CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
ill
■ ;
IMAI. OH ICIPClSlRY RESEARCH AGEMENT STUDIES
www.in-academy.uz
UZUMCHILIK SАNОАTI KОRХОNАLАRINING EKSРОRT SАLОHIYАTINI ОSHIRISH CHORA TADBIRLARI.
Eshmuratova Iroda Shuxrat qizi
Abdurazoqova Maktuba Baxtiyor qizi
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13950409
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 7th October 2024 Accepted: 9th October 2024 Published:18th October 2024
KEYWORDS
llg'or texnologik tarmoq, soha, klaster, qora
kish m ish, uzumch ilik.
Mamlakatimizda uzumchilik sohasini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish, yangi istiqbolli sanoatbop uzum navlarini ko'paytirish va yetishtirishni yo'lga qo'yish, qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bazasi bilan ta'minlashni mustahkamlash va moliyaviy qo'llab-quvvatlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha tizmli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada uzum eksportini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida so'zyuritilgan.
KIRISH.
Har qanday davlatning iqtisodiyoti ma'lum tarmoq, soha va xizmatlar yig'indisidan iboratdir. Milliy iqtisodiyotimizda ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida qishloq xo'jaligi eng asosiy sohalardan bo'lib, insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko'p jihatdan uning rivojlanishi bilan belgilanadi. Qishloq xo'jaligida insonlar hayoti manbai hisoblangan oziq-ovqat, sanoatning ko'plab tarmoqlari uchun xomashyo ishlab chiqariladi.
O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasida tashqi va ichki bozorlarda talab tarkibiga moslashtirilgan raqobatbardosh tarmoqlar va faoliyatni yaratish va rivojlantirish, eksportni kengaytirish, yangi ish o'rinlari yaratish, uy xo'jaliklari daromadlarini oshirish, odamlarga investitsiyalarning ustuvorligi, iqtisodiyotda ilg'or texnologik va tarmoq tarkibiy o'zgarishlarini jadallashtirishga asoslangan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, milliy mahsulotlarni marketing strategiyalaridan foydalanilgan holda barqaror iqtisodiy o'sishga erishish muhim ahamiyatga ega
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida 2022-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2023-yilga mo'ljallangan dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisida so'zga chiqib, qishloq xo'jaligi yerlarini optimallashtirish haqida ta'kidlab, uzumchilik uchun maydonlarni kengaytirish orqali ekin maydonlari tarkibidagi o'zgarishlarni qayd etdi [1]
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" [2] 5200-sonli qarori bilan mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha klaster tizimini yo'lga qo'yish, alkogol bozorini tartibga solishning samarali mexanizmlarini keng joriy etgan holda respublikani sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsion
jozibadorligini oshirish, shuningdek, vinochilik turizmini (enoturizm) rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilda barcha toifadagi xo'jaliklarda yetishtirilgan uzum 1 760,6 ming tonnani, yoki 2021- yilning mos davri bilan solishtirganda 103,9 % ni tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan ko'rsatib o'tilgan davrlarda, fermer xo'jaliklarida 5,1 %, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida 2,6 % va qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 7,6 % o'sish qayd etildi.
2022 -yilning yanvar-dekabr oylarida O'zbekiston 51 ta xorijiy davlatlarga qiymati 280,1 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 318,9 ming tonna uzum eksport qilgan. Uzum eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34,4 %ga oshgan. Tahlil yilida uzum (quritilgan uzumni qo'shgan holda) eksporti jami meva-sabzavot mahsulotlari eksportining 18,3 % ini tashkil etdi.
Bugungi kunda yurtimizda fermer xo'jaliklari tomonidan 90 ming gektar maydonda uzum yetishtirilmoqda. Bu tarmoqda 900 ming aholi doimiy va mavsumiy ish bilan band.
So'nggi to'rt yilda 52 ming gektar yangi tokzorlar tashkil etilib, sohaga 210 milliard so'm subsidiyalar ajratildi. Shu davr mobaynida meva-sabzavotlar eksportida uzumning ulushi 2 baravarga ko'paydi.
Bugungi bozor talabini tahlil qiladigan bo'lsak, bu sohada bundan-da katta imkoniyatlar bor. Xususan, jahon bozorida xo'raki uzum savdosi mevalar ichida uchinchi o'rinda bo'lib, har yili unga bo'lgan talab o'rtacha 350 million dollarga o'smoqda.
O'zbekistonning eksport salohiyatini kelgusi to'rt yilda kamida 600 million dollarga, mayiz bo'yicha 500 million dollar va tabiiy vinoda 100 million dollarga yetkazish mumkinligi hisob-kitob qilingan.
O'zbekistonda eng ko'p tarqagan uzumlar ro'yxatida qora kishmish va oq husayni yetakchi. Ketmonsopi va kelinbarmoq ham yuqori o'rinda. Lekin bu navlar husaynining bir turi hisoblanadi. Jahon savdo rastalarida esa bu uzumlar "modadan qolyapti". Faqatgina qora kishmish dunyo bozorida o'rnini saqlab qolishi mumkin. Sababi, uning danagi yo'q va qora mayizi sifatli chiqadi. Bizda kelinbarmoq navli uzum bog„lar barpo etish haliyam davom etmoqda. Danakli uzumga bundan keyin eksport bozorida joy yo'qligini anglash vaqti keldi. Bugungi xorijiy iste"molchi ixchamroq boshli, shakari pastroq uzumni talab qilmoqda. Bizda esa katta shingilli uzum etishtirilmoqda, shuningdek, bizning mevalar, ayniqsa uzumda shakar miqdori yuqori. Yangi navlarni keltirish esa katta muammo. "O'simliklar karantini va himoyasi agentligi" tashkiloti yangi navlar bilan yangi kasalliklar kirib kelish ehtimoli ortishini sabab qilib, chetdan ko'chat olib kirishni tavsiya etmaydi. Demak, asosiy e"tiborni seleksiyaga qaratib, yangi eksportbop navlarni o"zimizda yaratishimiz zarur. Bining uchun etarli sharoitlar bor. Shuni ham aytib o'tish kerakki, chet ellik xaridorlar uchun nafaqat mevaning ko'rinishi, sifati, balki bog„da yetilishi, tashish, saqlash, bojxona, logistika, umuman hamma jarayonlar qiziqdir. Xorijlik xaridorlar hamma bosqichni surishtirishadi. Qadoqlashdagi muammo ham katta rol o'ynaydi. Xorijlik xaridorlar biologik parchalanuvchi idishni qadrlashadi. Biz hanuz asosan yelim qutida eksport qilyapmiz. Yelim esa chirimaydi, atrof-muhitga zarar keltiradi. Yog'och quti bilan ham muammo yechilmaydi, chunki uni tayyorlash uchun daraxt kesish kerak, bu ham tabiatga zarar yetkazadi. Uzumchilik agroklasterlari, fermer va dehqon xo'jaliklari, eksport qiluvchi korxonalar va boshqalarda xalqaro standartlarni keng ko'lamda joriy etish muammoni echimlaridan biridir.
Xulosa va takliflar.
Turli mulkchilik shaklidagi uzumni qayta ishlash korxonalarini ko'paytirish, uzumni qayta ishlash sohasida monopoliyaga barham berib, raqobatni kuchaytirish va bevosita uzum yetishtiruvchilar uchun uzumni saqlash uchun sharoitlar yaratish. Dehqon va fermer xo'jaliklari, shaxsiy tomorqa xo'jaliklari ehtiyojlariga mos kichik hajmli uzumni saqlash omborlari qurilishi, sovutish va boshqa saqlash jihozlari sotib olishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uzumchilik tarmog'ining rivojlanishi, uzumchilik mahsulotlari yetishtirish hajmining oshishi, tarmoq samaradorligining o'sishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil uchun Murojaatnomasi. www.prezident.uz sayti
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-5200-sonli qarori.
3. Jo'lbekov, I., Ungarov, A., Umrzoqova, I., & Adhamov, A. (2023). UZUMNING SANOATBOP NAVLARINI YETISHRISH USULLARIGA DOIR MAVZULARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA TASHKIL ETISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6), 89-93.
4. Egamberdiyev, P. L., Raxmatullayev, R., Ungarov, A., & Jo'lbekov, I. (2023). UZUMNI MUZLATIB ISHLOV BERISHNI SUSLADAGI QAND TARKIBIGA TA'SIRINI O'RGANISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 2), 127-129.
5. Ungarov A., Sirojiddinov A. AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI //Евpaзийский жуpнaл aкaдемическиx исследoвaний. - 2023. - Т. 3. - №. 1 Part 3. - С. 1618.