Qarabayeva D. J.
o'qituvi
Termiz davlat universiteti Termiz, O'zbekiston Sobirova Sh. A.
talaba
Termiz davlat universiteti Termiz, O'zbekiston
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA YANGI BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISH VA UNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Maqolada Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'quv dasturlarini joriy etish orqali umumta'lim maktablaridagi baholash tizimining o'zgarishlari tahlil qilingan. Yangi formativ va summativ baholash tizimlari tajriba-sinov sifatida joriy etilib, o'quvchilarning bilimi, amaliyotga qo'llash ko 'nikmalari, mulohaza va tahlil qilish salohiyati baholanishi ta 'kidlangan. Shuningdek, tanlov fanlari, yangi avlod darsliklari va ularning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Ushbu yangiliklar o'quvchilarning bilimini adolatli baholash va ularni kelajakdagi kasbga tayyorlashni maqsad qilgan.
Kalit so'zlar: umumta 'lim maktablari, baholash tizimi, formativ baholash, summativ baholash, tanlov fanlari, yangi avlod darsliklari.
Karabayeva D. J.
teacher
Termez State University Faculty of Natural Sciences Termez, Uzbekistan. Sobirova Sh.A. Student
Termez State University Termez, Uzbekistan
INTRODUCTION OF A NEW ASSESSMENT SYSTEM IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS AND ITS EFFECTIVENESS
Abstract: The article analyzes changes in the assessment system of general education schools through the implementation of Presidential and specialized school curricula. It highlights the introduction of formative and summative assessment systems that evaluate students' knowledge, practical application skills, and analytical abilities. Information about elective subjects, new-generation textbooks, and their significance is also provided. These innovations aim to ensure fair assessment of students' knowledge and prepare them for future careers.
Keywords: general education schools, assessment system, formative assessment, summative assessment, elective subjects, new-generation textbooks.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 28 avgust kuni maktab ta'limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ta'lim sifatini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida Prezident va ixtisoslashgan maktablar o'quv dasturi, baholash tizimi joriy etilishi belgilandi. Unga ko'ra, ta'lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo'yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o'quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga "tayanch maktab" bo'ladi. Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo'llagan o'qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi. [1]
Shundan kelib chiqqan holda 2023-2024-o'quv yilidan Surxondaryo viloyatida ham 32 ta umumta'lim maktabi tanlandi. Ularda yangi baholash tizimi tajriba-sinovdan o'tkazilmoqda. Bu jarayonga maktablarning 5-11-sinf o'quvchilari jalb etilgan. Ushbu maktablarga viloyatda mavjud Prezident va ixtisoslashgan maktablar "tayanch maktab" sifatida biriktirilgan. [5]
An'anaviy baholashda o'quvchilar bilimi 5 balli tizimda baholanib, kunlik bahosi ko'proq choraklik bahosini chiqarishda asosiy rol egallaydi va bu unchalik ham xolis baholashga kirmaydi, - dedi maktabning matematika o'qituvchisi Amrillo Saidov. - Chunki o'qituvchi bolalarni 5 balli tizimda nisbiy baholab keladi. Yangi baholash tizimi esa mezonlarga asoslangan bo'lib, bunda o'quvchining aniq qaysi bilimi, qaysi ko'nikmasi asosida baholanishi oldindan ishlab chiqilgan. Shu asosida ularning bilimi, olgan bilimini amaliyotga qo'llashi, mulohaza, mushohada qilish ko'nikmalari ham baholanadi. Tajriba-sinov jarayonlarini endigina boshlaganimizga qaramay, shu qisqa vaqt mobaynida nafaqat o'quvchilar va o'qituvchilarda, balki ota-onalarda ham mas'ullik hissi keskin oshganini kuzatyapmiz. Bu maktab va oilaning bir maqsad yo'lida birlashishiga ham xizmat qilmoqda. [5]
Sentyabrdan boshlab respublikadagi 124 ta maktabda tanlov fanlari amaliyoti tajriba-sinov tarzida joriy etiladi. Bu yildan 10-11-sinf o'quvchilari 11 ta majburiy fandan tashqari, 2 ta o'zlari istagan yo'nalishda kerakli fanlarni o'qish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Bunda tanlov fanlari 4 ta yo'nalishga bo'lingan.
Tanlov fanlar tajriba-sinov tarzda yo'lga qo'yilayotgani uchun bu yil ularni 4 ta yo'nalishda taqdim etyapmiz. Ular: kimyo-biologiya, fizika-matematika, ona tili, adabiyot-chet tili, matematika-chet tili yo'nalishlarida bo'lyapti. Bunda yuqori sinf o'quvchilarimiz kelajakda tanlagan kasbi uchun kerak bo'ladigan fanlar doirasida chuqurroq bilim olishlari ko'zda tutilmoqda. Mana shu jarayonni tashkil etish uchun avvalo o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlari inobatga olinishi lozim. Shu maqsadda so'rovnomalar o'tkazildi, uning natijalariga ko'ra, tanlov yo'nalishlari tanlab olindi va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining dasturlari moslashtirildi. Ya'ni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining yuqori sinflari uchun yaratilgan dasturlar asosida ta'lim jarayonini tashkil etish ko'zda tutilmoqda.
Qo'shimcha qilinishicha, yangi amaliyot uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quv dasturlari, qo'llanmalari umumta'lim muassasalari o'qituvchilariga taqdim etilgan. Shuningdek, yangi o'quv yilidan maktab ta'limiga summativ va formativ baholash tizimi joriy etilishi haqida ham ma'lumot berildi. Ta'kidlanishicha, buning uchun Toshkent shahridan 60 ta, boshqa hududlardan esa 181 ta maktab tanlab olingan. Shunga ko'ra, yangi baholash tizimi eskisidan ancha farq qiladi.
Bugungi kunda o'quvchilarimiz ta'lim muassasalarida 5 balli sistemada baholab kelinmoqda. Har olgan kunlik bahosi ko'proq choraklik bahosini chiqarishda asosiy, muhim rolni egallagan. Va bu unchalik ham xolis baholashga kirmaydi, chunki o'qituvchi bolalarni 5 balli tizimda nisbiy baholab keladi. Yangi baholash tizimi mezonlarga asoslangan bo'lib, bunda o'quvchining aniq qaysi bilimi, qaysi ko'nikmasi asosida baholanishi oldindan ishlab chiqilgan bo'ladi. Shu asosida ularning bilimi, olgan bilimini amaliyotga qo'llashi, mulohaza, mushohada qilish ko'nikmalari ham baholanadi.
Formativ baholash asosan o'quvchini yo'naltirish, rag'batlantirish xususiyatiga ega. Bu o'quvchiga ko'proq rag'bat, motivatsiya berishga xizmat qiladi. Summativ baholash esa ma'lum bir bob yakunida o'quvchi egallashi kerak bo'lgan standart, bilim va ko'nikmalar baholanadi", - deydi mas'ul. Shuni qayd etish joizki, summativ va formativ baholash tizimi ta'limi rivojlangan deyarli barcha mamlakatlarga joriy etib bo'lingan, bu tizim kelgusida maktab ta'limida inson omili, nisbiy baho berishga barham berish, o'quvchilarni haqqoniy baholashga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish g'oyasi Shavkat Mirziyoyevning hukumat boshqaruviga kelgan vaqtida, 2016 yilda ilgari surilgan edi. O'sha yili darsliklarni ishlab chiqishda xorijlik mutaxassislar ham qatnashishi ma'lum qilingandi. 2020 yilda darsliklarni tayyorlash yuzasidan maxsus bot tashkil qilinib, jamoatchilik takliflari yig'ilgandi. Darsliklarni tayyorlash mas'uliyati Respublika ta'lim markaziga yuklatilgandi. 2021 yilda Sherzod Shermatovdan so'ng o'sha vaqtdagi Xalq ta'limi vazirligiga rahbar sifatida tayinlangan Baxtiyor Saidov yangi darsliklarni tayyorlashni tezlashtirish bo'yicha topshiriq bergandi. O'sha yilning o'zida fan tajribasi asosida darsliklar ishlab chiqilishi ma'lum qilindi. Shu bilan yangi avlod darsliklari masalasiga o'tgan yili dekabr oyida Mirziyoyevning pedagoglar bilan o'tgan uchrashuvida tilga olinib, yangi o'quv yilidan barcha boshlang'ich sinflar uchun joriy etilishi ma'lum qilindi.
Shu yil may oyida esa 10-11-sinflarning tanlov fani tajribasi yo'lga qo'yilishi haqida xabar qilingandi. Bunda o'quvchilarga 11 ta emas, 8 ta majburiy, 2 ta tanlov fankimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) bo'lishi aytilgandi.
Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, yangi baholash tizimiga umumta'lim maktablari o'tishi bu bolalarning bilimini adolatli baholashni samarali yo'lini ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni.
2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.