Научная статья на тему 'XITOY SHINJON LAHJALARIDA “-MA” YUKLAMASINING XUSUSIYATLARI'

XITOY SHINJON LAHJALARIDA “-MA” YUKLAMASINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
115
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shinjon lahjasi / so’roq yuklamasi / noodatiy so’roq gaplarning uchrashi / oltoy tillari. / Xinjiang dialect / interrogative load / encounter of unusual interrogative pronouns / Altaic languages.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shamansurov, Shorasul Shavkatovich

Xitoy Shinjon lahjasidagi “-ma” yuklamasi, turkiy tillar singari, eng ko’p ishlatiladigan morfemalardan biri hisoblanadi. Ko’pgina turkiy olimlar bu borada tadqiqot va munozaralar olib borishgan va “-ma” modal yuklamasini gap oxirida ishlatiladi deb hisoblaydilar. Yoki jumlaning ma’lum bir qismidan keyin u turli xil vazifali so’zlarni ifodalaydi.Tadqiqot natijasida shu ma’lum boldiki “-ma” yuklamasi borasida batafsilroq muhokama qilinmagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF "-MA" DOWNLOAD IN CHINESE XINJANI DIALECTS

In Chinese Xinjiang, the suffix "-ma" is one of the most widely used morphemes, as in Turkic languages. Many Turkish scholars have done research and debate on the subject, and believe that the modal preposition "-ma" is used at the end of a sentence. Or, after a certain part of a sentence, it represents a variety of functional words.

Текст научной работы на тему «XITOY SHINJON LAHJALARIDA “-MA” YUKLAMASINING XUSUSIYATLARI»

XITOY SHINJON LAHJALARIDA "-MA" YUKLAMASINING

XUSUSIYATLARI

Shorasul Shamansurov Shavkatovich.

Ph.D in Linguistics and Applied Linguistics at the Institute of Linguistics, Zhejiang

University (ZJU) E-mail. dashishuo guo@mail .ru

ANNOTATSIYA

Xitoy Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi, turkiy tillar singari, eng ko'p ishlatiladigan morfemalardan biri hisoblanadi. Ko'pgina turkiy olimlar bu borada tadqiqot va munozaralar olib borishgan va "-ma" modal yuklamasini gap oxirida ishlatiladi deb hisoblaydilar. Yoki jumlaning ma'lum bir qismidan keyin u turli xil vazifali so 'zlarni ifodalaydi.Tadqiqot natijasida shu ma 'lum boldiki "-ma " yuklamasi borasida batafsilroq muhokama qilinmagan.

Kalit so'zlar: Shinjon lahjasi, so'roq yuklamasi, noodatiy so'roq gaplarning uchrashi, oltoy tillari.

АННОТАЦИЯ

Китайский - самый высокий погрузчик в Синьцзяне, таких как тюркские языки, является одним из наиболее широко используемых морфемов. Многие тюркские ученые обсуждают исследования и обсуждения в этом отношении и считают, что «сделанная модальная нагрузка используется в конце. Или после определенной части предложения он представляет собой множество слов задач. Подробнее не обсуждалось о загрузке «Сделано».

Ключевые слова: Xinjiang Zooms, загрузка на допрос, необычное собеседование происходит, алтайские языки.

ABSTRACT

In Chinese Xinjiang, the suffix "-ma" is one of the most widely used morphemes, as in Turkic languages. Many Turkish scholars have done research and debate on the subject, and believe that the modal preposition "-ma" is used at the end of a sentence. Or, after a certain part of a sentence, it represents a variety offunctional words.

Keywords: Xinjiang dialect, interrogative load, encounter of unusual interrogative pronouns, Altaic languages.

KIRISH

1. Oltoy tillari oilasida "-ma" yuklamasining sintaktik taqsimoti

Biz Xitoy Shinjon lahjasidagi ko'plab turkiy tillarda uchraydigan "-ma" yuklamasining o'xshashliklarini topdik. Shinjon mahalliy qozoq, turk, salar va

743

boshqa oltoy lahjalarini o'z ichiga oladi. Xitoy Shinjon lahjasidagi "-ma" modal yordamchi so'zi gap oxirida va gap o'rtasida uchrasa turli ma'nolarni ifodalashi mumkin:

Turk tili: Ali yemak yapt-i ma/mi?

Shinjon lahjasida: Bugun top musabakasi bar ma/mu?

Salar lahjasida: U Ali ira mo/mu/mi?

Qozoq lahjasida: avtomabil ajdaj alasen ba/ma?

yuqoridagi to'rt lahjadagi "-ma" yuklamasining xususiyatlarini quyida umumlashtiramiz: 1

So'roq gaplarda(ga p ohirida) So'roq gaplarda(ga p o'rtasida) Darak gaplarda(ga p ohirida) Darak gaplarda(ga p o'rtasida)

Turk tili(ma/mi?) +[so'roq] +[so'roq] - +[takidlamoq ]

Shinjon lahjasida(ma/mu?) +[so'roq] +[so'roq] - +[takidlamoq ]

Salar lahjasida(mo/mu/mi? ) +[so'roq] +[so'roq]

Qozoq lahjasida(ba/ma?) +[so'roq] - - -

Shinjon lahjasidagi "-ma" yordamchi so'zi har xil so'zlardan keyin qo'shilishi mumkin bo'lsa -da, u har doim ham so'roq gap yasay olmaydi. Shu asosda, ushbu maqolada asosan ikkita masala muhokama qilinadi: l.agar bir gapda ikki "-ma" yordamchi so'zi uchrasa ularni qanday farqlanadi?

2. agar ularni turi har xil bo'lsa Sintaktik farqi qanday?

Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi jumlaning oxirida yoki o'rtasida uchrashi mumkin. Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi hech qanday mustaqil leksik ma'noga ega emas va morfologik o'zgarishlarga ega emas. Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasini quyidagi toifalarga bo'lish mumkin: (1) a.Ali kitabi Fatmaga verdima?

b.Ali dun yemak yaptima?

Lekin ba'zi jumlalarda savolni ifodalovchi "-ma" yuklamasi jumla oxirida qo'llanmasligi mumkin. quyidagicha:

Scientific Journal Impact Factor

(2) a.U yemak yegan ma yok?

a.U yemak yegan ma yok?

"-ma" yuklamasi gapdagi ma'lum bir so'zga qo'shiladi va bu o'rinda "-ma" yuklamasi xitoy tilidagi "ye" ya'ni "ham" ma'nosini beradi. bu turdagi "-ma" yuklamasini bog'lovchi deb atashimiz mumkin:

(3) a.okimak ma oram almak ma muhim.

b.Ali cok calismasina ma ragmen sinavda basarisiz oldu.

"-ma" yuklamasi ravishdan keyin qo'llanilganda bog'lovchi vazifasini bajarmaydi, faqatgina takidlash ma'nosini berishi mumkin.

(4) a.bu jay ajayip ma guzel idi.

b.Ali ajayip ma cay damladi.

bu turdagi "-ma" yuklamasi ajablanish ohangni bildiradi. Ba'zida "-ma" dan keyin "nima" so'roq olmoshi kelishi mumkin, bu ajablanish ohangni ifodalash uchun

( 5 ) a.Ali afandi bugun darsingiz yomkma-nima?

b.sen joningdan toydingma-nima?

Madaniyat, urf-odatlar nuqtai nazaridan Xitoy Shinjon shevalarida ko'p farq bor, bu farqlar ikki xil gap tuzilishini tashkil qiladi. Gapiruvchining ohangini ifodalash uchun ikki xil turdagi tillarda qo'llaniladigan usullarda ko'p umumiylik va farqlar mavjud.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1.1 Shinjon lahjasida "-ma" ning sintaktik ifodasi

Shinjon lahjalaridagi so'roq gaplarni o'rganish davomida, quyidagi misollardan ko'rish mumkin, "-ma" nafaqat gapning oxirgi bo'lagida uchraydi, balki gapning o'ziga xos qismiga ham e'tibor qaratadi. U gapning o'rtasida ham paydo bo'lishi mumkin.

( 6 ) a.Ali kitabi Fatimaye verdi ma?

b.Ali kitabi Fatimaye ma verdi?

c.Ali kitabi ma Fatimya verdi?

d.Ali ma kitabi Fatimaye vedi?

e.Ali kitabi ma Fatimaye vedi ma?

Tadqiqot shuni korsatadiki, Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi boshqa turkiy tillarga qaraganda erkinroqdir. Shinjon lahjasidagi "-ma" jumlaning alohida qismlarini

ishlatiladi.

ajratib ko'rsatish uchun jumlaning turli bo'laklarida uchraydi. Darhaqiqat, "-ma"so'zini nafaqat so'roq gaplar, balki darak gaplarda ham ishlatish mumkin. Darak gaplardan keyin qo'llansa ohangni tasdiqlash yoki ma'noni kuchaytirishda uchrashi mumkin. Masalan:

(7) a. yemak yeyabsan-ma.

b.sen ilac icyosan-ma.

"yemak yeyabsan-ma" bu turda so'rovchi so'raluvchini ish harakatini ko'rib tursada tasdiqlovchi ohangni kuchaytirish uchun jumlaning oxiriga "-ma" qo'shib ohangni kuchaytirish uchun qo'llashi mumkin."-ma" qo'shilishi tasdiqlash ohangini kuchaytiradi va ish harakatini takidlaydi, chunki so'rovchi sizdan ovqat yeyotganingizni emas, balki "Ovqatlanishda davom etishga" urg'u berishning ifodasidir. solishtiring:

(8) a.Bu Ali. a.Bu Ali ma.

b.sen bilmish. b.sen bilmish ma.

c.Ali yotmish. c.Ali yotmish ma

Chap ustun umumiy bayonot ohangi, o'ng ustun esa tasdiqlash ohangini kuchaytirish uchun "-ma" yuklamasidan dan foydalanadi. "-ma" yuklamasi eslatma ohangini ko'rsatish uchun jumlaning oxirida ishlatilatilishi mumkin. Taqqoslash:

(9) a.Su ayyakabilari giy! a. Su ayyakabilari giyasanma! b. Mana tuz ver! b. Mana tuz verasanma!

Chap ustun bu sof buruq ohangini ifodalaydi, o'ng ustunda eslatma ohangini oshirish uchun "-ma" yuklamasi uchrashi mumkin.

C10) a. sen oquysanma hong long men. b.manga bakarmisanma.

Misoldagi(10a, b)"-ma" yuklamasi takidlashni anglatadi; ikki misol jumlalaridagi "-ma"shakli jihatidan bir xil, lekin so'roq vazifasini bajaradi. Ko'rinib turibdiki, "-ma" har xil ma'noga ega so'zlarga birikib, o'z shaklini o'zgartirmay qoladi.Tekshiruvimiz shuni ko'rsatdiki, yuqoridagi tuzilishga qo'shimcha ravishda, Shinjon lahjasida "-ma" ham ikki yoki undan ortiq komponentlar orasida uchrashi mumkin.

(11) a.Sirkette evde ma yoksa iste ma okursunuz?

b.Pilav yer misin ma kahve ma i?ersin?

746

c.Ali ma pilav yemeyi sever ma?

Shinjon lahjalarida siz tez -tez shunga o'xshash misol jumlalarni uchratishingiz mumkin.Shinjon dialektlarida, hatto ikkita komponent har xil bo'lsa ham, bunday birlashish allaqachon grammatik qoidalarga mos keladi. Lekin (11c) gap tuzilishi yuqoridagi gap tuzilishdan farq qiladi. Agar Shinjon lahjasida jumlada ikki "-ma" uchraydigan bo'lsa, unda birinchi "-ma" takidlash ma'nosini bildirishi mumkin. Ikkinchi "-ma" ni gap oxirida qo'llanishi so'roq ma'nosini berishi mumkin. Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi ma'nosini to'rt turga bo'lish mumkin, Buni quyidagi jadvalda kuzatishimiz mumkin: 2

Turi O'rni Ma'nosi

-ma1 gap oxirida so'roq

-ma2 gap o'rtasida, gap oxirida takidlash

-ma3 gap boshida ajablanish ma'nosida

-ma4 bog'lovchi vazifasida bog'lovchi(va, balki)

Tadqiqot davomida yuqoridagi "-ma" yuklamasining turli ma'nolari to'rtta mustaqil qo'shimcha sifatida ko'rib chiqiladi. Ular orasida faqat [mai] va [ma2] bu maqolada alohida muhokama qilinadi. Akademik doiralar Goksel va Kersleyk (2005) Aygen (2007) "-ma" ning turli ma'nolari va funksiyalari keng muhokama qilishgan. Biroq, "-ma" sintaksisidagi har xil farqlar, ayniqsa uning grammatik funksiyasi va morfologik o'zgarishlari haqida hech qanday bahs yo'q. Shinjon lahjasidagi "-ma" yuklamasi va vazifasi jihatidan ikki xil ma'noga ega. Biz uni "-mai va -ma2" turiga bo'lishimiz mumkin.

1.2 Sintaktik farqlari

Shinjon lahjasida "-ma2" ning o'rni tartibi aniq belgilanmagan. U har qanday gap tuzilishida boshida yoki gap o'rtasida uchrashi mumkin. "-ma2" ning aniq o'rni yo'q, shuning uchun juda ko'p bahslarga sabab bo'ladi. U bilan so'roq gap yasash mumkin. Quyida "-ma2" ning so'z tartibi xususiyatlari ikki jihatdan tahlil qilinadi: gap boshi va gap o'rtasida.

(12) a.Ali dun yemakma yapti. (takidlash)

b.Alima dun yemak yapti. ( takidlash)

"-ma2" yuklamasi ko'pincha voqeani takidlash uchun gap boshida uchrashi mumkin, lekin uning ahamiyati kamayadi. Shu bilan birga, ko'plar "-ma2" yuklamasi

o'tgan zamoni ham bildirishi mumkin. misol jumla (12a) Ammo bu izohlanmagan va tasdig'ini topmagan.

Shinjon lahjasida, "-ma2" otdan keyin, ravishdan keyin uchraydi. Xitoy tilida "-ma2" yuklamasi odatda ritorik savol yasashda va so'roq gap yasashda gapning ohirida qo'llaniladi. (13a) - (13b) Shinjon lahjasidagi "-mai" so'roq gap yasash to'g'ridan-to'g'ri jumla oxirida qollaniladi:

(13) a.organcilar yazgi tatila ketisdima?

b.Ali bugun jamiga bardima? (13a) misolda "-ma1"so'roq yuklamasi "organcilar yozgi tatilga ketisdi" darak gapga qo'shilib, jumlaga so'roq kayfiyatini qo'shadi; masalan (13b), "-ma1" ham darak gapga so'roq kayfiyatini qo'shadi. Shinjon lahjasida "-ma1" so'roq yuklamasining ikki hil turi bor, biri so'roq kayfiyatini bildirish uchun darak g apning oxirida, ikkinchisi so'roqni ifodalash uchun inkor gap bilan birlashib keladi. "-ma1"so'roq yuklamasi gap oxirida so'roq kayfiyatini ifodalasa, predikatli fe'lning shakli + "ma1" so'roq yuklamasini ritorik shaklini hosil qilishi mumkin, masalan: (14) a.tunugun siz galmadingizma?

Yuqoridagi mazmunga hulosa:3

Turi So'roq gaplarda Darak gaplarda

ma1 +

ma2 + +

1.2.1 Sintaktik umumiylik

Shinjon dialektida "-ma" yuklamasini jumla oxirida va jumlaning boshqa pozitsiyalarida ko'rish mumkin, lekin uchrash o'rinlarida farq bor. Oldingi tadqiqotlar natijalari va ko'plab misollar bo'yicha shaxsiy analizlarni birlashtirib, Shinjon dialektlari o'rtasidagi "-ma1" va "-ma2" sintaktik farqlari, ya'ni ularning har xil taqsimlanish pozitsiyalarini ko'rib chiqamiz.

Shinjon lahjasida "-ma2" yuklamasining jumlani boshida ko'rinishi o'tgan zamon shaklini bildirishi mumkin. Masalan: (15) a.Ali ma kitab okuy or. b.Ali kitabima okuyor.

Shinjon lahjasidagi "-ma2" jumlaning boshida uchraydi va ba'zan ot yoki to'ldiruvchi bilan bog'lanashi mumkin. Shinjon lahjasidagi "-ma2" odatda o'ziga xos kuchli birikma sifatida qaraladi. Shinjon lahjasidagi "-ma2" so'roq gaplarning

boshida bir vaqtning o'zida "-mai" bilan, tasdiqlovchi ohangni ifodalab kelishi mumkin.

(16) a.Ali okula ma git-di ma? Shinjon lahjasidagi so'roq yuklamasi "-mai" jumlasi - bu oltoy tillar oilasida so'roq gap yasashda eng ko'p qo'llaniladi. Quyidagi ikkita misolning jumla tuzilishi bir xil: S+O+objective case+(ma1)+VP. Bu turdagi gaplarning muntazam tuzilishi quyidagicha bo'lishi kerak: S+O+objective case+VP (ma1).

Shinjon lahjalaridagi "-mai" va "-ma2" lar o'rtasida farqlar taqsimoti yetarli darajada sezilmaydi."-mai" va "-ma2"yordamchi so'zlarining joylashuvini quyidagi jadvalda ko'rsatish mumkin: 4

O'rni So'roq gaplarda(gap ohirida) So'roq gaplarda(gap o'rtasida) Darak gaplarda(gap ohirida) Darak gaplarda(gap o'rtasida)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-ma1] + + - -

-ma2] - + + +

XULOSA

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, Shinjon lahjasidagi "-ma2" gapning turli o'rinlarida uchrashi mumkin va u juda kam cheklovga ega. Shinjon lahjasidagi "-mai" so'roq gap yasashda faqat gap oxiridauchrashi mumkin.

Yuqoridagi tahlillardan ko'rinib turibdiki, Shinjon shevalari juda boy va o'ziga xosdir. Shinjon shevalari va boshqa shevalar manbalarini o'rganib chiqib, Shinjon dialektlari o'ziga xos xitoy lahjalari tizimini shakllantirgani, shuningdek, Shinjon xitoy lahjalariga xos xususiyatlarni shakllantirganligi aniqlandi. "-ma" so'roq yuklamasini tahlil qilish orqali, Shinjon xitoy lahjalarida "A+ma A+ma" va "Alima jamiye gidema?" Eng keng tarqalgan va tez -tez ishlatiladigan jumlalar namunalari ekanligi o'rganildi. Muallif tadqiqot jarayonida shuni aniqladiki, bunday maxsus so'roq jumlalari asosan shimoli -g'arbda ko'p ucraydi, Shinjon lahjasidagi"-ma"ning tarqalgan va bu turdagi ko'rinishi zamonaviy xitoy tilida nisbatan kam uchraydi.

REFERENCES

[1]Chomsky, N.. Lectures on Government and Binding [M].Foris Publications-Dordrecht, 1981.

[2]Chomsky, N.. Barriers. [M]. Cambridge, Mass: MITPress, 1986.

[3]Huang, C. -T.James. A Note on the Binding Theory [J].Linguistic Inquiry, 2002, 14: 554-561.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

[4]Huang, C. -T.James. Hanyu zhengfan wenju de mozuyufa [ A Modular Grammar of Chinese A-not-A Questions] [J].Zhongguo Yuwen, 1988, 3: 247-264.

[5]Huang, C.-T. James.. Modularity and Chinese A-not-AQuestions. In Interdisciplinary Approaches to Language [M].Dordrecht: Carol Georgopolous and Robert Ishihara, 1991.305-322.

[6]Aygen-Tosun, Gul§at. (1999). Specificity and Subject/Object Positions in Turkish. Talk given at I. Linguistics Conference on Turkic Languages . University of Manchester. April 6-7 1999. Manchester.

[7]Besler, Dilek. (1999). The question particle and movement in Turkish. MA thesis, Bogazici University, Istanbul

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.