Научная статья на тему 'XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O’RNI'

XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1628
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / PIRLS / TIMSS / ICILS / adabiyot / badiiy asar / nutqiy kompentensiya / PISA / PIRLS / TIMSS / ICILS / literature / artwork / speech competence

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim tizimini xalqaro mezonlar asosida baholovchi dasturlar, shuningdek, o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholovchi xalqaro dastur hisoblanuvchi PISAda davlatimizning ishtiroki va adabiyot fanini o’qitishda xalqaro tadqiqotlarning o’rni va ularning ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL RESEARCH AND THEIR ROLE IN LITERATURE

This article discusses the role of international research in the teaching of literature and the participation of our country in PISA, which today is an international program for assessing the educational system, as well as an international program for assessing student achievement.

Текст научной работы на тему «XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O’RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN

O'RNI

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi abdullayevaozoda1107@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim tizimini xalqaro mezonlar asosida baholovchi dasturlar, shuningdek, o'quvchilarning ta'limiy yutuqlarini baholovchi xalqaro dastur hisoblanuvchi PISAda davlatimizning ishtiroki va adabiyot fanini o'qitishda xalqaro tadqiqotlarning o'rni va ularning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS, adabiyot, badiiy asar, nutqiy kompentensiya

INTERNATIONAL RESEARCH AND THEIR ROLE IN LITERATURE

Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region abdullayevaozoda1107@gmail.com

ABSTRACT

This article discusses the role of international research in the teaching of literature and the participation of our country in PISA, which today is an international program for assessing the educational system, as well as an international program for assessing student achievement.

Keywords: PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS, literature, artwork, speech competence

KIRISH

So'nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan turli xil yangidan-yangi islohotlar natijasida, katta-katta iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi hamma sohalarda yetuk, malakali va zakovatli kadrlarga bo'lgan ehtiyojni tobora oshirib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan ta'lim jarayonlariga bo'lgan e'tiborni yanada oshirishni talab qiladi. Bu talablarning barchasi ta'lim tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi va bu jarayonni milliy ta'lim tizimi bilan chet el ta'lim tizimi orqali qiyoslab, mos va zarur andozalarni olishga, ta'lim tizimni yanada rivojlantirishga undaydi. Bu esa bugungi kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi deyilsa, xato bo'lmaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda ta'lim tizmini xalqaro darajda baholash muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu orqali har bir baholash dasturida ishtirok etayotgan davlat qaysi o'rinda ekanligini, yutuq va kamchiliklarini, o'z ta'lim tizimini qanday qilib yanada rivojlantirishi kerak ekanligini, qanday chora-tadbirlar o'tkazish kerakligini bilib oladi va eng muhimi xalqaro darajada tajribaga ega bo'ladi.

Bugungi kunda PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS kabi bir qator xalqaro baholash dasturlari bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishda mez on sifatida keng qo'llanilmoqda:

• PISA - o'quvchilarni ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi;

• PIRLS - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot;

• TIMSS - maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring;

• ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo'yicha xalqaro tadqiqot . NATIJALAR

O'quvchilarnining ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi hisoblanadigan PISA xalqaro baholash dasturi va uning ta'lim tizimizdagi ahamiyati haqida so'z yuritishdan oldin ushbu dastur haqida qator ma'lumotlarga ega bo'lishimiz lozim.

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur.

Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan. Bu dasturni amalga oshirishdan maqsad o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi. Ushbu dastur o'quvchilarni egallagan aniq faktlarga asoslangan bilimlarini emas, balki ularning ijodiy ko'nikmalarini, olgan bilimlarini hayotda qay darajada qo'llay olishliklarini, biror bir masala yuzasidan o'z shaxsiy fikrlarini bayon eta olishlarini hamda kelajakda uchrashi mumkin bo'lgan turli xil vaziyatlardan qay daraja chiqib keta olishliklari yuzasidan qarashlarini baholovchi dastur hamdir. Ushbu dastur quyidagi 5 ta yo'nalishda baholaydi: o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik hamda kompyuter savodxonlik kabi. Testda quyidagilarga asosiy e'tibor qaratiladi:

1) eng asosiy tushnchalarni bilish

2) bazaviy ko'nikmalarning egallanganligi

3) hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishi

PISAda 4 xil usulda test topshiriqlari va anketa olinishi ko'zda tutilgan: a) bir javobli testlar;

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

b) bir necha jabobli testlar;

c) qisqa yoki batafsil yoziladigan testlar;

d) biror muommoning yechimi bo'yicha o'quvchi fikri tekshiriladi( bunda tekshiruvchida umumiy javoblar bo'ladi), o'quvchi ijodiy fikri qo'llab-quvvatlaniladi.

MUHOKAMA

Yuqoridagi faktlardan ham ma'lumki, PISA baholash tizimida ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bilimga emas, balki o'quvchidagi nutqiy kompetensiylarni rivojlantirish va ularni amalda qo'llay olish borasidagi qarashlar baholanadi. O'quvchi 15 yoshida har tomonlama rivojlangan katta hayotga qadam tashlayotgan bo'ladi. PISAning asosiy maqsadi ham mana shu qadamni to'g'ri yurishni rivojlantirish desak mubolag'a bo'lmaydi.

2021-yilda o'tkaziladigan navbatdagi PISA xalqaro baholash dasturida bizning mamlakatimiz 3 ta yo'nalishda xususan, o'qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda. Ushbu dasturda ishtirok etish bizga juda katta natija berishi mumkin, masalan, davlatimiz xalqaro tizimda qay o'rinda ekanligini bilib oladi, natijalarga qarab yanada ta'lim tizimi isloh qilinadi, xalqaro tajribaga ega bo'ladi. Bu jarayonga tayyorgarlik chog'ida tegishli ta'lim muassasalari rahbarlariga katta ma'suliyat yuklanadi, ular ushbu dasturga tayyorgarlik chog'ida ko'plab tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lishadi. Eng asosiysi o'quvchilarda xalqaro darajada baholanish imkoniyati paydo bo'ladi, ular ushbu dasturda o'z ishtiroklari bilan ko'plab bilimga va malakaga ega bo'lishadi.

XULOSA

Ushbu dastur yordamida ko'plab fanlarda katta-katta natijalarga erishilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayniqsa, adabiyot fanida ko'plab yutuqlarga erishish mumkin. Masalan, bizning boy ma'naviy boyligimiz hisoblanuvchi adabiyotlar, badiiy asarlarimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. Adabiyot - har bir xalqning muhim ma'naviy bo'g'ini hisoblanadi. Shunday ekan, bu fanni ham xalqaro darajaga olib chiqilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. PISA dasturida ham asosiy e'tibor aynan o'quvchining ijodiy, kreativ fikrlashi, biror muammo yoki voqea yuzasidan shaxsiy fikrini to'liq bayon eta olish qobiliyati kabi jihatlarga alohida urg'u berilyapti. Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, biz badiiy asarlarimizdagi qahramonlar taqdiri, ularning asar davomida kechirgan hayotiy haqiqatlari, turli vaziyatlardan to'g'ri yoki noto'g'ri chiqib keta olishi kabi holatlarni ushbu dasturga qiyoslasak bo'ladi. Biz bu bilan o'quvchilarda bevosita asar bilan tanishtirgan holda, ushbu asar qahramoni kabi hayotda duch keldigan turfa xil to'siqlardan, vaziyatlardan to'gri va unumli chiqib keta olish, har bir jarayonga nisbatan o'z shaxsiy munosabatini bildirish, nutqiy kompetensiyalarni ya'nikim, tushunib o'qish, gapirish, yozish singari ko'nikmalarni to'gri hosil qilgan bo'lamiz.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. http s://googol. uz/po st/pisa-te st-nima

2. https://www.uzedu.uz/oz/pisa-pirls-tadqiqotlar

3. O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi respublika ta'lim markazi, O'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'quv dasturi, Toshkent, 2017- yil.

4. Abdullayeva, O.O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciensces, 2(3), 4-9

5. Abdullayeva, O.O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciensces, 2(3), 176-180

6. Ozoda Abdullayeva, (2021) Badiiy asarlarning inson ruhiyatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5) (pp. 272-275)

7. Sobitova, T. (2020). " ORZIGUL" DOSTONIDAGI MA'NAVIY VA LAFZIY SAN'ATLAR. ILMIYAXBOROTNOMA, 60.

8. Sobitova, T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq ogzaki ijodining orni. Tun ea aöaöuem mabnuMU, 5(5), 26.

9. Madayev, O., & Sobitova, T. (2011). Xalq og 'zaki poetik ijodi. Toshkent: Sharq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.