Научная статья на тему 'USHA PRIYAMVADANING “QADR VA QAT‘IYAT ” HIKOYASIDA OILANING PSIXOLOGIK TALQINI'

USHA PRIYAMVADANING “QADR VA QAT‘IYAT ” HIKOYASIDA OILANING PSIXOLOGIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
78
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual proza / yangi hikoya / ijtimoiy hayot / ayollar tanqidchiligi / avlodlararo munosabatlar. / intellectual prose / new story / public life / criticism of women / relationships between different generations.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xalilova, Zaxro Kamoliddin Qizi

Ushbu maqolada zamonaviy hind adabiyoti uchun aktual hisoblangan masalalardan biri – Hindiston ijtimoiy hayotidagi 50-60yillarga xos turmushdagi yosh oila munosabatlari, oilada tenglik masalasi, ota – ona va farzandning munosabati, ayol kishining o’z taqdirini o’zi hal qilishiga urinishi, o’zaro bir – birini tushunish masalasi, ona va qiz farzand o’rtasidagi xunuk munosabatlar “Qadr va qat‘iyat ” hikoyasi misolida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE STORY OF USHA PRIYAMVADA "DIGNITY AND DETERMINATION". PSYCHOLOGICAL INTERPRETATION OF THE FAMILY

This article deals with such problems as the relationship of a young family in the social life of India in the 50s and 60s, equality in the family, the relationship of father and mother and child, a woman's attempt to decide her fate, the question of the relationship of different generations, the place and role of a person in the new India on the example of the story "Value", which are relevant to modern Hindi literature.

Текст научной работы на тему «USHA PRIYAMVADANING “QADR VA QAT‘IYAT ” HIKOYASIDA OILANING PSIXOLOGIK TALQINI»

USHA PRIYAMVADANING "QADR VA QAT'IYAT " HIKOYASIDA OILANING PSIXOLOGIK TALQINI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7394051

Xalilova Zaxro Kamoliddin qizi

Adabiyotshunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistranti Tel: +998946005517; E-mail : zakhro2698@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy hind adabiyoti uchun aktual hisoblangan masalalardan biri - Hindiston ijtimoiy hayotidagi 50-60- yillarga xos turmushdagi yosh oila munosabatlari, oilada tenglik masalasi, ota - ona va farzandning munosabati, ayol kishining o 'z taqdirini o 'zi hal qilishiga urinishi, o 'zaro bir - birini tushunish masalasi, ona va qiz farzand o 'rtasidagi xunuk munosabatlar "Qadr va qat'iyat " hikoyasi misolida yoritilgan.

Tayanch so'zlar: intellektual proza, yangi hikoya, ijtimoiy hayot, ayollar tanqidchiligi, avlodlararo munosabatlar.

ANNOTATION

This article deals with such problems as the relationship of a young family in the social life of India in the 50s and 60s, equality in the family, the relationship of father and mother and child, a woman's attempt to decide her fate, the question of the relationship of different generations, the place and role of a person in the new India on the example of the story "Value", which are relevant to modern Hindi literature.

Key words: intellectual prose, new story, public life, criticism of women, relationships between different generations.

XX asrning 50 - yillari ohiri va 70 - yillari boshlarida hindi adabiyotiga kirib kelgan ayol yozuvchilari o'z ijodi bilan alohida o'rin tutadi. Aynan mana shu davrda "mahilaa lekhan" ( "ayollar yozuvi" , ba'zida esa "strii lekhan" atamasi ham qo'llanilgan) hamda "mahilaa vimarsh" (" ayollar tanqidchiligi") atamalari ham paydo bo'ldi.1

1950 - yildan 2000 - yilgacha bo'lgan davrda ijod qilgan ayol yozuvchilarni Sunita Jayn uch davriy guruhga ajratadi. Birinchi davr guruhiga Krishna Sobti, Mannu Bhandari va Usha Priyamvada, ikkinchi davr guruhiga Mridula Garg, Manjula Bhagat, Mamta Kaliyani, uchinchi davr guruhiga esa Gitanjali Shri, Alku Saraogelarni kiritadi (Ushbu guruhlar ijodkorlarning yoshlariga qarab bo'lingan). 2

1 Lutze Lathar. Hindi Writing in Post-colonial India, Manohar Publications, New Delhi,1985

2 Yadav Rajendra, "Admii kii nigaah mein strii" New Delhi, Patna, Ilahabad, 2010.

278

Aynan birinchi guruh vakilalari bundan oldin hind jamiyati va adabiyoti uchun hos bo'lmagan masalalarni o'z asarlarida ko'tarishdi. Bunday masalalar orasida ajrashgan ota - onalar va bola taqdiri, avlodlar o'rtasidagi va ayol - erkak o'rtasidagi o'zaro munosabat, yangi Hindistonda insonning o'z o'rnini topishi muammosi kabilar turadi. Usha Priyamvada ham "ayollar adabiyoti" vakilasi sifatida mana shu masalalarga qo'l uradi. Uning ijodi ayni kunga qadar maxsus tadqiqot ob'yekti sifatida o'rganilmagan, ammo P.Cheloshevning ishlarida u ijod qilgan davrning umumiy xususiyatlari berilgan.3 Shuningdek, Usha Priyamvada ijodi haqida «Очерки истории литератур Индии: Х-ХХ вв.»4 nomli sharqshunoslarning monografiya to'plamida hamda Priyamvada hikoyalari haqida qisman Dagman Ansariyning "Новые рассказы в литературе хинди" nomli ishida ham ma'lumotlar berilgan.5

Usha Priyamvada ko'proq avlodlar o'rtasidagi munosabatni va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan oila ichki masalalarini o'z asarlarida ko'tarishga harakat qiladi. Bunga sabab qilib uning og'ir kechgan yoshligini ko'rsatishimiz mumkin. U.Priyamvada Lakhnau va Kanpurda onasining qo'lida katta bo'ladi. Otasiz o'sganligi va turmush o'rtog'i bo'lmaganligi tufayli ham yosh onasining kamsitilganligini, jamiyatdan chetda qolganligini ko'rib o'sgan qizaloq xotiralari o'z hikoyalarida takrorlangan. Priyamvadaning aytishicha, u S.Chattopadhay va B.Chatterji kabi mualliflarni ko'p o'qigan va ularning fidoyi ayol qahramonlari ta'siri ostida bo'lgan. Adabiyotga mehr qo'yishiga ham shu yozuvchilarning asarlari sabab bo'lgan. Dastlab yozgan hikoyalarida bu ta'sir yaqqol ko'rinib turadi ( 1953 yilda yozilgan "Bikhre tikhre" - "Tarqoq uchlik" nomli hikoyasi bunga misol).6

Dagman Ansari ta'kidlashicha, Hindiston mustaqillikka erishganidan so'ng ilk yillarda yuqori avlod yozuvchilarining hikoyalari nashr qilinar edi. Shu davrda yangi ismlar adabiyotga kirib kela boshladi: Moxan Rakesh, Kamaleshvar, Mannu Bhandari, Usha Priyamvada, Nirmal Varma va boshqalar. 50 - yillarning o'rtasidan boshlab esa bu yosh ijodkorlar hindi nasrchiligining rivojlanishida yaqqol ta'sir ko'rsata boshlashdi.7 Tanqidchilarning ta'kidlashicha "yangi hikoya" yo'nalishi ijodkorlarining umumiy jihatlari ko'p. Ular o'rta qatlam vakillari bo'lib, asosan, 50 -60 yillar oralig'ida yashagan aholi o'rta qatlamining og'ir taqdirini, ularning muammolarini yoritishgan.

Ayollarga bag'ishlangan hikoyalarda ilk bora intellektual mehnat bilan band bo'lgan oilali ayollar obrazi paydo bo'la boshladi. Yozuvchilar turmushni, ayollarni o'z ishlaridan vos kechishga majbur qiluvchi holatlarni tanqid ostiga olishadi. Usha Priyamvada esa, "yangi hikoya" yo'nalishiga umuman o'zgacha motiv - o'z ota -onasi, aka - uka, opa - singillarini boquvchi oilali ayollar obrazini olib kiradi.8

3 Челышев, Е. Индийская литература вчера и сегодня., M., 1989

4 Коллективная монография, Очерки истории литератур Индии: Х-ХХ вв., С.П, 2014

5 Дагман Ансари, Новые рассказы в литературе хинди, Народы Aзии и Aфрики , 1975 N 9

6 Poonam Saxena, "Lifting the veil on life as an Indian woman, unattached" Hindustan times dec 18, 2020.

7 Дагман Ансари, Новые рассказы в литературе хинди, Народы Aзии и Aфрики , 1975 N 2, 96-bet

8 Дагман Ансари, Новые рассказы в литературе хинди, Народы Aзии и Aфрики , 1975 N 2, 99-bet

279

"Hayot va atirgul guli" nomli to'plami ichiga kiruvchi hikoyalarida oiladagi xunuk munosabatlar muhokama qilinadi.

Usha Priyamvada adabiy jarayonga kirib kelganida, ya'ni XX asrning 60-yillari boshida va 70 - yillarda jahon adabiy muhitida yangi "intellektual proza" atamasi shakllangan edi. Bu atama eng avvalida Tomas Mann tomonidan "intellectual roman" shaklida adabiyotga kiritilgan. Bunday uslubda yozilgan asarlar bir - biridan intonatsiyasi va uslubi bilan farq qiladi: rus adabiyoti vakillari yozuvchi va shoir Yuriy Trifonovning oilaviy va kundalik hayotga bag'ishlangan hikoyalari, Venedikt Yerofeevning kinoyali romanlari, ssenarist, shoir va yozuvchi Andrey Bitovning falsafiy - madaniy romanlari bunga misol bo'ladi. Ammo bu asarlarning barchasida mualliflar inson dunyosini madaniy, ma'naviy, ruhiy- diniy va moddiyat orqali sharhlaydilar.9

Tahlil qilinayotgan Usha Priyamvadaning hikoyalaridan "Qadr va qat'iyat" ( "Maan aor haTh") hikoyasi uning "Tanlangan hikoyalar" ( "Pratinidhi kahaaniyaaN" ) to'plamiga kiradi. 10 Bu hikoya Priyamvada ijodining ilk o'n yilligida yozilgan (1950 -yilda). Hikoyada barcha voqealar haqqoniy tasvirlangan. Hikoya yosh oiladagi erkak va ayol munosabatlari haqida. Unda asosiy masala sifatida erning o'z ayoli oldidagi, ayolning eri oldidagi burchlari hamda oilada tenglik masalasi, ota - ona va farzandning munosabati, o'zaro bir - birini tushunish masalasi yoritilgan. Ushbu hikoyaning eng kuchli vositasi sifatida obrazlarning ichki monologi yuzaga chiqadi. Hikoyada Amrita va Mukul bosh qahramonlar sifatida namoyon bo'ladi. Amritaning oilaviy sharoiti, uning ta'lim darajasi, ish joyi haqida yozuvchi tomonidan ma'lumot berilmagan. Mukul haqida esa, uning juda boy sudyaning yolg'iz o'g'li ekanligi va yaxshi mansab egasiligi aytib o'tilgan, xolos. Hikoya davomida Amritaning ichki monologlari o'ta ta'sirchan va hikoyaning yo'nalishini hal qiluvchi vosita sifatida o'rtaga chiqqan. Biz bu monologlar orqali psixologik hikoyaning namunasini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Hikoyada hech bir obrazning tashqi ko'rinishiga va xarakteriga ortiqcha ta'rif berilmagan. Faqatgina Amrita haqida "Hammaning o'z taqdiri bor. Qanday oydek qiz-u, qanday kuyov..." - deb ayollar tomonidan Amrita va Mukulning to'yi kuni aytilgan so'zlar orqali Amritaning go'zal qizligi va Mukulning tashqi ko'rinishi o'ziga yarasha ekanligini bilib olishimiz mumkin. Ularning yaxshi yoki yomonligi, engiltak yoki bosiqligi, o'qimishliligi haqida ham muallif tomonidan ta'rif berilmaydi. Bularning barini qahramonlarning muloqotidan, ko'pincha esa monologidan bilib olamiz. Ammo "...u juda yaxshi edi. Boy sudyaning yolg'iz o'g'li, o'qimishli, yaxshi kasb egasi. Ammo, Amrita bularning barini nima qiladi. Turmush o'rtog'i o'ta badbashara degan gap Amritaning ko'nglida muhrlanib qolgan edi."... - berilgan parchadan Mukulning o'ziga yarasha aql zakovat sohibi ekanligini, uning o'qimishli, mustaqil ekanligini bilib olish mumkin. Amritani esa faqatgina "...Turmush o'rtog'i o'ta badbashara..." ekanligi

9 https://www.bukinistu.ru/russkaya-literatura-hh-veka/intellektualnaya-proza-60-90-godov.html

10 Usha Priyamvada, "Pratinidhi kahaaniyaan", 2018- Rajkamal prakashan pvt. Ltd., 13 - bet

qiziqtiradi, xolos. Bir qarashda hikoyada chiroyda oyga tenglashtirilgan, yangi turmush qurgan Amrita boy turmush o'rtog'ini "badbashara" deb hisoblagani uchun tashlab ketadi degan xulosaga kelish mumkin. Lekin tanganing ikki tomoni bor. Amrita garchi ko'ngli eriga nisbatan isimagan bo'lsada, undan o'zini olib qochmaydi. Bora bora Mukul ham taqdirga tan berib faqat shaxvoniy hirsni qondirish uchun uning oldiga kiradigan bo'lib qoladi. O'zining boyligini har safar uning yuziga solaveradi. "Eski sevgilingdan ajralganingdan qayg'udamisan?" - Mukulning mana shu so'zlari eng so'nggi nuqta bo'lib xizmat qiladi va Amrita ham ohiri chiday olmay "yoriladi". Bunday aytishuvlar oilada tez - tez sodir bo'lib turadi. Amrita eridan voz kechgach 8 yil davomida Punada yashaydi va o'sha erda ishlaydi. Ammo tobora yolg'izlanib qolayotgani va yolg'iz ayolligi tufayli kamsitilishi orta borgani sari o'zi qilgan xatosini tushunib etadi. Shunday holatda ham turmush o'rtog'ining oldiga qaytmaydi. Bunga uni ajrashishga majbur qilgan g'urur yo'l qo'ymaydi. Mukul esa o'zi Amritaning oldiga qaytadi. Ayollarning kamsitilishi, ularning fikrlari qadrga ega emasligini Usha Priyamvada hikoyasi orasida qistirib o'tib ketadi - "...ayollarning xohishi, ularning armonlari hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu dunyo erkaklarniki. Shunday ekan qovoq - tumshuq qilgandan nima foyda?..." - bu so'zlar Amritaning dugonasi Sushma tomonidan aytilgan. Hikoya so'ngida Amritaning holatini ichidan qurt egan olmaga o'xshatish mumkin. Tashqi hali ham go'zal - u ammo ichida hech narsa qolmagan bo'shliqdan iborat. Dog' esa ohir oqibat yuzaga chiqadi.

Usha Priyamvadaning ijodida intellektual prozaning "hikoya fikrlash" shakli namunalari ko'p uchraydi. "Qadr va qat'iyat" hikoyasi ham mana shu shaklda yozilgan. Usha Priyamvada ta'kidlagandek - "Mening qahramonlarim individualdir, ular zamonaviy dunyoda yashaydilar, ular axloqqa o'ziga xos ta'rif beradilar - bu erda yurakning buyrug'i har qanday konvensiyalardan ustundir" Yozuvchining bu so'zlaridan uning qahramonlari doim aqldan ko'ra yurakning xulosasiga quloq tutishni afzal bilishlarini, hayot bilan hamnafas yashashga intilishlarini, har bir obrazning o'ziga xos xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash uslubi borligini bilib olishimiz mumkin. Usha Priyamvada asarlaridagi ayol qahramonlarning barchasi har doim ham aybsiz aybdor bo'lavermaydi. Ular mukammal bo'lmaganliklari tufayli ham hech bir jiddiy sababsiz taqdirlariga ta'sir etadigan xato yo'lni tanlashadi. "Qadr va qat'iyat" hikoyasi aynan shunday ayol taqdiri haqida. Yuqoridagi barcha fikrlarni umumlashtirib quyidagilarni keltirish mumkin:

1."Qadr va qat'iyat" hikoyasi Usha Priyamvadaning boshqa hikoyalaridan farqi u intellektual prozada yozilgan;

2.Hikoyada ayol kishining o'z taqdirini o'zi hal qilishiga urinishi ochiq yoritilgan;

3.Oiladagi erkak va ayolning tenglikka huquqi borligi ko'rsatilgan;

4.50-60- yillarga mos turmushga berishdagi holat tanqid ostiga olingan;

281

5.Hikoyada boy qatlam (Mukul) bilan o'rta qatlam (Amrita) vakilining turmush qurishi yoritilgan. Natijada esa, oila barbod bo'ladi;

6.Ona va qiz farzand o'rtasidagi xunuk munosabatlar natijasi ko'rsatilgan.

REFERENCES

1. Дагман Ансари, Новые рассказы в литературе хинди, Народы Азии и Африки , 1975 N 9

2. Коллективная монография, Очерки истории литератур Индии: Х-ХХ вв., С.П, 2014

3. Челышев Е. Индийская литература вчера и сегодня., M., 1989

4. Poonam Saxena, "Lifting the veil on life as an Indian woman, unattached" Hindustan times dec 18, 2020.

5. Lutze Lathar. "Hindi Writing in Post-colonial India", Manohar Publications, New Delhi,1985

6. Usha Priyamvada, "Pratinidhi kahaaniyaan", 2018- Rajkamal prakashan pvt. Ltd., 13 - bet

7. Yadav Rajendra, "Admii kii nigaah mein strii" New Delhi, Patna, Ilahabad, 2010.

8. https://www.bukinistu.ru/russkaya-literatura-hh-veka/intellektualnaya-proza-60-90-godov.html

9. https://www.hindustantimes.com/books/lifting-the-veil-on-life-as-an-indian-woman-unattached/story-83QUvmgUyNIw55H3yrYB8O.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.