INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.Q. Mamatov1H_
1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada o'qituvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda ma'lum darajada bilim, kunikma va malakalarni egallashlari bilan uning kreativ kompetentliligini rivojlantirish muammosining mustaqil, yaxlit loyixa mavzusi sifatida o'rganilishi bo'lajak mutaxasislarni kreativligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, omillarini aniqlash haqida so'z yuritilgan.
MAQSAD: yoshlarning ta'lim - tarbiyasida yosh va psixologik omillarni hisobga olish, ayniqsa, ularning yoshiga qarab o'qish davrlari, anatomik-fizilogik, o'quv faoliyati xususiyatlari, shaxs sifatida va aqliy taraqqiyotini yoritib berish.
MATERIALLAR VA METODLAR: metodik tadqiqotlarda o'qitish jarayonida kreativ ta'lim texnologiyalardan foydalanish muammosi ancha keng o'rganilgan. Bu izlanishlarning aksariyatida o'quvchilarni o'qitishda kreativ ta'lim texnologiyalardan foydalanish masalalari ta'limda o'quvchilarning faolligi va musta qilligini tarbiyalash muammosi bilan aloqadorlikda o'rganilgan. Innovatsion ta'lim sharoitida xalq amaliy bezak san'ati fanini o'qitish samaradorligini oshirish muammosiga daxldor tadqiqotlar guruhlarga ajratib tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: mavzu yuzasidan izlanishlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, bo'lajak o'qituvchilarni kreativ faoliyatga tayyorlash bo'yicha ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ularning kreativ ta'lim texnologiyalari asosida faoliyat olib borish qobiliyatlarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarni samarali qo'llashning ilmiy-pedagogik asoslari, ahamiyati va imkoniyatlari to'liq ochib berilmaganligi talabalarni o'z mutaxasislik faniga kreativ yondashishni taqozo etadi.
XULOSA: ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.
Kalit so'zlar: tasviriy-estetik mahorat, Amaliy-bezak san'ati, ta'lim - tarbiya, anatomik-fizilogik, shaxs, aqliy taraqqiyot, lagan, metal, naqqosh.
Iqtibos uchun: Mamatov D.Q. Xalq amaliy bezak san'ati fanini o'qitishda kreativ ta'lim texnologiyalardan foydalanish metodikasii. // Inter education & global study. 2024. №8.
B.147-157.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТВОРЧЕСКИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ НАРОДА ПРИКЛАДНОМУ ДЕКОРАТИВНОМУ
ИСКУССТВУ_
© Д. К. Маматов1И
1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается проблема развития креативной компетентности учителей как самостоятельной и целостной темы проекта, связанной с формированием педагогических условий и факторов для развития креативности будущих специалистов посредством овладения определёнными знаниями, навыками и умениями.
ЦЕЛЬ: учесть возрастные и психологические факторы в процессе обучения и воспитания молодёжи, особенно с учётом периода их обучения, анатомо-физиологических особенностей, а также характеристик учебной деятельности, их личностного и умственного развития.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: проблема использования креативных образовательных технологий в процессе обучения широко изучена в методологических исследованиях. Во многих из этих исследований вопросы использования креативных образовательных технологий в обучении учащихся рассматриваются в контексте проблемы воспитания активности и самостоятельности учеников. Исследования, касающиеся повышения эффективности преподавания народного декоративно-прикладного искусства в условиях инновационного образования, были проанализированы и разделены на группы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: анализ исследований по теме показал, что было проведено много научных исследований, посвящённых подготовке будущих учителей к креативной деятельности. Однако научно-педагогические основы, значение и возможности эффективного использования педагогических технологий в формировании их способностей работать на основе креативных образовательных технологий не были полностью раскрыты, что требует от студентов творческого подхода к своей профессиональной дисциплине.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: формирование и развитие творческой личности зависят от соответствия изменений её внутреннего и внешнего мира, социально-экономических условий, а также содержания деятельности, требующего непрерывности и преемственности на протяжении всего онтогенеза человека — от рождения до конца жизни.
Ключевые слова: изобразительно-эстетическое мастерство, декоративно-прикладное искусство, обучение и воспитание, анатомо-физиологический, личность, умственное развитие, поднос, металл, резчик.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Для цитирования: Маматов Д. К. Методика использования творческих образовательных технологий в обучении народа прикладному декоративному искусству. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 147-157.
METHODOLOGY OF USING CREATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN
TEACHING PEOPLE'S APPLIED DECORATIVE ARTS_
© Dilshod Q. Mamatov1®
1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article examines the problem of developing teachers' creative competence as an independent, holistic project topic, focusing on identifying the pedagogical conditions and factors for shaping the creativity of future specialists through acquiring certain knowledge, skills, and abilities.
AIM: to consider age and psychological factors in the education and upbringing of youth, particularly by addressing learning periods, anatomical and physiological characteristics, and features of educational activities, as well as their personal and intellectual development.
MATERIALS AND METHODS: the issue of using creative educational technologies in the teaching process has been extensively studied in methodological research. Many of these studies examine the use of creative educational technologies in student instruction in connection with the problem of fostering student activity and independence. Research concerning the issue of improving the effectiveness of teaching folk decorative art in an innovative educational environment was analyzed and grouped.
DISCUSSION AND RESULTS: analysis of the research on the topic shows that numerous scientific studies have been conducted on preparing future teachers for creative activities. However, the scientific and pedagogical foundations, significance, and possibilities of effectively applying pedagogical technologies in shaping their abilities to work based on creative educational technologies have not been fully disclosed, which necessitates a creative approach to their professional discipline.
CONCLUSION: the formation and development of a creative individual depend on the alignment of changes in their internal and external worlds, socio-economic conditions, and the content of activities that require continuity and succession throughout the human ontogeny — from birth to the end of life.
Key words: visual-aesthetic mastery, decorative-applied art, education and upbringing, anatomical-physiological, personality, intellectual development, tray, metal, carver.
For citation: Dilshod Q. Mamatov. (2024) 'Methodology of using creative educational technologies in teaching people's applied decorative arts', Inter education & global study, (8), pp. 147-157. (In Uzbek).
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi oliy ta'lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni ta'minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Oxirgi yillarda pedagogik ta'lim nazariyasida yangi kompetent yondashuv yo'nalishi yuzaga kelib, uning mohiyatiga ko'ra pedagogik ta'lim mazmuni kreativ faoliyat davomida amalga oshirilishi lozim deb hisoblanadi. Shuningdek, o'qituvchilar tomonidan doimiy ravishda zururiy kreativ malakalarni takomillashtirib borish "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'lim tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Bo'lajak o'qituvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda ma'lum darajada bilim, kunikma va malakalarni egallashlari bilan uning kreativ kompetentliligini rivojlantirish muammosining mustaqil, yaxlit loyixa mavzusi sifatida o'rganilishi bo'lajak mutaxasislarni kreativligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, omillarini aniqlashga imkon beradi.
Demak yukoridagi fikrlardan kelib chiqib qaraydigon bo'lsak, talabalar kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda qanday muhim jihatlar bor, bu haqida xorij hamda respublikamiz olimlarining bir qator tadqiqotlariga nazar tashlaymiz.
Mutaxasisning kreativligi pedagogik, psixologik, tasviriy-estetik mahoratning murakkab yig'inidisidan tashkil topib, o'zi tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kreativ qobiliyat mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi [11; 155-156-b.].
Amaliy-bezak san'atining asosiy maqsadi insonlar yashayotgan muhitni va o'zini o'rab olgan buyumlarni chiroyli va jozibador qilishdan iborat. Bugungi kunda amaliy san'at buyumlarini kundalik hayotda qo'llanib keliniyotganligi hatto, ayrim buyumlar bezaksiz bo'lganda ham go'zal va badiiy bo'lishini yaqqol ko'rish mumkin.
Bunda bu buyumning shakli va materiali katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Tasavvur qilish kerakki biror bir san'at asari juda ham nozik, rang-barang, chiroyli shakldagi buyum asosida yaratgan. U har jihatdan kishilar e'tiborini o'ziga tortadi. Lekin, undan amaliyotda foydalanib bo'lmasa, u narsani go'zalligi ham bo'lmaydi. Masalan piyolani chelakdek kattalikda nihoyatda bezakdor qilib ishlansa undan hech kim foydalana olmaydi. Ya'ni, chiroyli bo'lishi mumkin emas. Amaliy - bezak san'atida shakl ham muhim ahamiyatga ega. Agar buyum hajm jihatdan maqsadga muvofiq ishlansa-yu, uni shakli topilmasa u ham chiroyli yoki badiiy hisoblanmaydi. Masalan, polov uchun mo'ljallangan sopol laganni tog'ora yoki chelak shaklida ishlash mumkin emas. Chunki, u laganni vazifasiga mos
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tushmaydi. Polovni tog'oradan qo'l bilan olib istemol qilish ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuninng uchun ham amaliy-bezak buyumlarini yaratishda buyum shaklini, uning vazifasidan kelib chiqqan holda tayyorlanishi lozim.
Amaliy-bezak san'ati buyumlarini tayyorlashda uni materialini to'g'ri tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, lagan va piyolani yog'ochdan, xontaxta va kursilarni toshdan, Masalan, kiyim-kechaklarni loy yoki ganchda tayyorlash maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu materiallar shu buyumlarning vazifasiga mos kelmaydi. Aytaylik idish-tovoqlar tayyorlashda usta, unga oziq-ovqat yoki ichimlik solinishini hisobga olish lozim. Usta lagan tayyorlaydigan bo'lsa, uni metaldan yoki toshdan tayyorlamaydi. Chunki, lagan, metaldan tayyorlansa birinchidan og'ir bo'ladi, ikkinchidan unga, suzilgan ovqat tez sovib qoladi. Amaliy-bezak san'atini rangsiz tasavvur etish qiyin. Ayrim ustalar buyum materialiga (masalan yog'ochga, misga) ishlov berib, ularning ta'sirchanlik darajasini oshirsalar, boshqa ustalar bo'yoqlar yordamida buyumlarga rang berib ularni ko'rkini ochadilar. Amaliy-bezak san'ati buyumlariga rang berishda ustalar yuqorida qayd qilinganidek, ularning vazifasidan ishlatilgan materiallaridan kelib chiqadilar. Shuningdek, buyumlar qaysi maqsadda kimlar uchun, qaysi vaqtda, qayyerda ishlatilishiga qarab rang tanlaydilar.
Masalan, kiyimlar uchun rang tanlaganda, ular qaysi jinsdagilar, qaysi yoshdagilar, qaysi vaqtda kiyilishi (bayram, to'y kunlari motam kunlari, xizmat vaqtida v.h)ga e'tibor beriladi. Masalan bayram va to'ylarda kiyiladigan kiyimlarda quvnoq va yorqin rang lar ishlatilsa, kundalik kiyimlarda vazminlik, xotirjamlik hislarini uyg'otuvchi ranglar qo'llaniladi. Kasalxona intererini bezashda qo'llaniladigan ranglardan o'quv yurtlari yoki ta'lim muassasalarini bezashda foydalanib bo'lmaydi. Chunki ranglar odamlarga har xil ta'sir qiladi. Shu maqsadda kasalxonalarning bezagida ko'proq kasallarni tinchlantiruvchi, och, tiniq ranglar ishlatilsa, o'quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarida kishilarni hayajonlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, to'qroq ranglar qo'llanil adi. Bayram kunlari kiyimlar tayyorlashda ularga iliq ranglar berilishining sababi kiyimlarni ko'rgan odamlarda ko'tarinkilik, quvonch hosil qilish nazarda tutiladi. Kundalik kiyimlarga bunday ranglar ishlatilsa, ular odamlarni tez charchatadi va bezovtalantiradi. Xullas, ranglar amaliy bezak san'tida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Amaliy-bezak san'ati buyumlarida yana bir muhim jihat ularning o'lchovlari hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan amaliy-bezak san'ati buyumini yaratuvchi har bir usta yaratilajak buyumning vazifasini e'tiborga olib, uning o'lchovini to'g'ri olishligini bildiradi.Bunga bir qancha misollar keltirish mumkin. Xususan, choynakni xumdek kattalikda, so'zanani dastro'moldek yoki dekorativ qutichani sandiqdek o'lchovda yasash maqsadga muvofiq emas. Aks holda, ular foydalanish uchun yaroqsiz bo'lib qoladi. Shunday qilib, amaliy san'at buyumlari ularning vazifasi, shakli, bezagi, materiali, rangi, o'lchovlarga rioya qilishni talab etadi. Shundagina, bu buyumlar odamlarni ilhomlantiradi, hayajonlantiradi va ularga zavq bag'ishlaydi.
Hozirgi kunda amaliy-bezak kundan kunga rivoj topib bormoqda:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1. Badiiy hunarmandchilik. Bu yo'nalishda ayrim korxona, zavod va ishlab chiqarish fabrikalari kiradi, Rishtondagi kulolchilik korxonasi, Buxorodagi zardo'zlik buyumlari, Xivadagi gilamdo'zlik korxonalari shular jumlasidandir.
2. Xalq amaliy-bezak san'ati. Bu yo'nalishda asosan mustaqil ravishda ish olib borayotgan ustalar mahsulot ishlab chiqaradilar.
Birinchi yo'nalish bo'yicha badiiy buyumlar ishlab chiqarsh korxonalarida ko'p nusxada tayyorlansa, alohida ustalar faoliyatida buyumlar soni nihoyatda chegaralangan bo'ladi.
Bu esa ularning badiiyligini yuqori bo'lishligiga olib keladi. Bunday korxonalar mebelsozlik, kashtachilik, pichoqchilik sohalarida ham bor.
Xalq amaliy san'ati har bir xalqda mavjud bo'lib, ular bir—biridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san'atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo'llaniladigan materiali, shakli, tuzulishi, o'lchovi, rangi, bezagilari jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Amaliy-bezak san'atini talabalarga o'rgatish nafaqat dars jarayonlarida amalga oshiriladi, balki bu san'atni yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri bu ming yillar davomida xalq ustalari ijodida qo'llanib kelgan badiiy ananalar hisoblanadi. Bu xususiya t ko'proq har bir xalqning u yashayotgan muhiti, tabiati, iqlim sharoitlariga bog'liq bo'ladi. Chunki, amaliy san'at ustasi o'z asarini yaratiyotganda u go'zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o'zbek xalq ustalari o'z ishlarida anor, bodom, tovus, xumo tasvirlarini, shimoliy o'lkalarning ustalari bug'u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar koloritiga iqlim ham ta'sir ko'rsatadi. Shimoliy davlatlar iqlimi sovuq bo'lgani uchun u yerdagi ustalar ko'proq sovuq, ranglarni issiq, iqlimli O'zbek ustalari ko'proq iliq ranglarni qo'llaydilar. Shunday qilib, har bir xalqning amaliy-bezak san'atida o'z ananalari shakllanadi. Naqqoshlik ananalari san'atning ana shu turini o'rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o'g'ilga o'tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli naqqoshlik san'ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi va go'zalligi bilan farqlanadi. Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg'unligida va o'ziga xos kompozitsiyalarda go'zallik yaratish san'atidir. Naqqosh usta o'z ijodiy ishida ranglarning tabiy jilosidan va uyg'unligidan, betakror shakldan, material fakturasidan moxirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi. Ta'lim va tarbiyani maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo'l va uslublar yig'indisi o'qitish metodikasi deyiladi. Amaliy-bezak san'ati darslarini to'g'ri tashkil etish o'qituvchini o'z oldiga qo'ygan maqsadiga ham bog'liq. Shu bilan birga darslarni nazariy ham amaliy qoidalarga asosan o'tilsa, talabalarni o'zlashtirish darajasi yuqori bo'ladi. Amaliy san'at fani darslarida fanga oid turli adabiyotlar, ko'rgazmali qurollar, zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanish va yangi axborot texnologiyalarini qo'llash katta ahamiyatga ega.
Amaliy san'at darslari yanada samarali o'tishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanish;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
- darslarda mashxur ustalar ijod namunalaridan hamda usta-shogird ananalaridan keng foydalanish;
- talabalar ishlaridan ko'rgazmalar qilish;
- ko'rgazmali qurollardan unumli foydalanish;
- talabalarni o'z kasbiga qiziqtirish yo'llaridan samarali foydalanish;
- talabalarning individul xususiyatlarini, universitetning moddiy bazasini hisobga
- amaliy bezak san'atida ishlatiladigon atamalarning lug'aviy ma'nosini atroflicha o'rganish va boshqalar.
Amaliy san'at fani tasviriy san'at, chizmachilik va amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi o'z sohasida chuqur ma'lumotli mutaxasis bo'lmog'i, zamonaviy san'at jarayoni yo'nalishlarin i yaxshi anglab tushunishi, o'tmish madaniy merosimizga esa to'g'ri baho bera olishi, tasviriy va amaliy san'at terminlarini chuqur bilishi va har xil turli badiiy materiallar vositasida amaliy ishlarni puxta bajara olishi zarur. Talabalar mahoratini oshirishda puxta egallangan bilimlar va amaliy mashg'ulotlarning roli beqiyosdir. Mashg'ulotlarda naqshlarning mohiyati, xususiyati, nafis tasvirlash, vazifalarni metodik ketma - ketlikda bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlarda olingan bilimlar talabalarning mustaqil mashg'ulotlari jarayonida yanada mustahkamlanadi.
Shuningdek amaliy bezak san'ati darslarida talabalar tayyor bilimlarni o'zlashtirib olishga qaratilgan bo'lsa, kreativ ta'lim texnologiyalari ularni ijodiy faollikka, egallanishi lozim bo'lgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil ijodiy kompozitsiyalar yaratishni, turli xil amaliy bezak san'atiga oid noyob eskizlarni chizishni, hatto ba'zi bezaklarga o'zgartirishlar qilib, yaxlit kompozitsiya yaratishni maqsad qilishlari lozim. Bundan tashqari darslarda kompyuter vositalaridan foydalanib o'qitish, jarayonlarni qiziqarli olib borish, har bir talabalarga individual yondashish imkonini beradi. Bunda, birinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning keng imkoniyatlari orqali talabalarga juda ko'p bilim, fakt va ma'lumotlarni yetkazish mumkin bo'ladi. Ikkinchidan, o'qituvchining innovatsion reja, g'oya va o'y -fikrlarni to'laqonli amalga oshirish yengil va samarali tarzda kechadi. Amaliy bezak san'ati fanini o'qitishda kreativ ta'lim texnologiyalaridan foydalanish yuqorida bildirilgan fikrlarga qo'shimcha qilgan holda bugungi kunda har bir sohada jumladan amaliy san'at sohasida ham zamonaviy degan termin kirib kelgan masalan, zamonaviy o'zbek bezak san'ati, zamonaviy naqqoshlik, zamonaviy mis kandakorligi, zamonaviy yog'och o'ymakorligi, zamonaviy zardo'zlik, zamonaviy kashtachilik, zamonaviy ganch uymakorligi, zamonaviy o'zbek miniatyura san'ati va h.k.
Amaliy san'at turlaridan naqqoshlik eng asosiy san'at turi hisoblanadi. Bu san'at hozirgi kecha-kunduzda shu qadar rivojlanib ketganki, tub-tubigacha yetib borishga har kimning ham sabru bardoshi yetmaydi. Naqqoshlikdagi elementlar, gul elementlari, novda elementlari, barg, novda, shukufta, bofta, madohil elementlari va kompozitsiyalarning umumiyligi juda chigal va murakkablashib yaxlit mukammal amaliy san'at asarlarini
olish;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kuzatish mumkin. Bunday chizgilarni talabalarga o'rgatish juda kup vaqtni talab qiladi. Izlanishlari davomida shu narsaga amin bo'ldimki naqqoshlikda chizilgan har qanday kompozitsiya: bu devorga chizilgan mahobatli kompozitsiya bo'ladimi yeki kichik o'lch amli qog'ozga chizilgan kompozitsiya bo'ladimi, chizilgan tasvirni bezashda kontur chiziqdan foydalanish ishni jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi va kompozitsiyani mukammal bo'lishiga olib keladi.
Buxorodagi Baxouddin Naqshband ziyoratgohidagi ayvonlarning shift qismi naqqoshlik san'ati bilan juda chiroyli va insonni hayratga soladigan tarzda bezatilgan. Agar ushbu kompozitsiyalarga diqqat bilan sinchiklab razm solinsa, tasvirlarda kontur chiziqlar bilan bezak berilmaganligini ko'rish mumkin. Agar bezaklar mukammal darajada bajariladigon bo'lsa, kompozitsiya juda ham go'zal va maftunkor san'at asariga aylanadi. Albatta bunda naqshlarning turi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik o'lchamli naqsh kompozitsiyalarida kontkr chiziqlarini chizish murakkabroq sanaladi, masalan ikkita bir xil o'lchamda va bir xil kompozitsiyani bajarib A4 qog'ozga joylashtirilsa, birini kontur chiziqlarini chizilib, ikkinchisini kontur chiziqlarini chizmasdan bajarilsa, o'rt adagi tafovut yaqqol ajralib qoladi. Dastlabki kompozitsiyada ranglarning o'zgarishlari, fon qismidagi o'zarishlar, gul, barg, novda elementlarining o'zgarishini va kompozitsiyaning umumiy ko'rinishi o'zgarganligini sezish qiyin emas. Amaliy bezak san'atin ing bu siru-sinoatlarini oddiy yo'llar bilan tushuntirish, amalda fan o'qituvchisi o'z bajarib ko'rsatmog'i lozim hisoblanadi. Bu jarayonlarda talabalarning ham ijodkorlik ham kreativlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish imkoniyati paydo bo'ladi.
A4 o'lchamli qog'ozda kompozitsiya bajarishda dastavval qog'oz planshetga yelim bilan yopishtirib chiziladi va ish yakunlangach planshetdan qog'oz ajratib olinadi. Ushbu jarayonda kimyoviy yelimlardan foydalanish, ishni sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi ch unki birinchidan qogozni planshetdan o'z o'lchamida ajratib olish muammo bo'ladi, ikkinchidan qog'oz o'z o'lchamidan kichik o'lchamda kesib olinishiga to'g'ri keladi. Bu esa kompozitsiyani yaxlitligiga salbiy ta'sir qiladi. Agar biz A4 o'lchamli qog'ozni p lanshetga tabiiy yo'l bilan tayyorlangan daraxt yelimidan foydalansak, kompozitsiya sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, ish samaradorligini oshishiga va bajariladigan kompozitsiyaning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Amaliy bezak san'atining yana bir turi mis kandakorligi hisoblanadi. Bu san'at bugungi kunda o'z o'rniga ega, kundan - kun rivojlanib, sayqal topib borayotgan amaliy san'at hisoblanadi. O'zbek xalq amaliy bezak san'atining eng ko'p tarqalgan turlaridan biri mis kandakorligi hisoblanadi. Kandakorlik deganda metaldan yasalgan badiiy buyumlarga o'yib yoki bo'rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. Bu san'at o'rta osiyoda qadimiyligi bilan kulolchilikdan kiyin ikkinchi o'rinda turadi. Kandakorlik san'ati ramziy ifodalar, yangi uslublar hamda g'oyalarni tarqatish manbai bo'lib xizmat qilgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, jez, mis va boshqa metallardan har xil buyumlar yasaganlar.
Ilm fan rivojlangan sari mis kandakorlik san'atining ham rivojlanishiga ijobiy ta'sir qilmoqda. Ilgari ustalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar oddiy, sodda, murakkab bo'lmagan eskizlardan ko'proq foydalanishgan bo'lsa, hozirda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib har bir kompozitsiyalarda kreativlikni kuzatish mumkin.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Zamonaviy mis kandakorligida ranglar bilan ishlash odatiy holga aylangan, buni inkor etib bo'lmaydi shuningdek amaliy bezak san'atining bu turini ranglarsiz tasvvur etish qiyin. Mis kandakorlik san'atini naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, miniatyura san'ati bilan uyg'unlashtirib bajarish, san'at asarining ko'rkiga - ko'rk, jilosiga - jilo qo'shilishiga sabab bo'ladi. Mis kandakorligida asosan tempera, koler, guash, emulsiya bo'yoqlaridan foydalaniladi. Shuningdek mis kandakorligini ranglar bilan ishlashda ba'zi bir muammolarga duch kelish mumkin, masalan mis laganni fon fon qismini bo'yashda, misning yuzasi elastik va silliq bo'lganligi sababli bo'yash jarayonida ranglar bir joyga yig'ilib qoladi. Shularni hisobga olib bo'yashda muammoga duch kelmaslik, yo'll arini topish, ranglar bir xil bo'yalishi uchun lagan yuzasi mayin tuproq bilan yoki bolalar pudrasidan foydalanib surib chiqilsa bo'yashda hech qanday muammo vujudga kelmaydi va ishning unumdorligi oshishiga xizmat qilgan bo'ladi. Mis kandakorligi rivojiga hissa qo'shgan ustalar har bir viloyatda topiladi. Bular jumlasiga Usta Mo'min, Abduqori Yusufjon va uning qizlari Zebiniso, Jamila Saidova kabi ustalar Toshkent kandakorlik vakillari hisoblanadi. Usta Ahmad, usta Oxunjon, Karim G'ofurov, Karim Axmedov, Usta Haydar va boshqalar Samarqand kandakorlik maktabining vakillari. Xudoyberdi Jo'rayev, usta Abduqodir Nizomiddin, usta O'rin va boshqalar Qarshi kandakorlik maktabi nomoyondalari hisoblanadi [29;12-b.].
Buxoro mis kandakorligi haqida fikr mulohaza qilar ekanmiz usta Salim Hamidov nomini eslamasdan ilojimiz yo'q hozirgi kunda ustaning shogirdlari ushbu san'at bilan muntazzam shug'ullanib kelishmoqda usta Toxir Qosimov va uning farzandlari usta Jamshid usta Jamol, Shavkat G'ulomov, Dilmurod Fayzullayev va usta Kurbon va uning farzandi usta Sodiq va boshqa yuzdan ortiq ustalar mis kandakorligini rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Amaliy bezak san'atining yana bir turi yog'och o'ymakorlik san'ati isoblanadi. Yog'och o'ymakorligi asarlari eshik, deraza, ustunlar, panjaralar, dekorativ kutichalarda o'z aksini topgan. Bu borada Xiva ustalarining (Ota Polvonov) ishlari maqtovgv loyiq. U yaratgan asarlar o'simliksimon elementlarning ko'pligi, bo'rtirib ishlanganligi bilan boshqalarning asarlaridan ajralib turadi. Toshkent ustalari Akmal Azlarov, Anvarjon Azlarov, Hikmatulla Jo'raboyev, Abdulla Isroilov va boshqalar geometrik naqshlardan ko'proq foydalanishadi. Qo'qonlik usta X.Najmiddinov va uning fa rzandlari H.Xaydarovning ishlari ham diqqatga sazovordir. Yog'och o'ymakorligi san'atida musiqa asboblarini bezash ham alohida o'rin egallaydi. Dutor va tanburga, chang va torlarga suyak va sadaflardan qadalgan chiroyli naqshlar kishini hayratga qoldiradi. Bu san'atga talabalarning qiziqishini oshirish, eskizlar bajarish usullarini o'rgatish, dars jarayonida qanaqangi yog'ochlardan va asbob uskunalardan foydalanish yo'llarini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Zamonaviy yog'och o'ymakorligi ham hozirgi kunda naqqoshlik, miniatyura, va rang tasvir san'atlari bilan uyg'unlashib, o'ziga xos san'at turiga aylangan. Albatta har qanday amaliy bezak san'at turini bevosita naqqoshlik san'ati bilan o'zaro uzviy bog'liqligini tasavvur qilish qiyin emas. Yog'och o'ymakorligida tayyorlanayotgan dekorativ buyumlar jumladan: qalamdon, lavx, shaxmat doska, qutichalar va h.k. Bu buyumlarni nafaqat
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yog'och o'ymakorligida qo'llaniladigan kompozitsiyalar bilan bezash balki, islimiy, geometrik, ramziy va murakkab naqshlar bilan bezash odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa ramziy naqshlardan anor tasviri chizilgan buyumlar, milliy san'atimizni yanada go'zal san'at namunalari yaratilishiga xizmat qilmoqda. Amaliy bezak san'ati darslarida yuqorida bayon qilingan san'at turlarini o'quv jarayonlarida qo'llash orqali, talabalarni zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar qilib tayyorlashga imkon bo'ladi.
Shunday qilib talabalar kreativ faoliyat asosida badiiy obrazlar yaratish tekis sathdagi (qog'oz varoq, yog'och taxtacha, oshxona taxtachasi va x.k.z) hamda real virtual borliqdagi (sinf xonasi, namoyish zallari va x.k.z) amaliy tadbig'ini amalga oshirish qonuniyatlari mohiyatini tushunish va anglash orqali turli amaliy faoliyat shakllari (eskiz, rasm, kompozitsiya, miniatyura, naqqoshlik, muhandislik grafikasi, kompyuter grafikasi, va x.k.z)ni turli badiiy materiallar va vositalar(qalam, mo'yqalam, bo'yoq, tempera, guash, yog'och, qog'oz, kalka qog'oz, virtual dasturiy vositalar va x.k.z) orqali amaliy bezak san'at uslubi, usullari, turlari hamda metodlari talablarini hisobga olgan holda taqdim etishida namoyon bo'ladi va uning kasbiy etuklikka erishishga poydevor bo'ladi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faollig i va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Shularning barchasini inobatga olgan holda talabalarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi zamonaviy ta'limning taqozo etadigan eng asosiy omili bo'lib xizmat qiladi.
1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараккиёт йулимизни катьият билан давом эттириб, янги боск,ичга кутарамиз.- Т.: "Узбекистон" НМИУ, 2017.-592 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Узбекистон Республикаси Олий Мажлисга Мурожаатнома (30 декабр 2020 йил).- Тошкент: "Халк, сузи", 2020 31 декабр.
3. Mamatov D.K. "Muxandislik grafika Ьо'ую1ла mustaqil ishlarni axborot texnologiya asosida tashkil qilish" "Tasviriy va amaliy san'at, chizmachilikdan pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish уо'^п " respublika ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, TDPU, 2011 yil 3-4 may. 192- 194 bet.
4. Mamatov D.K. "O'quvchilarning mustaqil ta'lim olishlarida fazoviy tasavvuri va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari". PsixologiY. Buxoro. 2012 yil. 3-son (7). 93-96 bet.
5. Маматов Д "Independent Work of Students as Factor of Motivation of Educational Activity". Intellectual Archive. Taronto. January. 2016 year. 130-135 page.
6. Маматов Д "Independent work of students and its value in formation of the expert". Психология. Бухоро. 2018 йил. 1 - сон.63-66 бет.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
7. Маматов Д "Урта умумтаълим мактаб чизмачилик фанида у к,увчиларнинг фазовий тасаввурларини ривожлантириш муаммолари". Science and education scientific journal,. 27 апрель 2020. 387-391 бет.
8. Маматов Д "The role computer graphics in developing students space imagination". Novateur publication JournalNX. ISSN: 2581-4230. Vol 6, Iss 10, October 2020. 64-65 peg.
9. Mamatov D, Odilova M "Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo'llashning mazmun -mohiyati". Pedagogik maxorat. Buxoro. 2019. 3-son. 61-69 bet.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Mamatov Dilshod Qodirovich, Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD), professor, [Маматов Дилшод Кадырович, заведующий кафедрой музыки и изобразительного искусства, PhD, профессор], [Dilshod Q. Mamatov, head of the Department of Music and Visual Arts, PhD, professor]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh., Piridastgir ko'chasi, 11-uy [Адрес: Узбекистан, г. Бухара, улица Пиридастгир, 11.], [Address: 11, Piridastgir Street, Bukhara, Uzbekistan.]