Научная статья на тему 'XIVA XONLIGI XVII-XX ASR BOSHLARI ROSSIYA BILAN SAVDO MUNOSABATLARI TARIXINI XORAZM TARIXCHILARI TOMONIDAN YORITILISHI'

XIVA XONLIGI XVII-XX ASR BOSHLARI ROSSIYA BILAN SAVDO MUNOSABATLARI TARIXINI XORAZM TARIXCHILARI TOMONIDAN YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1833
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Munis / Ogahiy / Eltuzarxon / Firdavs ul iqbol / Gulshani davlat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mehriddin Jahongir O’g’li Murodullayev

Mazkur maqolada Xorazmlik mahalliy tarixchilar tomonidan Xiva xonligining XVII-XX asrlarda Rossiya bilan olib borilgan savdo va elchilik aloqalari to’g’risida ma’lumotlari tahlil qilingan. Asarlar solishtirilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIVA XONLIGI XVII-XX ASR BOSHLARI ROSSIYA BILAN SAVDO MUNOSABATLARI TARIXINI XORAZM TARIXCHILARI TOMONIDAN YORITILISHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-19-22

XIVA XONLIGI XVII-XX ASR BOSHLARIROSSIYA BILAN SAVDO MUNOSABATLARI TARIXINI XORAZM TARIXCHILARI TOMONIDAN

YORITILISHI

Mehriddin Jahongir o'g'li Murodullayev

Samarqand davlat universiteti, Tarix fakulteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Xorazmlik mahalliy tarixchilar tomonidan Xiva xonligining XVII-XX asrlarda Rossiya bilan olib borilgan savdo va elchilik aloqalari to'g'risida ma'lumotlari tahlil qilingan. Asarlar solishtirilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Munis, Ogahiy, Eltuzarxon, Firdavs ul iqbol, Gulshani davlat.

KIRISH

O'rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan kelgan savdo munosabatlarining yoritishda ham XVII-XIX asr va XX asr boshlarida Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarning ahamiyati katta hisoblanadi. Bu asarlarda Xiva, Buxoro xonliklarining Rossiya davlati bilan kelgan ko'pgina savdo aloqalari to'g'risida ma'lumotlar uchraydi. Ayniqsa, Xiva va Buxoro karvonlarining Mang'ishloqqa borib savdo qilishlari u karvonlarning yo'lda talanishlari rus karvonlarining O'rta Osiyo shaharlariga kelishi kabi ma'lumotlar beriladi. Bu ish yuzasidan ham asosan Qo'ng'irot sulolalari davlat tepasiga kelgandan so'ngi davrda bo'lgan savdo munosabatlari haqida batafsil gapiriladi. "Iltuzarxon (1801-1806) Xiva tarixida hukumronlik qilgan davrda, Xiva xonligiga buysunishdan bosh tortib yurdi Imralining arozil va avboshi Xo'ja ali urug'idan Boynazar bahodirning sardorligi bila Erdor yo'liga borish Buxoroning urusdan keltirilgan karvonini kim filxaga ganji ravon va xazinani begaron erdi qat ut-tariqoq tarikasi bila g'orat va toraj qilib, bazi tujjorni eng yetkurlar. Bichquvikim farang qilib, tillaslanur... jom va silar bilar taqsim qilib, amtaai latifa va aqmashai ifisatqim ajinasi farang va gibayn xitoyi erdi, iltifot qilmadi"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Munis o'zining "Firdavs ul-iqbol" nomli asrida Muxammad Rahmonning 1223/1808- 1809 yili ikkinchi martida xalqi ustiga yurish qilganligini bayon etar ekan, bu urushning sababi chorvadorlarining bayon yangi qal'adan kelayotgan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-19-22

Xorazm savdo karvoniga xujum etishi edi, deb ko'rsatiladi. Yangi qal'a karbonikim ul qal'a rus...ning tasallati va taklifi bila qozoqni ko'tarib Atil qanorida bino qilgan sabdaxonsidur, bir bo'lak Xorazm karvonikim" Shambal anaxirida ul qal'adni chiqib qozoq tavofidin Tibiiy elining savdogari bila kelur erdi, Ko'zna Bazirga evindi chavlur xalqi karvon orasiga kerib toroj qildi" Bundan ma'lum bo'ladiki, 1808-1809 yili Atul bo'yida bir yangi qal'a qo'rilgan bo'lib, u yerda rus va qozoq savdogarlari va Xiva xonligi savdogarlari savdo qilganlar.

Munis o'z asarini yozar ekan, asosan uning diqqat markazida xonlikning siyosiy xayotiy turgan. Siyosiy xayotni xronologik tartibda batafsil gapirilgan. Ayniqsa xonlikning va feodallarning orasidagi kurashlar mufasal yoritilgan. Lekin iltimoiy-iqtisodiy hayotning ko'p masalalari haqida ham to'xtalib o'tgan. Yuqoridagi savdo masalasi bo'yida qurilgan ma'lumot ham Xiva xoni Muhammad Rahimxonning chovdur xalqi ustiga ikkinchi marta yurish qilishning sababini ko'rsatish tufayli keltirilgan.

Agar chopdurlar Rossiyadan qilayotgan Xorazm karvonini talamaganda va Muhammad Raximxon ular ustiga yurish qilmaganda edi baliki Munis bu savdo aloqalari haqida to'xtalib o'tmagan bo'lar edi. Muhammad Rizo qo'shbigi rus buldidin Yangi qal'aga boradurg'on Xorazm karvonini... xazm ba ixtiyot jihatdan badarg'a yunuslik murofiqat ko'rgizib. Arang qiridan o'tkazib qo'yadilar. Munisning bu voqiyani bayon etishdan ma'lum bo'ladiki, Rossiyaga boradigan savdo karvonlariga maxsus harbiy kuch qo'shib ma'lum joygacha kuzatib qo'yilgan chunki shunday qilinmaganda yo'lda biror bir falokat uchrashi mumkun edi. Davlatlar o'rtasida savdo-sotiq ishlari ham ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilar edi. Qozoq tafalarida (o'rtasida) chumagoy eli yopiq va Atilsubunning kanorida yashab, qishida esa sir va Kavang sohilida qishlar edilar. Ular " Yangi qal'a yuli va Erdor masalasi masdul qilib, Mouronnaxirni, Xorazim va Urus karvonin mukarran g'orat etib, ko'p begunohlarni qatil va asir qildilar" Avvalgi yil xorazimda qal'aga ketayotgan karvonni askarlar muhofazasidan yuborilganligi va ma'lum yergacha ko'zatib quyilganlarini ko'rgan edik, Munisning bu bayoniga qaraganda yangi qal'aga Xorazmdan emas, balki O'rta Osiyoning boshqa shaharlaridan ham savdogarlar borganlar va rus savdogarlar ham O'rta Osiyo shaharlariga kelib turganlar.

NATIJA VA MUHOKAMA

Munis savdogarlar haqida gapirish tufayli qozoq toifasidan chumagay eli haqida to'xtab o'tadi. Munis va Ogaxiy "Firdavis ul-iqbol" mazkur qo'lyozma fondi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-19-22

keskinlashgandan so'ng, har yili Buxoro ustiga Xiva xoni o'zi boshliq yurish (toifali) qilib turdi. U bilan ham cheklanmagan Xiva xoni Buxorodan Rossiyaga boradigan soyd karvonlarini ham talagan Masalan "1238/1823-1824 yili Amir Xaydar aloqaga chiqib, Erdor yo'li bila urushga borish bu habarni ishitib yavmutiga muboritlaridan xondan ruxsat olib otlanib Xivadan chiqadilar karvon qasdiga qalam itijo bilan qat masasofaga etib, Erdor yo'liga edilar yo'lda karvinlarni topib g'orat va taroj qildilar. Barcha amal va manboshi amtaa va aqmashasin dasti tasaruffiga kergizib muovadat qildilar. XIX asr o'rtalariga kelib Xiva xonligining ichida taxt- toj uchun va tashqi dushmanlar bilan keskin feudal kurashlar davom etib turgan bo'lsa ham Ogaxiyning "Gulshani davlat" asarida yozishicha Rossiya bilan savdo aloqalari bo'ylab turgan.

XIX asr o'rtalariga topib va tolash qildilar. Barcha 1273/1856-1857 yili Sayid Muhammadxon davlat tepasiga kelgandan bir yil so'ng nabi-as-soniy oyining 20 payshanba kuni... Muxammad Yokub maxram bir jamoa lashkari jarror bila Xorazim va Buxoro karvonikim o'ris bilayotidan kelur erdilar, alarming istiqbolig'a sharoit urasi bila zakotlarini olib kelmak uchun. Dashti Qipchoqqa Erdor yo'li jonibiga ozim bo'ldilar" Muhmmad Yakub maxram urushdan Buxoroga borayotgan turjorning zakoti axri uchun Dashti Qipchoqga ketmish erdi, andoqkim buqon tastir topti. Dashti Qipchoqqa borib, tujjor guzargohida tastir topti. Dashti Qipchoqqa bir necha muddat tavaqqar ko'rguzdi va yetishgan so'ng shart xoqmiga muvofiq barcha antaa va aqmasha ajnasidan zakot olib muovadat qildi" Xorazimda yozilgan bu asarlarda, asosan Xiva va Buxoro xonliklarining Rossiya bilan olib borgan munosabatlari ucharydi. Abdulgo'ziy, Munis, Ogahiy va Bayoniy tomonidan Xorazimda ijod etilgan mazkur tarixiy asarlarda Xarazim o'lkasida uning atrofida yashagan ko'pgina toifa va urug'larning nomlari ko'zga tashlanadi. Bu urug'lar va toifalarning tarixini va ularni qaysi hududa yashaganlarini o'rganishda ham bu asarlarning qiymati kattadir. Bu asarlarda nayman, mang'it, qo'ng'irot, kangili, sart, o'zbek, uyg'ur, nukud, qozoq, Olabulik, Qiriq qiyriq, Tanga xitoy, Qora Ahmad, va shu kabi 14 urug' keltiriladi.

XULOSA

Bu masala yuzasidan Munis tomonidan " Firdavis ul-iqbol" da keltirilgan qo'ydagi ma'lumot ancha xakartirdir. Abulg'oziy davrida o'zbeklar to'rt guruh birlashgan edilar. O'zbekni to'rt guruh qilib, to'rt tupa atadi. Andoqkim. 1) Uyg'ur va nayman bir to'pa bo'lib, durmon, yuz ming jamoasi uyg'urga qo'shildi. Payg'ambar avlodi. Shayx va Buloq bila naymanga qo'shiladi. 2) Qo'nqiroq va Qiyot bir to'pa bo'lib, jaloyir va Ali-eli qiyotga qo'shildi. 3) Nukuz va mang'it bir to'pa bo'lib,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-19-22

kenagas nukuzga qushilib... Xo'ja eli mag'itga qo'shildi. 4) Kanigil va qipchoq bir to'pa bo'lib alag'ar 14 urug' qo'shilib 14 urug' ot kutardi. Xon barcha o'zbekka Darg'ondin tengizgachga Amu suvining ikki tarafi va har narlarkim Amu suvidin munishaab bulibdur Alarning atrofini taqsim qilib berdi. Urganch xalqin qilib kuchirib, Xoqonning marg'ib jonibida qal'a solib, ko'p yer beradi . Xolo Urganch ul mavzilardir. Bog'ayot ma'mura va obodon. Xorazimning ulug' sonaxonasidin. Bu voqiy tarxiy 1056-1646 yilda tovuq yili edi.

REFERENCES

1. Бартольд В.В История кудьтурной жизни Туркистани Л.. 1927 2.

2. Бартольд В.В История изучения Вастока в Европе и Россин. Изд. Второе. Л 1925 1

3. Munis va Ogahiy "Firdavis ul iqbol" mazkur qo'lyozma fondi Abdug'oziy. "Shajariy turk" Mazkur qo'l yozma fondi

4. Abdulg'oziy "Shajariy Turk". B. Lemezon nashri. 1-tom. Sankt-Petirburg,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.