Research BIB / Index Copernicus
XITOY-AFG'ON MUNOSABATLARIDA IQTISODIY DIPLOMATIYANING AHAMIYATI
A.A. Nodirov
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rektori
Ushbu maqola Xitoy va Afg'oniston o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi va CPEC (Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori)ning Afg'oniston uchun ahamiyatini o'rganadi. Maqolada Afg'onistonning geosiyosiy ahamiyatini hisobga olgan holda, Xitoyning iqtisodiy rivojlanish strategiyalari va ularning mintaqadagi integratsiyasi tahlil qilinadi. "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi Afg'onistonning transport va savdo tarmoqlarini rivojlantirishga yordam berishi, CPEC esa Afg'onistonning mintaqaviy iqtisodiy o'zgarishlar va barqarorlikni ta'minlashdagi roli haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, bu aloqalar Afg'oniston iqtisodiyotining o'sishiga qanday ta'sir qilishi va potentsial imkoniyatlarni qanday yaratishi ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: iqtisodiy diplomatiya, yumshoq kuch, Tolibon, Bir makon - bir yo'l, temiryo'l, taransportyo'laklari, Afg'oniston.
ЗНАЧЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ДИПЛОМАТИИ В АФГАНО-КИТАЙСКИХ ОТНОШЕНИЯХ
АННОТАТЦИЯ
Эта статья исследует экономические отношения между Китаем и Афганистаном, инициативу «Один пояс, один путь» и значение Китайско-Пакистанского экономического коридора (СРЕС) для Афганистана. В статье анализируется геополитическое значение Афганистана, экономические стратегии Китая и их интеграция в регион. Инициатива «Один пояс, один путь» предполагает развитие транспортной и торговой инфраструктуры Афганистана, а СРЕС подробно рассматривается как инструмент обеспечения региональной экономической стабильности и изменений. Также рассматривается, как эти связи могут повлиять на рост экономики Афганистана и создать потенциальные возможности для развития.
Ключевые слова: экономическая дипломатия, мягкая сила, Талибан, Один пояс - один путь, железная дорога, транспортные коридоры, Афганистан.
ANNOTATSIYA
Research BIB / Index Copernicus
THE IMPORTANCE OF ECONOMIC DIPLOMACY IN AFGHANCHINA RELATIONS
ABSTRACT
This article explores the economic relations between China and Afghanistan, the "Belt and Road" initiative, and the significance of the China-Pakistan Economic Corridor (CPEC) for Afghanistan. The article analyzes Afghanistan's geopolitical importance, China's economic development strategies, and their regional integration. It discusses how the "Belt and Road" initiative can help develop Afghanistan's transport and trade networks, while CPEC plays a key role in ensuring regional economic changes and stability in Afghanistan. Furthermore, the article examines how these relations can impact Afghanistan's economic growth and create potential opportunities.
Keywords: Economic diplomacy, soft power, Taliban, Belt and Road, railway, transport corridors, Afghanistan.
Qadimdan mamlakatlar o'rtasidagi urushni va kelishmovchiliklami hal qilish vositasi bu savdo aloqalari bo'lib kelgan. Mamlakatlar o'rtasida dushmanlik kayfiyati va urushlar bo'lib turgan, hattoki, diplomatik aloqalar uzilgan paytlarda ham savdo karvonlari va o'zaro bordi-keldilar, tovar almashinuvlari zinhor to'xtab qolgan emas. 40 yildan ortiq davom etib kelayotgan Afg'on nizosi shuni ko'rsatdiki, mojoroni faqatgina qurol kuchi bilan hal qilib bo'lmaydi. Shu o'tgan davr moboynida afg'on zaminida urushlar va portlashlar natijasida xarobalar, tashlandiq joylar, vayron bo'lgan iqtisodiyot va qashshoqlik hukmron bo'lib qoldi. Bu muammolarni hal qilish va iqtisodiyotni tiklash uchun mintaqa va jahon davlatlari bilan Afg'oniston integratsiyalashishi kerakligini, hukumat ham, qo'shnilar ham anglab yetdilar. Mamlakatni yana iqtisodiy jabhalarini oshirish, yoshlarni o'qitish, aholining ish bilan ta'minlanishi kabilar Afg'on zaminida tinchilikni ta'minlaydi va o'q otishlarini tezroq to'xtatilishiga olib keladi.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun Afg'onistonning Toliblargacha mavjud bo'lgan hukumati ham tezroq iqtisodiy integratsiyalashish jarayonlarini ko'rib chiqqan va bu masala Tolibon hukumati uchun ham kun tartibidagi dolzarb vazifa desak mubolag'a bo'lmaydi. Natijada bir qator mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo'lindi. Ulardan biri katta imkoniyat sifatida qaralayotgan Xitoy davlati loyihasi bo'lmish - "Bir makon - bir yo'l" iqtisodiy strategik loyihasidir.
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ushbu loyiha e'lon qilingandan boshlab Kobul pragmatik ravishda Xitoyning ikkita mintaqaviy loyihasi - "Bir makon - bir yo'l" (BMBY) tashabbusi va Xitoy-Pokiston energetika yo'lagi (CPEC) tarkibiga kirishni xohladi. Afg'oniston uchun bu iqtisodiy loyihaning ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan Afg'oniston o'zini tarixiy jihatdan "tijoratni qayta yuklash punkti" deb hisoblab kelgangan va bu vazifani bajara olganligi tarixan barchamizga ma'lum. Bu fikrning tasdig'ini taniqli tarixchilar Lui Dyupri va Arnold Toynbi ham quyidagi gaplari bilan tan olishadi: "Eski dunyo yo'llarining yarmi Bagramga (Kobul yaqiniga) olib boradi" Qolaversa, Ipak yo'lining poydevori taniqli va eng sarguzashtli sayohat muallifi Chjan Tszyanning Afg'onistonning shimoliy viloyati Balxga, Yue-Chi (Kushanlar) dan Xitoydagi Xuing-Yu qabilalariga qarshi yordam olish uchun tashrif buyurganida qo'yilgan. U Yue-Chining yordamini ololmasa-da, Xitoyga qaytib kelganda Xan imperatoriga Sharq bilan savdo qilishni boshlashni maslahat berdi1.
Ikkinchidan, so'nggi o'n yil ichida Kobul mintaqaviy integratsiyaga intildi. 1980-yildan beri u Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (SAARC), Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik dasturi (CAREC), o'zaro hamkorlik konferensiyasi va boshqa mintaqaviy, iqtisodiy, xavfsizlik va siyosiy tashkilotlarga to'liq a'zolik yoki kuzatuvchi maqomini olishga harakat qildi. Osiyoda ishonch choralari (CICA), Osiyo Hamkorlik Dialogi (ACD) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va yaqinda Osiyo infratuzilmasiga investitsiya banki (AIIB) nufuzli tashkilotlarga az'o boldi va bu harakat hali ham faol davom etmoqda.
Uchinchidan, Afg'oniston tashqi ishlar vazirligidagi yuqori martabali diplomatning so'zlariga ko'ra, Xitoy vitse-prezidenti bilan uchrashuvda sobiq prezident Ashraf G'ani Xitoy, Afg'oniston va Pokiston orasida Kobul siyosat va xavfsizlikni emas, balki iqtisodiyotni afzal ko'rishini aytib o'tgan edi.
Va nihoyat, to'rtinchidan Afg'onistonning ichki infratuzilma loyihalari -masalan, Afg'oniston temir yo'l tarmog'i, foydalanilmagan mineral xom-ashyo manbalarini o'zlashtirish va Afg'oniston milliy halqa yo'li kabi loyihalari to'liq ishga tushurilishi uchun Pekinning "Bir makon - bir yo'l" loyihasi bilan o'zaro muvofiq keladi.
Ushbu loyiha o'zining tarixiy mavqeini tiklashni rejalashtirayotgan Afg'oniston uchun muhim ahamiyatga ega. Osiyoning yuragida joylashgan Afg'oniston va uning Bomiyon, Balx, Kobul, Hirot viloyatlari joylashgan chunki Ipak yo'lida joylashgan ushbu viloyatlarda iqtisodiyot, madaniyat, din rivojlangan. Transmilliy loyihalarni
1 http://outlookafghanistan.net/topics.php?post id=17814
Research BIB / Index Copernicus
qo'llab-quvvatlash maqsadida Kobul hukumati 2016 yilning oktyabr oyidan buyon Afg'oniston rasmiylari Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori (CPEC2 ) loyihasiga qo'shilishga qiziqish bildirdilar. Bu loyiha Afg'onistonni mintaqadagi savdo-sotiqni qo'llab-quvvatlashga yordam beradigan 60 milliard dollardan ziyod sarmoya kiritadi. Afg'oniston ham 2017-yilda Osiyo infrastruktura investitsiya bankining doimiy a'zosiga aylandi. Afg'oniston Tashqi Ishlar vazirining o'rinbosari Hikmat Xalil Karzayning aytishicha, "Buyuk ipak yo'li bo'ylab iqtisodiy rivojlanish jarayoni mintaqamizda markazlashgan xalqaro rivojlanish tartibini qayta shakllantiradi va XXI asrda inson taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega"3.
Yana shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, mega loyiha hisoblanmish "Bir makon - bir yo'l" loyihasining to'liq amalga oshishi Afg'onistondagi barqarorlikka uzviy bog'liqdir. Xitoyning trillion dollarlik ushbu loyihasi Afg'onistonsiz amalga oshishi qiyin hisoblanadi. Bu xususida Xitoyning Afg'onistondagi sobiq elchisi Yao Jing shunday deydi: "Afg'oniston ishtirokisiz Xitoyni dunyoning qolgan qismi bilan bog'lashning imkoni yo'q"4 . Xitoy Afg'onistondagi uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish uchun o'z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanmoqda.
Xitoy-Pokiston energetika koridorini (CPEC)ni Afg'onistonga qadar kengaytirish
Bu loyiha ham BMBY loyihasining tarkibiy qismi va debochasiga aylanishi ko'zda tutilgan. Shu sababdan ushbu loyihaga Markaziy Osiyo davlatlarining ham ishtirok etishi maqsad qilingan. Bu ishtirok birinchi navbatda, muddati o'tgan Afg'oniston Pokiston tranzit savdo shartnomasini (APTTA) yangilash uchun dastak bo'ladi. Afg'onistonning Pokistondagi sobiq elchilari Janan Musazay va Omar Zaxilval 5 (2016-2018 yy.) allaqachon (CPEC) qo'llab-quvvatladilar va unga qo'shilishga qiziqish bildirgan edilar6. Tolibon vakillari ham ushbu loyihada qatnashish istaklarini yashirib o'tirmadilar. Pokiston harbiylari ham, fuqarolik ma'muriyati ham CPECni Afg'onistonga etkazish haqida gap ketganda ijobiy tomonlarni ko'rishmoqda. Muammo ijobiy niyatlarda yoki rasmiy qo'llab-quvvatlashda emas, balki CPECni Afg'onistonga qanday kengaytirish haqida munozaralarning yo'qligida.
Agar CPEC loyihasini yaqindan ko'rib chiqsak, u to'rtta asosiy qismdan iborat:
1) Tranzit aloqalar;
2(CPEC)China-Pakistan Economic Corridor - Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori
3 http://outlookafghanistan.net/topics.php?post_id=17814
4 https://southasianvoices.org/why-china-one-belt-one-road-matters-afghanistan/
5 Umar Zahilval - 2016-2018 yillardagi Afg'onistonning Pokistondagi favqulotda va muxtor elchisi. Hozirgi tolibon hukumatida ham cheklangan hukumat lavozimida faoliyat yuritadi.
6 https://thediplomat.com/2017/04/linking-afghanistan-to-chinas-belt-and-road/
Research BIB / Index Copernicus
2) Savdo infratuzilma;
3) Energetika sohasidagi hamkorlik;
4) Iqtisodiy integratsiya;
Ushbu tarkibiy qismlarning barchasi haqida gap ketganda ular Afg'oniston uchun foydali bo'lishi mumkin. Bu loyiha ham BMBY loyihasining tarkibiy qismi va debochasiga aylanishi ko'zda tutilgan. Shu sababdan ushbu loyihaga Markaziy Osiyo davlatlarining ham ishtirok etishi maqsad qilingan. Bu ishtirok birinchi navbatda, muddati o'tgan Afg'oniston Pokiston tranzit savdo shartnomasini (APTTA) yangilash uchun dastak bo'ladi. Ushbu iqtisodiy loyihaga Hindistonning qo'shilish istagi, shuningdek, bu harakatlar natijasida Nyu-Dehlining ham BMBY tarafdoriga aylanishi mumkinligini ko'rsatadi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga trans-Hindukush avtomagistral va temir yo'l liniyasini qurish Afg'onistonni Xitoyning mintaqaviy tarmog'iga bog'laydi. Uchinchidan, Afg'oniston energiya ishlab chiqarish va tranzit qilish uchun ulkan salohiyatga ega. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra, Afg'oniston 223000 MVt quyosh energiyasi, 23000 MVt gidroenergetika, 68000 MVt shamol energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ammo, ushbu salohiyatga qaramay, afg'onlarning atigi 41 foizigina elektr energiyasi bilan ta'minlangan; mamlakat esa 2000 MVt dan kam elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shunday qilib, talabning bo'shliqni to'ldirish uchun elektr energiyasini import qilishga juda bog'liqdir. 2007-2015 yillarda Afg'oniston 973 million dollarlik elektr energiyasini import qildi7.
Pokiston ham energiya tanqisligiga duch kelmoqda. Hozirgi vaqtda elektr energiyasining etishmasligi 6000 MVt dan katta. Shuning uchun Pokiston o'zi energiya ishlab chiqarishi yoki uni rejalashtirilgan CASA-1000 tarmog'i yoki Turkmaniston-Afg'oniston-Pokiston elektr uzatish liniyasi (TAP-500v) orqali import qilishi kerak. Shu zaruratlardan kelib chiqib Xitoy, Pokiston va Afg'oniston Kobul shahri yaqinidagi Kunar daryosida havzasida gidroelektr to'g'onini qurish bo'yicha hamkorlik qilishga allaqacho kelishib olgan edilar8. Afg'oniston vazirliklararo energetika komissiyasining hisob-kitoblariga ko'ra, Kobul daryosi havzasi har yili 2800 MVt dan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin. 2006-yildan beri Afg'oniston ham, Pokiston ham Jahon banki yordamida suvni taqsimlash to'g'risidagi bitimni ikki marta imzolamadilar.
Afg'onistonni o'z ichiga olgan loyihalar - TAPI, CASA-1000, TAP-500v, TUTAP va turli xil avtomobil va temir yo'l loyihalari kabi mintaqaviy yirik
7 https://thediplomat.com/2017/04/linking-afghanistan-to-chinas-belt-and-road/
8 https://www.dawn.eom/news/1162731
Research BIB / Index Copernicus
loyihalarga - Osiyo infratuzilmasi investitsiya banki, Xitoy banki, Xitoy taraqqiyot banki va Ipak yo'li jamg'armasi moliyaviy yordam beradi.
Afg'oniston prezidenti Muhammad Ashraf G'ani, ta'kidlab o'tganidek o'tgan yili Kobulda bo'lib o'tgan 12-Ipak yo'li forumiga bag'ishlangan forumda Afg'on xalqi va davlati mavjud muammoga qaramasdan "Osiyo yo'llari" markazi sifatida o'z mamlakatining sobiq maqomini tiklash tashabbusi bilan viloyat hokimlariga chaqiriq bilan chiqdi. Xitoy-Afg'oniston uchun 2016 yil uchta sababga ko'ra samarali yil
• Birinchidan, Kobul va Pekin o'rtasida BMBY bo'yicha munosabatlar o'rnatildi.
• Ikkinchidan, 20 million dollarga baholangan yuklarni tashib borayotgan birinchi Xitoy yuk poyezdi Shimoliy Afg'onistonning Hayaraton port shahriga Qozog'iston va O'zbekiston oqrali ikki haftadan so'ng keladi. 3000 kilometrlik temir yo'lni bosib o'tgan ushbu poyezd qatnovi, Shanxay yaqinidagi Xaymen shahridan portdan chiqib ketdi. Har oyda ikkita poezdning tranzit qatnovini rejalashtirish Xitoy Afg'onistonga to'qimachilik, elektron mahsulotlar va qurilish materiallarini eksport qilish imkoniyatini yaratdi.
• Uchinchidan, 2012 yil oxirida ikki davalat o'rtasida havo yo'llari yopilganidan keyin Kobul-Urumchi karidori o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reys qayta tiklandi va Kobuldan Shinjon Uyg'ur avtonom respublikasining poytaxti Urumchiga boradigan masofada har haftada bir marta parvozlar amalga oshiriladi.
So'nggi bir necha yil ichida Xitoy-Afg'on rahbarlari Afg'onistonning shimoliy sharqida Chinning Shinjon mintaqasi bilan chegaradosh Badaxshon viloyatining to'sqinlik qiladigan «Vaxan» koridorini ochish g'oyasini ilgari surdilar. O'tmishdagi siyosiy g'alayonga qaramasdan, Vaxan vayronagarchiliksiz bo'lib qoldi. Bu haqiqatga qaramay, Xitoy-afg'on savdosi uchinchi davlatdan o'tadi va Afg'oniston va Xitoy o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri chegarani ochish tashabbusi hali paydo bo'lmagandi. Ikki mamlakat o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri ikki tomonlama savdo uchun yo'l qurilishi orqali Vaxan koridorini ochish har ikki tomon uchun ham foydali bo'ladi9.
Afg'oniston hukumati hozirgi kunda pragmatik ravishda ikki mintaqaviy loyiha - "Bir kamar - bir yo'l" (BMBY) va "Xitoy-Pokiston energiya yo'lagi" (CPEC)ning bir qismi bo'lishga ijobiy fikr bildirmoqda10. Birinchidan, Afg'oniston hududining qadimdan Buyuk Ipak yo'li chorrahasiga yaqin joylashganligi uning geopolitik mavqeyini belgilab beradi.
9 One Belt One Road: One Stone Kills Three Birds. BNP Paribas Report (24 June 2015). P. 12
10 Ahmad, Talmiz. Silk Road to economic heaven. Dawn. 18 June 2016. P. 12
bo'ldi:
Research BIB / Index Copernicus
Ikkinchidan, 1980-yildan beri mamlakat iqtisodiy, xavfsizlik va siyosiy tashkilotlarda, jumladan, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (SAARC11), Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik dasturi (CAREC12), Osiyo hamkorlik dialogi (ACD13) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kabi tuzilmalar doirasida transmilliy loyihalar bo'yicha faoliyat olib bormoqda14. Bundan tashqari, Afg'onistonning tashqi siyosatida mintaqaviylik va mintaqaviy tashabbuslar, jarayonlarni targ'ib qilish, bu boradagi tashkilotlarni boshqarish va muvofiqlashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligi qoshida Kobul mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi tashkil qilindi. Afg'onistonning Lapis-Lazuli yo'lagi, "Beshta xalqlar temir yo'llari" va turli xil gaz quvurlari loyihalari Xitoyning BMBY mintaqaviy strategik loyihasiga mos keladi.
Uchinchidan, Xitoy vitse-prezidenti bilan uchrashgan Afg'oniston tashqi ishlar vazirligi ma'sullari ma'lumotiga ko'ra, Ashraf G'ani Xitoy, Pokiston kabi Afg'oniston iqtisodi ham siyosat va xavfsizlik nuqtai nazaridan ancha imkoniyatga ega ekanligi va afg'on temiryo'l tarmog'i, mahalliy foydali qazilmalarni ishlab chiqarish va milliy afg'on yo'llari singari mahalliy Afg'oniston infratuzilmalari loyihasi Pekindagi BMBY bilan o'zaro bog'liqligini e'tirof etdi15.
Afg'oniston iqtisodiyoti YAIMning yiliga 1,5% o'sishi, inflatsiya va ishsizlikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Eksport va importning nomutanosibligi yaqqol ko'rinadi. Aholining uchdan bir qismidan ko'prog'i kambag'allik chegarasidan ancha past bo'lib, 2014-yilgi parlament saylovlaridan so'ng tashkil etilgan Milliy Birlik hukumati tashqi qaramlikni qisqartirish va Afg'oniston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish modelini qayta ishlab chiqish bo'yicha rejalarini e'lon qildi16, hamda bu voqea Xitoyning BMBY loyihasi bilan ketma-ket sodiq bo'ldi. Bu esa ular o'rtasida yaqinlashuvga yo'l ochdi.
Afg'onistonning BMBYga qo'shilishi va integratsiyalashuvi borasida dastlabki qadamlari amalga oshirilgan. 2016-yil may oyida Afg'oniston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari ikki davlat o'rtasida "Kamar va yo'l" loyihasi doirasida hamkorlikning turli sohalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi memorandum imzolandi17. Dastlab Xitoy tomonidan 2013-yilda taklif qilingan bu tashabbus "Dengiz Ipak yo'li" va quruqlikdagi "Ipak yo'li iqtisodiy hududi" deb ataluvchi loyihalar orqali savdo-
11 (SAARC) South Asian Associatian for Regional Cooperation - Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsatsiyasi
12 (CAREC) Central Asia Regional Economic Cooperation - Markaziy Osiyo mintaqviy Hamkorlik dasturi
13 (ACD) Asia Cooperation Dialogue - Osiyo Hamkorlik Dialogi
14AnejaAtul. Silk Road train to reach Afghanistan on Sept 9. The Hindu 28 August 2016.P. 31
15 Byrd William. What Can be Done to Revive Afghanistan's Economy?. USIP Special Report. 2016 p. 11
16 Chene Hugo. Chinain Afghanistan: Balancing Power Projection and Minimal Intervention. IPCS Special Report.
17 Clarke Michael. "'One Belt, One Road' and China's emerging Afghanistan dilemma". Australian Journal of International Affairs. 2016.
2015.
Research BIB / Index Copernicus
sotiqni kengaytirish, infratuzilmalarni qurish va madaniy almashinuvlarni rivojlantirish maqsadida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.
Xalqaro valyuta jamg'armasining hisobotiga ko'ra, Pekin BMBY bo'yicha Kobulga mablag' ajratgan. Lekin aloqalarni yanada rivojlantirish bir necha qadam tashlashni talab qiladi:
- Afg'onistonning ichki infratuzilma loyihalarini BMBYga integratsiya qilish. Masalan, afg'on hukumati Qunduz - Mozori Sharif - Akilu - Hirot temiryo'lini qurishni istaydi18. Agar bu loyiha amalga oshirilsa, Xitoy, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va Eron mintaqasini birlashtiruvchi temiryo'l Markaziy Osiyoning BMBY bilan bog'lanishiga olib keladi.
- Afg'oniston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya o'rtasidagi Lapis Lazuli tranzit, savdo va transport yo'llari19 BMBYning bir qismi bo'lishi kerak. Bunda Xitoyning ushbu besh mamlakat bilan iqtisodiy tomondan yaqinlashuvi va Pekin loyihasining tranzit va savdo tartib-qoidalariga oid mintaqaviy integratsiyalashuv jarayoni yuz beradi.
- Turkmaniston - Afg'oniston - Tojikiston - Xitoy elektr quvvati loyihasi (TATK) ham texnik-iqtisodiy asoslangan holda BMBYning bir qismiga aylantirilishi kerak20. Bu loyihaga qatnashchi davlat hukumatlari mablag' ajratishga tayyor, ammo Xitoy hukumati hech qanday qo'shimcha choralar ko'rmadi. Bundan tashqari, Eronga qo'yilgan keyingi sanksiyalar natijasida Eron yangi quvur tarmoqlarini Afg'oniston orqali o'tkazish bo'yicha qiziqish bildirmoqda. Bu esa keyinchalik elektr quvvati loyihasiga Eronni ham jalb qilish mumkin, degan ehtimollarni kuchaytiradi. Afg'onistonning BMBY loyihasiga qo'shilishi Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Xitoy o'rtasidagi iqtisodiy ko'prikni yanada kuchaytiradi va bu AQShning "Yangi Ipak yo'li" tashabbusiga ham mos keladi. Xitoy shimoliy, markaziy va janubiy kema yo'llarini qurishni rejalashtirmoqda21:
1) Shimoliy: Markaziy Osiyo - Rossiya - Yevropa;
2) Markaziy: Markaziy Osiyo - G'arbiy Osiyo - Fors ko'rfazi - O'rtayer dengizi;
3) Janubiy: Xitoy - Janubiy-sharqiy Osiyo - Hind okeani.
Shu bois, Afg'oniston "Kamar va yo'l" tashabbusining yanada kengroq maqsadlariga samarali hissa qo'shishga ijobiy munosabat bildirmoqda. Bundan tashqari, Afg'onistonning o'rta va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishi uning qishloq xo'jaligi, mineral va neft-gaz sohalariga bog'liq. Malakat aholisining katta qismi
KClarke Michael. China's Emerging Af-Pak Dilemma. China Brief. 2015.
19 Clover Charles and Lucy Hornby. China's Great Game: Road to new empire. Financial Times. 12 October 2015.
20 Downs Erica. China Buys into Afghanistan. SAIS Review Summer-Fall. 2012.
21 Huasheng Zhao. Afghanistan and China's new neighbourhood diplomacy. International Affairs. 2016.
Research BIB / Index Copernicus
qishloq xo'jaligi bila shug'ullanadi va ushbu sohani rivojlantirish qashshoqlikka qarshi kurash uchun muhimdir hamda bunda rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jaligi sohalari bilan integratsiyalashuv zarur omil hisoblanadi.
Afg'oniston juda katta tabiiy resurslarga, G'arbiy Afg'oniston esa shamol energiyasi va gidroenergetika salohiyatiga ega. Agar mamlakat BMBY loyihasiga qo'shilsa, Xitoy va Hindiston kabi yirik energetika import qiluvchi mamlakatlarning xalqaro bozordagi hamkoriga aylanadi. Bunda Afg'oniston nafaqat ta'minotchi, balki Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy va Janubiy Osiyodagi energetika bozorlari o'rtasida tranzit markazi vazifasini bajarishdan ham manfaat ko'radi. Bunda uning o'zidagi energiya tanqisligi hal qilinishi mumkin, chunki ayni paytda Afg'oniston aholisining 20% elektr energiya bilan ta'minlangan22. Markaziy Osiyodagi hamkorlik esa bu muammoning ham qaysidir ma'nodagi yechimini keltirib chiqaradi.
2015-yilgi Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammitida Xitoy o'zining Afg'onistondagi investitsiyalari va tinchlik dasturlarini qo'llab-quvvatlashda asosiy rolini ta'kidlab, do'st mamlakat Afg'oniston masalalarida muhim rol o'ynashi mumkinligiga ishonishini bildirdi23. Ammo aslida Afg'oniston oldida ko'plab muammolar mavjud. Hukumat nafaqat yaxshi faoliyatni namoyish qilishi, balki xavfsizlik vaziyatini boshqarishi, korrupsiyani to'xtatishi, terroristik kuchlarga qarshi kurash olib borishi va ularning faoliyatini cheklash orqali amaliy takomillashtirishga qadam qo'yishi kerak.
Boshqa tomondan, BMBY loyihasining Afg'onistondagi yana bir jihati -xavfsizlik va tinchlik o'rnatish. Loyiha o'z tabiati bilan xavfsizlikni talab qiladi va ishtirokchi davlatlar mintaqani barqarorlashtirish uchun tinchlik jarayonining ko'plab yo'nalishlari bo'yicha faol harakatlanadi. Ammo Xitoy Afg'onistonning hozirgi nozik ahvolini e'tiborga olib, Osiyo mintaqasida xavfsizlik qayta tiklanmaganligi tufayli Yangi Ipak yo'lining muvaffaqiyatsiz bo'lishini va Afg'onistondagi beqaror vaziyat qo'shni mamlakatlarga ham ta'sir qilishini hisobga olmoqda. Afg'onistonning BMBYdagi ishtiroki uchun imkoniyat yaratgan Xitoy mamlakatdagi muhim investor bo'lsa-da, mamlakat ichki muammolariga yordam berish o'rniga "Afg'onistonga tegishli" naqlda uzoqdan turib tomosha qilmoqda xolos. Xitoyning o'z va'dalariga sodiqligini ko'rsatadigan bir necha ijobiy qadamlar ma'lum ma'noda tashlanmoqda. Xitoyda Jiangsudan Afg'onistonga birinchi yuk poyezdi 2016-yil avgustda ochildi24. Bundan ko'rinib turibdiki, "Kamar-yo'l" loyihasi Afg'onistonni aylanib o'ta olmaydi
22 Huasheng Zhao. Afghanistan and China's new neighbourhood diplomacy. International Affairs. 2016.
23 Mohman Abdul. The Prospects for Economic Development in Afghanistan. Asia Foundation Occasional Paper 14 June 2012.
24Muddaber Zabihullah. Where Does Afghanistan Fit in China's Belt and Road? The Diplomat. 3 May, 2016.
Research BIB / Index Copernicus
va shu sababli ham bu masalani Xitoy va Afg'oniston har tomonlama tahlil qilishi lozim.
"Bir makon, bir yo'l" 2019 -yil 26-27- aprel kunlari Xitoyning "Yantsi" xalqaro makazida bo'lib o'tgan davra suxbatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovey forumda nutq so'zladi.
Xalqaro va mintaqaviy o'zaro bog'liqlik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yo'lga ega bo'lmagan mamlakatimiz uchun dolzarb bo'lib kelgan va hozir ham shunday. O'zbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil bo'ladigan "Bir makon, bir yo'l" tashabbusini avvalbo shdanoq qo' llab-quvvatlangan.
Prezidentimiz Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, "yashil iqtisodiyot" orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar bo'yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Markaziy Osiyo mintaqasining taranzit salohiyati ro'yobga chiqarish hamda Xitoy - Markaziy Osiyo - G'arbiy Osiyo iqtisodiy yo'lagini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Toshkent - Andijon - O'sh - Irkishtom - Qoshg'ar avtomobil yo'lagi, O'zbekiston - Qirg'iziston - Xitoy va Mozori Sharif - Kobul -Peshovar temir yo'llari loyihalari bu borada katta istiqbollar ochishi qayd etildi. Shuningdek, Sariq dengiz portlari - Markaziy Osiyo - Yevropa yo'nalishi bo'ylab temir Yo'lda yuk tashishga bir xil ta'rif o'rnatish ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Bir makon, bir yo'l" forumida so'zlagan nutqida Afg'oniston masalasiga ham alohida e'tibor qaratib, ushbu mamlakatning forumga Afg'onistonga jalb qilish, mamlakatda tinhlik o'rnatilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda yangi taraqqiyot manbalari yaratishini ta'kidlaydi. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi dolzarb masalalar joriy yilning kuzida Toshkentda bo'lib o'tadigan Afg'oniston bo'yicha Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konfrensiyasida (RECCA ) muhokama qilinishini ma'lum qildi25. Shuni ta'kidlab o'tish mumkinki, BMBY Afg'onistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun mintaqaviy savdo-sotiqda ishtirokini yanada kengaytirishi mumkin. Bundan keladigan ijobiy natijalarda Afg'oniston o'z eksport balansini oshirish va import xarajatlarini kamaytirishga erishadi. Tovarlar va energiya savdosidan tushadigan daromadni mamlakat infratuzilmasi rivojiga, shu jumladan, tashqi yordamga qaramligini kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikning o'sishi uchun yo'naltiriladi. Biroq bu faqatgina izchil davlat siyosati orqali amalga
25fflaBKar Mnp3HëeB: ÖHpra^HKgara catH-^apaKaraapHMro Ham^arapHHH xa^K^apHMro ce3nmn KepaK. https://president.uz/uz/2533
Research BIB / Index Copernicus
oshirilishi mumkin va hukumat mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yagona manbai sifatida Xitoyga qaramasdan, BMBY loyihasidan foyda olish uchun iqtisodiy rivojlanish jarayonida siyosiy rahbarlikni amalga oshirishi kerak.
Xulosa sifatida shularni aytish mumkin, Afg'oniston o'z joylashuviga ko'ra muhim strategik, geografik kordinatada joylashgan. Markaziy Osiyo davlatlari ham jumladan o'z o'rni va ahamiyati bilan dunyoning e'tiborini o'ziga qaratib kelgan. Mintaqa juda yuqori potensialga ega. Ushbu imkoniyat bilan hamohang rivojlanish uchun mintaqaga barqarorlik va tinchlik suv va havodek zarur. Lekin bu xavsizlik masalasiga faqat zo'ravonlik yoki kuch manbalari bilangina erishib bo'lmaydi. Mintaqaga va Afg'onistonga ham iqtisodiy integratsiya va o'zaro qo'llab quvvatlash va bir birlariga dastak bo'lish judayam muhim. Bu borada ko'plab tashabbuslar bor va O'zbekiston amaliy harakatlar bo'yicha katta ustunlikka egalik qilmoqda. Bugungi kunda Afg'oniston ko'plab mintaqaviy iqtisodiy loyihalarga jalb qilingan. Bu amaliy harakatlar allaqachon o'zining amaliy samarasini bermoqda. "Bir makon - bir yo'l" iqtisodiy loyihasi va ShHT da yirik kuzatuvchi maqomga ega bo'lishi kelajakda yana ham kuchliroq mintaqaga integratsiyalashuv mumkinligini ko'rsatmoqda. Kobul, o'z navbatida, BMBY Afg'onistonga iqtisodiy o'sishni tezlashtirishga, mintaqaviy savdo markazi sifatida paydo bo'lishga va ichki xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etishga yordam beradi degan umidda.
ADABIYOTLAR
1. Muddaber Zabihullah. Where Does Afghanistan Fit in China's Belt and Road? The Diplomat. 3 May, 2016.
2. Aneja Atul. Silk Road train to reach Afghanistan on Sept 9. The Hindu 28 August 2016.P. 31
3. Byrd William. What Can be Done to Revive Afghanistan's Economy?. USIP Special Report. 2016 p. 11
4. Chene Hugo. Chinain Afghanistan: Balancing Power Projection and Minimal Intervention. IPCS Special Report. 2015.
5. Clarke Michael. "'One Belt, One Road' and China's emerging Afghanistan dilemma". Australian Journal of International Affairs. 2016.
6. Clarke Michael. China's Emerging Af-Pak Dilemma. China Brief. 2015.
7. Clover Charles and Lucy Hornby. China's Great Game: Road to new empire. Financial Times. 12 October 2015.
8. Downs Erica. China Buys into Afghanistan. SAIS Review Summer-Fall. 2012.
XULOSA
Research BIB / Index Copernicus
9. Huasheng Zhao. Afghanistan and China's new neighbourhood diplomacy. International Affairs. 2016.
10. Huasheng Zhao. Afghanistan and China's new neighbourhood diplomacy. International Affairs. 2016.
11. Mohman Abdul. The Prospects for Economic Development in Afghanistan. Asia Foundation Occasional Paper 14 June 2012.
12. http : //outlookafghanistan. net
13. https://southasianvoices.org
14. https://thediplomat.com
15. https://www.dawn.com
16. https://president.uz