Научная статья на тему 'URUG‘ TOZALASh MAShINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI ANIQLASh'

URUG‘ TOZALASh MAShINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI ANIQLASh Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urug‘ tozalash mashinasi / ajralish darajasi / havo tozalash qismi / yirik aralashmalar / mayda aralashmalar / g‘alvir tebranishlar soni / ga’lvir amplitudasi / urug‘ tozaligi / urug‘ nobudgarchiligi. / семяочистительная машина / степень сепарации / воздухоочистительная часть / крупные примеси / мелкие примеси / число колебаний решета / амплитуда решета / чистота семян / неразрушаемость семян.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Karimov Maxmud Raxmatovich

Urug‘ini tozalash mashinasining havo oqimi bilan tozalash qismida yengil qo‘shilmalarni ajratib olish jarayoniga ta’sir qiladigan omillarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar va bir omilli tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, urug‘ tarkibidagi yengil qo‘shilmalarni so‘rib, ajratishga asosan ventilatorning aylanishlar soni, so‘rish quvuri qiyaligi, so‘rish quvuri balandligi ko‘proq ta’sir etar ekan. Shunga asosan, ushbu omillar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va havo so‘rish qismining maqbul parametr va ish rejimlarini aniqlash maqsadida ko‘p omilli tajribalar o‘tkazildi. Urug‘ tozalash mashinasining havo oqimi yordamida tozalash qismida bunkerdan tushayotgan urug‘li aralashma tarkibidagi yengil qo‘shilmalardan tozalanadi. Mashinaning havo oqimi yordamida tozalash qismining ventilatorining aylanishlar soni, so‘rish quvuri qiyaligi, so‘rish quvuri balandligini urug‘ tozaligi va nobudgarchiligiga ta’siri V3 rejasi asosida tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Determination of allowable parameters of a seed cleaning machine

Результаты теоретических исследований и однофакторных экспериментов по изучению факторов, влияющих на извлечение легких премисей в воздушноочистительной части семяочистительной машины, показали, что число оборотов вентилятора, наклон всасывающей трубы, высота всасывающая трубка более важна для поглощения и отделения легких соединений в семенах при воздействии. На основании этого были проведены многофакторные эксперименты с целью установления связи между этими факторами и определения оптимальных параметров и режимов работы воздушноочистительной части.

Текст научной работы на тему «URUG‘ TOZALASh MAShINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI ANIQLASh»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 631.362.3

URUG' TOZALASh MAShINASINING MAQBUL PARAMETRLARINI ANIQLASh

Karimov Maxmud Raxmatovich Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, dotsent, [email protected]

Annotatsiya. Urug'ini tozalash mashinasining havo oqimi bilan tozalash qismida yengil qo'shilmalarni ajratib olish jarayoniga ta'sir qiladigan omillarni o'rganish bo'yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar va bir omilli tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, urug' tarkibidagi yengil qo'shilmalarni so'rib, ajratishga asosan ventilatorning aylanishlar soni, so'rish quvuri qiyaligi, so'rish quvuri balandligi ko'proq ta'sir etar ekan. Shunga asosan, ushbu omillar orasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rnatish va havo so'rish qismining maqbul parametr va ish rejimlarini aniqlash maqsadida ko'p omilli tajribalar o'tkazildi.

Urug' tozalash mashinasining havo oqimi yordamida tozalash qismida bunkerdan tushayotgan urug'li aralashma tarkibidagi yengil qo'shilmalardan tozalanadi. Mashinaning havo oqimi yordamida tozalash qismining ventilatorining aylanishlar soni, so'rish quvuri qiyaligi, so'rish quvuri balandligini urug' tozaligi va nobudgarchiligiga ta'siri V3 rejasi asosida tadqiq etildi.

Аннотация. Результаты теоретических исследований и однофакторных экспериментов по изучению факторов, влияющих на извлечение легких премисей в воздушноочистительной части семяочистительной машины, показали, что число оборотов вентилятора, наклон всасывающей трубы, высота всасывающая трубка более важна для поглощения и отделения легких соединений в семенах при воздействии. На основании этого были проведены многофакторные эксперименты с целью установления связи между этими факторами и определения оптимальных параметров и режимов работы воздушноочистительной части.

Annotation. The results of theoretical studies and one-factor experiments to study the factors affecting the extraction of light compounds in the air purification part of the seed cleaning machine showed that the fan speed, the inclination of the suction pipe, the height of the suction pipe are more important for the absorption and separation of light compounds in the seeds when exposed. Based on this, multifactorial experiments were carried out in order to establish a connection between these factors and determine the optimal parameters and operating modes of the air purification part.

Seeds are cleaned from light impurities in the seed mixture, which enters the cleaning part from the hopper, using the air flow of the seed cleaning machine. Based on plan В3, we studied the influence of the number of revolutions of the fan of the air-purifying part of the machine, the inclination of the suction pipe, and the height of the suction pipe on the cleanliness and survival rate of seeds.

Kalit so'zlar: urug' tozalash mashinasi, ajralish darajasi, havo tozalash qismi, yirik aralashmalar, mayda aralashmalar, g'alvir tebranishlar soni, ga'lvir amplitudasi, urug' tozaligi, urug' nobudgarchiligi.

Ключевые слова: семяочистительная машина, степень сепарации, воздухоочистительная часть, крупные примеси, мелкие примеси, число колебаний решета, амплитуда решета, чистота семян, неразрушаемость семян.

Key words: seedcleaning machine, step separation, air-cleaning frequency, large impurities, fine impurities, chislo oscillating sieves, amplitude sieves, purity seed, indestructibility seed.

Urug' tozalash mashinasining so'rish quvurida urug' tarkibidagi yengil qo'shilmalar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ventilator hosil qiladigan havo oqimi yordamida ajratib olinadi. Bunda yengil qo'shilmalarni ajralish darajasi Yeaj va urug' nobudgarchiligi Unob ventilatorning aylanishlar nven soniga bog'liq holda so'rushchi quvurda havo teziligining o'zgarishi (1-rasm).

95,0 --- 0,06

Yeaj, % Unob , %

90,0

85,0

80,0

75,0

y

1 ' \ / f^ 2

*

0,05

0,03

0,02

0,00

1800 2000

2200

2400

n

"vem

ayl/min

1-yengil qo'shilmalarning ajralishi; 2-urug' nobudgarchiligi.

1-rasm. Ventilatorning aylanishlar soniga bog'liq urug' tozaligi va nobudgarchiligining

o'zgarish grafiklari

Ventilatorning aylanishlar sonini urug' tarkibidagi yengil qo'shilmalardan tozalashda urug' tozaligi va urug' nobudgarchiligiga ta'sirini o'rganish maqsadida uning aylanishlar sonini 1800 min-1 dan 2400 min-1 gacha oraliqda 200 min-1 qadam bilan o'zgartirib, tadqiq etildi.

Tajribalarda ventilatorning aylanishlar soni 1800 min-1 va 2000 min-1 ga teng bo'lganda, urug'ning yengil qo'shilmalardan tozalanishi 76,1-80,8 foizni, nobudgarchilik 0,004 va 0,0042 foizni tashkil etdi. Ventilatorning aylanishlar soni 2200 min-1 ga teng bo'lganda, yengil qo'shilmalardan tozalanishi jadal ortib borib, 84,7 foizga, urug' nobudgarchiligi esa 0,0051 foizga yetdi. Ventilatorning aylanishlar soni 2400 min-1 ga teng bo'lganda, urug'ning yengil qo'shilmalardan tozalanishi yanada jadallashib, 89,4 foizni, nobudgarchiligi 0,0084 foizni tashkil etdi. Bunda ventilator hosil qilayotgan havo oqimining tezligi 1800 min-1 dan 2000 min-1 ga o'zgarganda, 4,5-4,8 m/s ni, 2200 min-1 dan 2400 min-1 ga oshganda esa 5,1-5,4 m/s oraliqlarida bo'ldi.

Mashinaning havo tozalash qismida yengil qo'shilmalar ajralishi (Yeaj), urug' nobudgarchiligi (Unob) ning ventilator aylanishlar soniga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin:

Yeaj = 0,0219nven + 36,76 (R2 = 0,9987)

Unob = 0,00878 nven2-0,0005nven+0,0751 (R2 = 0,9884)

Demak, ventilatorning aylanishlar soni 2200 min-1, havo oqimi tezligi 5,1 m/s bo'lganda, urug'li aralashma tarkibidan yengil qo'shilmalarni ajratib olish ko'rsatkichlari yaxshilandi.

So'rish quvuri hquv balandligini yengil qo'shilmalar Yeaj ajralishi va urug' nobudgarchiligi Unob bo'yicha natijalar 2-rasmda keltirilgan.

Grafikdan bog'liqliklaridan ko'rinadiki, so'rish quvuri balandligi 40 mm dan 70 mm gacha o'zgarganda, yengil qo'shilmalar ajralishi 87,8 foizdan 85,3 foizgacha, urug' nobudgarchiligi esa 0,013 foizdan 0,007 foizgacha kamaydi. Quvur balandligi 100 mm va 130 mm ga teng bo'lganda, yengil qo'shilmalar ajralishi 83,2-80,5 foizga, urug' nobudgarchiligi 0,005-0,004 foizga kamaygan. 160 mm da yengil qo'shilmalar ajralishi 78,4 foiz, urug' nobudgarchiligi 0,003 foizni tashkil qildi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

88.0 86,0 84,0 82,0 80,0 78.0

\

v /1

\ s v

< s

0.020

Unob.% 0,016

0,012

0,008

0,0W

0.000

40 70 100 130 160

h,^ mm

1 - yengil qo'shilmalarning ajralishi; 2 - urug' nobudgarchiligi 2-rasm. So'rish quvuri balanligining yengil qo'shilmalar ajralishi va urug' nobudgarchiligiga ta'siri grafiklari

Grafikdan ko'rinadiki, so'rish quvuri balandligi oshgani sari yengil qo'shilmalar ajralishi va urug' nobudgarchiligi kamaygan.

Mashinaning havo tozalash qismida yengil qo'shilmalar ajralishi (Yeaj), urug' nobudgarchiligi (Unob) ning so'rish quvuri balandligiga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin:

Yeaj = -0,0787hquv+ 90,907 (R2 = 0,9986)

Unob = 0,0074 hquv2 - 0,0003hquv+ 0,0212 (R2 = 0,9738)

So'rish quvuring balandligi 70-130 mm oraliq qiymatlarida yengil qo'shilmalar ajralishi va nobudgarchiligi yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'ladi [1-5].

Urug' tozalash mashinasining so'rish quvuri hquv qiyaligining yengil qo'shilmalarni Yeaj ajralishi va urug' Unob nobudgarchiligiga ta'siri natijalari 3-rasmda keltirilgan.

84,0

lev, % 83,0

82,0

81,0

80,0

79.0

\

2'' x>

0,012

Uyabr %

OJOIO 0=007 0=005 0.002 0.000

10 20 30 40 J%m,gradus

1 - yengil qo'shilmalarning ajralishi; 2 - urug' nobudgarchiligi. 3-rasm. So'rish quvuri qiyaligini yengil aralashmalar ajralishi va urug' nobudgarchiligiga

ta'siri grafiklari

Ta'minlagich jo'vadan tushayotgan urug'li aralashma tarkibida yengil qo'shilmalarni ajratib olishda so'rish quvurining qiyaligi ham bog'liq.

Urug' tarkibidagi yengil qo'shilmalar ajralishi va urug' nobudgarchiligiga ta'sirini

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI o'rganishda, so'rish quvuri qiyaligi 10 gradusdan 40 gradusgacha oraliqda 10 qadamda o'zgartirilib, tadqiq etildi. Quvur qiyaligi 10 gradus va 20 gradusga teng bo'lganda, urug'ning yengil qo'shilmalardan ajralishi 83,4-82,6 foizni, urug' nobudgarchiligi 0,012-0,008 foizni, 30 gradusda, mos ravishda 81,8, 0,005 foizni, 40 gradus bo'lganda, urug'ning yengil qo'shilmalardan ajralishi kamayib, 80,3 foizni, nobudgarchiligi 0,002 foizni tashkil etdi.

Mashinaning havo tozalash qismida yengil qo'shilmalar ajralishi (Yeaj), urug' nobudgarchiligi (U„ob) ning so'rish quvuri qiyaligiga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin:

Yeaj = -0,0018^-0,0135^+ 83,675 (R2 = 0,9953) U„ob = 0,0061yV2 - 0,0005^+0,0163 (R2 = 0,9991)

Ta'minlagichdan tushayotgan urug'li aralashma tarkibidan yengil qo'shilmalarni ajratib olishda so'rish quvur 20-40 gradus bo'lganda natijalar kutilgan ko'rsatkichlarga ega bo'ladi.

Mashinaning havo yordamida urug'dan yengil qo'shilmalarni ajratishda mazkur parametrlar va ish rejimlari kutilgan natijada tozalash imkonini beradi.

Urug' tozalash mashinasi uchun maqbul turdagi g'alvirlar tanlab olingandan so'ng, tebranishlar soni, tebranishlar amplitudasi va qiyalik burchagini urug' tozaligi va nobudgarchiligiga ta'siri o'rganildi.

O'tkazilgan tajribalarda g'alvirning „teb tebranishlar soni ortishi bilan urug' tozaligi Utoz yaxshilanishi, ammo urug' U„ob nobudgarchiligini ko'payib ketishi kuzatildi.

G'alvirning tebranishlar soni 250 min-1 va 300 min-1 ga teng bo'lganda, urug'larni begona qo'shilmalardan ajralishi jadal o'sib, urug' tozaligi 96,3-98,2 foiz, 350 min-1 hamda 400 min-1 atrofida 98,6-99,0 foizni tashkil etdi. Tebranishlar sonini 450 va 500 min-1 ga oshirilganda esa urug'larning begona qo'shilmalardan tozalanish darajasi deyarli o'zgarmadi. Lekin urug'lar yirik qo'shilmalar bilan birga ham ko'p miqdorda g'alvirdan chiqib ketishi kuzatildi (4-rasm).

100,0

Utoz, %

99,0 98,0 97,0

96,0

1 -<►

i i

► 2

4

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0,12

Unob , % 0,09

0,06

0,03

0,00

250 300 350 400 450 500

nteb, ayl/min 1 - urug' tozaligi; 2 - urug' nobudgarchiligi. 4-rasm. G'alvirning tebranishlar sonini urug' tozaligi va nobudgarchiligiga ta'siri

grafiklari

G'alvirning tebranishlar soni 250 min-1 va 300 min-1 bo'lganda, nobudgarchilik 0,010,025 foizni tashkil etdi, 350 min-1 dan 400 min-1 gacha oshganda 0,030-0,038 foizni, tebranishlar soni 450-500 min-1 ga oshirilganda esa urug' nobudgarchiligi keskin ortib, 0,06-0,12 foizni tashkil etdi. G'alvir 450-500 min-1 tebranish bilan tebranganda urug'lar g'alvir ishchi sirtida kattaroq masofaga siljib hakatlanadi va g'alvirdan chiqib ketadi.

Mashinaning g'alvirli tozalash qismi urug' tozaligi (Utoz), urug' nobudgarchiligi (Unob) ning g'alvir tebranishlar soniga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin [6-7]:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Utoz = 0,0593«teb3+3,6292«teb+93,467 (R2 = 0,9864) Unob = 0,0052«teb2-0,0177«teb+0,0297 (R2 = 0,9457)

4-rasmdan ko'rinib turibdiki, g'alvirning tebranishlar soni 300-400 min-1 ga teng bo'lgan oralig'ida bo'lganda ish sifat ko'rsatkichlari bir muncha yuqori bo'ladi.

Tajribalar davomida g'alvirning tebranishlar Ateb amplitudasi 5 mm dan 20 mm oraliqda 5 mm qadam bilan o'rgartirildi.

G'alvirning tebranishlar amplitudasi 5 mm teng bo'lganda, urug' tozaligi 96,6 foiz, 10 mm ga teng bo'lganda, 98,6 foiz, 15 va 20 mm ga teng bo'lganda esa 99,1-99,4 foizni tashkil etdi (5-rasm).

100,0

Utoz, %

99,0

98,0 97,0 96,0

Ateb> mm

1 - urug' tozaligi; 2 - urug' nobudgarchiligi. 5-rasm. G'alvirning tebranishlar amplitudasini urug' tozaligi va nobudgarchiligiga ta'siri

grafiklari

Tebranishlar amplitudasi 5 mm dan 10 mm ga oshganda, urug' nobudgarchiligi 0,020 foizdan 0,031 foizga ortgan bo'lsa, 15 mm da 0,045 foizni, 20 mm ga teng bo'lganda, urug' nobudgarchiligi belgilangan talabdan oshib ketib, 0,14 foizni tashkil etdi.

G'alvirning tebranishlar amplitudasi kattalashib borgani sari urug'li aralashmani g'alvir sirtida ilgarilanma siljishi ham katta bo'ladi. Natijada, urug' g'alvir ko'zidan tushishga ulgurmay begona qo'shilmalar bilan qo'shilib tashqariga chiqib ketadi.

Mashinaning g'alvirli tozalash qismi urug' tozaligi (Utoz), urug' nobudgarchiligi (Unob) ning g'alvir tebranishlar amplitudasiga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin:

Utoz = -0,425Ateb2+3,015 Ateb+94,075 (R2 = 0,9823) Unob = 0,021Ateb2- 0,0676 Ateb+0,0705 (R2 = 0,9664)

Ko'rinib turibdiki, g'alvirning tebranishlar amplitudasi 5-15 mm ga teng bo'lganda, urug' tozaligi yuqori va nobudgarchiligi kam bo'lishi ta'minlanadi.

G'alvirning qiyaligi aga ham o'z navbatida urug'ning tozaligi va nobudgarchiligiga ta'sir ko'rsatdi. 6-rasmdagi grafikdan ko'rinib turibdiki, g'alvirning qiyaligi 6 gradusdan 18 gradusgacha o'zgarganda urug' tozaligi 96,7 foizdan 99,4 foizgacha, nobudgarchiligi esa 0,02 foizdan 0,17 foizgacha oshib bordi.

G'alvirning qiyalik burchagi 6 va 9 gradusga teng bo'lganda urug' tozaligi 96,7-97,5 foiz, nobudgarchiligi 0,02-0,032 foizni, 12-15 gradusda mos ravishda 98,4-99,2 va 0,036-0,081 foizni, 18 gradusda urug' tozaligi 99,4 foizni, urug' nobudgarchiligi 0,17 foizni tashkil qildi.

Bundan ko'rinib turibdiki, g'alvirning qiyalik burchagi oshgani sari urug' tozaligi va nobudgarchiligi ham ko'payib boradi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

100,0

Utoz, %

99,0

98,0

97,0

96,0

i

jÀ r

A v > 2

0,20

Unob, %

0,15

0,10

0,05

0,00

12 15

18

ttg'ai (grad) 1 - urug' tozaligi; 2 - urug' nobudgarchiligi 6-rasm. G'alvirning qiyalik burchagini urug' tozaligi va nobudgarchiligiga ta'siri

grafiklari

Tajribalarda qiyalik burchagiga bog'liq holda o'zgarishi qiyalik burchagining kichik qiymatlarida urug'li aralashmaning g'alvir yuzasida sekinroq harakatlanishi va oqibatda, g'alvirdan urug' bilan birga mayda va yirik aralashmalarning o'tib ketishining ko'payishi, qiyalik burchagining kattaroq qiymatlarida esa g'alvir yuzasida tezroq harakatlanishi natijasida, urug'lar begona qo'shilmalar bilan chiqitga chiqib ketishi kuzatildi.

Mashinaning g'alvirli tozalash qismi urug' tozaligi (Utoz), urug' nobudgarchiligi (U„ob) ning g'alvir qiyaligiga bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi empirik formulalar bilan ifodalash mumkin:

Utoz = -0,0929ag'a/2+1,2671ag'a/+95,46 (R2 = 0,9904) U„ob = 0,0139aga/2- 0,0467 aga+0,0606 (R2 = 0,9802)

G'alvirning qiyalik burchagi 6-12 gradusga teng bo'lganda Utoz va U„ob ko'rsatkichlar yaxshi bo'ldi.

Mashina mazkur parametrlar va ish rejimlarida ya'ni, g'alvirning tebranishlar soni 300400 min-1, g'alvirning tebranishlar amplitudasi 5-15 mm, g'alvirning qiyalik burchagi 6-12 gradus oraliqlarida ishlaganda, maxsar urug'ini eng kam nobudgarchilik bilan yuqori darajada tozalab olishga erishiladi.

Mashinada eng kam nobudgarchilik bilan urug'ning sifatli tozalanishi asosan g'alvirning tebranishlar soniga, uning tebranishlar amplitudasiga va qiyalik burchagiga bog'liqdir. Shu sababli ham g'alvirli urug' tozalash qismi ish organlarining yuqoridagi parametr va ish rejimlarining maqbul qiymatlarini aniqlash uchun Xartli 3 (H3) rejasi asosida ko'p omilli tajribalar o'tkazildi. Jarayonga ta'sir etadigan asosiy omillarning o'zgarish chegarasi va ularning sathi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

№ Omillar Belgilanishi Omillar sat ii

Xaqiqiy Shartli -1 0 +1

1. G'alvirning tebranishlar soni, min-1 nteb Xi 300 350 400

2. G'alvirning tebranishlar amplitudasi, mm Ateb X2 5 10 15

3. G'alvirning qiyalik burchagi, grad. ag'al X3 6 9 12

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

Maqbullashtirish mezonlari sifatida urug' tozaligi va nobudgarchiligi qabul qilindi.

Tajriba natijalari kompyuterda maxsus dastur yordamida hisoblab chiqilib, urug' tozalash mashinasi ish jarayonida urug' tozaligi va nobudgarchiligining ishchi qismlar parametrlari va ish rejimlariga bog'liqligini mos ravishda ifodalaydigan regressiya tenglamalari olindi:

- urug' tozaligi bo'yicha, (%)

Utoz = 98,327 + 0,217Xl + 0,394X2+0,300X3 + 0,258XiX2 -- 0,199X22 + 0,258 X2X3;

- urug' nobudgarchiligi bo'yicha, (%)

Unob = 0,036 + 0,006Xl + 0,006X2 + 0,005X3 + 0,002Xl2 + + 0,002XIX2 + 0,003XlX3 + 0,002X22 + + 0,003 X2X3 + 0,001X32.

Olingan modellarning tajribalarni amalga oshirish sohalarida munosabatli funksiyalarga o'xshashligi Fisher mezoni bo'yicha tekshirilganda, birinchi regressiya tenglamasi urug'ning yirik qo'shilmalardan tozalash to'liqligi uchun mezonning jadval qiymati Fj =2,82 ga, tajribaviy qiymati esa Ft=2,51 ga, urug' nobudgarchiligi uchun esa ikkinchi tenglamada mos holda Fj =4,3 ga va Ft =4,25 ga tengligi ma'lum bo'ldi. Bu qiymatlarga asosan modellarni shu sohada munosabat funksiyasiga yetarli darajada mos ekanligi yoki ular 95 foizlik aniqlik darajasida adekvat ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin.

Mashinaning g'alvirli tozalash qismi yuqori g'alvirining maqbul parametrlari va ish rejimlarini aniqlash maqsadida urug' nobudgarchiligi 0,05 foiz [min] qiymatga, urug' tozaligini 98,0 foiz [max] qiymatga qo'yilib, regressiya tenglamalari yechildi. Olingan natijalar asosida yuqori g'alvirning tebranishlar soni, tebranishlar amplitudasi hamda qiyalik burchagining maqbul shartli qiymatlariga ega bo'lindi (2-jadval).

2-jadval

Ko'rsatkichlarning nomlanishi Omillarning qiymatlari

nteb, min-1 Ateb, mm M g'al, grad.

Shartli -0,9107 0,5589 1

Haqiqiy 304,46 7,35 12

Yaxlitlangan 300 7,5 12

Ushbu shartli qiymatlar haqiqiy qiymatlarga aylantirildi va so'ngra ular yaxlitlanib omillarning maqbullashtirilgan qiymatlari aniqlandi.

Ta'minlagich jo'vaning aylanishlar soni 200 min-1, so'rish ventilatorning aylanishlar soni 2200 min-1, so'rish quvuri gorizontga nisbatan qiyaligi 200, so'rish quvuri balandligi 100 mm, g'alvirning tebranishlar soni 300 min-1, tebranishlar amplitudasi 7,5 mm va gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 120 tashkil etganda, maxsar urug'ini dastlabki tozalash mashinasining havo-g'alvirli qismida belgilangan talab darajasida tozalash imkonini beradi. Olingan natijalarga asosan mashina g'alvirining maqbul parametrlari va ish rejimlarini qiymatlari quyidagiga teng: g'alvirning tebranishlar soni ng'ai = 300 min-1, g'alvirning tebranishlar amplitudasi Ateb= 7,5 mm, g' alvirning qiyalik burchagi ag'al 12o.

Mashinaning yuqorida aniqlangan maqbul pametrlar va ish rejimlariga ega ishchi qismlari bilan nazorat sinovlari o'tkazilganda, urug' tozaligi 98,5-99,2 foiz, urug' nobudgarchiligi esa 0,03-0,05 foizni tashkil etdi.

ADABIYOTLAR

1. Федоренко А.С. Параметры сепаратора для очистки фуражного зерна от крупных примесей: Дис. ... канд. тех. наук. -Барнаул, 2014. - 242 с.

2. Васильев Н.Ф. Совершенствование технологии фракционной обработки зернового материала в условиях Забайкалья. Автореф. дисс. ... канд. техн. наук. - Улан-

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Удэ, 2006. - 24 с.

3. Кадирбаев М.К. Совершенствование процесса очистки сафлора от трудноотделимых примесей. Автореф. дисс. ... канд. техн. наук. - Воронеж, 2013. - 22 с.

4. Орипов Ш., Хайдаров Б ва бошк;. Лалмикор ерларда мойли экинлардан юк;ори х,осил олиш агротехнологияси. Амалий кулланма. - Жиззах: Зиё, 2017. - 52 б.

5. Салихов Н.К. и др. Создание системы технических средств блочно-модульного типа для посева и уборки зерновых колосовых культур в условиях орошаемого земледелия и богары// НТО за 1994-1996 (заключительный). - Янгиюль, 1996. - С. 116121.

6. Астонакулов К.Д. Обоснование параметров и режимов работы молотильного аппарата мини молотилки для обмолота пшеницы: Дис. ... канд. техн. наук. - Янгиюль, 2002. - 148 с.

7. Karimov Yo.Z. Don tozalash mashinasi ish organlarining parametrlari va rejimlarini asoslash: Texn. fan. nomzodi ... dis. - Yangiyo'l, 2010. - 131 b.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.