Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN HUQUQBUZARLIKLAR VA UNING PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR'

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN HUQUQBUZARLIKLAR VA UNING PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi / voyaga yetmagan / xalqaro tajriba / rivojlangan davlatlar / profilaktika / nazoratsizlik / huquqbuzar

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nimatov Sherzod Nimatjonovich

Ushbu маqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faoliyatining tushunchasi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari, choratadbirlari, bu choratadbirlarni tashkil etish tartibi, bugungi kundagi xolati va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlar, bundan tashkari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tartibga soluvchi huquqiy asoslar, voyaga yetmaganlar bilan ishlashning amaliyoti tahlili va ularga nisbatan ko‘llaniladigan chora-tadbirlar, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir kator takliflar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati buyicha boshka xorijiy davlatlarning ilg‘or xorijiy tajribasi xamda milliy konunchiligimizdan farkli va o‘xshash tomonlari, shuningdek, yukorida keltirib o‘tilgan jixatlardan foydalangan xolda ushbu faoliyatni takomillashtirish yunalishlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN HUQUQBUZARLIKLAR VA UNING PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR»

mm

¿ it .-fi : y be

mmm

m

Bp tî'l

CI PO^HV RESEARCH AGEMENT STUDIES

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILAYOTGAN HUQUQBUZARLIKLAR VA UNING PROFILAKTIKASINIAMALGA OSHIRISHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR Nimatov Sherzod Nimatjonovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Xuquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi o'qituvchisi, mayor https://doi.org/10.5281/zenodo.14288103

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:4 th December 2024 KEYWORDS voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, voyaga yetmagan, xalqaro tajriba, rivojlangan davlatlar, profilaktika, nazoratsizlik, huquqbuzar.

Ushbu Maqolada voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar

profilaktikasini amalga oshirish faoliyatining tushunchasi, voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar

profilaktikasining turlari, chora- tadbirlari, bu chora- tadbirlarni tashkil etish tartibi, bugungi kundagi xolati va voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlar, bundan tashkari voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar

profilaktikasini tartibga soluvchi huquqiy asoslar, voyaga yetmaganlar bilan ishlashning amaliyoti tahlili va ularga nisbatan ko'llaniladigan chora-tadbirlar, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bir kator takliflar, voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyati buyicha boshka xorijiy davlatlarning ilg'or xorijiy tajribasi xamda milliy konunchiligimizdan farkli va o'xshash tomonlari, shuningdek, yukorida keltirib o'tilgan jixatlardan foydalangan xolda ushbu faoliyatni takomillashtirish yunalishlari yoritilgan.

Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati bo'yicha ilg'or xorij tajribasi misolida boshqa davlatlarning voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi misolida ko'rib o'tadigan bo'lsak bu davlatlarda ham profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirilishini belgilab o'tgan.

Jumladan, Qozog'iston davlati misolida ko'rib chiqqanimizda unda bu faoliyatga oid bir qator amalga oshirilgan chora-tadbrlar ko'rsatib o'tigan.

Qozog'iston Respubliksining "Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va bolalar qarovsizligi va uysiz qolishning oldini olish to'g'risida"gi qonunida voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar, qarovsizlik va uy-joysizlikning oldini olish sohasida davlat siyosati quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi.1

1) Qonuniylik;

2) Voyaga yetmaganlarga insoniy munosabatda bo'lish;

3) Oilani qo'llab-quvvatlash;

4) Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar, qarovsiz vauy-joysizlikni oldini olish choralarining murakkabligi;

5) Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan har bir voyaga yetmaganga individual yondashish;

6) Maxfiylik; 7)Ilmiy asoslilik; 8)Izchillik.

"Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va bolalar qarovsizligi va uysiz qolishning oldini olish to'g'risida"gi Qozog'iston davlatining qonunida voyaga yetmaganlarni saqlash uchun mo'ljallangan 3 toifadagi muassasalar belgilab berilgan.

Birinchisi, voyaga yetmaganlarni moslashtirish markazlari - voyaga yetmaganlarni qabul qilish va vaqtincha saqlashni ta'minlaydigan ta'lim organlarining tasarrufidagi tashkilotlar ham faoliyat yuritib, ularga quyidagi toifadagi voyaga yetmaganlar joylashtiriladi:

- ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini aniqlash uchun 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan qarovsiz bolalar;

- ota-onasining yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning qaramog'isiz qolgan, ularning hayoti va sog'lig'iga ota-onalari, vasiylik va homiylik organlari tomonidan bevosita tahdid qilingan voyaga yetmaganlar; - maxsus ta'lim tashkilotlariga yuborilgan voyaga yetmaganlar;

- ijtimoiy nomutanosiblik va ijtimoiy mahrumlikka olib kelgan yomon munosabat natijasida og'ir hayotiy vaziyatda bo'lgan bolalar.

Kozog'iston davlatining qonunida voyaga yetmaganlarni mazkur markazga joylashtirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni yig'ish ichki ishlar organlari yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar markazda 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga qolishlari mumkin. Voyaga yetmaganlarning markazda bo'lish muddatiga sog'liqni saqlash sohasidagi vakolatli organ tomonidan e'lon qilingan karantin muddati, shuningdek voyaga yetmaganlarning kasallligi sababli statsionar tibbiyot muassasasida bo'lgan vaqt kirmaydi.

Ikkinchisi, Maxsus ta'lim tashkilotlari. Mazkur tashkilot 11 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlarni muntazam ravishda ma'muriy choralar ko'rishga olib keladigan huquqbuzarliklar sodir etgan, boshlang'ich, asosiy o'rta va umumiy o'rta ta'lim olishdan qasddan bo'yin tovlagan shaxslarni tarbiyalash, o'qitish va ijtimoiy reabilitatsiya qilishni

1 ^030fhctoh PecnyG^HKacHHHHr 2004 mh. 9 Hronga "Boara eTMaraHnap ypTacuga

x,yK;yK;6y3ap.nHK.napHHHr ongHHH onam Ba ôonanap KapoBcro.HrH Ba yncro KonHmHHHr ongHHH

onHffl TyFpHCHga" th KOHyH.http://www.

ta'minlash maqsadida ta'lim yoki ta'lim muassasalari hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarni maxsus ta'lim muassasasiga yuborishning maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi qaror vasiylik va homiylik funksiyalarini amalga oshiruvchi organning yoki ichki ishlar organining talabiga binoan sud tomonidan qabul qilinadi. Voyaga yetmagan shaxs mazkur tashkilotda 1 oydan 1 yilgacha bo'lgan muddatga yuborilishi mumkin.

Uchinchisi, alohida saqlash rejimiga ega bo'lgan ta'lim tashkilotlari bo'lib, alohida shart-sharoitlarga muhtoj va alohida pedagogik yondashuvni talab qiladigan voyaga yetmaganlarni alohida qamoqda saqlash rejimidagi ta'lim tashkiloti hisoblanadi. Mazkur tashkiloti quyidagi toifadagi voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan:

1) o'ta og'ir jinoyatlar, 2 yoki undan ortiq ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganligi tufayli yoki yarashuv tufayli dastlabki tergov to'xtatilgan voyaga yetmaganlar;

2) o'rtacha og'irlikdagi jinoyat yoki og'ir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan va Kozog'iston Respublikasi JKning

83-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar.2

Qonunda voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar, qarovsizlik va uy-joysizlikning individual profilaktikasini amalga oshirish chora-tadbirlari keltirilgan.

- Profilaktik suhbat;

- Huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi xabar;

- Profilaktik hisob va nazorat;

- Maxsus ta'lim muassasalariga va alohida rejimiga ega bo'lgan ta'lim muassasalariga yuborish;

- Tarbiyaviy ta'sir choralari;

- Himoya tartibi;

- Ma'muriy jazo;

- Sud qarori asosida ko'rilgan choralar; -Tibbiy- ijtimoiy hisob.

Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar, qarovsiz va uy-joysizlikning individual profilaktikasi chora-tadbirlari ularga nisbatan qo'llaniladigan voyaga yetmaganlarning individual xususiyatlarini, ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarining xarakteri va jamoat xavflilik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.

Xitoyda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan, lekin jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganligi sababli jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar tegishli ekspert komissiyasi tomonidan baholangandan keyin maxsus axloq tuzatish ta'lim muassasalarida

2 ^030fhct0h Pecnyö^HKacHHHHr 2004 hh. 9 Hrongara "Boara eTMaraHnap ypTacHga

xyKyK;6y3ap.nHK.napHHHr O.AHHH onam Ba öonanap KapoBCH3.HrH Ba yñcro KO.HmHHHr O.AHHH

onHffl TyFpHCHga"™ KOHyHH. .http://www.

ta'lim olishlari mumkin.3 Shu jumladan mazkur muassasalar psixologlarni ishga olishlari va voyaga yetmaganlarning ruhiy salomatligini yaxshilash uchun ota-onalari yoki vasiylar bilan aloqa va hamkorlikni kuchaytirishlari kerak.

Turkiya Respublikasida ham yosh avlod farovonligini ta'minlash, bilimli yoshlarni tarbiyalash, xalqaro standartlar asosida voyaga yetmagan shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga e'tibor qaratilgan. Bu boradagi ishlar Turkiyada "Voyaga etmaganlar huquqlari to'g'risida"gi Qonun bilan bog'liq bo'lib, unda balog'atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimi yaratish, yuvinal sudlov tizimini ishlab chiqishni nazarda tutgan45. Shuningdek, Turkiya 1994 yilga kelib Birlashgan

Millatlar Tashkilotining "Bola huqulari to'g'risida"gi Konvensiyasini ratifikasiya qilgan. Shundan so'ng mazkur davlatda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish sohasida sezilarni o'zgarishlar amalga oshirilgan bo'lib, unga ko'ra mamalakatda yuvinal adliya (juvinile justice) tizimi yaratilgan, jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo'llash, ularni qamoqda ushlab turish muddatlari, asoslarini qayta ko'rib chiqish, jazoni o'tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni reabilitasiya qilish masalalarini huquqiy jihat aniq belgilab qo'yilishini ta'minladi6. 2005 yilda «Voyaga yetmaganlarni himoya qilish to'g'risida»gi qonun qabul qilinib, unda: - ayblanuvchi bolaning protsessual huquqlari belgilab qo'yildi; - jinoyat subekti eng kichik yoshi 11 dan 12 ga oshirilgan; - voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchining dastlabki tergov, sud bosqichida bepul huquqiy yordam olish kafolatlangan; - voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni ixtisoslashgan sud -yuvenal sudlar tomonidan ko'rilishining joriy etilishi; - voyaga yetmagan shaxsga jazo tayinlashda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazolarni kamroq qo'llash, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo choralari yoki huquqiy ta'sir choralarini kengroq qo'llash; - voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo choralari miqdori yoki muddatlarini, o'tash tartibini liberallashtirish; - voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatining o'rnini oshirish kabi o'zgarish nazarda turilgan7.

Yevropa mamlakatlari orasida jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishni ta'minlash sohasida yana bir o'ziga xos jihatga ega bo'lgan tizim Fransiya63da shakllangan. Fransiyaning to'liq mahalliy budjet hisobidan ta'minlanadigan munitsipal politsiyasi shaharlar va boshqa aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlaydi hamda voyaga yetmagan shaxslar bilan shug'ullanadi va bu borada ular Milliy politsiya bilan uzluksiz hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Fransiya Milliy politsiyasiga politsiyaning barcha funksiyalari, jumladan, voyaga yetmaganlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyati masalalari vazifasi ham yuklatilgan bo'lib, ularni samarali ta'minlash maqsadida, uning tarkibida yigirmaga yaqin bosh boshqarma, boshqarma, markaz, institut va xizmatlar faoliyat olib boradi. Milliy politsiya tarkibidagi yoshlar bilan ishlash boshqarmasining asosiy vazifasi bevosita voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini ko'tarish masalalari bilan ham shug'ullanadi. Bosh boshqarmaning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan: ijtimoiy huquqiy yordam

3 XHTOH XanK PecnyG^HKacHHHHr 2020 Man geKaGpgarH AH™ TaxpupgarH "Boara eTMaraHnap ypTacuga xyKy^6y3apnHKnap npo^unaKTHKacH TyrpHCHga"™ KOHyHH. http://www.lex.uz

4 Juvenile protection law Law No: 5395 Adoption Date : 3/7/2005 Published in O.G. Dated:

5 /7/2005 Numbered : 25876 Batch : 5 Volume

6 Development of Work with Juveniles and Victims by the Turkish Probation Service

7 Development of Work with Juveniles and Victims by the Turkish Probation Service 63

http://book.uz/ ^neKTpoHaga6HëTnapKyTy6xoHacH).

ko'rsatish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning mamlakatda o'rnatilgan huquq normalariga rioya qilish bo'yicha tartib qoidani nazoratini amalga oshirish, aholiga yordam ko'rsatish, huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirish, huquqni muhofaza qilish, xususan katta bo'lmagan miqdordagi zarar yetkazilishi bilan bog'liq jinoyatlarni surishtirish va tergov qilish; jamoat tartibini saqlash va qayta tiklash.

Amerika Qo'shma Shtatlari federal hukumati voyaga yetmagan huquqbuzar bolalar bilan ishlashni, 1974 yilgi voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni va huquqbuzarlik aktini birlashtiruvchi qonunlarni qabul qilishdan boshlagan. Ushbu harakat Adolat Departamenti huzuridagi Voyaga yetmaganlar adliya va jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi (UNISEF) tomonidan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurash bo'yicha grantlar (yiliga 900.000 AQSh dollari atrofida) dasturlar, voyaga jinoyati bo'yicha milliy statistikani yig'ish, yoshlar jinoyati bo'yicha tadqiqotlarni mablag' bilan ta'minlash va voyaga ni himoya qilish bo'yicha to'rtta antikonferensiya mandatini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, harakat buyruqlarida quyidagilar aks yetgan:

1) Institutsionalizatsiya: masalan voyaga yetmaganlar tomonidan yolg'onchilik, qochish va alkogol va tamaki bilan qamoqqa tushish kabi jinoyat hisoblanmaydigan, ya'ni "muqim" sodir yetib turiladigan huquqbuzarliklari uchun ayblangan yoshlar-politsiya tomonidan ushlab turilishi yoki qamalishi mumkin yemas (qurolga yega bo'lgan voyaga yetmagan shaxsni ushlash bundan mustasno). Ushbu buyruq bilan bog'liq bo'lgan tahlikali muammolar shtat va mahalliy qonunlarni bekor qiladi.

2) Ajralish: Hibsga olingan yoshlar qamoqda bo'lgan katta yoshdagilardan qat'iy ravishda ajratilishi kerak. Ushbu "ko'zdan va ovozdan yiroq" buyrug'iga ko'ra, voyaga yetmagan bolalardan birontasi qamoqda saqlanayotgan kattalarga xizmat qiladigan holatda ularga ovqat berilmaydi va voyaga yetmagan bola kattalar so'roq qilinadigan xonani kesib o'tgan yo'lak bo'ylab yurishi mumkin yemas. Ushbu talab mahalliy hokimiyat organlariga voyaga ga va katta yoshdagi jinoyat sodir yetgan shaxslarga nisbatan alohida tartibda ish ko'rish lozimligini nazarda tutadi.

Hindistonda ham voyaga yetmaganlar tomonidan sodir yetiladigan jinoyatlarni oldini olish davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish huquqiy aktlar, hukumat dasturlari, amaliy tadbirlar bilan tartibga solib kelinadi8. Hindistonda balog'atga yetmagan shaxslar huquqbuzarliklarini oldini olishning yeng samarali va birlamchi usuli sifatida ota-onalar, ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoki bolani vasiylikka olgan muassasalarga maslaxat berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish yekanligi ko'rsatilgan. Shuningdek, mazkur davlatda jinoyatchilik dinamikasi ortishiga ta'sir etuvchi turli omillar, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha kompleks yondashuvlar ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir yetishini oldini olish, ta'lim-tarbiya ishlari, ruhiypsixologik davolash, oila a'zolariga maslaxatlar berish, ularni qo'llabquvvatlash, rag'batlantirish kabilarni nazarda tutadi9. Hindistonda voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashish dasturlari ikkita turga bo'lingan bo'lib, ular:

- individual dastur, bunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish ta'lim, maslaxat va psixoterapiya orqali amalga oshiriladi;

8 International Centre for Prevention of Crime, Urban Crime Prevention and Youth at Risk: Compendium of promising strategies and programs from around the world, Montreal, 2005

' National crime records Bureau

-atrof-muhit dasturi, ekologiya dasturining maqsadi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sonining ortishi bir daraja ular yashayotgan tabiiy muhit bilan bo'g'liq bo'lishi bilan izohlanadi. Shunga ko'ra hukumat tomonidan mazkur yo'nalishda ishlab chiqiladigan dasturlar yoshlarning tabiatga nisbatan ijobiy munosabatini rag'batlantirishni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. http://www.lex.uz(O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).

2. http://press-service.uz/uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

3. http://natlib.uz (Alisher Navoiy Nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi).

4. http://akadmvd.uz (O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi).

5. http://ziyonet.uz (ZiyoNET ta'lim portali).

6. http://utube.uz/ru (Utube.uz ta'lim videoportali).

7. http://book.uz/ (Elektron adabiyotlar kutubxonasi).

8. http://www.xs.uz («Xalq so'zi» gazetasi).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.