XITOY ADABIYOTIDA XX ASR OHIRLARIDAGI ADABIY MUHIT HOZIRGI ZAMON ZAMONAVIY XITOY ADIBI SHI YIFEN HAYOTI VA IJODI
d https://doi.org/10.5281/ zenodo.7351977
Arziqulov Eldor Ilmiy maslahatchi: f.f.d. (DSc) Nasirova S.A.
This article discusses the dramatic changes, shortcomings, and achievements of modern Chinese literature ranging from the second half of the 20th century from the 1950s to the 1990s. This article is about the work of the author Shi Yifen, who contributed to the development of modern Chinese literature and its imminent erosion in contemporary European literature, in keeping with the complexity of the literary Chinese identity.
Key words: original language, motor language, ShiYiFen, TTM
LuSyun, ^ i LaoShe, ShiYiFen's novella, novel collection and
Annotatsiya. Mazkur maqola XX asr ikkinchi yarmi 5G-yildan to 9G-yillarni qamrab olgan zamonaviy xitoy adabiyotidagi keskin o'zgarishlar, kamchiliklari va yutuqlari. Zamonaviy Xitoy adabiyoti rivojiga va bugungi kunda yevropa adabiyotiga taqlid qilgan xolda yoqolib borayotga murakkab xitoy adabiy o'ziga xosligini zamonaviy adabiyot bilan uyg'unlashtirgan xolda saqlab qolishda o'z hissasini qo 'shayotgan adib Shi Yi Fen ijodi haqida.
Tayanch iboralar:Asliyat tili, vosita til, ^—M Shi Yi Fen, MMLu Syun, :^Lao She, Shi Yi Fenning novella, roman, to'plam va erishgan yutuqlari.
Аннотация. В этой статье дается изменения, недостатки и достижения современной китайской литературы, охватывающие вторую половину двадцатого века с 195G-X по 1990-е годы. Также идет обзор творчества автора Ши Ифэнь, который внес вклад в развитие современной китайской литературы, создал свое направление подражая европейской литературе, показал все сложные и неподражаемые нюансы китайской литературы.
Ключевые слова: язык оригинала, моторный язик—МШи Ифень, ШШЛю Сюн 1^Лао Шэ, новелла, роман, сборник и достижение Ши Ифена.
Biz O'zbekistonda «Adabiy do'stlik - abadiy do'stlik» degan chuqur ma'noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g'oyat jiddiy e'tibor qaratmoqdamiz.
Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo'lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo'yicha o'ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta'kidlash lozim.
Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bag'rikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi o'lmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara
namunalarini xorijiy tillarga o'girish va chet ellarda targ'ib etish bo'yicha ham mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda.1
Bu borada respublikamiz oliy o'quv yurtlarimizda ingliz, fransuz, nemis, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab filologiyasi maxsus fan sifatida o'qitilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni vaqtda bu sohada ham oldimizda ko'pgina dolzarb va muhim vazifalar turganini ham qayd etish zarur. Xususan, hozirga qadar jahon adabiyotidan ona tilimizga tarjima qilingan aksariyat asarlar vosita tillar orqali amalga oshirilgan va bu hol bugungi kunda ham davom etmoqda. Yosh tarjimonlarimiz asliyat tilini yaxshi bilsalar-da, ko'p hollarda ularda badiiy mahorat yetishmayapti. Xuddi shunday holatni o'zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish sohasida ham kuzatish mumkin.
Biz XX asr 70yillardan keyingi Xitoy adabiyotidagi bir guruh yozuvchilarni bir tasmaga birlashtirishni rejalashtirgan paytimizda, shuni sezamizki bu juda ham qiyin ish. Chunki bu insonlar yaratgan ishlari umumiy tarafdan birlashtirish hamda baho berishhaqiqatda juda qiyin. Yoshlarining bir xilligidan tashqari ularning adabiyotda boshqa hech qanday o'xshash umumiy taraflari mavjud emas.
Bu hozirgi davrdagi insonlarning tarixi hamda madaniy yodgorliklariga ta'siri bor. Umumiy olganda, Xitoy XX asr 50 - 60 yillar oralig'idagi yozuvchilar o'rtasida aniq ko'zga tashlanadigan chegara va farqlar mavjud emas. Chunki, ularning barchasi yaqin o'tmishdagi tarix bilan hamnafas tajriba va umumiy xotiraga ega. 80 yillar Xitoy adabiyoti yozuvchilari to'g'risida deyarli hech qanday "umumiy xotira" ayta olmaymiz. Ularning barchasi tug'ilgan paytda jamiyat allaqachon o'zgarishni boshlagan edi. Farqli va burilish tomon yo'l olgan edi. Ammo, aynan o'sha asr 70yillari, ushbu davrning ahamiyatli tarafi tarix ichida bo'lingan tarixdir. Ularning ta'siri esa sirli, huddi yo'g'onga o'xshardi. Shu bilan bir qatorda o'tgan asrning 80yillaridan beri shamoldek shiddatli adabiy revolyutsiyalar ham ular bilan hech qanday aloqasi yo'q. Ular adabiy dunyoni ko'tarishgan paytda, 80yildagi adabiy revolyutsiya allaqachon tamomlangan edi: haqiqatga tik qaraydigan bo'lsak, 80 yillarda yana to'satdan paydo bo'lgan internet adabiyoti kabi katta yo'lga duch keldi. Hech qanday tarixiy vazifasi bo'lmagan bu odamlar bu barchasi uchun hech narsa qila olmas edi. 70 yillar aynan mana shu ikki davr ya'ni 60-80 yillar odamlari orasida tiqilib qolgan edi. Ular faqatgina boshqa yo'l orqali o'z adabiy qobiliyatlarini ko'rsata olishlari mumkin edi. Shundan bu davr hikoyalarini tarix va haqiqat, individual hikoyalar va umumiy xotiralar o'rtasida suzib yurdi deb ayta olamiz.
Balkim, bunday yondashishimiz turli avloddagi yozuvchilarning adabiy hotiralari yoki shu turkumdagilarga mos kelar. O'tgan asr 50-60 yillarni bir tarixiy umumiylik deb qarashimiz mumkin. Ularning umumiy tarixiy hotirasi mavjud. Umumiy birlikdagi tarixiy bilim va qarashlar uslubi, umumiy birlikdagi tarixiy tajriba ostida bir davr odamlarining adabiy muhitini yaratishdi. 2
90-yillardan keying xitoy adabiyoti, g'arb adabiyoti ta'siri va xotirasini olgan holda umumiylikdagi "ortga yurishni" boshladi. Bu "ortga yurish" an'naviy adabiyot va madaniyatdan elementlarni topib, yana bir aylana tahlilni boshladi. E'tibor beradiganimiz shuki, bu tahlil umumiylik qayta terilgandan keyingi tahlildir. Shundan unda turli individuallik mavjud. Bu ham 70-yillar yozuvchilarining umumiy ko'rinishining bir qismidir.70yillardagi uzuq xotiralar, ularga shaxsiy haqiqatga majburan qarama-qarshi chiqishga majbur etdi. Chunki ularning qaytadan manzillari yo'q edi. Ammo, ular zidlik, tuman vaikkilanishlar orasida tasodifan 70-yillar adabiyoti va motivi orbitasini yaratishdi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu davr yozuvchilarining yutuq va kamchiliklari, barchasi o'sha davr xitoy mumtoz adabiyoti tajribasining bir qismidir. Shundan biz
1O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusida o'tkazilgan konferensiyadagi nutqi. 2017yil.
70 : , 2012 ¥ 3 ñ 30 0O
711
R
О
bu davr odamlari adabiy yo'liga e'tibor berayotgan paytimizda, albatta o'sha davr xitoy adabiyotiga e'tibor qaratishimiz lozim.3
Xitoyning bugungi kundagi yosh va zamonaviy yozuvchisi Shi Yi Fen ijodini,
o'rganish, tahlil qilish xitoy adabiy jarayoni taraqqiyotida dolzarb mavzulardan biridir. Uning hayoti va ijodi haqida unchalik ko'p ma'lumotga ega emasmiz.Adibning hayot ijodi va asarlari chet ellik ya'ni rus, o'zbek va ingliz adabiyotshunoslari tomonidan ilmiy darajada o'rganilmagan. Adib hayoti va ijodi to'g'risidagi ma'lumotlar faqat Xitoy adabiyotshunos, tanqidchilari tomonidan u haqida berilgan fikrlar va asarlarini o'qish jarayonida to'plangan. Shi Yi Fen1979-yili Xitoyning poytaxti bo'lmish Pekin shahrida dunyoga kelgan. 1998-yili Pekin Universitetining Xitoy adabiyoti fakultetiga qabul qilinib, adabitoy yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini olgan. U "Qizil bayroq ostidagi meva" ( (() , "Pekinga muhabbat" ( «^^Ш» ) , "Mening singlim" ( {(ШШ)) ) , "Eng yaxshi ovoz va yorug'lik festivali" ( (( l l ^ M ^ % Nâ» ) ,"Aqldan tashqarida" ( (ОЬЖ^^» ) va shu kabi katta romanlar bundan tashqari ( ШЙ» ), "Duet"( {{&Ш ), "Dunyo endi Cheng Jin Fangsiz"( «"MBï!^» ), "Mayk Huangni qutqarish" ((ШШЖ^Ш»» , "Kichik Li vatanga qaytdi" , "Maxsus kurash"
((^S'JШ^singari to'plamlar muallifi. Bir qancha hikoyalari mahalliy jurnallarda nashr qilingan. Amerikaning "Poyezdni aniqlang" ( ) filmini Xitoy tiliga tarjima qilgan. U
adabiyotga yangi qadam qo'yganlar uchun joriy etilgan "Xalq adabiyoti" ( ^Лй^^» ) va shu bilan birga "Yangi adabiyot" mukofotlari so'vrindori. 2016-yil 25-iyun kuni Shi Yi Fen "Dunyo endi Chen Jin Fangsiz" ( «ШЧBï!), "Yer ko'zlari" ( )povestlario'n
oltinchi, o'n yettinchi "baihua adabiyoti"( (ШЙ^^» )nominatsiyasi g'olibi. 2018- yil avgustida( (ШИЕ^!^^» ) novellasi uchun "#Ш<" (Lu Syun) adabiyot mukofotiga sazovor bo'ldi.U hozirda (ШЮ» jurnali muharriri.
Shi Yi Fen o'z asarlarida Pekindagi hayot ruhiyatini saqlab qolgan. U zamonaviy adabiyotda folk'lyor yo'nalishi va ustozlarti Lu Syun va Lao Shelar adabiyotga kiritgan yangiliklariga sodiq qolgan holda o'z ijodini olib borganligi bois boshqa zamonaviy adabiyotchilardan ajralib turadi.
"Shi Yi Fen bizga -Adabiyot san'atida kichik odam yo'q. U har bir kichik shaxsni huddi buyuk shaxsdek yozadi, u o'z taqdirining mantiqiyligini xurmat qilgan holda o'ziga xosligini yozadi" deydi mashhur adabiyot tanqidchisi Ö^(Bai Hao) bo'lib o'tgan seminardan birida Shi Yi Fenning ijodiy ishiga baho berib.4
Shi Yi Fen so'nggi yillarda Xitoyning Adabiy dunyosida paydo bo'lgan eng ta'sirli yosh yozuvchilardan biri. Pekin uslubidagi Shi Yi Fenning romanlari nafaqat fol'klyor janrini saqlab qolgan, balki, shahar aholisi mentalitetini ham evolyutsiyalashtiradi. Shu bilan birga, Shi Yi Fen mumtoz romanlar tushunchasiga tayangan holda yozuvni birinchi asosi sifatida qahramonlarni shakllantiradi. Adabiyotni jamiyatga ta'sir qilishini tadbiq qilishga ishongan Shi Yifen Hffi^Lu Syun) va ^^(Lao She) tomonidan tadbiq etilgan yangi adabiy urf-odatlarni xurmat qilgan. O'z romanida u Chen JinFan Miao Syuhua va katta xola ^ШШ kabi "shaharning
yangi qahramonlari" ni o'ziga xos shaxslarni yaratdi.
Pekin nashriyoti guruhining bosh ish boshqaruvchisi Tsuy Chjun quyidagilarni ta'kidlagan: "So'nggi yillarda zamonaviy adabiy doiralarni asosini shakllantirgan 70yillar yozuvchilari guruhi paydo bo'ldi. Ular adabiyotning yangi davri va estetika sohasidagi yangi davr bilan
3"70 2014 ¥ 2 Я 25
: , ЖФД \ШШ, 2013 ¥ 9 Я 24 Вс
712
to'qnashmoqdalar. Ular zamonaviy hayotga chuqur g'amxo'rlik bilan qarashadi. Shi Yi Fen ularning vakillaridan biridir.
Tsyuy Chjun Pekinda o'sib ulg'aygan va yozuvchi sifatida shakllangan Shi Yifenni Pekin zamonaviy adabiyotini tubdan ajratadi deb hisoblaydi.
Shi Yifenning ishlarini o'rganib chiqish jarayonida, Shi Yifen asarlaridagi qahramonlar har xilligini qayd etib o'tish joiz menimcha. U katta - kichik odamlarni yaratadi.5
Shi Yifen asarlaridagi oddiy odam bo'lgan kichik qahramonlardan chuqur ta'sirlanish mumkin, u yozayotganida har bir personajni jiddiy qabul qiladi va asarlardagi har bir personaj o'ziga xos ajoyib obrazga ega va o'ziga xos xususiyatga ega va hatto oilaviy - ijtimoiy to'qnashuvlarda o'z xususiy intilishlarini qo'llab quvvatlaydi. Ammo bu personajlarning barchasida bir xil umumiylik mujassamdir.
Bu personajlarning barchasi qiyinchiliklarni yengib boshqalardan yaxshiroq yashashga intilishi bilan ajralib turadi.
Biz bilamizki tarix reallikni soddalashtirilgan va kichraytirilgan ko'rinishda bo'lishi kerak va Shi Yifen tarixdan foydalanishga xarakat qilmoqda. Biz olamni tarixda qamrab olish uchun nusxalashtirish va abstraksiyalashni ishlatamiz va qo'llaymiz. Bu yaxshi chunki ijtimoiy muammolar ustida to'liq izlanishlar olib borish yo'lida bu bizga katta ustunlik beradi.
Shi Yifen o'z asarlarida sof adabiyotdagi cheklovlarni yengib o'tishga xarakat qildi. U adabiyotdan yiroq bo'lgan oddiy kitobxonlar doirasini qozonish uchun "Oddiy dunyo" kabi o'quvchilar doirasini qozonish uchun xarakat qildi. U ongli ravishda mashhur adabiyot va oddiy adabiyotdagi yozmalarni ishlatib ayrim 70-yillardan so'ng yozgan yozuvchilar asarlaridan farq qiladigan asarlarni yaratdi. U asarlarni o'qishdan rohatlanishni tushunishga katta e'tibor qaratadi.
Adabiyot tanqidchisi Li Yuney Shi Yifen haqida shunday dedi: "Yozuvchi Shi Yifen haqiqatdan yangi davr yozuvchilaridandir. Uning hamma mehnati 40 yillik reforma va ochiqlik davriga bag'ishlangan. U oldingi tarixiy hikoyalardan farqli o'laroq boshqa nuqtai nazardan yozgan, Chen Jinfan Ш ^^(asar qahramoni)qarashlaridan foydalanib yozgan, An Siyao qarashlaridan foydalanib yozgan, Pekin katta xola ^ШШ (asar qahramoni) qarashlaridan foydalanib yozgan, chunki ular bu davrning uch o'lchamli tushunchasini amalda ko'rsatib berishadi. Tarix ko'pchilik tafsilotlarni e'tibordan chetda qoldiradi. Shunday e'tibordan chetda qolgan ta'fsilotlarni Yi fen e'tiborga olishi mumkin. Yifen tarix jarayonida ayrim oddiy odamlarni yaratdi va bu oddiy kichik odamlar bilan ulkan vaqt orasida qandaydir uzviylik borligini ko'rgan. Bu Yifenning tasavvurlarini noyob bo'lganini ko'rsatadi".6
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin-ki, bugungi kundagi xitoy adabiyoti avvalgi shu kungacha qadirlanib kelinayotgan mumtoz adabiyotdan tubdan farq qiladi. Ko'pgina zamonaviy adiblar o'z adabiy uslublarini yevropa adabiyotiga o'xshatib olib borishayotgan bo'lsada, ularning asarlari huddi kundalik hayot tasvirlangan kabi juda sodda, barcha uchun birdek tushunarlik bo'lganiga qaramay Shi Yi Fenni zamonaviy adabiyot bilan birga mumtoz adabiyotni ham uyg'unlikda olib ketayotgani taqsinga loyiq va bunga juda ko'p xitoy tanqidchilari ham o'z ijobiy fikrlarini bildirishgan. U bir vaqtning o'zida folklor adabiy yo'nalishidan foydalanib, Pekin mentalitetini yoritib bergan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusida o'tkazilgan konferensiyadagi nutqi. 2017.
5Ш : «ЙШ&Ш^ 70 ш^Ш^Ю , (»ttifii» 2010¥ 1 ;
2014o
2. втшшо^ш: ^rns^iw» , «ш^ш» 2012^30в0
3. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.
4. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).
5. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).
6. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.
7. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.
8. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.
9. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.
10. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.
11. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.
12. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).
13. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.
14. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.
15. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.
16. NS Abdullayevna.
87, 0
17. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.
18. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019
19. СА Хашимова О_НЕКОТОРЫХ_ОСОБЕННОСТЯХ
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). - SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 2022.