Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA MADANIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA MADANIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
231
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
sinfdan tashqari tadbirlar / sinf rahbari / direktor o‘rinbosari / ma’naviy-ma’rifiy ishlar / madaniy immunitet / xulq-atvor / axloqiy sifatlar / suhbat / sinf soatlari / o‘quv konferensiyalari / milliy madaniyat / madaniy xulq-atvor stereotiplari.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna

Ushbu maqolada sinfdan tashqari tadbirlar vositasida o‘quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish usullari, pedagogik imkoniyatlari bayon qilingan bo‘lib, umumta’lim maktablari pedagoglari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati shuningdek, shu maqsadda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish borasidagi ishlarni tizimli tarzda tashkil etilishi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA MADANIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O'QUVCHILARDA MADANIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH

OMILLARI Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (O'zPFITI) direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim

hilol0311@mail.ru https://doiorg/10.5281/zenodo. 7927169

Annotatsiya. Ushbu maqolada sinfdan tashqari tadbirlar vositasida o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish usullari, pedagogik imkoniyatlari bayon qilingan bo'lib, umumta'lim maktablari pedagoglari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo 'yicha direktor o'rinbosarlarining ta'lim-tarbiyaviy faoliyati shuningdek, shu maqsadda o'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish borasidagi ishlarni tizimli tarzda tashkil etilishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari tadbirlar, sinf rahbari, direktor o'rinbosari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, madaniy immunitet, xulq-atvor, axloqiy sifatlar, suhbat, sinf soatlari, o'quv konferensiyalari, milliy madaniyat, madaniy xulq-atvor stereotiplari.

Umumta'lim maktablari pedagoglari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlarining ta'lim-tarbiyaviy faoliyati shuningdek, o'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish borasidagi ishlari tizimli tarzda tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va sinf rahbarlari o'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishga yo'naltirilgan ishlarning mazmunini ushbu maqsadga qaratgan holda amalga oshirishlari lozim.

Bunda tarixiy-madaniy boyliklarimizni o'rgatishga qaratilgan badiiy kechalar, saxna ko'rinishlari, kitobxonlik kechalari, mushoiralar, baxs-munozaralar tashkil etishga alohida e'tibor qaratiladi[1].

Navro'z bayrami va buyuk mutafakkirlarning tavallud sanalari bilan bog'liq holda xam turli tadbirlar tashkil etilib, unda o'smir yoshdagi o'quvchilarga madaniy qadriyatlarni o'rgatishga alohida e'tibor qaratiladi. Fan to'garaklari tarixiy, madaniy qadriyatlarni o'quvchilar ongiga chuqur singdirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tarix, Adabiyot, Tarbiya, Ona tili, Musiqa, Tasviriy san'at kabi fan to'garaklarida vatanimizning shonli tarixi, ulug' shoir va mutafakkirlar, muqaddas ona tilimiz va uning tarixiy taraqqiyoti, mumtoz musiqa, milliy xarakterdagi tasviriy san'atga oid tarixiy-madaniy qadriyatlarga oid bilimlar o'quvchilarga taqdim etiladi va ularning ilmiy-madaniy dunyoqarashi rivojlantiriladi[2].

Sinf rahbari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining sinfdan tashqari tadbirlar vositasida o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyati ushbu yo'nalishdagi muayyan vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.

Sinfdan tashqari tadbirlarning mazmuni o'smir yoshdagi o'quvchilarni madaniy axloqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilishi, ularda "ommaviy madaniyat"ga qarshi immunitetni shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Sinfdan tashqari jarayonlarda tashkil etiladigan tadbirlar o'smir yoshdagi o'quvchilarning madaniy axloqiy yo'nalishdagi bilimlarini chuqurlashtirishga, ularda gender rollarni tarkib toptirishga xizmat qilishi kerak.

Maktab psixologi o'smir yoshdagi o'quvchilar bilan samarali ishlashi, ularning ruxiy-emosional xususiyatlarini yaxshi bilishi, madaniy qadriyatlarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini

aniqlash asosida moyilliklarini hisobga olishi, qiz va o'g'il bolalar orasidagi o'zaro munosabatlarni tahlil qilishi, ular orasida mavjud bo'lgan ziddiyatlarni aniqlab bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq[3].

Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri o 'quvchilarni, ularning xarakter xususiyatlari, xulq-atvori, axloqiy sifatlarining mavjud darajasini chuqur tahlil qilib, bartaraf etiladigan salbiy jihatlarini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni rejalashtirishdan iborat. O'smir yoshdagi o'quvchilar turli fan o'qituvchilari, tengdoshlari, ijtimoiy tashkilotlar va nihoyat oilaning doimiy ta'siri ostida bo'ladilar. Shunga ko'ra sinf rahbarining muhim funksiyalaridan biri o'quvchilarga ta'sir ko'rsatayotgan ijobiy va salbiy omillarni aniqlashdan iborat.

O'quvchilarning ijobiy sifatlarini uzluksiz rivojlantirish maqsadida ularni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash gender rollarning to'g'ri shakllanishi va madaniy dunyoqarashlarining boyishini ta'minlashga xizmat qiladi. Sinf rahbari ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolgan, "ommaviy madaniyat" ta'siriga berilgan o'smirlar, ayniqsa, moda ketidan quvayotgan o'smir yoshdagi qizlarning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularda madaniy immunitetni shakllantirish chora-tadbirlarni qo'llashdan iborat. Bunda sinf rahbarlari, ota-onalar bilan yaqin hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiq. Agar oiladagi madaniy muhit salbiy xarakterga ega bo'lsa, sinf rahbarlari mahalla faollari bilan hamkorlikda o'smirlarning ota-onalari bilan ham suhbatlar olib borishlari, ularning madaniy dunyoqarashini rivojlantirish yo'llarini izlab topishlari lozim.

O'quvchilarda sog'lom madaniy dunyoqarash va immunitetni shakllantirishda sinf rahbarlari quyidagi metodlardan foydalanishlari kutilgan samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Ma'lumki, sinf soatlari o'quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishning asosiy shaklidir. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi asosida sinf soatlarining mazmuni belgilab olinadi. Sinf soatlarida sinf rahbari o'quvchilar bilan aniq mavzularda muloqotni tashkil qiladi. Sinf soatlarida o'quvchilar o'z fikr-muloxazalarini erkin bayon qilishlari uchun qulay sharoit yaratiladi. Sinf soatlarini tashkil etishda pedagoglar o'quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashi, nuqtai nazarlarini aniq hisobga olishlari talab etiladi.

O'smir yoshdagi o'quvchilar bilan sinf soatlarida bugungi kunning dolzarb masalalari, gender rollarning shakllanishi, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardan olinadigan axborotlarni saralash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, "ommaviy madaniyat"ning salbiy va ijobiy jihatlari, "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta'sirlaridan saqlanish, o'quvchilarni "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta'sirlaridan ogohlantirish, o'quvchilarda milliy madaniyatimizga xos xulq-atvor me'yorlari haqida tasavvur hosil qilish kabi dolzarb mavzularda suxbatlar tashkil etilishi lozim. Sinf soatlarida amalga oshiriladigan suhbatlar sinfdagi barcha o'quvchilar yoki xulq-atvorida salbiy jihatlar kuzatilayotgan o'quvchilar bilan individual tarzda o'tkazilishi mumkin.

Ma'lumki, pedagogikada o'quvchining noo'rin xatti-harakatini sinf jamoasi oldida muhokama qilish uni uyaltirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadi. Bu ayniqsa, o'smir yoshdagi o'quvchilarga salbiy ta'sir ko'rsatadi[4].

Qiz bolalar oldida o'g'il bolalarni mulzam qilish o'smirlar uchun kechirilmas holat hisoblanadi. O'smir yoshdagi o'quvchilarga ishonch bildirish, ular bilan do'stona munosabat o'rnatish, ular uchun qadrli bo'lgan qadriyatlariga samimiy yondashish kutilgan samaradorlikka ejrishish imkonini beradi[5].

O'quvchilarda madaniy dunyoqarashni tarkib toptirishda o'quv konferensiyalari katta ahamiyatga ega. Bu o'z navbatida o'smir yoshdagi o'quvchilarda estetik didni shakllantirish,

milliy madaniyatimizga hurmat bilan qarash, tarixiy madaniy qadriyatlarni avaylab asrash, shaxslararo munosabatlar me'yoriga amal qilish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv konferensiyalarini disput shaklida tashkil etish natijasida o'quvchilardagi mavjud qarashlar qat'iylashadi. Haqqoniy madaniy dunyoqarash shakllanadi. Ziddiyatli vaziyatlarga echim topiladi. Yagona fikrni qo'llab-quvvatlash madaniyati shakllanadi.

O'quvchilarda madaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv konferensiyalarida amalga oshiriladigan disputlar murakkab xarakterga ega bo'lib, o'smirlarda madaniy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday o'quv konferensiyalariga o'qituvchilar o'quvchilarni jiddiy tarzda tayyorlaydilar. Ularni mustaqil izlanishga undash asosida yangi g'oyalar, fikrlarni generasiyalashga o'rgatadilar. Bunday generasiyalash natijasida disput vaziyati vujudga keladi.

O'smir yoshdagi o'quvchilar mazkur tadbirlarda o'z fikrlarini mustaqil bayon qilish bilan bir qatorda amalda o'zlashtirishlari zarur bo'lgan madaniy me'yorlarni egallashga muvaffaq bo'ladilar. O'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishda ularga qo'yiladigan axloqiy talablar ham muhim ahamiyatga ega.

O'quvchilarning madaniy dunyoqarashi sinf rahbari tomonidan taqdim etilgan yangi bilimlar, xulq-atvor qoidalari, madaniy xodisalar haqidagi qarashlar yordamida boyib boradi. Sinf rahbarlari hayotiy vaziyatlarni o'quvchilarga anglatishda real voqelik bilan bog'liq hodisalardan foydalanishlari lozim.

Xulq-atvorni tuzatish metodidan foydalanish o'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitet hamda gender rollarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu metod doirasida o'smir yoshdagi o'quvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini tarkib toptirish, ularni atrofdagilar bilan tolerant munosabatda bo'lishga o'rgatish, millatimiz vakillari uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlardan foydalanish tajribasini hosil qilish imkonini beradi. Sinf rahbarlari ushbu metoddan foydalangan holda o'smir yoshdagi o'g'il va qiz bolalarning xatti-harakatlari, ular amal qiladigan xulq-atvor me'yorlarini chuqur tahlil qilib, bo'shliqlarni aniqlashlari, o'smirlar yo'l qo'yadigan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishlari lozim.

O'smir yoshdagi o'quvchilar xulq-atvorida uchraydigan kamchiliklarni korreksiyalash ularda madaniy immunitetni shakllantirishning muhim shartidir. Bunday korreksiyalash tashxislash metodikasini qo'llash natijasida amalga oshadi.

Jamiyatda obro'-e'tibor qazongan shaxslar xulq-atvorini namuna sifatida ko'rsatish, ular amalga oshirgan ibratli ishlar haqida o'smirlarni xabardor qilish, ular xulq-atvoridagi kamchiliklarni korreksiyalashning ta'sirchan metodi hisoblanadi. Zarur bilimlar va madaniy qadriyatlarga ega bo'lgandagina o'quvchilar atrofdagilarning xulq-atvorini munosib baholay oladilar va ularning yaxshi ishlaridan ibrat olib ruxlanadilar. Shu tariqa o'smirlar ongida hayotiy ideal qiyofasi shakllanadi. Atrofdagilarning ibrat namunasi o'smir yoshdagi o'quvchilarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda madaniy xulq-atvor stereotiplarini shakllanishiga ko'maklashadi.

Atrofdagilarning ibrat namunasi o'smirlarning ong ostiga ta'sir ko'rsatib, ularning his-tuyg'ularini qo'zg'atadi. O'smirlarning e'tiborini atrofdagi salbiy hodisalarga qaratish orqali ogohlantirish metodidan foydalaniladi. Bunda salbiy xulq-atvor stereotiplariga ega bo'lgan kishilarning hayotidagi og'ir vaziyatlar uning oqibatlari o'quvchilar ko'z o'ngida tahlil qilinib, bunday xulq-atvor stereotiplarini bartaraf etish yo'llari ko'rsatiladi. Bunday misollar o'smirlarni salbiy harakatlardan tiyilishga undash bilan bir qatorda bunday harakatlarning shaxs va jamiyat hayotiga ko'rsatadigan negativ oqibatlari haqida xabardor bo'lishlariga erishiladi.

O'quvchilarda madaniy xulq-atvor stereotiplarining shakllanishida o'qituvchilar, ota-onalar, sinfdoshlari, jamiyatdagi taniqli shaxslarning ibrat namunasi katta ahamiyatga ega. O'smir qizlar uchun aksariyat hollarda o'qituvchilari, onalar ideal hisoblanadi. O'smir yoshdagi o'g'il bolalar esa ko'proq otalaridan o'rnak olib ularga ergashadilar. O'qituvchining xulq-atvori va imidji o'quvchilar uchun ibrat namunasi hisoblanadi. Ular har doim ijobiy xulq-atvorga ega bo'lgan nazokatli o'qituvchilarga ergashadilar, ularga taqlid qiladilar.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar pedagoglarning voqelikka munosabatini sinchkovlik bilan kuzatadilar, ularga turli savollar berib, nuqtai nazarlarini aniqlashga harakat qiladilar. Shu asosda o'qituvchilarni baholaydilar. Ular o'zlarining shaxsiy baholariga asoslangan holda o'qituvchilarga nisbatan o'ta ijobiy, o'rtacha va salbiy munosabatlarini bayon qiladilar.

O'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish ularning amaliy faoliyatini tashkil etish bilan bevosita bog'liq. O'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishga yo'naltirilgan amaliy faoliyat mashqlar yordamida shakllantiriladi.

REFERENCES

1. Xodjayev B.X. Umumta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizasiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish. Pedagogika fanlari doktori. ... diss. - T., 2016. - 314 b.

2. Qosimova N.D. O'smirlar ijtimoiylashuvida ibrat ijtimoiy psixologik xususiyatlarining ahamiyati: Ped.f.n. ... dis.avtoref: - T.: TDPU, 2010. - 26 b.

3. Umarova M.M. O'smirlarda oilaviy qadriyatlar to'g'risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari. Psixol. fan. nom. dis. avtoreferati: 19.00.05. - T.: O'zMU, 2004. -27-b.

4. Qurbonniyozova Z.M. Tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchilarda milliy o'zlikni anglashni shakllantirishning pedagogik asoslari. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. -T.: 2000 - 286 b.

5. Xalilova N.I. O'smirlik davrida o'zini-o'zi nazorat qilish shaklanishining psixologik xususiyatlari: psixologiya fanl.nomzodi. diss. Toshkent. 2010.

6. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

7. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

8. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.