PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
UZLIKSIZ TA'LIM TIZIMIDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISH ZARURIYATI
Muladjanova Gulchexraxon Abidjanovna
Andijon davlat pedagogika instituti assistent o'qituvchi, Andijon shahar Taxtako'prik MFY Do'stlik ko'chasi 7uy
O'zbekiston, Mullajonova Mubinabonu Doniyor qizi Andijon davlat chet tillar instituti talabasi Andijon sh., Sanoat MFY, Bobur shoh ko'chasi, 5-uy O'zbekiston
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304082 Annotatsiya: Zamonaviy dunyo ta'lim uchun murakkab vazifalarni qo'ymoqda: o'rganish qiziqarli bo'lishi kerak, bilim amalda qo'llanilishi kerak, o'rganish qiziqarli bo'lishi kerak. Va bu, albatta, bolaning kelajagiga yaxshi meva berishi kerak-yuqori maoshli ish, o'zini o'zi anglash, aqlning yuqori ko'rsatkichlari. STEAM ta'limi-bu kognitiv faoliyat jarayonida intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish va ilmiy-texnik ijodkorlikka jalb qilishga qaratilgan ta'limning yangi dasturi. U o'quvchilarni bir vaqtning o'zida to'rtta - fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy san'at (Art), matematika (Math) bo'yicha o'qitishga mo'ljallangan. STEAM fan bo'yicha emas, balki mavzular bo'yicha integratsiyalashgan o'qitish tizimidir. O'qituvchilarning fikricha, bu fanlardan egallangan bilimlar talaba-yoshlarlarning kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Natijada bolalar bilimlarni e gallashga va shu zahotiyoq ularni amalda qo'llashga harakat qilishadi.
Kalit so'zlar: STEAM, ta'lim texnologiyasi, innovatsion metod, integratsiya, loyiha, o'quv-tadqiqot, bilim, malaka.
KIRISH
"STEAM" ta'lim tizimi ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o'z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o'qitishni anglatadi. Bu yo'nalishdagi o'qitishda fanni yaxshi o'rganish, muammoni hal qilish va mantiqiy fikrlashni o'zlashtirishga urg'u beriladi. "STEAM" o'quvchilarga maktabda, ishda va turli qiziqishlarda muvaffaqiyat qozonish imkonini taqdim etadi.
STEAM texnologiyasi aynan nazariya va amaliyotni birga olib borish imkonini beradi va bilimlarga asoslanish, bilimlardan o'rinli foydalanish, mustaqil muvaffaqiyatga erishish, o'z imkoniyatlaridan zavqlanish imkon beradi. STEAM texnologiyasi barcha ta'lim tashkilotlarida faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu texnologiyani ta'limda qo'llanilishining maqsadi faoliyat jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy salohiyatini oshirish va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir.
O'qitishning yaxlit yondashuvi fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning eng yaxshi darajasiga yordam beradi va yanada istiqbolli va talab qilinadigan kasbni tanlash uchun katta eshikni ochadi. Zamonaviy texnika bolalarni ilmiy va ijodiy faoliyatga bemalol va osonlik bilan jalb qiladi. Bu kattalar hayotida zarur bo'lgan intellektual qobiliyatlarning muntazam rivojlanishiga yordam beradi.
■ Tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik, interfaol modellarni yaratish
■ O'z mahsulotlaringizni yaratish
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
№PQ-3931 son qarori bilan tasdiqlangan "2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" ning II bo'lim, 11-bandida: Umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.
Milliy o'quv dasturini asosida integratsiyalashgan ta'limni joriy etishdan ko'zlangan maqsad -o'quvchilarda borliqni yaxlit tasavvur qilish, turli jarayonlar, vaziyatlar va predmetlar orasida mantiqiy bog'liqlikni o'rnata olish va amaliyotda qo'llay olishga o'rgatishdir.
Natijada o'quvchilarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashi, ekologik muammolarni tushunishi hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko'nikmalari rivojlanadi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
«STEM» abbreviaturasi fanda ilk marta amerikalik bakteriolog olim tomonidan 1990 yillarda taklif etilgan. Biroq 2000 yildan boshlab faol ishlatish boshlangan. Hozirda «STEM» xalqaro ta'limda asosiy ko'rsatkichlarlardan birini egallagan.
Statistikaga ko'ra, 2011 yildan buyon STEAM-kasblarga bo'lgan talab darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo'lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa butun dunyo bo'ylab ushbu ta'lim tizimiga katta talabni ko'rsatadi. Yaqin kelajakda dunyoda va O'zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo'ladi. Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kasblarga ega bo'lamiz, ayniqsa bio va
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo'ladi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta'lim va tajribaga muhtoj bo'ladi.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
XXI-asr qobiliyatlari ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, jamoada ishlash, mas'uliyat va muloqot qobiliyatlari kabi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Ilmiy jarayon ko'nikmalari; u kuzatish, o'lchash, o'zgaruvchilarni o'zgartirish, ma'lumotlarni yig'ish, modellashtirish va xulosalar chiqarish kabi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi.
Ta'lim sohasiga e'tibor yanada kuchaytirilgan bir vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bugungi kun ta'limining eng asosiy innovatsion metodi va istiqbolli texnologiyasi bu -STEAM texnologiyasidir. Ko'pgina ta'lim tashkilotylarida ta'limning sifat samaradorligini oshirish maqsadida STEAM texnologiyasidan maqsadli foydalanib kelinmoqda.[1]
STEM ta'limi o'quvchilarning yutuqlarini yaxshilashi isbotlangan ko'plab tadqiqotlarga asoslangan yaxshi amaliyotlarni o'z ichiga oladi:
• Fanlararo ta'lim
• Muammo va loyihaga asoslangan ta'lim
• So'roq qilishga asoslangan ta'lim
• hamkorlikda o'rganish
• laboratoriya tekshiruvlari
• tadqiqot loyihalari
Dunyoda texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga intilayotgan ko'plab mamlakatlarda STEAM ta'limi va STEAM ishchi kuchiga tobora ko'proq e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda ko'pgina davlatlar STEAMni o'z ta'lim tizimiga kiritgan. STEAM hozirda AQSh, Evropa Ittifoqi, Yaponiya, Koreya, Germaniya va Xitoy kabi yetakchi mamlakatlarda maktabgacha ta'limdan o'rta ta'lim va oliy o'quv yurtlariga qadar qo'llaniladi.
STEAM ta'lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEAM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo'la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog'lovchi vosita bo'ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog'chadagi akvariumda yashovchi baliqlarni o'rgansa bo'ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm-fanga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so'z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEAM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEAM ta'lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin:
S-Science Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami, dengiz hayvonlari, o'simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo'ladi.
T-Technology Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib kiradi. Qaychi, g'ildirak, mashina, oyisining
www.in-academy.uz
kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda ichini ko'rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o'qish mumkin Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo'lgan texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani miyasida savollar paydo bo'lishiga, tahliliy o'ylashiga turtki bo'lishi mumkin.
E-Engineering Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o'rganishdan boshlasa bo'ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning bir-biri bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo'lgan kitob foydali vosita bo'ladi.
A - Art Bolani san'at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo miqyosida buyuk san'at arboblari asarlari, san'at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, bolalar ko'ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar STEAM ta'limi tamoyiliga munosib bo'ladi. Malevichning "Qora kvadrat" rasmi orqali shaklni ko'rsatish, Monkning "Qo'rquv" asari orqali hissiyotlarni namoyon qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi.
M - Math Kichik yoshdagi o'qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash asoslarini o'rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga to'g'ri kelmaydigan ta'lim bo'lmay, balki interaktiv innovatsion yondashuvga ega ta'limini qo'llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni, barmoqlar soni, yuzagi a'zolarning yonida "1" (og'zi bitta) yoki "2" (ko'zi ikkita) sonlarining namoyon bo'lishi bolada matematika asoslarinishakllanishida va sonlarga qiziqishi uyg'onishiga yordam beradi.[2] Eng muhimi, bolaga STEM tizimiga oid kitob tanlayotganda u zerikarli bo'lmasligi va bolaning yosh psixologiyasiga munosib bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu kitoblar bolaning e'tiborini jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar psixologiyasiga mos keladigan, ularning yoshiga yarasha ma'lumotni taqdim eta oladigan va shu bilan bir qatorda STEAM ta'limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat.[3]
XULOSA VA TAKLIFLAR
Globallashuv davridagi texnologik o'zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun'iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta'lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta'lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, STEM ta'lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo'lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O'zbekiston Respupblikasida STEM ta'lim tizimini davlat ta'lim tizimiga kiritish bo'yicha o'tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo'lsa, umumiy ta'lim tizimiga STEM ta'lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta'kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta'limi vazirligi Xitoyda bo'lib o'tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko'rgazmasida ishtirok etdi. O'zbekistonda STEAM ta'lim tizimini
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz
umumiy xalq ta'limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi.[4]
Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan prezident maktablarida STEAM ta'lim tizimi orqali ta'lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEAM tizimi maktab ta'lim tizimiga oid bo'lgani bilan, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta'kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEAM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog'liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag'batlantirilishi lozim.[5] Maktabgacha ta'lim tizimida STEAM tizimi bo 'yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi mumkin. STEAM ta'lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Grosheva, L.G. Yevstafeva, D.T. Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, S.V. Pak, G.E. Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2018. 1-81-b;
[2] Т.С. Волосовес, В.А. Маркова, С.А. Аверина. СТЕМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М. Бином. Лаборатория знаний 2019.
[3] Н.Г. Зайцева. Робототехника в детском саду. Краснодар 2019
[4] Grosheva, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, M.A. Kenjabayeva, N.A. Miftayeva. O'yin orqali ta'lim olish. T:.2020.
[5] Abduraxmonova S. Sh. (2021). THE IMPORTANCE OF PRESCHOOL LITERATURE FOR CHILDREN OF PRESCHOOL EDUCATION. European Scholar Journal, 2(4), 447-449. Retrieved from