XITOY IEROGLIFLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Mamatqulov Shexroz O^tkir o^gli Samarqanda davlat chet tillar instituti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi
+998 99 0620208
Annotatsiya: Bunda biz xitoy ierogliflari tarixi, piktogrammalar va ideogrammalarning yasalishi, murakkab ierogliflar va chetdan kirib kelgan so 'zlarning ma 'nolarini va bundagi murakkab ierogliflarning qay tarzda yasalishi, ikki ierogliflarning bir-biriga qo 'shish orqali yasalishi yoki shunga o 'xshash bo 'lgan hodisalar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Xitoy ierogliflari tarixi, piktogrammalar, ideogrammalar, murakkab ierogliflar, o 'zlashma so 'zlar.
Аннотация: Мы описываем историю китайских иероглифов, построение пиктограмм и идеограмм, значения сложных иероглифов и иностранных слов, а также то, как создаются сложные иероглифы путем сложения двух иероглифов или аналогичных событий.
Ключевые слова: история китайских иероглифов, пиктограммы, идеограммы, сложные иероглифы, идиомы.
KIRISH
Mazkur maqolada bugungi kunda jahon miqyosida keng o'rganilayotgan va o'ziga xos xitoy iyeroglif-harfi haqida tadqiqot olib boriladi. Mazkur ieroglif-harf, tovush, so'zni anglatuvchi belgi bo4ib, u xitoy yozuvi hisoblanadi. Dunyoning boshqa tillari yozuvidan farqli o'laroq, xitoy yozuvi belgilar shaklida oz ifodasini topgan yozuvdan, yani iyerogliflardan tarkib topgan.Tarixdan ma'lumki, Xitoy ierogliflari soni bo'yicha Qadimgi Misr ierogliflaridan ham ortiq chunki, qadim zamonlarda Xitoy da ierogliflarning keskin oshib borishining sababi alifboning yo'qligi va ular faqatgina narsa yoki buyumlarga qarab ongidan paydo qilishgan bular esa ideogrammalardir shuning natijasida Xitoy ierogliflari hozirgi kunda ham eng ko'p ieroglifli mamalakat sifatida qaraladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Xitoy ierogliflari haqida umumiy ma'lumot ta'lim yo'nalishiga ta'siri obyektiv ochib berildi. Xitoy ierogliflarining shakllanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Bekmurotov I. N ., Xitoy yozuvi (iyerogliflari) haqida va J.T. Ziyamuhammedov, M.A.Turatova- "Xitoy Tili" nomli kitoblari mantiqiy izchillik va asosiy manba sifatida tadqiq qilindi.
VOLUME 1 I ISSUE 1 ISSN 2181-1784
R
VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tarixdan hammamizga ma'lumki Xitoyning ierogliflari soni 80 mingdan ziyod deyiladi ayrim bitiklarda, ayrimlarida esa undan kam. Qadimgi Xitoy ierogliflari hozirgi zamon shakllangan ierogliflariga qaraganda juda ham qiyin va bir qarashda anglab bo'lmaydigan ierogliflar sirasiga kiradi.Xitoy ierogliflari chapdan o'ngga tepadan pastga qarab yoziladi. Xitoy ierogliflari hozirgi paytda ham o'zining darajasini yo'qotmay kelmoqda. Ko'pchilik olimlar fikricha, hozirgi Xitoy ierogliflarini o'rganish juda ham oson deyiladi sababi esa davrlar o'tishi mobaynida eski ierogliflarning shakllanishidir. Hozirgi davrda biz Xitoy ierogliflarini qariyb 6 yoki 7 mingga yaqinini o'rganamiz va shular orqali gaplashamiz. Xitoy ierogliflari 2 xil ya'ni bular; piktogrammalar va ideogrammalarga bo'linadi. Piktogrammalar nafaqat qadimgi Xitoy ierogliflarida balki hozirgi zamon shakllangan ierogliflarida ham bir xil qo'llaniladi. Piktogrammalar paydo bo'lishi tasvirli yozuvning bosqich -ma bosqich rivojlanishi bilan bog'liqdir. Xitoy ierogliflari tarixi "Piktogramma"larga borib taqaladi. Piktogramma - bu biror narsa yoki hodisa ifodalangan belgili surat. Hozirgi kunga kelib bunday yozuv faqat 3400 yillik tarixga ega toshbaqa kosalarida saqlanib qolgan. Bundan shu ma'lum bo'ladiki, o'sha paytlardayoq ma'lum me'yorlarga asoslangan yozuv mavjud bo'lgan. Piktogrammalar to hozirgi davrga qadar o'zgarib, yozuv belgilariga aylangan. Toshbaqa kosalariga yozilgan yozuvlar davridan to hozirgi zamonaviy yozuvlarga qadar 10 xil yozuv turi mavjud bo'lgan. Ulardan asosiylari 5 ta, bu usullar ham 2 ga bo'linadi va 3 tasi hozirda ham qo'llaniladi. 2 tasi qadimiy yozuv hisoblanib, ularni faqatgina kalligrafiya san'atida uchratish mumkin.Piktogrammalar hozirgi inson kundalik faoliyatida ko'p foydalaniladigan narsa va buyumlarni ifodalash uchun keng foydalaniladi. Piktogrammalar bilamizki, nafaqat inson hayoti balki koinot, o'simlik va hayvonot ga , mehnat buyumlariga kundalik hayotga oid predmetlarni ifodalaydi. Masalan: Rasmda ko'rsatilgandek bularning barchasi piktogrammalar deymiz. Piktogrammalar asosan toshlar, metallar, bambuk poyalari, turli xil idish kabilarga tushirib o'yib yozilgan ulardan ko'rishimiz mumkin iJÜ(shän) tog'.
VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784
Murakkab ierogliflarning paydo bo'lishi va shakllanishi mavxum so'z va tushunchalar miqdorining o'sib borishi bilan izoxlanadi. Yangi so'zlarni oddiy piktogramma va belgilar bilan yozuvda ifodalashning imkoni yo'q edi. Yangi so'zlarni hosil qilish piktogrammalar va belgilarni qo'shish orqali hosil qilindi va bunda yangi so'zning ma'nosi va yangi so'z tarkibidagi piktogramma ma'nosi o'rtasida bog'liqlik bor edi. Masalan, ^ mu - daraxtni anglatadi, ikkitasi birgalikda murakkab ieroglifni tashkil etib, ^ lin (o'rmon) morfemasini hosil qiladi, uchtasi bir ieroglifga birlashib, "changalzor" deb ataladi va soya ma'nosini beradildeogrammalar murakkab sintetik belgilar bo'lib, odatda ikkita belgidan iborat bo'ladi va bu belgilar ma'no jihatdan ideogramma ma'nosiga aloqador bo'ladi. Ideogrammaning ikkala qismi ham ma'no anglatadi, faqat ideogrammaning talaffuzi uning qismlarining talaffuziga bog'liq bo'lmaydi. Talaffuzdagi bu nomuvofiqlik xitoy ieroglifining ideogrammalariga xos xususiyat hisoblanadi. Ideogrammalar hosil qila olish mavxum so'zlarni ifodalashda juda qo'l keladi. Ideogrammalar orqali so'zlar yasash imkoniyati paydo bo'lgan bo'lsada, amalda yangi xosil qilingan so'zlarni yodda saqlash mushkul edi. Bu odatda ma'nosi o'xshash so'zlarning barida asosiy so'z ishtirokini talab qilar edi. Shu kabi ideogrammalar bilan bog'liq murakkabliklar ieroglif yozuvida fonetik usul keng tarqalishiga olib keldi. Bunda so'zlarning ohangidagi farqni yozuvda ifodalash uchun ko'rsatkichlardan foydalanildi. Misol uchun, Ц ma ieroglifi, "ot" ma'nosini beradi, deyarli shunga oxangdosh so'z ^ ma ieroglifi esa (qo'shimcha nu (ayol) belgisi bilan) ona ma'nosini beradi, quyidagi so'zlarga e'tibor bering: Sf ma-"so'kmoq" (P kou-"og'iz" belgisi bilan); ^ ma-
21
"chumoli" (^ chong-"hasharot" belgisi bilan).Shunday qilib, dastlabki ieroglif belgilaridan bo'lgan tasvirli belgilar va ko'rsatkichli belgilarning birikishidan murakkab ierogliflar hosil bo'ldi. Bular ideogrammalar va fonogrammala edi. Bu to'rtta ieroglif turlari birgalikda xitoy ieroglif yozuvini tashkil etadi va dastlabki belgilar mustaqil ravishda is'temolda qo'llanmasdan, balki faqatgina murakkab ierogliflar tarkibida uchraydi. Fonetik yozuv rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan qoidalardan biri bu "o'zlashtirma so'z"lardir (xitoycha iiíí jiajie). O'zlashtirma so'zlarning moxiyati shunda ediki, bunda yangi so'zni ifodalash uchun oxangdosh bo'lgan eski ierogliflardan xech qanday belgi-kalitlarni qo'shmasdan foydalanildi. Masalan, piktogramma xisoblanadigan, bug'doyning ma'lum bir turini anglatuvchi ^ lai ieroglifi "kelmoq" morfemasi uchun o'zlashtirma bo'lib xisoblanadi. Qaynatilgan go'sht uchun idish ma'nosini beruvchi S dou ieroglifi esa dukkakli donlarni ifodalash uchun foydalanilgan.
Bu qoida bo'yicha yasaladigan so'zlarga chetdan o'zlashgan so'zlar ham kiradi. Biroq, bunda faqatgina talaffuz oxangi saqlanib, ierogliflar o'z ma'nosini yo'qotadi. Masalan, menggu "Mongoliya"( m meng "qoramtir" va ^ gu "qadimgi"
ierogliflaridan). Bu qoidada ieroglif sof holatda fonetik belgiga aylanadi.
XULOSA
Bundan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xitoy ierogliflari va ularning soni aql bovar qilmaydigan darajada ko'pdir bunda biz faqatgina o'zimizning aqlimizni ya'ni bosh miyadagi boshqacha qilib aytganda uxlab yotgan nervlarni ochishimiz kerak bo'ladi. Xitoy piktografik ierogliflar hozirgi paytga qadar saqlanmoqda muzeyda. Ideografik ierogliflar esa kundan kun ko'payib yangi so'zlarni hosil qilmoqda. Donolar aytgandek , "tarixsiz kelajak yo'q" biz shunga amal qilgan holda yangi kelajakni o'zimiz quramiz.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Istrin V.A., Vozniknoveniye i razvitiye pisma, M., 1965; Fridrix I., Istoriya pisma, per. S nem., M., 1979; Mahmutxo'jayev M. H., Bekmurotov I. N ., Xitoy yozuvi (iyerogliflari) haqida, T., 1990.
2. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. T.P.Zadoyenko , Xuan Shuin "Osnovi kitayskovo yazika"
4. L.A.Sultanova, J.T. Ziyamuhammedov, M.A.Turatova- "Xitoy Tili"
5. Zhongwen.com
6. Studychinese.ru
7. Chinalanguage.com
8.Mandarin.about.com
K VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784