XALQARO BANK VA MOLIYA JARAYONLARINING PREDMETI VA
VAZIFALARINING MOHIYATI
Xolikulov O'ktam Abdumuminovich
Samarqand iqtisodiyot va servís instituti Bank ishi kafedrasi assistent stajyori e-mail: [email protected]
Annotatsiya: Mazkur mavzuning o'rganilishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning moliyaviy tarkibiy qismlarini tahlil qilishga qaratilgan. Xalqaro bank va moliya jarayonlari global darajadagi pul oqimlarini boshqarish, valyuta bozoridagi operatsiyalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: bank, moliya, predmet, xalqaro integratsiya.
Mamlakatimiz banklarining barqaror mavqei bank tizimiga bo'lgan ishonchning, xususan, aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank depozitlarida saqlanayotgan bo'sh pul mablag'lari hajmining barqaror yuqori sur'atlarda oshib borishiga marketing xizmatining ham salmoqli ulushi mustahkam asos bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zbekiston mustaqillikla erishgandan so'ng xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosi bo'di. O'zbekiston xalqaro munosabatlarda mustaqil suveren davlat sifatida faoliyat olib boradi. Mustaqillik tufayli ko'pchilik xorijiy davlatlari bilan mustaqil iqtisodiy Hamkorlik aloqalari o'rnatdi. Bu hamkorlik davlat siyosatining muhim qismi bo'lib, respublika iqtisodiy rivojlanishing ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab qo'yilgan. O'zbekiston davlat siyosatining maqsadi respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga integrasiyalashuvini ta'minlash va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga erishildi.
"Xalqaro bank va moliya" bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni tayyorlashda asosiy maxsus fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan orqali talabalar xalqaro valyuta, hisob-kitoblar va kredit borasida bilimlarga ega bo'ladi. Unda xalqaro valyuta tizimi, valyuta operatsiyalari, xalqaro kreditning harakati va undan foydalanish, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga valyuta munosabatlarining ta'siri, to'lov balansining mohiyati va unga ta'sir etuvchi omillar va boshqa masalalar o'rganiladi.
So'nggi yillarda globalizatsiya jarayoni bilan bog'liq ravishda iqtisodiyotda quyidagi o'zgarishlar yuz bermoqda: jahon savdosining intensiv rivojlanishi, global TMKlarning rivojlanishi, moliyaviy globalizasiya, mintaqaviy iqtisodiyotlarning takomillashuv, konvergen-siyaga intilish. Xalqaro ssuda kapitali va jahon valyuta bozori zamonaviy sharoitlarda turli mamlakatlarda savdo va sanoat kapitallari aylanishini to'xtovsizligini ta'minlaydi.
- Jahon valyuta-kredit tizimi, uning tarkibi, funksiyalari va amal qilish mexanizmlarini chuqur o'rganish;
- Jahon valyuta-kredit bozorlari, ularda yuz berayotgan o'zgarishlarni tizimli va kompleks tahlil qilishni o'rganish (mintaqaviy differensiasiyaning keskinlashuvi
sharoitida operatsiyalar xajmining tez sur'atlar bilan o'sishi, foiz stavkalarining mamlakatlar bo'yicha farqlanishi, milliy kredit bozorlari va offshor markazlar o'rtasidagi farqlar va yirik markazlarning ko'chishi);
- Xalqaro valyuta-kredit bozorlarida o'zgarishlariga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash: xalqaro kapital harakatining erkinlashu-vi, ichki bozorlarda davlat aralashuvi xajmining qisqarishi, informatsion texnologiyalarning rivojlanishi;
- O'zbekistonni jahon ssuda kapitali va valyuta bozorlaridagi munosib ishtirokini ta'minlash va boshqalar;
XX asrning 50-60 - yillarida rivojlangan xorijiy davlatlarda valyuta qonunchiligining erkinlashtirilishi valyutalarni sotish va sotib olish operatsiyalari hajmining keskin oshishiga olib keldi. Ayniqsa, xalqaro kapitallar harakatining erkinlashuvi valyuta operatsiyalariga bo'lgan katta ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur o'zgarishlarning barchasi pirovard natijada xo'jalik sub'ektlarining valyuta operatsiyalari hajmini yuqori darajada oshishiga olib keldi.
O'zbekistonda ko'plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investisiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatlararo xo'jalik munosabatlarning kengayishi va chuqurlashuvi mamlakatlar o'rtasida pul va kapital, tovar va xizmatlar oqimini ko'paytiradi. Bunday oqimlarning hajmi va salmog'iga rivojlangan davlatlar va ularning amaliyoti katta ta'sir ko'rsatadi. Shu bois xalqaro valyuta munosabatlari bo'yicha jahon amaliyotini o'rganish, turli xil davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalar olib borishda jahon amaliyotini bilish, ayniqsa, O'zbekiston jahon bozoriga integrasiyalashib borish jarayonda juda muhimdir.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab - moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma'lumki, iqtisodiyot sog'lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o'rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o'z ta'sirini o'tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, keyinchalik ko'plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib keldi. Jumladan, o'tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyotida 1976 yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o'tgach, pulning oltin mazmuni yo'qolib, asosan AQSh dollari etakchi valyutaga aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo'lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv jarayonining
jadallashuvi ta'sirida xalqara iqtisodiy aloqalaráa qat'iy valyutaga bo'lgan talabning yanada kuchayishi AQSh tomonidan hech qanday tovar bilan ta'minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma'lumotlarga ko'ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit рШкг va tuгli to'lov vositalari)ning tovaг va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligini ham hisobga olinsa, muomala uchun zaïw bo'lgan pul miqdoridan, ya'ni pulga bo'lgan talabdan Ыг necha o'n baravar ko'payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi:
- norasional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
- moliyaviy institutlaming majburiyatlari bilan ustav mablag'laгi o'гtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
- qimmatli qog'oz^ bo'yicha гeyting tashkilotlari tomonidan sohta xulosalar berilishi;
- moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va sohta audit xulosalari taqdim etilishi;
- moliyaviy rag'batlantirish uslubi sifat ko^satkichlariga emas, balki miqdoгiy ^'^at^chla^a asoslanganligi;
- yuqoгi гiskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog'ozlami vujudga kelishi va hokazo.
Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy o millaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Шумпетер, Й. Теория экономического развития / Й. Шумпетер. - М.: Издательство Прогресс, 1982. - 456 с.
2. Богдан, Н.И. Региональная инновационная политика / Н.И. Богдан. -Новополоцк: ПГУ, 2000. - 358 с.
3. Mirzayev F.I. —Banklarara raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari T: —Moliya, 2010 y. -258 b.
4. Николаева П.Т. «Банковский маркетинг» M: МЕСИ 2007 г.-412 с.