Shamuratova B. Yu. katta o'qituvchisi "Sportfaoliyati" kafedrasi Jismoniy madaniyat fakulteti Urganch davlat universteti
VOLEYBOLCHI SHAXSINING MA'NAVIY JIHATLARI VA SIFATLARINI TARBIYALASH
Annotatsiya: ushbu maqolada voleybolchining ma'naviy jihatlari va sifatlarini tarbiyalash xususiyatlari hamda hozirgi zamon sportchisi shaxsini shakllantirishga, uning fe'l-atvorini rivojlantirishga har tomonlama qiziqishlari, sportga to'g'ri munosabati va muhabbatini tarbiyalashga qaratilgan.
Kalit so'zlar: sport, shaxs, maxorat, ma'naviyat, voleybol, talaba, murabbiy, malakali sportchi, jismoniy sifatlar, jismoniy yuklama, tarbiya, ko'nikma, malaka.
Shamuratova B. Yu. senior lecturer department of "Sports Activity" faculty of physical culture Urgench State University
EDUCATION OF SPIRITUAL AND QUALITIES OF A VOLLEYBALL
PLAYER
Annotation: this article aims at educating the spiritual aspects and qualities of the volleyball player as well as the formation of the personality of the athlete of the present time, developing his abilitiestirishga in all respects his interests, his correct attitude to sports and upbringing of his love.
Key words: sport, person, skill, spirituality, volleyball, student, coach, qualified athlete, physical attributes, physical loading, Training, Skills, Qualification.
Mashg'ulot jarayonida faqatgina yuqori malakali sportchini uning jismoniy, texnik va taktik sifat va ko'nikmalari nuqtai nazaridan tayyorlash emas, hozirgi zamon sportchisi shaxsini shakllantirishga, uning fe'l-atvorini rivojlantirishga har tomonlama qiziqishlari, sportga to'g'ri munosabati va muhabbatini tarbiyalashga ijobiy ta'sir ko'rsatish juda muhim. Chunki bu sifatlar sport faoliyatida muvaffaqiyat qozonishning bosh omillaridan sanaladi. Shaxsni shakllantirishning eng muhim omili o'z-o'zini tarbiyalash bo'lib, uni tashkil etish murabbiy tomonidan boshqariladi.
Jamoaning ta'siri beqiyosdir. U jamoa tarkibiga, undagi ana'analar o'zaro munosabat va aloqalarga bog'lik. Odatda jamoa sportchi shaxsining ijobiy xususiyatlari shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Afsuski, tarbiyaviy ishga murabbiy tomonidan ahamiyat kam ajratilgan jamoalarda ko'pincha yaxshigina o'yin ko'rsata oladigan, lekin ma'naviy jihatdan beqaror voleybolchilar paydo bo'ladi. Ular ba'zan jamoaga juda yomon ta'sir o'tkazadi, nosog'lom vaziyatni vujudga keltiradi. SHuni doimo yodda tutish kerakki, voleybol jamoasining ma'naviy holati sportchilarning ham o'yindagi, ham shaxsiy o'zaro aloqalariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Sportchilarning jamoatchilik, o'rtoqlikka intilishi, birdamligi jamoaning muvaffaqiyatli chiqishlari uchun zarur shart hisoblanadi. SHuning uchun voleybolda shaxslararo munosabatlar, jamoaning tashkiliy masalalari alohida o'ringa ega bo'lishi lozim.
Texnik priyomlarni (uzatishlar, zarbalar) bajarishda katta rol o'ynaydigan oyok mushaklari zo'rikishlari aniq idrok qilinishining tadqiq etilishi natijasida ko'nikadiki, aniqlik shug'ullanganlik holatiga qarab anchagina o'zgaradi. Bunda hujumchilar va o'rta chiziq o'yinchilarida darajalanish aniqligi himoyachilarnikidan 1,5-2 marta yuqoriroqdir.
Demak, mushak-harakat sezgisini rivojlantirishga, ayniksa, himoyada o'ynaydigan sportchilar katta ahamiyat berishlari kerak. Buning uchun mushak zo'riqishlarini darajalashning rivojlanishiga yordam beradigan turli mashqlardan iloji boricha ko'proq foydalanish zarur.
Voleybol o'yini har bir sportchidan reaksiya tezligining oliy darajasini talab qiladi. Voleybolchining butun faoliyati vaqt tanqis paytda javob reaksiyalarini bajarishga tayyorlik bilan aloqador. Voleybolchilarning barcha harakatlari tanlashning murakkab reaksiyalari mexanizmi bo'yicha o'tadi va idrokning ham, javob harakatining ham katta tezligi bilan ham xarakterlanadi. Sport formasida bo'lgan sportchilarda faqat reaksiya vaqti qiskarib qolmay, yana ham muhimi bu reaksiyalar barqarorlashadi o'yin ishonchliligi yuqori darajaga yetadi.
Harakat reaksiyalari tezligi va aniqligini rivojlantirish uchun kutilmagan, mantiqsiz ravishda davom etuvchi boshka mashqlarga tez o'tishni talab qiladigan har xil tezlik mashqlarini iloji boricha kuchi kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'sha katta tezlikda joyni o'zgartirish sakrashlar, harakat yo'nalishini qo'qqisdan almashtirish, keskin itarilish, yiqilishlar, oriyentirlar olishda boshni tez burish vestibulyar apparatning barcha bo'lmalari uchun sezilarli qo'zg' atuvchilardir.
Shuning uchun ta'kidlash mumkinki, voleybolda yuqori natijalarga erishish insonning noqulay holatlardagi harakatlarga murakkab priyomlarni bajarishga moslashish imkoniyatlari bilan uzviy aloqada bo'ladi, ya'ni vestibulyar barqarorlikka ma'lum ma'noda bog'liqdir.
Mashg'ulotlar jarayonida vestibulyar barqarorlikni rivojlantirishga alohida vaqt ajratish muvozantini saqlashga doir murakkab mashqlardan - akrobatik va gimnastik harakatlardan batutda sakrash, aylanma harakatlar, tezlanishlar. Yugurish yunalishini tez o'zgartirish. Keskin to'xtash, suvga sakrash, suzish, kurash elementlari ko'p foydalanish kerak, chunki ular shug'ullanuvchilardan katta faollik talab qiladi. Ammo u yoki bu texnik priyomni bajarish bilan bog'lik bo'lgan mashqlar ayniqsa kuchli ta'sir ko'rsatadi (masalan o'mbaloq oshish yoki aylanma harakatdan so'ng zarba berish).
Ko'z bilan "masofa hissi" ni qanday qilib chamalash mumkin. Eng muhim talab - mashg'ulotlarda to'p uzatishlar, zarba berish vaqtida iloji boricha masofa o'zgartirishlarni ko'p qo'llash, sportchini masofaning arzimas o'zgarishlarini ham diqqat bilan kuzatib borishga o'rgatish lozim. Chuqur ko'rish qobilyatini voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport turlari o'stiradi.
Ko'z chamasini rivojlantirish uchun to'pni olib yurish va unga zarba berish bilan bog'liq bo'lgan, ham to'pni, ham sheriklarni nazorat qilib bajariladigan yakka va guruhli mashqlardan foydalaniladi. Ko'rish maydoni hajmi, chamalash aniqligini rivojlantirish uchun mashqlar juda ko'p.
Adabiyotlar:
1. Kleshev Yu.N., Ayrapetyans L.R., Patkin V.P. Voleybol (kniga trenera). T.: Ibn Sino, 1995. - 187 s.
2. Voleybol. Rasmiy musobaqa qoidalari. // Rus tilidan A.Pulatov tomonidan tarjima qilingan. T.: 2002. - 79 b.