiгishga yoгdam beгadi. Shu bilan biïga, bu soliqqa solinadigan mahs^otto va xizmatlaming naгxining oshishi, istemolchila^a to'lanadigan naгxni oshiгishi mumkin, bu esa iste'mol talabini kamaytirishi mumkin.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar:
QQS tizimi iqtisodiy integratsiya va xalqaro savdo munosabatlarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu tizim orqali davlatlar o'z iqtisodiy tizimlarini modernizatsiya qilish va global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Xulosa
Xo'jalik yurutuvchi subyektlar tomonidan yaratilgan qo'shilgan qiymat va unga solinadigan soliq (QQS) iqtisodiyotning samarali ishlashida muhim o'rin tutadi. QQS tizimi davlatning moliyaviy bazasini shakllantirishga yordam beradi, iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ta'minlaydi. Shuningdek, QQS tizimi iqtisodiyotdagi shaffoflikni oshiradi va soliq yig'ish jarayonlarini osonlashtiradi. Shu bilan birga, mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va global bozorlar bilan integratsiya qilish uchun QQS tizimi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi "Soliq kodeksi" 30.12.2019 y.
2. Soliq solish asoslari. I.Axmadxonov. «Kafolat print company» nashriyoti. 2024 y. 238 b.
3. Aliyev, A. (2020). "O'zbekiston iqtisodiyotida qo'shilgan qiymat va uning soliq tizimidagi o'rni." Iqtisodiy Tahlil, 5(2), 45-60.
4. G'ulomov, D. (2019). "Soliq tizimi va iqtisodiy o'sish: qo'shilgan qiymatga solinadigan soliq." Xalqaro Soliq Jurnali, 12(3), 72-80.
5. Zaripov, R. (2018). "Soliq siyosatining iqtisodiy rivojlanishga ta'siri: qo'shilgan qiymat solig'i misolida." O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari, Toshkent, 104-112.
6. Yusupov, F. (2021). "Markaziy Osiyo mamlakatlarida soliq siyosati va qo'shilgan qiymat solig'ining iqtisodiy o'sishga ta'siri." Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, 6(1), 98-106.