Научная статья на тему 'XITOY BUDDAVIYLIGI XUАYАN MАKTАBINING (XUАYАN SZUN) FALSAFIY TА’LIMОTIGA DOIR MULOHAZALAR'

XITOY BUDDAVIYLIGI XUАYАN MАKTАBINING (XUАYАN SZUN) FALSAFIY TА’LIMОTIGA DOIR MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy Buddaviyligi / Xuayan maktabi (Xuayan szun) / Budda / Shakyamuni / “Xuаyаn szin” (“Аvаtаmsаkа sutrа”) / Fа-szаn / Bodxixarma / Xuey-nen. / Chinese Buddhism / Huayan School (Huayan szun) / Buddha / Shakyamuni / "Huayan szin" ("Avatamsaka Sutra") / Fa-szan / Bodhicharma / Hui-nen.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mamatqulova, Nilufar Xusanovna

Ushbu maqolada Xitoy buddaviyligi Xuayan maktabining rivojlanishi tarixi va falsafiy ta’limoti haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek, Xuayan maktabining Uzoq Sharq falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTIONS ON THE PHILOSOPHICAL TEACHINGS OF THE HUAYAN SCHOOL OF CHINESE BUDDHISTICS (HUAYAN SZUN)

This article discusses the history and philosophical teachings of the Huayan School of Chinese Buddhism. Also, the influence of the Huayan school on the development of Far Eastern philosophical thought is described.

Текст научной работы на тему «XITOY BUDDAVIYLIGI XUАYАN MАKTАBINING (XUАYАN SZUN) FALSAFIY TА’LIMОTIGA DOIR MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

XITOY BUDDAVIYLIGI XUAYAN MAKTABINING (XUAYAN SZUN) FALSAFIY TA'LIMOTIGA DOIR MULOHAZALAR

Mamatqulova Nilufar Xusanovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi mamatqulovanilufar1991 @bk. ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xitoy buddaviyligi Xuayan maktabining rivojlanishi tarixi va falsafiy ta 'limoti haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek, Xuayan maktabining Uzoq Sharq falsafiy tafakkuri rivojiga ta 'siri bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Xitoy Buddaviyligi, Xuayan maktabi (Xuayan szun), Budda, Shakyamuni, "Xuayan szin " ("Avatamsaka sutra "), Fa-szan, Bodxixarma, Xuey-nen.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается история и философское учение школы китайского буддизма Хуаянь. Также описано влияние школы Хуаянь на развитие дальневосточной философской мысли.

Ключевые слова: китайский буддизм, школа Хуаянь (Хуаянь сюнь), Будда, Шакьямуни, «Хуаянь син» («Аватамсака сутра»), Фа-сзан, Бодхичарма, Хуэй-нэн.

ABSTRACT

This article discusses the history and philosophical teachings of the Huayan School of Chinese Buddhism. Also, the influence of the Huayan school on the development of Far Eastern philosophical thought is described.

Key words: Chinese Buddhism, Huayan School (Huayan szun), Buddha, Shakyamuni, "Huayan szin" ("Avatamsaka Sutra"), Fa-szan, Bodhicharma, Hui-nen.

KIRISH

Xuayan maktabi - xitoy buddaviyligining falsafiy yo'naltirilgan yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu Mat uni boshqa maktablar tomonidan aybalanishiga sabab bo'lgan. Ular Xuayan maktabini o'z nazariy ta'limotlariga sodiqligi uchun buddaviylikning diniy amaliyotini mensimaslikda ayblangan.

Xuayan maktabi o'z nomini ta'limot asoslangan sutraning nomlanishidan olgan. "Xuayan szin" ("Avatamsaka sutra") - milodning boshlarida birlashtirilgan bir necha sutralarning jamlanmasidan iborat (Markaziy Osiyoda jamlangan bo'lishi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kerak). Xuayan maktabi uchun ulaming ichida eng muhimi "Gandavioxa sutra" hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mashhur olimlar О.О. Rozenbergning "Труды по буддизму" hamda Xuan Chanxuaning "Xitoy Buddaviyligi maktablari ta'limotlarining mohiyati" asarlari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Xitoy buddaviyligi Xuayan maktabining rivojlanishi tarixi va falsafiy ta'limoti jihatlari obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Xuayan falsafasining boshlang'ich nuqtasi va doktrinal asosi - xudo Indraning qimmatbaho to'ri timsoli hisoblanadi, bu jihat "Gandavyuxa sutrasi"da tavsiflangan. Ushbu to'r qimmatbaho toshlardan iborat iplardan to'qilgan bo'lib, har bir toshda boshqa barcha toshlar aks etgan va o'z navbatida o'sha tosh boshqa toshlarda ham o'z aksini topgan. Xuayan tarafdorlari bu timsolda "Dxarma dunyosi", ya'ni yagona va bir butun universumni qiyofasini ko'rishgan. Xuayan ta'limotini o'z shogirdlariga tushuntirar ekan, Fa-szan o'nta ko'zguni Budda haykali atrofiga doira shaklida joylashtirib chiqqan, natijada Budda haykali bu ko'zgularda cheksiz darajada namoyon bo'lgan (Bunday turdagi ekpozisiyalarni Xitoydagi zamonaviy buddaviylik ibodatxonalarida ham ko'rish mumkin). Yuqorida qayd qilingan misol Xuayan maktabining to'rt asosiy qoidalaridan biri "barcha narsa bittada va bitta narsa barchada namoyon" - har bir unsurda butun dunyo va bu unsur - boshqa har bir unsurda namoyon bo'lishi qoidasini isbotlaydi1.

Yuqorida qayd qilingan qoidalar xuayan maktabi mutafakkirlari tomonidan rivojlantirilib, quyidagi ikki doktrina yordamida mukammal diniy-falsafiy tizimga aylantirildi: tamoyillar va fenomenlarning o'zaro bir-biriga zid kelmasligi (lishi uay); ikkinchisi esa, fenomenlarning o'zaro bir-biriga zid kelmasligi (shi-shi u ay). Bu doktrinalarni ko'rib chiqishdan avval Xuayan maktabi mutafakkirlari tamoyil (li) va fenomen(shi) tushunchalari deganda nimani tushunishlarini aniqlab olish zarur.

Tamoyil (li) tushunchasining kelib chiqishi konfutsiychilikning miloddan avvalgi III asrda yashagan mutafakkiri Syun-szi va miloddan avvalgi III-IV asrda faoliyat ko'rsatgan daos-konfutsiychilik maktablarining sinkretik falsafasi - syuan-syuegaga borib taqaladi. Lekin bu tushuncha Xuayangacha markaziy falsafiy kategoriya sifatida ahamiyatga ega bo'lmagan. Keyinchalik XI-XII asrlarda faoliyat ko'rsatgan Chen Xao, Chen I va Chju Si kabi neokonfutsiychi faylasuflar li

1 Чсбунин А. В. История hpohhkhobchhh и стaнoвлeния 6yAAH3Ma в Krnae: [мoнoгрaфия]. — Улян-Удэ: Изд.-пoлигр. кoмплeкс ФГОУ ВПО ВСГАКИ, 2009. Стр-73.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kategoriyasini Xuayan maktabidan olib, o'z ta'limotlarni ushubu kategoriya atrofida shakllantirdilar hamda o'z tizimlarini "tamoyilshunoslik" (li syue) deb nomladilar2.

Kundalik hayotda li so'zi dastlab dalalarni chegaralash, keyinchalik esa qimmatbaho toshlarga ishlov berish, silliqlash, qirralash ma'nolarini anglatgan. Dastlabki vaqtlardanoq ushbu so'zda tartibga solish, shakl berish, tuzilishini o'zgartirish kabi ma'nolar aks etgan. Shundan kelib chiqib, keyinchalik li so'zi tamoyil, qoida, me'yor, aqllilik, ma'no, sabab kabi ma'nolarni o'zida ifodalagan. Falsafada esa ushbu so'z aqlga tayangan tizim va shakl tashkil qiluvchi tamoyil ma'nosini ifodalaydi. Zamonaviy xitoy tilida aqlga muvofiqlik tushunchasi "xeli" so'zi orqali ifodalanadi, buning tarjimasi - tamoyilga muvofiq keluvchi, "li"ga muvofiq keluvchi ma'nolarini anglatadi.

Shi so'zi ikkita asosiy ma'noga ega: 1) ish va 2) fe'l sifatida xizmat qilmoq. Falsafiy matnlarda shi so'zi dastlab u (narsa, mavjudot) so'ziga sinonim sifatida ishlatilgan. Bu esa doimiy o'zgarish jarayonida (i) bo'lgan ishlarni narsalar sifatida qarashdan kelib chiqqan. Bundan kelib chiqadigan bo'lsa, li qandaydir abadiy va o'zgarmas tamoyil g'oyasini o'zida ifodalasa, shi uning muvaqqat, joriy, o'zgaruvchan qiyofasi hisoblanadi. Ushbu yuqorida ko'rib chiqilgan tushunchalar Xuayan buddaviylik falsafasining asosiy aqidalari bilan uzviy bog'liq hisoblanadi.

Xuayan falsafiy tizimida yuqorida ko'rib chiqilgan ikki tushuncha buddaviylik falsafiy tizimga kiritilgan. Mashhur rossiyalik buddaviyshunos O.O. Rozenbergning fikricha, li tamoyili haqiqatdan ham mavjud bo'lgan real voqelikni o'zida ifodalaydi. "Narsa-hodisalar" (shi) - empirik voqelikning unsurlari bo'lib, tamoyilning namoyon bo'lishi, dxarmaning ularning ifodasida aks etishi hisoblanadi. Nirvana va sansaraning fundamental aynanligi haqidagi Maxayana yo'nalishining aqidalaridan kelib chiqqan holda, Xuayan maktabi faylasuflari tamoyil va narsalar(fenomen)ni nafaqat uzviy bog'liq jarayon hisoblashadi, balki fenomen (hodisa)ning mohiyatan ibtidosi - bu tamoyilning namoyon bo'lishi, tamoyilning o'z borlig'idan chiqib, sababiy shartlangan omillar dunyosiga o'tishini bildiradi. Shuning uchun hodisalar tamoyildan tabiatan mustaqil emaslar, agar tamoyil narsalarda aks etsa, o'z navbatida narsalar tamoyil tabiatiga ega bo'ladilar3.

Li-shi u ay maxayananing umumiy qoidalariga to'liq muvofiq kelsa, shi-shi uay Xuayan buddaviyligining hosilasi hisoblanadi.

Fenomenlar tamoyil tabiatiga ega ekan, o'zlarida uning atributlarini namoyon qiladilar, xususan, cheksizlik atributiga ham ega bo'ladilar. Kelib chiqadiki, har bir fenomen, har bir unsur, har bir dxarma o'ztabiatga ko'ra cheksiz va

2 Ch'en K.K.S. Buddhism in China. A Historical Survey. Princ., 1964; - P.98.

3 Po3eH6epr O.O. Труды no буддизму. М., 1991. - C.78.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

umumlashtiruvchi xususiyatga egadir: "Har bir gul o'zida Buyuk Aravaning barcha sutralari donishgmandligini aks ettiradi".

Butun empirik dunyo - o'zaro tarkiblariga kiruvchi fenomenlar, cheksizlarning bir butuni, tizimi hisoblanadi (Indra ma'budining to'ri obrazi). Gang daryosining bir qum zarrasi tarkibida cheksiz Gang daryolari bo'lgan cheksiz dunyolar mavjud, bir soch tolasida butun bir oltin arslon mavjud bo'ladi (Fa-szanning imperatrisaga tushuntirgan ta'limotidan olingan). Zamonaviy fandan iqtisbos oladigan bo'lsak, gologrammada har bir bo'lak o'zida butunning xususiyatlarini aks ettiradi; golografiya tamoyili yangi ilmiy paradigmaning shakllanish jarayonida muhim o'rin tutmoqda va ilmiy bilish, fan metodologiyasi soahalarining aksariyat mutaxassislari unga qiziqish bildirmoqdalar. Dunyo real voqelikda - tamoyilning yagona bir butun tizimi bo'lib, narsalarda aks etadi, narsalar esa o'zida qolganlarini aks ettiradi. Bu dunyo (dxarma-xashu fa sze) - Budda Vayrochana timsolida mujassamlashgan Buddaning tanasi bo'lib, Yagona Aqlni tashkil qiladi va u mavjudotlarning tanlanganlarining aql-shuurida namoyon bo'ladi4.

Xuayan maktabi o'z ta'limotini eng mukammal va to'liq Buddaviylik ta'limoti deb biladi hamda o'z ta'limotini Yagona Arava deb nomlaydi. Xuayan ta'limotining boshqa buddaviylik maktablaridan ustunligi shunchaki uning izdoshlari tomonidan e'lon qilinmaydi, balki ta'limotlarning tasniflashtirish (pan szyao) bo'yicha an'anaviy doksografik va tarixiy-falsafiy matnlar asosida isbotlanadi.

Bunday birinchi matn ("Besh ta'limot haqidagshi ta'limot", "U szyao chjan") Fa-szan tomonidan yozilgan. U o'z ta'limotida xalq buddaviyligi (karma doktrinasi), Xinayana, Maxayananing ikki maktabi - yogachara va madxyamaka, shuningdek, Xuayan ta'limotlarini tahlil qilib chiqdi. Fa-szan ushbu ta'limotlarning haqiqiyligi va to'liqligini ularda "men" (vo: bu yerda - ong, sub'ekt, birlik) va dxarma (fa: bu yerda - narsalr, ob'ektlar, ko'plik) o'rtasidagi o'zaro munosabat muammosining qanday hal qilinishiga qarab belgiladi. Natijada Fa-szan quyidagi xulosaga keladi:

Xalq buddaviyligi (keyinchalik "insonlar va xudolar" ta'limoti deb nomlangan, ushbu ta'limot ruhning ozod bo'lishini emas, balki uni inson yoki xudo qiyofasida tug'ilishini o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi): "men" ham, dxarma ham mavjudligini ilgari suradi. Xinayana esa: "men" yo'q, dxarma mavjudligini ilgari suradi. Maxayana ta'limotida esa: 1) Yogachara: "men" mavjud, dxarma yo'qligini, 2) madxyamaka esa: "men" ham, dxarma ham mavjud emas, balki ular orasidagi munosabat mavjudligini ilgari suradi. Xuayan (Ekayan) esa: "men" ham mavjud, dxarma ham mavjud, lekin ular orasida ziddiyat yo'q, ular orasidagi muxolifat olib tashlangan.

4 Po3eH6epr О.О. Труды no буддизму. М., 1991. - C.86.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu sxemada ikki xil holat muhim. Birinchidan, uning dialektik aloqadorlikda ekanligi. Dastlab ikki tezis ham tan olinadi, keyin esa ulardan biri tan olinadi, so'ng ular har ikkisi ham inkor qilinib, ular orasidagi munosabatning realligi tasdiqlanadi va nihoyat ikki tamoyil ham tasdiqlanib, ular orasidagi munosabat (ularning muxolifati, yoki ularning o'zaro qarama-qarshi qo'yilishi) inkor qilinadi. Ikkinchidan, Buddaviylik psixologiyasi ("men", dxarma) tushunchalari bu yerda mumtoz abxidxarma ta'limotlaridan ancha uzoq mohiyatda, yogachar ta'limotiga yaqin mohiyatda istefoda qilinadi. Ma'lumki, yogacharada "men" tushunchasi ostida empirik ob'ekt bilan bog'liq bo'lgan empirik sub'ekt sifatida namoyon bo'ladi5.

Xuayan maktabining Fa-szan tomonidan ilgari surilgan eng oliy nuqtayi nazari - Dxarma olami konsepsiyasi hisoblanadi. Dxarma olamida sub'ekt (chju -"xo'jayin" yoki shi - bu) ham, ob'ekt (ke - "mehmon" yoki bi - u) ham, birlik ham, ko'plik ham birgalikda mavjud bo'lib, ular orasida qarama-qarshilik yoki o'zaro istisno qilish mavjud emas, ular o'zlari borligicha mavjuddirlar. Fa-szanning tasniflashini Xuayan maktabining beshinchi rahbari bo'lgan Szun-mi (780-841) to'ldirgan va rivojlantirgan. Szun-mi Chan maktabining Xotsze an'analarini saqlovchi ham hisoblanadi. U yuqorida qayd qilingan ta'limotlar qatorida konfutsiychilik va daosizmga ham ta'rif bergan va ularni eng quyi va tashqi ta'limot(vaydao) sifatida baholagan.

Xuayan maktabi Xitoy buddaviyligining mustaqil yo'nalishi sifatida IX asrning ikkinchi yarmida tanazzulga yuz tutadi. Chan maktabi Xuayan maktabining falsafiy ta'limotini Chan maktabi o'zining mushohada amaliyotining nazariy asosi sifatida Xuayan maktabining falsafiy ta'limotiga tayangan. Szun-mi Chan maktabining mushohada amaliyotiga asos solgan. Xuayan maktbining ta'limoti Chan maktabi ta'limoti doirasida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.

Xuayan maktabi Koreyada (Xvaom) va Yaponiyada (Kegon) cheklangan tarzda tarqalgan. Bugungi kunda Xitoy va Yaponiyada bittadan xuayan ibodatxonasi mavjud bo'lib, xuayan falsafasini Chan (Dzen) maktablarining ko'p sonli ibodatxonalarida izchil o'rganish davom etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Чебунин А. В. История прoникнoвeния и стaнoвлeния буддизмa в Китae: [мoнoгрaфия]. — Улaн-Удэ: Изд.-пoлигр. кoмплeкс ФГОУ ВПО ВСГАКИ, 2009. Стр-73.

2. Ch'en K.K.S. Buddhism in China. A Historical Survey. Princ., 1964; - P.98.

5 Po3eH6epr O.O. Труды no буддизму. М., 1991.- C.89.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Розенберг О.О. Труды по буддизму. М., 1991. - C.78.

4. Huai-Chin, Nan (tr. Thomas Cleary); The Story of Chinese Zen. Charles E. Tuttle Company, 1995. P-34/

5. McRae, John R. Seeing through Zen: Encounter, Transformation, and Genealogy in Chinese Zen Buddhism. — Berkeley: University of California Press, 2004. P-69.

6. oft^tlf Xuan Chanxua. Fotszyao geszun da i (Xitoy Buddaviyligi maktablari ta'Hmotlarinmg mohiyati). Taybey, 1973;142-bet.

7. Кацуки С. Дзэн-Буддизм: Основы Дзэн-Буддизма. Практика Дзэн. — Бишкек: МП «Одиссей», 1993.Стр

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.