XALQ TABOBATI YORDAMIDA JINSIY A'ZO YALLIG'LANISH KASALLIKLARINI DAVOLASH USULLARI
Yuldasheva Feruza Mardiyevna yuldashevaferuza@gmail .com Abu Ali Ibn Sino nomidagi Ishtixon Tibbiyot Salomatlik
jamoatchillik texnikumi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ayol jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklarini xalq tabobati va tabiiy usullar yordamida davolash haqida muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: xalq tabobati, jinsiy a'zo kasalliklari, namatak, romashka, asal sedana.
METHODS OF TREATMENT OF SEXUAL INFECTIOUS DISEASES WITH
THE HELP OF FOLK MEDICINE
Yuldasheva Feruza Mardiyevna yuldashevaferuza@gmail .com Ishtihan Medical Health named after Abu Ali Ibn Sina
public technical school
Abstract: This article discusses the treatment of inflammatory diseases of the female genital organs using folk medicine and natural methods.
Keywords: folk medicine, genital diseases, namatak, chamomile, honey sedana.
Ma'lumki insoniylik jamiyatni nozik did vakilalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. ayolning hayotdagi eng asosiy vazifasi nasl qoldirish bo'lgani kabi afsuski nazokat sohibalarida jinsiy a'zolarning muntazam ravishda ma'lum bir kasalliklar bilan og'rishini kuzatamiz. Ayniqsa ayollarimizda jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari juda ko'p kuzatiladi. Inson tanasidagi har qanday noxushliklar ayniqsa og'riqlar inson asab tizimiga juda qattiq ta'sir qilganligi kabi ayollarda ham bunday holatlar kuchli stress, tushkunlik, hayotga va yashashga loqaydlik , o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishi kabi noxush holatlarga olib keladi. bunday holatlarni bartaraf etish esa ba'zida biroz murakkab hisoblanadi. Jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklarini davolashning bir qancha usullari bor. Ularga hozirgi kunda turli xil kimyoviy dori vositalari yordamida davolash bilan bir qatorda , xalq tabobatidan foydalanish ham kiradi. Xalq tabobatining avzal jihatlari shundan iboratki nojo'ya tasir ko'rsatmasligidir.
I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz
Keling dastavval jinsiy yallig'lanish kasalligi o'zi nima va uning belgilari to'g'risida qisqacha ma'lumotga ega bo'lib olaylik. Jinsiy a'zo kasalliklarini ayollarda bepushtlikka olib keladi. Jinsiy yo'llardan turli xil tabiatli ajralmalar;
Katta jinsiy lablar terisida va / yoki shilliq qavatida toshma toshishi;
Yoqimsiz, tabiiy bo'lmagan hid;
Qin quruqligi;
Yopishqoq, qon aralash ajralmalar;
Oraliqda yoki qorinning pastki qismida og'riqlar;
Qin ichida yot jism mavjudligi hissi.
Jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklariyengil shakldan tortib chidab bo'lmas diskomfortgacha bo'lishi mumkin. Alomatlar doimiy bo'lishi ham, davriy ravishda kuzatilishi, hayz yoki ovulyatsiya davri bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. Har qanday holda shifokor maslahati zarurdir.
Qorin pastki sohadida og'riq, tana xaroratining ko'tarilishi, behollik, ko'ngil aynishi kabi belgilar bilan kuzatiladi. Shu sababli ayollarda mehnat faoliyati sustlashadi. Hayotga bo'lgan qiziqish sustlashadi.
Ushbu kasallikni oldini olish va davolashda xalq tabobatining quyidagi usullaridan foydalanish samarali foyda beradi. Har kuni ertalab 0.5 stakan xom kartoshka sharbati bir oy maboynida ichish tavsiya etiladi. Bu tuxumdon yallig'lanishni davolashda samarali foydalaniladi.
Bundan tashqari romashka damlamasini ichish va vanna qilish tavsiya etiladi.Uni tayyorlash uchun bir choy qoshiq romashkaning quritilgan tanasi yarim litr qaynatilgan suvga to'r soat mobaynida damlab qutiladi. amaliyot davmiyligi bir haftani tashkil etadi. Va uni kimyoviy dori vositalari bilan qo'llash ham mumkin.Bu ayniqsa qin yallig'lanishi kasalligi uchun samaralidir.
Yana zubturum o'simligining quritilgan barglari hamda shuvoq o'simligining barglari va namatak mevasi bir osh qoshiqdan olinib bir litr suvga choydek damlanib ikki soat mobaynida damlab quyilib kuniga to'rt mahal estimol qilish jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari ichun juda foydali hisoblnadi.
Bundan tashqari tashqi va ichki bachadon naylari yallig'nanish kasalligi davolashda tirnoqgul damlamasining ahamiyati juda kattadir. U bir osh qoshiq miqdorda olinib, kuniga to'rt besh mahal bir oy maboynida ichish tavsita etiladi. bir litr suvga damlanib istemol qilish tavsiya etiladi.
Qayin yaprog'i, lub giyohi, qizilmiya ildizpoyasi, archagul yaprog'i - teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Uning un gr ni yarim litr qaynatilgan suvga solib, suv hammomida un daqiqa isitiladi, termosda ikki soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda oz-ozdan, yarim stakandan kunda uch mahal ovqatdan bir soat oldin ichiladi. Maymunjon mevasi, petrushka ildizi, salincho'p giyohi, dastarbosh giyohi -teng miqdorda aralashtiriladi va tuyiladi. un gr tuyilgan to'plamdan qaynatilgan
I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz
suvga solib,besh daqiqa qaynatiladi. So'ngra issiqda ikki soat damlanib, suziladi. Yarim stakandan kunda to'rt mahal iliq holda ovqatdan keyin ichiladi.
Bo'tako'z guli, grushanka giyohi, qichitqio't giyohi - teng miqdorda olinib, sakkiz gr ni yarim litr qaynatilgan suvga solinadi. Termosda to'rt soat damlanib, suziladi. bir stakandan kunda uch to'rt mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
Bundan tashqari asal ming bir dardga davo hisoblangani kabi ayol jinsiy a'zolari kasalliklari uchun jud afoydali hisoblanadi. Asalni qora sedana bilan birga istemol qilish va asalni o'zini qinga tampon qilish juda ham samarali sinalgan usul bo'lib hisoblanadi. Asalni yana qo'shimcha foydalari qinni toraytirish, zamburugli kasalliklarni davolashda ham juda samarali foydalaniladi.
Ba'zi bir holatlarda yallig'lanish kasalliklarida shish ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda sariq yung'ichqa va zig'ir urug'i qaynatmasi yordamida tayyorlangan vanna ning foydasi juda katta. Shuni takidlab o'tish joizki ushbu vanna nafaqat ayol jinsiy a'zolari yallig'lanishi balki siydik yo'llaridagi muammolarni oldini olish uchun ham samaralidir. chunki ularning joylashuvi o'zaro yaqin bo'lganligi kasallikning almashib yurishiga ham sabab bo'ladi.
Kasallikni oldini olish yani uning profilaktikasi muhimdir. Intim joylarning gigienasiga alohida e'tibor berish joiz. Tabiiy matodan tayyorlangan ich kiyimlar kiyish, kundalik prokladkalardan faqat kerak bo'lganida foydalanish, agar ko'p ajralmalar mavjud bo'lsa, ularni har 3-4 soatda almashtirish, hayz davrida vaqtincha muddatga tampon o'rniga prokladkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Har qanday noqulay yoki tor ich kiyim yoki shimlar kiymaslik kerak. Ular qichishning kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin. Kuniga 2-3 marta tashqi jinsiy a'zolarini yuvib turish tavsiya etiladi. Bu maqsadda moychechak damlamasidan foydalanish mumkin, oddiy sovun ishlatish yaramaydi.
Ayol organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, shuningdek, ularni jinsiy a'zolar kasalliklari va venerik kasalliklardan saqlash hamda oldini olish uchun alohida ozodalik talab etiladi. Tashqi jinsiy a'zolarni go'daklik davridanoq har kuni ertalab va kechqurun iliq (qaynagan) suv yoki kaliy permanganatning nim pushti eritmasi bilan yuvish kerak. Jinsiy a'zolarni yuvishdan oldin qo'lni obdan sovunlab yuviladi.
Qiz bola chaqaloqlik va bolalik davrida unda hali jinsiy gormonlar bo'lmagani sababli jinsiy a'zolari alohida anatomik va fiziologik xususiyatlarga ega bo'ladi; qin epiteliysi 2—3 qavat hujayralardan iborat (yetuk yoshdagi ayolda 40—50 qavat), qinda maxsus mikroorganizmlar — qin tayoqchalari bo'lmaydi. Shu sababli bu a'zoda turli yallig'lanish kasalliklari oson yuzaga keladi. Qizamiq, skarlatina va b. umumiy kasalliklar oqibatida qinga infeksiya tushishi mumkin.
76
http://oac.dsmi-qf.uz
Hatto gijjalar to'g'ri ichakdan chiqib qinga kirish hollari ham kuzatiladi. Bunda qizaloq qichinganligi uchun teri va shilliq pardalari tirnalib, infeksiya kiradi va yallig'lanish kasalliklari vujudga keladi.
Xulosa qilib aytganda, xalq tabobati ham kimyoviy usullar bilan birgalikda zararsiz jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklari uchun foydaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abu Ali ibn Sino "Tibb qonunlari" birinchi tom Toshkent 1954yil 165 bet
2. Большая энциклопедия народной медицины. M изд-во Эксмо Форум
2007
References
1. Abu Ali ibn Sino "Tibb qonunlari" birinchi tom Toshkent 1954yil 165 bet
2. Большая энциклопедия народной медицины. М изд-во Эксмо Форум
2007
гм
77
http://oac.dsmi-qf.uz