Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
XO'JALIK JAMIYATI ISHTIROKCHILARI TOMONIDAN KORPORATIV HUQUQLARNING SUIISTE'MOL QILINISHI MASALALARI
Matkarimov Faridjon Umrbek o'g'li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti mkfaridjon@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada xo'jalik jamiyatlari tushunchasi, ularning tashkiliy huquqiy jihatdan bir-biridan farqi, jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, ushbu huquqlarni amalga oshirish usullari tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, korporativ boshqaruvning tashkiliy huquqiy mexanizmi tadqiq etilgan hamda uning yangi tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyati, uning elementlari aniqlanib, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati belgilangan va o'z navbatida xorij tajribasi ham o 'rganilgan. Bundan tashqari, jamiyat ishtirokchilari tomonidan huquqlar suiiste'mol qilingan holatda javobgarlik masalasi, ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilinganda sudlovga taalluqlilik va tegishlik masalalari, huquqlar suiistemol qilinishi sababli nizo kelib chiqqan taqdirda ushbu nizolarni sudgacha hal qilish tartib taomillari ham yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: xo'jalik jamiyatlari, ishtirokchi, korporativ boshqaruv, korporativ boshqaruvning tashkiliy huquqiy mexanizmi, korporativ nizo, talabnoma tartibi, sudlovga taalluqlilik, sudlovga tegishlilik.
АННОТАЦИЯ
В настоящей статье систематически проанализированы понятия хозяйственных обществ, их различия по организационно-правовым параметрам, права и обязанности участников обществ, методы осуществления данных (настоящих) прав. Так же, исследованы организационно-правовой механизм кооперативного правления и в качестве нового понятия определены его смысл и элементы, установлены научные новости и практическое значение, и в свою очередь изучены зарубежные опыт. Кроме того, освещены вопросы ответственности в случае злоупотребления прав участниками обществ, вопросы подсудности и подведомственности дел судам при обращении в суды в таких случаях, порядок досудебного решения споров, возникших в следствии злоупотреблений прав.
Ключевые слова: хозяйствующих субъектов, участник, корпоративное право, организационно-правовой механизм кооперативного правления,
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
корпоративный споры, порядок претензии, подсудности и подведомственности дел судам,
ABSTRACT
This article provides a systematic analysis of the concept of business societies, their organizational and legal differences, the rights and obligations of participants, ways to exercise these rights. The organizational and legal mechanism of corporate governance is also studied, its content as a new concept, its elements are identified, its scientific novelty and practical significance are identified, and foreign experience is studied. In addition, the issue of liability in case of abuse of rights by participants of the society, the issues of jurisdiction and appropriateness in the case of a lawsuit in this case, the procedure for pre-trial settlement of disputes in the event of a dispute over the abuse of rights.
Keywords: business entities, participant, corporate governance, organizational legal mechanism of corporate governance, corporate disputes, application procedure, jurisdiction of cases, rnses falling within competence.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-moddasiga ko'ra ulushlarga (qo'shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo'lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo'lgan tijoratchi tashkilotlar xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo'shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xo'jalik shirkati yoki jamiyati o'z faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir.
Xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari to'liq shirkat, kommandit shirkat, mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilishi mumkin [1].
Shulardan xo'jalik jamiyatlari ya'ni mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat va aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari, ularning huquqlari, ishtirokchilar tomonidan ushbu huquqlarning suiistemol qilinishi va ushbu holatlarda nizolarni hal etish masalalariga to'xtalsak. Fuqarolik kodeksiga asosan ushbu xo'jalik jamiyatlari tijorat tashkilotlari hisoblanadi va o'z navbatida ular tadbirkorlik subyektlari hamdir.
Tadbirkorlik subyektlari kollegial yoki yakkaboshchilik asosida boshqariladi. Bu ularning tashkiliy-huquqiy tuzilishiga bevosita bog'liq bo'lib, xususiy firma, xususiy korxona, dehqon va fermer xo'jaliklari hamda bir shaxs tomonidan tashkil etiladigan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlarda boshqaruv jamiyatning yagona ta'sischisi tomonidan amalga oshirilsa, ikki yoki undan ortiq ishtirokchi tomonidan tashkil etiladigan mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, ya'ni korporatsiyalar kollegial organ orqali boshqariladi.
Bitta shaxs tomonidan qarorning qabul qilinishi jarayoni nisbatan sodda bo'lib, qaror qabul qilinishida alohida tartib qoidalar, kelishuvlar va boshqa mexanizmlarni taqozo qilmaydi. Ammo boshqaruv sohasida muayyan qarorning qabul qilinishi, ikki va undan ortiq shaxsga bog'liq bo'lib qolganda-chi?.
Bunda "har bir ishtirokchi korporatsiya (shirkat va jamiyat) faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega"[2]. Albatta, mazkur holatda ushbu shaxslarning manfaatdorligi, dunyoqarashi va fikrlarining xilma-xilligi nuqtayi nazaridan qaraganda bir to'xtamga kelishda kelishmovchiliklar vujudga kelishi tabiiy hol.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tahlillar natijasi shuni ko'rsatmoqdaki, ishtirokchilar o'rtasidagi kelishmovchiliklar keyinchalik jamiyatning faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatib, ayrim hollarda jamiyatning to'lovga qobiliyatsizlik holatiga kelib qolishiga ham sabab bo'lmoqda. Bunday kelishmovchiliklarni hal etish va oldini olishning birdan-bir yo'li, korporatsiyalar ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini amalga oshirish, himoya qilish va ta'minlashning moddiy va protsessual huquqiy asoslarini mustahkamlashdir.
Mazkur jarayonda korporativ huquqning maqsadi - muayyan shaxslarning mustaqil manfaatlarini emas, balki bir nechta shaxslarning umumiy manfaatlarini himoya qilish va ta'minlashga qaratilgan bo'ladi [3, 36-b].
Demak, korporativ huquqiy munosabatlar bu - nafaqat korporatsiyaning alohida ishtirokchisining huquq va manfaatlari, balki bu ishtirokchilarning korporatsiyani tashkil etish, boshqarish bu faoliyat natijasida foyda olishga qaratilgan umumiy huquq va manfaatlaridan kelib chiqadi [4].
D.N. Severin fikricha, korporativ nizo - bu tadbirkorlik va boshqa (iqtisodiy) faoliyat bilan bog'liq, korporatsiya ishlarini boshqarish va yuritishda yoki uning kapitalida ishtirok etish korporatsiya ishtirokchilari, korporatsiya va uning ishtirokchilari, organlari (organlari a'zolari) va korporatsiya ishtirokchiligiga talabgor yoki talabgor bo'lmagan, lekin ulushga bo'lgan huquqlari orqali korporatsiyaga talab qo'yishga haqli boshqa shaxslar o'rtasidagi nizo hisoblanadi [5].
Jamiyat yoki korporatsiyani boshqarishda ishtirok etish, ishtirokchining nomulkiy huquqi hisoblanib, uning bu huquqlari amaldagi qonunchilik normalarida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mustahkamlab qo'yilganligi bilan bir qatorda, jamiyat ta'sis hujjatlari yoki umumiy yig'ilish qarori bilan qabul qilingan boshqa ichki lokal normativ hujjatlar bilan ham belgilab qo'yilishi mumkin.
Korporatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar hamda korporatsiyaning ta'sis hujjatlari va lokal hujjatlari bilan belgilanadi
Ingliz-amerika huquq tizimlarida korporativ huquqqa nisbatan "company law" atamasi qo'llaniladi va bu sohani o'rganuvchi va tadqiq etuvchi fan sifatida xuddi bizdagi kabi "comparative company law" asosiy o'rin tutadi [7].
O'zbekiston Respublikasining "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi O'RQ-310-II-sonli hamda "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 0'RQ-370-sonli Qonunlari xo'jalik jamiyatlari faoliyatini tartibga solishda foydalaniladigan asosiy normativ hujjatlar hisoblanadi.
Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 0'RQ-310-II-sonli Qonunning 3-moddasiga muvofiq, bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar [8].
Bu degani, misol uchun siz o'zingiz yoki sheriklikda mas'uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o'rinlarda MChJ) tashkil qilib faoliyat yuritayapsiz va shunday holat bo'ldiki, sizing ushbu korxonangiz yoki tashkilotiningiz to'lovga qobilyatsizlik va qarzdorlik holatiga kelib qoldi. Kreditorlaringiz qarzni undirishni xohlagan taqdirda ham sizning korxonangiz yoki tashkilotiningizga tegishli mol mulklar ushbu qarzlarni yopish uchun yetarli emas. Mazkur holatda, sizning kreditorlaringiz pullarini to'liq undirish uchun undiruvni sud orqali sizning shaxsiy (korxonaningizga tegishli mulklaringizdan tashqari) mol-mulklaringizga qaratishni so'rab da'vo kiritishlari tabiiy hol, biroq, yuqoridagi norma ushbu da'vo arizasining sudlar tomonidan rad qilinishi uchun asos sanaladi. Ya'ni, Qonunda nazarda tutilgan mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar [9] degan norma kreditorlar talablarining rad etilish uchun asos hisoblanadi. Ushbu holatda kreditorlar pullarini undirishlarining yagona yo'li bu -qarzdor MChJni bankrot deb topishni so'rab sudga murojaat qilish bo'lib qoladi.
[6].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ushbu o'ziga xos xususiyat aksiyadorlik jamiyatlari uchun ham xos bo'lib, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasiga ko'ra Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (keyingi o'rinlarda AJ) deb e'tirof etiladi.
Jamiyat o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo'ladi.
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi va uning faoliyati bilan bog'liq zararlarning o'rnini o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi [10].
Bundan ko'rinadiki, aksiyadorlik jamiyatlarida ham (keyingi o'rinlarda AJ deb yuritiladi) javobgarlik masalasi MChJga o'xshash, ya'ni AJ aksiyadori bo'lsangiz faqat o'z aksiyalaringiz doirasidagina javobgar bo'lasiz. Qachondir sizning AJingiz to'lovga qobilyatsiz va qarzdor bo'lgan taqdirda sud tomonidan sizning aksiyalaringiz tegishli miqdorda boshqa kimgadir sotilib yoki berilib undan tushgan pul bilan yoki shu aksiyalar bilan qarzdorlik qoplanishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, MChJ va AJda ishtirokchilar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonunning 4-moddasiga ko'ra, bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo'lgan va qo'shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo'ladilar. Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi[11].
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatda javobgarlik masalasi mas'uliyati cheklangan va aksiyadorlik jamiyatlaridan farq qiladi. Xo'jalik jamiyatlarining barchasida yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo'la oladilar. Misol uchun, Akbar ismli shaxs ham "Baraka" MChJ nomli yuridik shaxs ham boshqa bir MChJning ishtirokchisi, ta'sischisi bo'lishi mumkin. Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 310-II-son va "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 370-son Qonunga ko'ra davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo'lishga haqli emaslar.
Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 0'RQ-310-II-sonli Qonunning 8-moddasiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
ushbu Qonunda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonunchilikda va jamiyat ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to'g'risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'z ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o'zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat'i nazar ushbu Qonunda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o'n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o'z majburiyatlarini qo'pol buzayotgan yoxud o'z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko'rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin [12].
Jamiyat ishtirokchilari tomonidan shu va boshqa huquqlarning huquqlarning suiiste'mol qilinishi o'z navbatida yuqoridgai Qonun normasida nazarda tutilgani kabi ishtirokchilar tomonidan sudga murojaat qilinishiga sabab bo'ladi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotimizning salmoqli qismini tashkil etuvchi xo'jalik jamiyatlari, ya'ni mas'uliyati cheklangan jamiyatlar hamda aksiyali jamiyatlar shaklidagi xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida jamiyatning umumiy manfaati
368
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bo'lgan o'z ustav vazifalarini bajarish, rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishishning samarali va maqbul vositalarini tanlash, ulushlarga mansublikni belgilash, dividend va foydani taqsimlash hamda jamiyat faoliyatiga oid boshqa masalalarda ishtirokchilar orasida turli xil fikrlar, yondoshuvlar va ularning eng maqbulini tanlash va tasdiqlashda ziddiyatlar, nizolarning kelib chiqishi tabiiy hol.
Biroq, ushbu nizolar, ya'ni korporativ nizolar o'zining to'g'ri, qonuniy va adolatli yechiminitopgandagina jamiyatning belgilangan vazifalarini hal qilishda harakatlantiruvchi kuchga aylanib, uning keyingi rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Shu sababli, qonunchilikda xo'jalik jamiyatlari ishtirokchilari o'rtasidagi korporativ nizolarni hal qilishning ikki usuli: nizolarni sudgacha barataraf qilish va sud tartibida hal qilish belgilab qo'yilgan. Ishtirokchilar har kanday masalani umumiy yigilishda o'zaro hal kilib olishlari mumkin. Agar bu usulda nizolarni hal qilishga erishilmagan hollarda sudga murojaat qilish va nizoni sud tartibida hal qilish huquqiga ega bo'ladilar.
Xo'jalik jamiyatlari ishtirokchilari o'rtasidagi kelishmovchiliklarni sudga qadar
va
suddan tashqari bartaraf etishning bugungi kunda bir nechta usullari mavjud bo'lib bular:
talabnoma tartibi yoki muzokaralar, vositachilik (mediatsiya) tartibini keltirish mumkin.
Korporativ nizolarning sudga taalluqliligi, ya'ni mazkur toifadagi nizolarning qaysi sud tomonidan ko'rib chiqilishi protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ular murakkab toifadagi nizolar hisoblanadi. Chunki bunday nizolarda aksariyat hollarda taraflarning soni ko'p miqdorda bo'ladi va ularning hal etilishi bir qancha huquq subyektlarining, shu jumladan, davlat organlarining huquq va majburiyatlariga ta'sir qiladi. Korporativ nizolarning subyektlari sifatida ham yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Shu sababli bunday toifadagi nizolarni ko'rishda huquq va manfaatlariga ta'sir qiladigan barcha shaxslarni aniqlash hamda ularni ishga jalb qilish orqali taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlash muhim hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyingi o'rinlarda IPK) 25-moddasi birinchi qismining 5-bandiga ko'ra, korporativ nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan ko'rib chiqiladi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Korporativ nizolarning sudlovga tegishliligi, ya'ni bunday nizo vujudga kelganda huquqi buzilgan shaxsning aynan qaysi iqtisodiy sudga murojaat qilishi lozimligini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki IPK 155-moddasi birinchi qismining 3-bandiga ko'ra, ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo'lmasa, da'vo arizasi qaytariladi. Ya'ni da'vo nizoni ko'rishga vakolatli bo'lmagan sudga taqdim etilgan taqdirda, u qaytariladi. Bu esa o'z navbatida da'vogarga o'z huquqlarini sudlarda himoya qilish bilan bog'liq muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Odatda bunday muammolar sudga murojaat qilish uchun belgilangan qisqartirilgan protsessual muddatlarning o'tib ketishi oqibatida vujudga keladi.
Korporativ nizolarning sudlovga tegishliligi umumiy sudlovga tegishlilik qoidasidan farq qiladi. Masalan, umumiy sudlovga tegishlilik qoidalariga ko'ra, yuridik shaxslarga nisbatan da'volar ular davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi, yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida bo'linmalari faoliyatidan kelib chiqadigan da'volar alohida bo'linmalar davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi, fuqarolarga nisbatan da'volar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi sudga taqdim etiladi. Ya'ni boshqacha qilib aytganda, da'volarning sudga taqdim etilishi javobgarning davlat ro'yxatidan o'tgan joy bilan bog'liq bo'lsa, korporativ nizolar bo'yicha esa da'volar korporativ nizo vujudga kelgan yuridik shaxsning joylashgan joydagi sudga taqdim etiladi. Amaliyotda ayrim holatlarda korporativ nizoning sudlovga tegishliligini aniqlashda xatoliklar va ikkilanishlar ham uchrab turadi[13].
Masalan, ta'sischining yuridik shaxs tomonidan tuzilgan ko'chmas mulkni oldi -sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish to'g'risidagi da'vosi bo'yicha, agar yuridik shaxsning joylashgan joyi va ko'chmas mulkning joylashgan joyi boshqa-boshqa hududlarda bo'lsa, da'voni ko'rib chiqilishi qaysi sudga tegishli ekanligini aniqlash borasida ikkilanishlar ham yo'q emas. Chunki IPKda ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqini tan olish to'g'risidagi da'volar, ko'chmas mulk haqidagi nizolar, shu jumladan ko'chmas mulkni boshqa shaxsning g'ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi yoxud mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan holda buzilishini bartaraf etish haqidagi va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi boshqa da'volar ko'chmas mulk joylashgan yerdagi sudga taqdim etilishi belgilab qo'yilgan. Fikrimizcha, ko'chmas mulk bilan bog'liq korporativ nizolarga oid murojaatlar yuridik shaxs joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga taqdim etilishi lozim
[14].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qonunchilikda ayrim korporativ nizolar bo'yicha sudga murojaat qilmoqchi bo'lgan shaxslar uchun alohida muddatlar ham belgilangan. Masalan, "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining birinchi qismiga ko'ra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to'g'risida bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan e'tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Bunda ikki oylik muddat yig'ilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan, yig'ilishda ishtirok etmagan ishtirokchi uchun esa, u qaror to'g'risida bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab hisoblanadi [15].
Ushbu Qonun normasida nazarda tutilgan umumiy yig'ilish qarorini haqiqiy emas deb topish to'g'risida, asosan huquqlari buzilgan yoki suistemol qilingan jamiyat ishtirokchisi sudga murojaat qilishi mumkin.
Xuddi shuningdek, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko'ra, aksiyador tomonidan o'ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik to'g'risida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo'lgan paytdan e'tiboran uch oy ichida o'ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o'tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Sudlar shuni e'tiborga olishlari lozimki, ushbu ikki va uch oylik muddatlar maxsus da'vo muddatlari hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning hal qiluv qarori qabul qilungunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo'llaniladi [16]. Shu bilan birga, ushbu muddat o'tkazib yuborilgan bo'lib, uning sabablari da'vogarning iltimosnomasida ko'rsatilgan bo'lsa, sud uni uzrli deb topib, Fuqarolik kodeksining 159-moddasiga muvofiq tiklashi mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/111189.
2. Rahmonqulov H.R., Gulyamov S.S. Korporativ huquq. TDYI. Toshkent, 2007.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Saidov M.N. Korporativ nizolar: tushunchasi, turlari va ularni sudda ko'rishning o'ziga xos jihatlari. Toshkent, 2019.
4. Eshimbetova D.U. Korporativ huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi masalalari. 5A240121 - "Sud faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)" mutaxassisligi bo'yicha magistr darajasini olish uchun yozilgan. Toshkent, 2020.
5. Северин Д.Н. Рассмотрение судами споров, вытекающих из условий учредительства хозяйственных обществ (корпоративных споров). Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Минск, 2014. http://dep.nlb.by/ispui/handle/nlb/45667.
6. Ломакин Д.В. Корпоративное право как составная часть системы гражданско-правовых отношений: первое хозяйственное право. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора юридических наук. Москва, 2009, с. 363
7. Andreas Cahn and David C. Donald. "Comparative Company Law- text and Cases on the Laws Governing". Published in the United States of America by Cambridge University Press, New York, 2010.
8. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 310-II-son Qonuni. https: //www.lex.uz/acts/22525.
9. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 310-II-son Qonuni. https: //www.lex.uz/acts/22525
10. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 370-son Qonuni https://lex.uz/docs/-2382409.
11. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 310-II-son Qonuni. https: //www.lex.uz/acts/22525/
12. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 370-son Qonuni https://lex.uz/docs/-2382409
13. Korporativ nizolar: tushunchasi, turlari va ularni sudda ko'rishning o'ziga xos jihatlari [Matn]: sudyalar va aholi uchun amaliy qo'llanma / M.Saidov. -Toshkent: ,
2019. - 196 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
14. Korporativ nizolar: tushunchasi, turlari va ularni sudda ko'rishning o'ziga xos jihatlari [Matn]: sudyalar va aholi uchun amaliy qo'llanma / M.Saidov. -Toshkent: 2019. - 196 b.
15. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi 310-II-son Qonuni. https: //www.lex.uz/acts/22525/
16. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 370-son Qonuni https://lex.uz/docs/-2382409