Научная статья на тему 'USMONXO‘JA PO‘LATXO‘JAYEVNING TURKISTON VA TURKIYA ALOQALARIDAGI ROLI'

USMONXO‘JA PO‘LATXO‘JAYEVNING TURKISTON VA TURKIYA ALOQALARIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston / Turkiya / siyosiy / iqtisodiy va madaniy aloqalar / jadidchilik harakati / Buxoro Xalq Sovet Respublikasi / davlat arbobi / madaniyat arbobi.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Muminova Manzura Ashur Kizi

Ushbu maqolada Turkiston (bugungi O‘zbekiston) va Turkiya davlatlari o‘zaro aloqalari tarixida alohida o‘ringa ega 1878-1968-yillarda yashagan, Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tashkiletilishida va jadidchilik harakatlarida faol ishtirok etgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning faoliyati va uning ushbu ikki davlat aloqalarida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berilad

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «USMONXO‘JA PO‘LATXO‘JAYEVNING TURKISTON VA TURKIYA ALOQALARIDAGI ROLI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

USMONKHOJA PULATKHOJAEV'S ROLE IN TURKESTAN AND TURKISH RELATIONS

Muminova Manzura Ashur kizi

Teacher of Karshi branch of TUIT [email protected] Phone: 90-964-73-26 https://doi.org/10.5281/zenodo.14555227

INFO

ABSTRACT

This article provides information about the activities of Usmankhoja Pulatkhojaev, who lived in 1878-1968, occupying a special place in the history of relations between Turkestan (modern Uzbekistan) and Turkey, who actively participated in the formation of the Bukharan People's Soviet Republic and the Jadid movement, and his role in the relations between these two countries.

Received: 18th December 2024 Accepted: 24th December 2024 Online: 25th December 2024

KEYWORDS Turkestan, Turkey, political, economic, and cultural ties, the Jadid movement, the Bukharan People's Soviet Republic, statesman, cultural figure.

РОЛЬ УСМАНХОДЖИ ПУЛАТХОДЖАЕВА В ТУРКЕСТАНСКО-ТУРЕЦКИХ

СВЯЗЯХ

Муминову Манзуру Ашур кизи

Преподаватель Каршинского филиала ТУИТ [email protected]. Тел: 90-964-73-26 https://doi.org/10.5281/zenodo.14555227

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th December 2024 Accepted: 24th December 2024 Online: 25th December 2024

KEYWORDS Туркестан, Турция,

политические,

экономические и культурные связи, джадидское движение, Бухарская Народная

Советская Республика,

государственный деятель, деятель культуры.

В этой статье приводится информация о деятельности Усмонходжи Пулатходжаева, который занимал особое место в истории взаимоотношений Туркестана (современного Узбекистана) и Турции в 1878-1968 годах, активно участвовал в образовании Бухарской Народной Советской Республики и джадидских движениях, и его роли в отношениях этих двух государств.

USMONXOJA POLATXOJAYEVNING TURKISTON VA TURKIYA

ALOQALARIDAGI ROLI

Mo'minova Manzura Ashur qizi

TATU Qarshi filiali o'qituvchisi [email protected] Tel:90-964-73-26 https://doi.org/10.5281/zenodo.14555227

é

IF = 7.899

ARTICLE INFO

Received: 18th December 2024 Accepted: 24th December 2024 Online: 25th December 2024

KEYWORDS Turkiston, Turkiya, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar, jadidchilik harakati, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, davlat arbobi, madaniyat arbobi.

www.in-academy.uz

ABSTRACT

Ushbu maqolada Turkiston (bugungi O'zbekiston) va Turkiya davlatlari o'zaro aloqalari tarixida alohida o'ringa ega 1878-1968-yillarda yashagan, Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tashkil etilishida va jadidchilik harakatlarida faol ishtirok etgan Usmonxoja Po'latxo'jayevning faoliyati va uning ushbu ikki davlat aloqalarida tutgan o'rni haqida ma'lumot beriladi.

Kirish. Bir-biriga juda o'xshash an'ana, til va ayni dinlarga ega bo'lgan davlatlar bo'lmish O'zbekiston va Turkiyani azaliy do'stlik va uzoq tarixga ega siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar bog'lab turadi. Ya'ni bir qancha uyg'unliklari bo'lgan bu ikki davlat aloqalari tarixi bundan faqat o'ttiz yil oldingi tarixgagina borib taqalmasdan, ular o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixi o'zining chinakam ma'noda salmoqli tarixiga ega. Ushbu ikki davlat orasidagi aloqalar temuriylar sulolasi va xonliklar davrida, xususan jadidchilik harakati vujudga kelgan va ular faoliyatlarini yuritayotgan davrda, shuningdek alohida qayd etishimiz mumkinki Birinchi jahon urushi yillarida ham ayniqsa rivojlanadi. Ushbu davrlar tarixini yorituvchi tarixiy manbalar bizning ushbu fikrlarimizni dalillaydi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Usmonxo'ja Po'latxo'jayev— Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, taniqli davlat va jamoat arbobi, Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) raisi sifatida hamda uning Turkiston va Turkiya davlatlari aloqalari tarixida ham o'ziga xos roliga ega shaxs hisoblanadi. Usmonxo'ja Po'latxo'jayevning hayoti, faoliyati haqida ma'lumotlarni biz o'zbek tilida yaratilgan bir qancha tadqiqot ishlari hamda aynan Turkiya davlatlari bilan aloqalari tarixidagi roli haqida ko'plab turk tarixchi hamda olimlarining tadqiqot manbalari orqali bilib olishimiz mumkin. Xususan, turk tarixchi olimlaridan Ertug'rul Yamanning aynan «Usmoniylardan bugungi kunga qadar Turkiston-Turkiya madaniy aloqalariga bir qarash" nomli tadqiqot ishidan, shuningdek Sadriddin Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar"idan [1], Ahmad Zakiy Validiy To'g'onning «Bo'linganni bo'ri yer (Xotiralar)"idan, Fayzula Xo'jayevning «Buxoro inqilobining tarixiga materiallar"idan Usmonxo'ja haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin. Turkiyalik tarixchi Yavan Murad o'zining Usmonxo'ja Po'latxo'jayev haqida yozgan magistrlik dissertatsiyasida 1909-yilda Usmonxo'ja Po'latxo'jayev tahsil olish uchun Istanbulga keldi, deb yozgan[1]. Usmonxo'ja Po'latxo'jayevning yangi usul maktabini ochishi va ta'lim jarayonini yo'lga qo'yishi uning Istanbul tahsilidan qaytgan yilga ya'ni 1912-yilga to'g'ri keladi. Fayzulla Xo'jayev «Xotiramda" nomli maqolasida uning ta'lim tizimini yangilashdagi yetakchiligi va tashabbuskorligini e'tirof etadi [2].

Ushbu maqolada jadidchilik harakatining namoyondalaridan birining ikki qardosh o'lka aloqalari tarixida tutgan o'rni o'zbek, turk va rus tilida turli davrlarda yozilgan, xususan Usmonxo'janing zamondoshlari bergan ma'lumotlariga hamda bugungi kun tadqiqotchilarining ham ma'lumotlari umumlashtirilgan, taqqoslangan holatda quyidagi

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

taqqoslash, xolislik, izchillik, davriylik, umumlashtirish kabi metodologik tamoyillar asosida yoritib beriladi.

Muhokama. Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, 1878-yil Farg'ona vodiysiga qarashli O'sh shahrida dunyoga keladi. Otasi Po'latxo'ja, onasining ismi Fotma Oyim edi. Karamutulloh xo'janing avlodlaridan bo'lgan Po'latxo'ja ayni paytda Fayzulla Xo'jayev (1896 — 1938) ning otasi Ubaydullaxo'janing akasidir [3]. Buxoro amirining bosimlaridan qutilmoqchi bo'lgan buxorolik savdogarlar odatda bir necha yil Samarqand yoki Farg'onaga borib, savdo sohasidagi faoliyatlarini u yerda davom ettirishgan. Po'latxo'ja O'sh shahrida savdo faoliyatini olib borgan. Bu davrda Fotma oyim bilan turmush quradi va bu turmushlaridan Usmonxo'ja dunyoga kelgan. Usmonxo'ja yoshligidayoq otasi tomonidan Buxoroga olib kelinadi va bu yerda maxsus tayinlangan ustozlar yordamida ta'lim oladi. Madrasada olgan bilimlari hali yetarli emasligini o'ylagan Usmon Xoja yangi bilimlar bilan bilim dunyosini boyitishga, yangiliklar bilan tanishishga harakat qilgan. «Yosh buxoroliklar" harakati safiga qo'shilib, Mahmud Xo'ja Behbudiy va Munavvar qori boshchiligida ham ma'rifiy, ham siyosiy ishlar bilan shug'ullana boshlaydi. U jadidlar bilan birgalikda «Buxoroyi sharif shirkati» va «Tarbiyayi atvol" nomli tashkilotlarni tuzib, Turkistonda maorif ishlarining rivojlanishiga hissa qo'shadi.

1910-1911 yillarda Istanbulga qilgan sayohati hayotidagi burilish nuqtalaridan birini tashkil qiladi. Istanbulda u «Yosh turklar" va Ziyo Go'kalp bilan tanishadi. Istanbulda «Tamim Maarif" (Tarbiyayi atvol) jamiyatining bo'limini ochib, Turkistondan talabalarni bu yerga olib kelib o'qitish yo'lga qo'yiladi. Buxoroga qaytganidan so'ng jadid usulidagi boshlang'ich maktablarini tashkil etishga kirishadi. Aynan ushbu davr haqida Sadriddin Ayniy o'zining «Buxoro inqilobi tarixi haqida ma'lumotlar" (1922) nomli asarida Buxoroda tashkil etilgan jadid maktablari ichida o'quvchilar sonining salmog'i bo'yicha eng yirik maktab Usmon Xoja tomonidan tashkil etilgan maktab ekanligini ta'kidlagan. Biroq bir qancha vaqt o'tgach, bu jadid maktablari Buxoro amiri tomonidan yopilib, boshqa joylarda yashirincha ochilib, yana yopildi.

Natija. Usmon Xo'ja 1917 yilgi «Yosh Buxoroliklar" qo'zg'olonida faol qatnashadi; Buxoro amirini ag'darishda ishtirok etadi, jadidlar tomonidan tashkil etilgan Buxoro xalq sovet respublikasini e'lon qilishadi. 1920-yil 29-avgust kuni muvaqqat hukumat tuzilib, unda Usmonxo'ja moliya noziri etib tayinlanadi. Hukumat rahbari Mirzo Rahimxon, Nozirlar kengashi raisi esa Fayzulla Xo'jayev etib belgilanadi. Amir Olimxon 1920-yil 1-sentyabr kuni Buxorodan qochib ketadi. Biroz vaqt Hisor viloyati va Dushanbeda yashagach, 1921-yil 18-fevral kuni Afg'onistonga o'tib ketadi. Bu vaqtda Buxoro xalq sovet respublikasining muvaqqat hukumati rahbari etib Muhiddinov tayinlangan edi. Buxoroning sharqiy qismida «Sharqiy Buxoro avtonom hukumati" tuzilib, uning rahbarligiga Usmonxo'ja tayinlanadi. U Sibirdan qochib Buxoroga panoh topgan turk zobitlari qo'mondonligi va ta'limi ostida Buxoroni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bir hozirgi Tojikiston hududida (o'sha paytda Buxoro davlati chegarasida) rus garnizonini qamal qilish harakatida yetakchi rol o'ynaydi. 1921-yilda Mustafo Kamolning ozodlik harakati uchun Buxorodan Turkiyaga 100 million oltin tanga yuborilishiga katta hissa qo'shgan. (Bu pulning atigi 10 million oltin tangasi ruslar tomonidan Turkiyaga yetkaziladi.) Sharqiy Buxoroda (Tojikiston) jang qilayotgan bosmachi to'da boshliqlarining tarqoq faoliyatini muvofiqlashtirish harakati bilan shug'ullanadi. 1922 yil oxirida inglizlar bilan shartnoma tuzib, pul evaziga qurol sotib olish maqsadida Afg'onistonga boradi. Biroq. Inglizlar avval ruslar bilan shartnoma tuzganlari uchun Usmon Xojaning oltin evaziga Buxoro qo'shini

é

IF = 7.899

www.in-academy.uz

uchun qurol sotib olish taklifiga ijobiy javob bermadilar. Bu orada Anvar poshoning vafoti haqida xabar keladi va Fayzulla Xo'jayev ruslar Usmon Xo'janing o'limini yoki tirigini topish uchun harakat qilayotganini, shuning uchun u Buxoroga kelmasligini bildirish uchun odam jo'natadi. Usmon Xo'ja uzoq vaqt Kobulda qolib ketadi. U Kobulda o'zbek oilasidan chiqqan Hakima ismli yosh qizga uylanib, 1923 yilda Turkiyaga keladi. U Istanbulda boshqa turkistonlik ziyolilar bilan birga «Yangi Turkiston" jurnalini chiqaradi va Turkiston mustaqilligi yo'lida harakat qiladi [4]. Turk madaniyati tadqiqot instituti (Anqara) asoschilaridan biri Usmon Xo'ja 1968 yilda 90 yoshida vafot etdi.

Xulosa. Usmon Xo'jao'g'li Turkiston va Turkiya munosabatlarida davlat arbobi va madaniyat arbobi sifatida ham nihoyatda muhim shaxsdir. Avvalo, uning Turkistondan ketib Turkiyaga kelgani ahamiyatlidir. Turkiyaga qaytganidan keyin ham siyosiy kurashini davom ettirgan. Bu buyuk davlat arbobining o'g'li prof. Dr. Temur Xojao'g'li Turkiya-Turkiston munosabatlaridagi tahsinga sazovor xizmatlarini davom ettirmoqda.

References:

1. Sadriddin Ayniy, «Buxoro Inqilobi Tarixi Uchun Materiallar " Asarlar, Tom

2. Toshkent: O'zSSR Davlat Badiiy Nashriyoti, 1963; s. 244.

3. A.Naim Öktem. Osman Koca oglu // Türk kültüri. Sayi 71 (Eylil: 1968). -S.53

4. Tursunboyev Azizbek. Turkistondagi ma'rifatparvarlik harakatida Usmonxo'ja Po'latxo'jayevning o'rni. S.102.

5. Kocaoglu, Timur (2018) Türkistan'da Yenilik Hareketleri ve Îhtilaller: 1900-1924

6. Ertug'rul Yaman. Osmanlidan günümüze Türkiye-Turkistan kültürel iliçkilerine genel bir bakiç. Islam araçtirmalari dergisi. Cilt 2. S.193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.